Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Medikotanaziya
bedavo bemorlaming azob, uqubatlarini 
turli xil konservativ, simptomatik davolash usullari yordamida


engi 11 ashtirishni anglatadi. Ushbu harakatlar tibbiy etika va huquq 
m e’yorlariga zid kelmaydi.
Medikotanaziya muammosi palliativ yordam masalasi 
bilan bevosita bogiiqdir. Jahon Sogiiqn saqlash tashkilotining 
ta’rifiga binoan, palliativ yordam - davosiz kasallik bilan og‘riga 
bemomi toiaqonli aktiv parvarish qilishni nazarda tutadi. Uning 
maqsadi bemor va uning oilasi uchun eng yaxshi hayot tarziga 
erishishdir. Palliativ parvarish hayotni ulugiaydi va o ‘limga odatiy 
tabiiy jarayon sifatida qaraydi. U oiim ni na tezlashtiradi va na 
uzoqlashtiradi.
Umidsiz bemorlarga palliativ terapiyani tashkil etishda 
tibbiy ko‘rinishdagi bosh masala hayotni cho‘zmaslik, og‘riqlami 
kamaytirishvaqolganhayotsifatinimaksimaldarajadayaxshilashdan 
iboratdir. Shu sababli palliativ yordam ko‘rsatishda an’anaviy 
tibbiy amaliyotning qator klassik holatlarini qaytadan ko‘rib 
chiqishga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, “odatdagi” bemorga mos bo ig a n
yordam, o iim arafasidagi bemorga to‘g ‘ri kelmasligi mumkin. Shu 
munosabat bilan palliativ terapiya o ‘tkazuvchi vrachlar, ayniqsa 
umumiy amaliyot vrachlarining kasbiy tayyorgarligining talab 
darajasida boiishi o‘ta muhimdir. Binobarin, aksariyat holatlarda 
hayoti so‘nay otgan bemorlarga aynan ular tomonidan tibbiy yordam 
ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi.
Insoniyat tarixida o iim arafasida boig an bemorlarni 
parvarish qiluvchi diniy va boshqa hayriya tashkilotlari boigan. 
Rak kasalligidan vafot etayotgan bemorlarni paravarish qiluvchi va 
xospis deb nomlanuvchi ilk tashkilot Jiyan Game tomonidan 1842 
yilda Frantsiyaning Lion shahrida tashkil etilgan.
XX 
asrda hayoti so‘nayotgan insonlami paravarish qiluvchi 
va xospis deb nomlanuvchi birinchi ixtisoslashgan tashkilot 1947 
yilda Sessiliya Sonders tomonidan London shahrida tashkil etilgan. 
Shu erda u keyinroq, 1967 yilda ilohiy Xristofor nomli namunaviy 
ko‘rinishdagi m uruw at uyiga asos solgan. Xospisda bemorlarni 
parvarilash nafaqat tibbiy muolajalar o ‘tkazishni, balki ularga


psixologik yordam berishni o ‘z ichiga oladi.
Xospislar ochishni faol tashviqotchilaridan bin mashhur 
amerikalik jumalist Viktor Zorzadir. 1977 yilda Zorza oilasi 
mudhish fojeani boshidan kechiradi - oilaning yolg‘iz farzandi
qizi Djeyn davosiz rakdan vafot etadi. Unarming oxirgi 8 kunini u 
Oksforddagi xospisda o‘tkazadi va o'limidan oldin u ota-onasiga 
bu kunlar hayotining eng baxtli kunlari bo‘lganligini ma’lum 
qilib, ulardan qolgan hayotlarini butun dunyoda xospislar tashkil 
qilishga bag'ishlashlarini iltimos qiladi. Qizlarini dafh etgandan 
so‘ng, Zorzalar oilasi AQSHda xospislar tashkil qilish bo‘yicha 
umummilliy kompaniya o ‘tkazadilar. Umummilliy “Hospice 
action” qo‘mitasi tashkil etilib, unga mashhur insonlar a’zo bo'ldi. 
“Hayotni to‘liq yashash. Insondek o'lish” kabi so‘zlar V. Zorzaga 
tegishlidir.
Ko‘plab davlatlarda xospislar tarmog‘i tuzilgan bo‘lib, ular 
ham ambulator va ham statsionar yordam ko'rsatadilar. Rivojlangan 
davlatlarda odatda 450-500 ming aholiga bitta xospis ochiladi. 
Sobiq ittifoq hududida birinchi xospis faqat 1990 yildagina Sankt- 
Peterburg yaqinidagi Laxteda ochilgan.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin