Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Aktiv evtanaziya
- o ‘limni tezlashtirish bilan azob, 
qiynoqlami engillashtirishni anglatadi. Bu shuningdek, bevosita 
evtanaziya “to‘ldirilgan shprits” usuli sifatida ham nomlanadi. 
Aktiv evtanaziyaning ikki turi farqlanadi: ixtiyoriy va majburlash 
yo‘li bilan.
Ixtiyoriy aktiv evtanaziya (euthanasia voluntary) bemoming 
roziligini ko‘zda tutadi, va bemor yoki boshqa shaxs, aksariyat 
holatda vrach tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Birinchi 
holat huquqiy jihatdan o‘z-o‘zini o‘ldirish sifatida baholanadi. 
Haqiqatdan ham qator holatlarda og‘ir, umidsiz bemorlar hayotni 
o‘z-o‘zini o ‘ldirish bilan yakunlaydigan suitsid holatini aktiv 
evtanaziya sifatida baholash mumkin. Shu sababli murdaning sud- 
tibbiy ekspertizasida odatda hayotiy kasalliklarining mavjudligi 
masalasi ham hal etiladi.
Ta’kidlash lozimki, barcha asosiy diniy konfessiyalar o ‘z- 
o‘zini o‘ldirishga og‘ir gunoh sifatida qaraydi. Ayni vaqtda 
tushunarli sabablarga ko‘ra dunyoning hech bir davlatida o‘z-o‘zini 
o‘ldirish qonuniy jazoga tortilmaydi. Xuddi shuningdek, suitsidga 
yordam berish ham qonunchilikda ta’qib etilmaydi.
Ba’zi hollarda o ‘z-o‘zini o‘ldirish vrach yordamida amalga 
oshiriladi. Bu kabi holatlaming keng tarqalishi maxsus atamaning -
PAS (physician assisted suiside - vrach assistentlik qilgan suitsid) 
vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
AQSHning Michigan shtati sobiq patologoanatomi Djek 
Kevorkyanning faoliyati RASga yaqqol misol bo‘ladi. 1990-1999 
yillar oralig‘ida uning yordamida 131 ta bemor suitsidni amalga 
oshirgan. Bir necha marta uni jinoiy javobgarlikka tortishga harakat 
qilingan, ammo samarasiz bo‘lgan. Faqat 1999 yilda u qotillik sodir 
etganda ayblanib, jazoga tortilgan.
1939 yil fevral oyida avstriyalik psixiatr va psixolog Zigmund


Freydga ichak raki tashxisi qo‘yilgan. Kuchli, azob beruvchi 
og‘riqlaming kuchayishi munosabati bilan 1939 yil 21 sentyabrda 
vrach va o‘zining do‘stidan hayotini to ‘xtatishni so‘ragan. Ikki 
kunlik ikkilanishlardan so‘ng doktor Shor Freydga ma’lum 
miqdordagi morfinni bergan.
Gollandiya 2000 yilda aktiv evtanaziyani rasman tan olgan 
dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi. Qabul qilingan qonunga 
muvofiq faqat bir qator shartlar bajarilgandagina evtanaziyani 
qo‘llashga imkon beriladi. Masalan, hayotdan o ‘z ixtiyori bilan voz 
kechishni istagan bemor o‘z qarorini sog‘lom aqlda bo‘lgan holda 
ma’lum qilishi shart. Uning qarori bilan yaqin qarindoshlari rozi 
bo‘lishi lozim. В undan tashqari, nafaqat davolovchi vrach, balki 
boshqa mustaqil shifokor ham bemor haqiqatdan ham davosiz 
kasallik bilan og‘riganligini va kuchli azobda ekanligini tasdiqlashi 
talab etiladi. Va eng muhimi, evtanaziya faqat huquq-tartibot 
idoralari xodimlari ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
Majburiy aktiv evtanaziya (euthanasia compulsory), ya’ni 
bemorning roziligisiz o ‘limni tezlashtirish huquq nuqtai-nazardan 
qotillik sifatida baholanadi. Bunga misol tariqasida Manchesterdan 
(Angliya) uncha uzoq bo‘lmagan Xayd shaharchasining uchastka 
vrachi Garold Shipman tarixini keltirish mumkin. 2000 yilda 
maxsus komissiyaning ishi natijasida u 20 yillik faoliyati davomida 
analiz uchun qon olish bahonasida tomir ichiga kuchli miqdorda 
giyohvand-moddalami yuborish bilan 300 ga yaqin odamni, asosan 
nafaqa yoshidagi ayollami o‘limiga sabab bo‘lganligi aniqlangan. 
G. Shipmanni shaharchaning sobiqmeri Ketlin Grandi o‘ldirganidan 
so‘ng uning vasiyatnomasini o‘z foydasiga soxtalashtirishi 
munosabati bilan fosh qilishga muvaffaq bo‘lingan.
Evtanaziyani “nuqsonli” insonlarni yo‘q qilish deb ta’riflashni 
taklif etgan huquqshunos Binding va psixiatr Goxening izdoshi 
bo‘lgan Gitler 1939 yil 1 sentyabrda maxfiy buyruqni imzolagan 
bo‘lib, unga muvofiq barcha “hayotning nomaqbul shakllari”ni 
evtanaziyaga solish ko‘zda tutilgan. Keyinroq negativ evgenika


kontseptsiyasini amalga oshirilishi “hayotiy nuqsonli”lardan “irqiy 
nuqsonli”larga ko‘chirilgan. Dunyo hamjamiyatining bosimi ostida 
1941 yil avgust oyida ushbu dastumi to ‘xtatishga majbur boiishgan. 
N o to iiq ikki yil ichida “oliy ariy irqini” tozalash maqsadida turli 
ma’lumotlar bo‘yicha 100 000 dan 275 000 gacha, asosan ruhiy 
kasallar, tug‘ma nuqsonli insonlar yo‘q qilingan. Xalqaro harbiy 
tribunal tomonidan ushbu harakatlar insoniyatga qarshi jinoyatlar 
sifatida baholangan.
Qarindoshlarining iltimosiga ko‘ra amalga oshirilgan 
aktiv evtanaziyani, hattoki bemor o ‘z irodasini bildira olmagan 
holatlardar ham, majburiy evtanaziya sifatida baholash to‘g‘riroq 
boiadi. Ushbu holat nuqtai-nazaridan ayrimlar tibbiy abortni 
majburiy evtanaziyaga taalluqli deb hisoblaydilar.
Mohir jarroh S. S. Yudin, o ‘zining hamkasbi - professor M. 
M. Diterixsni operatsiya qilish jarayonida oshqozonning muolaja 
qilib boim aydigan va metastaz bergan rakini aniqlagan. 0 ‘zi ham 
shifokor boigan bemoming turmush o‘rtog‘i Z. Yu. Rolening 
iltimosiga ko‘ra aktiv evtanaziyani amalga oshirgan - narkoz 
dozasini oshirishga ko‘rsatma bergan.
Frantsiyaning sobiq sog‘liqni saqlash vaziri, “Chegarasiz 
vrachlar” halqaro tashkilotining asoschilaridan biri Bemar Kushner 
Livan va Vetnamdagi urushlar vaqtida og‘ir jarohatlangan, umidsiz 
yaradorlarga evtanaziyani qoilaganini tan olgan.
2006 yilda Amerikaning Nyu-Djersi shtati sudi sobiq feldsher 
Charlz Kallenni 29 bemomi oidirganlikda aybdor deb topgan. 
Jinoyatchi o‘z aybiga iqror b o iish bilan birga, umidsiz bemorlami 
ularga rahmi kelib achinganidan o ‘ldirganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, bilvosita evtanaziya ham mavjud boiib, bunda 
bemoming azob, qiynoq, uqubatlarini engillatishga mo‘ljallangan 
harakatlar o‘limga sabab boiadi. Odatda, bu kabi holatlar dori- 
darmonlar, asosan analgetiklami ortiqcha dozada berish bilan sodir 
etiladi. Huquq nuqtai-nazaridan ushbu harakatlar “ehtiyotsizlik 
orqasidan odam oidirish” ( 0 ‘zR JK 102-modda) yoki “baxtsiz


hodisa” sifatida baholanishi mumkin.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin