Jarima davlat hisobiga pul undirish bo‘lib, uning miqdori
huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy
huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi
belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda
belgilanadi. Fuqarolarga va mansabdor shaxslarga solinadigan
jarimaning miqdori farqlanadi. Ya’ni,
fuqarolarga solinadigan
jarimaning eng каш miqdori eng kam ish haqining ellikdan
bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa - o‘ndan bir qismidan
kam bo‘lmasligi kerak. Fuqarolarga solinadigan jarimaning
eng ko‘p miqdori eng kam oylik
ish haqining besh baravaridan,
mansabdor shaxslarga esa - o‘n baravaridan oshmasligi kerak.
Ayni vaqtda, istisno holatlarda alohida turdagi huquqbuzarliklar
uchun fiiqarorlarga - eng kam ish haqining yuz baravarigacha va
mansabdor shaxslarga esa - yuz ellik baravarigacha miqdorda
jarima solinishi mumkin ( 0 ‘zR. MJhK 25-modda).
Qonunchilikka
muvofiq
joylardagi
mahalliy
davlat
hokimiyati organlari jamoat tartibini saqlashga doir masalalar
yuzasidan, basharti bu masalalar
ushbu Kodeks bilan tartibga
solinmagan bo‘Isa, shuningdek tabiiy ofatlar va eidemiyaga qarshi
kurash masalalari bo‘yicha ulami buzganlik uchun ma’muriy
javobgarlikka torish nazarda tutilgan qarorlar qabul qilishi mumkin
( 0 ‘zR. MJhK 6-modda). Bunday holatlarda joylardagi mahalliy
davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan belgilanadigan
jarimaning eng ko‘p miqdori fuqarolarga eng kam ish haqining
uch baravaridan, mansabdor shaxslarga
esa - besh baravaridan
oshmasligi kerak ( 0 ‘zR. MJhK 25-modda).
Ashyolami haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoki
musodara qilish ko‘rinishidagi jazo turlari xususiy tibbiy yoki
farmatsevtika amaliyoti sohalarida qo‘llanilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan
yoki bevosita uning predmeti boigan ashyoni haqini to‘lash
sharti bilan olib qo‘yish, shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib,
uni keyinchalik sotishdan iboratdir. Bunda tushgan pul ashyoning
sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish
harajatlarini chegirib
tashlagan holda topshiriladi. Musodara qilish esa shu ashyoning
haqini to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o ‘tkazishdan
iboratdir. Musodara qilish haqida qaror tuman (shahar) sudining
m a’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi, soliq va bojxona idoralari
tomonidan qabul qilinadi.
Qonunchilikda ma’muriy jazo qo‘llashning ma’lum bir
muddatlari ko‘zda tutilgan ( 0 ‘zR. MJhK 36-modda). Ya’ni, ular
huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab,
davom etayotgan
huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan
boshlab ikki oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. Ushbu
muddatlar ashyoni bojxona organlari tomonidan musodara qilish
holatlariga tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki
jinoyat
ishini to‘xtatish to‘g ‘risida qaror qabul qilingan holatlarda ham
m a’muriy jazo belgilash muddati farqlanadi. Bu kabi holatlarda
jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini to‘xtatish
to ‘g ‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan
kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: