Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Refleks, asab faoliyatining asosiy shakli ekanligi



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə34/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

3.2. Refleks, asab faoliyatining asosiy shakli ekanligi.


Refleks haqida tushuncha. Asab faoliyatining asosiy shakllaridan biri bo’lib reflekslar hisoblanadi. Refleks - organizmga tashqi yoki ichki muhitdan ko’rsatilayotgan qo’zg’alishlarga markaziy asab tizimi ishtirokida beriladigan javob reaksiyasidir.
Odam oyog’ining tovon qismi terisini qo’zg’atish, reflektor ravishda oyoq kaft va barmoqlarining qisqarishini chaqiradi. Bu tovon refleksdir. Sonning to’rt boshli muskullari paylarini tizza usti qismidan pastki tomonidan o’rilsa oyoq tizzadan bukiladi. Bu tizza refleksdir. Emadigan bolani lablariga tegish bilan unda – emish refleksini kuzatish mumkin. Kuchli yorug’lik bilan ko’z qorachig’ini qisqarishini chaqirish mumkin – qorachiљ refleksi va hokazo.
Reflektor faoliyat tufayli organizm tashqi yoki ichki muhitlardagi turli o’zgarishlarga juda tez reaksiya qilish xususiyatiga egadir.
Reflektor reaksiyalar juda turli-tumandir, ular shartli va shartsiz bo’lishlari mumkin. Ular orasidagi farqlanishlarni biz keyinroq ko’rib chiqamiz.
Reflektor yoyi. Tananing barcha organlarida qo’zg’atuvchilarga sezuvchan nerv uchlari joylashgan – bular reseptorlardir. Reseptorlar joylashgan joyiga, tuzilishiga va funksiyasiga qarab turlichadir. Ayrim reseptorlar juda oddiy tuzilgan nerv uchlari shaklidagi ko’rinishlarga ega bo’lib, ularning ayrimlari murakkab tuzilishga ega bo’lgan sezgi organlarining ayrim elementlari hisoblanadi, masalan, ko’zning tur pardasi. Reseptorlar joylashgan joyiga qarab eksteroreseptorlarga, proprioreseptorlarga va interoreseptorlarga bo’linadilar. Eksteroreseptorlar tashqi muhitning qo’zg’alishlarini qabul qiladi, ularga kњzning tur pardasi, quloq, teri reseptorlari, ta’m va hid bilish organlarining qabul qiluvchi hujayralari kiradi.
Interoreseptorlar ichki organlarning to’qimalarida (yurak, jigar, buyrak, qon tomirlari va boshqa organlarning) joylashgan va organizmning ichki muhitidagi o’zgarishlarni qabul qiladi. Proprioreseptorlar - muskullar va paylarda joylashgan bo’lib, ularning qisqarishini, cho’zilishini qabul qiladi, hamda gavdaning holati va xarakati haqida signallar beradi.
Reseptorlarda ta’sir ma’lum kuchga va vaљtga ega bo’lgan ta’sirotchilar ta’siriga mos holda qo’zg’alish jarayoni yuzaga keladi. Yuzaga kelgan qo’zg’alish reseptorlardan markazga intiluvchi nerv tolalari orqali markaziy asab tizimiga o’tkaziladi.
Markaziy asab tizimida qo’shimcha neyronlar hisobiga refleks tor hajmli vaqtlardan asab tizimining butun-yaxlit faoliyatiga aylanadi. Markaziy asab tizimida tushayotgan signallarning qayta ishlanishi – tahlili bajariladi va markazdan qochuvchi tolalarga impulslarni o’tkazilishi yuz beradi.
Refleks natijasida o’z faoliyatini o’zgartiruvchi ishchi organ – effektor deb ataladi. Reseptordan ishchi organgacha nerv impulslarini o’tkazuvchi yo’l reflektor yoyi deb ataladi. Bu refleksning asosiy materiali hisoblanadi.Reflektor yoyi haqida gap yuritgan paytda, har bir bajariladigan reflektor akt katta miqdordagi neyronlar ishtirokida bajarilishini nazarda tutish kerak. Refleksning ikki yoki uch neyronli yoyi bor-yo’g’i chizma haqiqatdan esa tananing turi qismlarida joylashgan juda ko’plab reseptorlarini qo’zg’alishidan yuzaga keladi. Har qanday reflektor aktda nerv impulslari markaziy asab tizimiga kelgach, keng miqyosda tarqaladi va uning turli qismlarigacha yetib boradi. Shu sababli reflektor reaksiyalarning tuzilish asosini markazga intiluvchi, markaziy yoki qo’shimcha va markazdan qochuvchi neyronlar zanjiri tashkil qiladi desak to’g’riroq bo’ladi.
Har qanday reflektor aktda katta miqdordagi nerv impulslarini miyaning turli qismlariga o’tkazuvchi neyronlar guruhi ishtirok etganligi sababli reflektor reaksiyasida butun organizm ishtirok etadi. Haqiqatdan ham, agar sizni qo’lingizga favqulodda igna sanchib olishsa, siz uni tez tortib olasiz. Bu reflektor reaksiyadir, lekin bu paytda faqatgina qo’l muskullari qisqarmasdan nafas olish, yurak-tomirlar tizimi faoliyatlari ham o’zgaradi. Demak, siz sanchilgan ignaga reaksiya qildingiz. Javob reaksiyasiga amalda butun organizm ishtirok etgan bo’lsa, bu jarayonni ya’ni reflektor aktini – butun organizmni koordinasiyalashgan javob reaksiyasi deb qarash mumkin.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin