Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

3. Ma’lumotlarni to‘plash. To„plangan ma‟lumotlar o„rganilayotgan 
muammoga mos bo„lishi yoki ularni to„plash maqsadga muvofiq ravishda olib 
borilishi zarur. Ilmiy ma‟lumotlarga bo„lgan asosiy talablar - bu ularning
xolisona, to„la va izchil bo„lishidir. To„plangan ma‟lumotlar
o„rganilayotgan muammoni har jixatdan tavsiflab berishi kerak
4. Ma’lumotlarni qayta ishlash. To„plangan ma‟lumotlarni matematik
va mantiqiy jixatdan ishlab chiqish umumiylikni, xususiylikni topish va 
ularni tasodifiy ma‟lumotlardan ajratash imkonini beradi. Bunda to„plangan 
ma‟lumotlarning o„rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va xokazo), protsentlari 
aniqlanadi, sonlarga oid ma‟lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, 
diagramma va chizmalarda o„z aksini topadi. Murakkab
mutanosiblikdagi ma‟lumotlarni topishda esa variatsion statistika
metodlari qo„llaniladi. 
5. Qonuniyatlarning ifodalanishi. Bu tadqiqotning bir muncha murakkab va 
masxuliyatli bosqichi xisobanadi. CHunki, bu bosqichda ma‟lumotlarning
moxiyatiga qanchalik chuqur tushunilganligi, ularning o„zaro
bog„liqligini xisobga olib, olingan ma‟lumotdan xar turli xulosa chiqarish 


mumkin. Ko„pincha chiqarilgan xulosalar ta‟miniy xarakterga ega bo„lib, 
keyingi tekshirishlar uchun asos bo„ladi. 
6. Qonuniyatni amalda qo‘llash. Aniqlangan qonuniyatlar ma‟lum bir
amaliyot sohasida qo„llaniladi. Amalda qo„llash aniqlangan qonuniyatning 
to„g„riligiga batamom ishonch xosil qilish imkonini beradi. Ko„pincha
o„qituvchilar o„z amaliy faoliyatlarida shaxsiy kuzatishlari va 
boshqalarning tajribalarini umumlashtiradilar. Biroq, bunday umumlashtirishlar 
ilmiy jihatdan etarli asoslangan bo„lmaydi, ya‟ni, muammo aniqligi va
teranligi bilan ajralib turmaydi. 
Muammoli savol: Yosh davrlar psixologiyasining maxsus metodlari 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin