Nazorat savollari:
1. Jinoyat sifatida tasniflanadigan qilmish belgilarini sanab
bering?
2. To‘g‘ri va egri qasd tavsifi?
3. Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat tushunchasi?
4. Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan huquqbuzarlik jinoyat
deb baholanadimi?
5. Kasb yuzasidan asosli tavakkalchilik qilish jinoyat
hisoblanadimi?
6. Aqli rasolik tushunchasini nimani anglatadi?
7. Jinoyat tarkibi elementlarini sanab bering?
8. Kasb yuzasidan xizmat vazifalarini lozim darajada
bajarmaslik nimani anglatadi?
9. Tibbiy xodim tomonidan kasb yuzasidan xizmat vazifalarini
lozim darajada bajarmaslik holatining subyektiv tomoni?
10. Tibbiy xodim tomonidan kasb yuzasidan xizmat
vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgarlikka
tortish shartlarini sanab bering?
11. Qanday holatlarda abort jinoyat hisoblanadi?
12. Jinoiy abortning subyekti kim bo‘lishi mumkin?
13. Jinoiy abortning subyektiv tomoni?
14. Qanday holatlarda tibbiy xodimlar OIV-infektsiya/OITS
kasalligini yuqtirganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin?
15. Tibbiy xodimlaming mansab jinoyatlarini sanab bering?
16. Qanday harakatlar hokimiyat yoki mansab vakolatini
suiiste’mol qilish sifatida baholanadi?
17. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga
chiqish nimani anglatadi?
18. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash nimani anglatadi?
19. Mansab soxtakorligi nimani anglatadi?
20. Odil sudlovga qarshi jinoyatlami sanab bering?.
X bob. TIBBIY XODIMLARNING KASB
HUQUQBUZARLIKLARI HOLATLARIDA
SUD-TIBBIY EKSPERTIZA
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash borasida kasb yuzasidan xizmat
vazifalarini lozim darajada bajarmaslik holatlari bilan bog‘liq
bo‘lgan tergov va sud muhokamalarida tibbiyot sohasidagi maxsus
bilim va ko‘nikmalami talab etadigan qator savollar yuzaga keladi.
Qonunchilikka muvofiq bu kabi holatlarda komission sud-tibbiy
ekspertiza tayinlanishi lozim. Komission sud-tibbiy ekspertizalami
tayinlash va o ‘tkazish, ekspertlar komissiyasi xulosasini baholash
“Sud ekspertizasi to‘g ‘risida” O ‘zbekiston Respublikasining
Qonuni, Jinoyat protsessual va Fuqarolik protsessual kodekslarida
belgilab berilgan. Shuningdek, komission sud-tibbiy ekspertizalami
o‘tkazish masalasida maxsus idoraviy qoidalar ham mavjud.
Komission sud-tibbiy ekspertizalar o ‘tkazish uchun asos
surishtiruvchi, tergovchi, prokuroming qarori, sudning ajrimi
bo‘lishi mumkin. Qaror va ajrimning bayon qismida ekspertiza
tayinlanishiga asos bo‘lgan ishning qisqacha tafsiloti qayd etiladi.
So‘ng ekspertiza turi va u kimga tayinlanganligi ko‘rsatiladi.
Qaror qismida ekspertlar komissiyasi tomonidan hal etilishi lozim
bo‘lgan savollar keltiriladi. Ekspertlar komissiyasi oldiga qo‘yilgan
savollami aniq, tushunarli va sud ekspertizasi maqsadlariga mos
bo‘lishi lozim. Ular sud-tibbiy ekspertlar komissiyasi tasarrufidan
chetga chiqmasligi kerak.
Ekspertlar komissiyasiga ish materiallari, hujjatlar, shu
jumladan tibbiy hujjatlar hamda tekshiruvlar o‘tkazish va xulosa
berish uchun zarur bo ig an boshqa obyektlar taqdim etiladi. Ular sud
ekspertizasi tayinlash haqidagi qarorda (ajrimda) ko‘rsatib o‘tiladi.
Istisno holatlarda tibbiy muassasa rahbari tomonidan imzolangan
va muhr bilan tasdiqlangan kseronusxalardan foydalanish mumkin.
Alohida kasallik tarixidan ko‘chirma, ma’lumotnomalar bo‘yicha
komission sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tibbiy xodimlami huquqiy javobgarlikka tortish masalasida
tayinlangan ishlarda ekspertlar komissiyasiga oldin o‘tkazilgan
idoraviy
va
boshqa
xizmat
tekshiruvlari,
javobgarlikka
tortilayotgan tibbiy xodimga uning kasbiy tayyorgarligi, tajribasi
va mutaxassislik bo'yicha toifasi ko‘rsatilgan holda berilgan
tavsifnomalar taqdim etilishi lozim. 0 ‘lim holatlarida, shuningdek
ekspertlar komissiyasiga murdani sud-tibbiy ekspertizasi xulosasi
yoki patologo-anatomik tekshiruv bayonnomasi, qo‘shimcha
laborator (gistologik, sud-kimyo va boshqa) tekshiruvlar natijalari
taqdim etiladi. Shu bilan birga ekspertlar komissiyasining taklifiga
ko‘ra etishmagan ish materiallari, boshqa qo‘shimcha hujjatlar
sud-ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan sud ekspertizasi
tayinlagan idora (shaxs)dan talab qilinishi mumkin.
Agarda ekspertlar komissiyasi qo‘yilgan savollami ularning
bilimlari yordamida hal etish imkoni yo‘qligiga ishonch xosil qilsa
yoki taqdim etilgan obyektlar xulosa berish uchun yaroqsiz yoki
etarli boimasa, yoki fan va sud ekspertiza amaliyotining holati
qo‘yilgan savollarga javob berish imkonini bermasa, ekspertlar
komissiyasi amaldagi qonunchilikka muvofiq xulosa berishning
imkoni yo‘qligi haqida asoslantirilgan hujjat tuzadi va sud
ekspertizasini tayinlagan idoraga (shaxsga) yo‘llaydi.
Komission
sud-tibbiy
ekspertizalar
faqat
sud-tibbiy
ekspertiza byurolarida o‘tkaziladi. Amaldagi qoidalargi muvofiq
ulami tuman, tumanlararo va shahar bo‘linmalarida o‘tkazilishiga
yo‘l qo‘yilmaydi. Ekspertlar komissiyasi uchtadan kam bo‘lmagan
shaxsdan tashkil topadi. Davlat sud-tibbiy ekspertlaridan tashqari,
ish tafsilotiga muvofi,q zarurat hollarida ekspertlar komissiyasi
tarkibiga turli profildagi klinik mutaxassislar ham kiritilishi
mumkin.
Ekspertiza tayinlagan organ (shaxs) ekspertlar komissiyasi
tarkibini o ‘z ixtiyoriga ko‘ra belgilash yoki ekspertlar komissiyasi
tarkibiga alohida mutaxassisni kiritish huquqiga ega. Shu bilan
birga ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda (ajrimda) ekspertlar
komissiyasining tarkibi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud ekspertiza
muassasasining rahbari ekspertiza tayinlagan organ (shaxs) bilan
muvofiqlashtirgan holda ekspertlar komissiyasini ushbu muassasada
ishlayotgan xodimlardan tuzadi. Agarda maxsus bilimlari sud
ekspertizasi oldiga qo‘yilgan savollami hal etish uchun zarar
bo‘Isa, sud ekspertiza muassasasining rahbari ekspertiza tayinlagan
organga (shaxsga) ekspertlar komissiyasi tarkibiga boshqa
muassasalar mutaxassislarini ham kiritish haqida tavsiyanoma
berishi mumkin. Ayni vaqtda, ekspertlar komissiyasi tarkibiga
muhokama etilayotgan hodisa yuz bergan davolash muassasasining
rahabarlari, mutaxassislari kiritilishi mumkin emas. Shuningdek,
ishning natijasidan biron-bir ko‘rinishda manfaatdor bo‘ladigan
shaxslar ham ekspertlar komissiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Ekspertlar komissiyasi a ’zolarining raddiyasi masalasi ekspertiza
tayinlagan organ (shaxs) tomonidan qonunda belgilangan tartibda
ko‘rib chiqiladi.
Ekspertlar komissiyasi tarkibida etakchi ekspert, ish bo‘yicha
ma’ruzachi va komissiyaning boshqa a’zolari farqlanadi. Etakchi
ekspert odatda sud-ekspertiza muassasasining rahbari yoki
profil tuzilmaning mudiri bo‘ladi. U ekspertlar komissiyasining
faoliyatini lozim darajada tashkil etish va nazorat qilishni
ta’minlaydi. Ish bo'yicha ma’ruzachining vazifasiga quyidagilar
kiradi: ekspertizaning ijrosini ta’minlash rejasini tuzish, ekspertiza
tayinlagan shaxs bilan doimiy muloqot olib borish, ish materiallarini
komissiya majlisiga tayyorlash, ekspertlar komissiyasi a’zolarini
o ‘z vaqtida ish materiallari bilan tanishtirish, to‘xtam loyihasini
tuzish, ekspertlar komissiyasi xulosasini rasmiylashtirishni nazorat
qilish.
Ta’kidlash lozimki, ekspertlar komissiyasining barcha a’zolari,
shu jumladan etkachi ekspert va ish bo‘yicha ma’ruzachi ham, teng
protsessual huquq va majburiyatga ega. Shunday qilib, hech kim,
hattoki etakchi ekspert ham, komission sud-tibbiy ekspertizalami
o‘tkazish jarayonida, jumladan ekspertiza oldiga qo‘yilgan
masalalami hal etishda biron-bir imtiyozga, ustunlikka ega emas.
Qonunchilikka muvofiq ekspertlar komissiyasi ekspertiza
tayinlagan organ (shaxs) ruxsati bilan sud ekspertizasini o ‘tkazish
uchun ahamiyatli bo‘lgan jinoiy, fuqarolik ishi materiallari bilan
tanishish huquqiga ega. Ekspertlar komissiyasi shuningdek,
ekspertiza tayinlagan organdan (shaxsdan) sodir etgan kasb
huquqbuzarliklari uchun javobgarlikka tortilgan tibbiy xodimni
tushuntirish berishi uchun ekspertlar komissiyasi ishtirokida so‘roq
qilishni talab qilish huquqiga ega.
Amaldagi qoidalarga muvofiq, barcha tibbiy muassasalar
ekspertlar komissiyasining ishiga har tomonlama yordam (tibbiy
muassasa mutaxassislarini ekspertlar komissiyasi tarkibida ishtirok
etishi, maslahatlar olish, turli xil laboratoriya tekshiruvlarini
o‘tkazish va sh. k. ) berishlari shart. Ayrim holatlarda shaxsni
statsionar sharoitda tekshiruvdan o‘tkazish zaruriyati vujudga
keladi. Bu kabi holatlarda ekspertlar komissiyasining tavsiyasi
va ekspertiza tayinlagan organ (shaxs)ning yo‘llanmasiga asosan
shaxs tegishli statsionargayotqizilishi mumkin. Statsionar tekshiruv
natijalari qo‘shimcha tarzda ekspertiza tayinlagan organ (shaxs)
tomonidan ekspertlar komissiyasiga taqdim etiladi.
Komission sud-tibbiy ekspertiza natijalari tasdiqlangan
shaklda ekspertlar xulosasi ko‘rinishida rasmiylashtiriladi va uch
qismdan tashkil topadi.
Xulosaning
Dostları ilə paylaş: |