Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Shartli va shartsiz reflekslar



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə69/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

5.1. Shartli va shartsiz reflekslar.


Shartli reflekslarni shartsiz reflekslardan farqi. Shartsiz reflekslar –organizmning tug’ma reaksiyasi bo’lib, evolyusiya jarayonida shakllangan va mustahkamlangan va nasldan-naslga beriladi. Shartli reflekslar hayot davomida yuzaga keladi, mustahkamlanadi, so’nadi va shaxsiy hisoblanadi. Shartsiz reflekslar turlarga xos bo’lgan xususiyatlardan biridir, ya’ni o’sha turga xos bo’lgan individlarning hammasida kuzatiladi. Shartli reflekslar ma’lum turga mansub bo’lgan individlarni ayrimlarida bo’lishi mumkin, ayrimlarida esa bo’lmaydi. Shartsiz reflekslarni hosil bo’lishi uchun maxsus sharoitlar talab etilmaydi, agar ma’lum retseptorlarga adekvat ta’sirotchilar ta’sir ettirilsa albatta hosil bo’ladi.
Shartli reflekslar hosil bo’lishi uchun maxsus sharoitlar talab qilinadi, ular har qanday reseptiv maydondan (maqbul kuchi va davomiyligiga ko’ra) har qanday qo’zg’atuvchiga hosil bo’lishi mumkin.
Shartsiz reflekslar nisbatan doimiy, turg’un, o’zgarmas va umr davomida saqlanib qoladi. Shartli reflekslar o’zgaruvchan va juda harakatchan bo’ladi.
Shartli reflekslarning bajarilishida asosan markaziy asab tizimining po’stloqosti bo’limlari ishtirok etadi. Bu reflekslar yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda ularning katta yarim sharlari po’stlog’i olib tashlanganidan keyin ham bajarilishi mumkin. Ammo, katta yarim sharlar po’stlog’i olib tashlanganidan keyin shartsiz reaksiyalarning kechish xarakterini o’zgarishini ko’rsatish imkoni yaratildi. Bu esa shartsiz reflekslarni bajarilishida po’stloq ishtirok etishi haqida gap yuritish imkonini beradi.
Shartsiz reflekslarning miqdori nisbatan unchalik katta emas. Ular o’z-o’zidan organizmni tinimsiz o’zgaruvchan tashqi muhit sharoitiga moslashtira olmaydilar. Shartli reflekslar organizmni hayoti davomida juda ko’plab hosil bo’lishi mumkin, yashash sharoiti o’zgarishi bilan ulardan ko’pchiligi o’zlarining biologik ahamiyatini o’zgartiradi, so’nadi, yangi shartli reflekslar hosil bo’ladi. Bu esa hayvonlar va odamlarni o’zgaruvchan tashqi muhit sharoitiga yaxshi tarzda moslashish imkonini beradi.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin