vasiyatnoma rasmiylashtirgandan so‘ng ongli ravishda dori-
darmonlar qabul qilishni to‘xtatgan.
“Reanimatsiyaga monelik qiladigan ko‘rsatma” sifatida ilm
iy talqin etiladigan ortotanaziya amaliyoti ayrim tadqiqotchilaming
fikricha insoniylik elementlariga ega boiib, zamonaviy tibbiyotda
o‘zini oqlashi mumkin (A. Ya. Ivanyushkin, 1990).
Harbiy-dala jarrohligining asoschisi N. I. Pirogov tibbiy
sortirovka tamoyillarini
tuzish jarayonida umidsiz,
og‘ir
yaralanganlar guruhini ajratgan bo‘lib, ularga yordam ruhoniy va
m uruw at hamshirasi tomonidan amalga oshirilgan.
Og‘ir bemorlarga tashhis qo‘yish va kasallik oqibatlarini
prognoz
qilishda
“qaltis
xatolik”lar bo‘lishi
mumkinligi
evtanaziyaga qarshi bo‘lganlarning jiddiy asosi hisoblanadi. Buyuk
shoir Petrarkani dafn etish marosimiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan
vaqtda, ko‘mishga bir necha soat qolganda u nafas ola boshlagan.
Keyinchalik shoir o ‘ziga kelib, yana 30 yil umr kechirgan.
XIX
asming mashhur jarrohi Ernst Bergman o ‘ziga muolaja
qilinmaydigan ichak raki tashhisini qo‘yib, operatsiyani rad etgan.
Uning murdasini tekshirish jarayonida xavfsiz o ‘sma topilgan.
Ushbu holatda jarrohlik amaliyoti uning hayotini saqlab qolishi
mumkin edi.
Munosabatlaming o‘zaro zidligiga qaramay, ayrim davlatlarda
passiv evtanaziya sekin-asta jamiyat fikri bilan ma’naviy tomondan
tan olinmoqda, alohida mamlakatlarda esa mos tarzdagi qonunlar
qabul qilingan. Xususan, Shvetsiyada va Finlandiyada hayotni
samarasiz tarzda quwatlab turishni passiv evtanaziya yo‘li bilan
to ‘xtatish g‘ayriqonuniy hisoblanmaydi. Bemor o‘z irodasini
mustaqil va ongli tarzda bildirishi vrach uchun bu kabi qarorni
qabul qilinishiga asos hisbolanadi. Bemor hushsiz bo‘lgan holatda
uning qarindoshlari tomonidan kiritilgan bu kabi iltimos, huquqiy
tomondan asos bo‘la olmaydi.
Dostları ilə paylaş: