Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


I BO‘LIM  FALSAFA VA UNING MUAMMOLARI


səhifə3/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

I BO‘LIM 
FALSAFA VA UNING MUAMMOLARI 
1-bob.
FALSAFA FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA UNING 
ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATI UCHUN 
AHAMIYATI
1-§-Falsafaning bahs mavzui va ilmiy-nazariy o‘rganish,
tadqiq etish masalalari 
Falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardandir. Falsafa inson 
ma’naviy madaniyatining eng qiziqarli sohalaridan biri hisoblanadi. 
Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak uning 
o‘zi kabi falsafa ham qadimiydir. Falsafa olam va uning yashashi
rivojlanishi, o‘zgarishi, taraqqiyoti, hayot va inson umrining mohiyati, 
borliq va yo‘qlik kabi ko‘plab muammolar haqida bahs yuritadigan 
qadimiy fandir. 
«Falsafa» atamasi qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib, «Filio» – 
sevmoq va «sofos» – donishmandlik so‘zlarining birikuvidan iborat. 
Uning lug‘aviy ma’nosi – «donishmandlikni sevish» demakdir. 
Abu Nasr Forobiy o‘zining «Falsafaning ma’nosi va kelib chiqishi 
haqida» deb nomlangan asarida «falsafa» atamasi yunon tilidan kelib 
chiqqanligini tasdiqlaydi. 
Falsafa tabiat, jamiyat va insonning mohiyati haqidagi eng umumiy 
bilimlarni o‘zida ifodalab, insonni borliqqa bo‘lgan munosabatining 
metodologik asoslarini belgilab beradi, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri 
rivojlanishining eng umumiy qonunlarini o‘rganadi va falsafiy 
dunyoqarashni shakllantiradi. 
Falsafa bundan 3 ming yil ilgari fan sifatida paydo bo‘ldi. Uning 
paydo bo‘lishida jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyot 
muhim rol o‘ynadi. Chunki, falsafa ijtimoiy ongning alohida o‘ziga xos 
shakli sifatida jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy hayoti bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni o‘zida aks ettiradi. 
Falsafa fan sifatida borliqni, ya’ni tabiat, jamiyat, inson va uning 
tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonunlarini o‘rganadi. Bundan 
kelib chiqqan holda falsafiy bilimlar doirasi ham juda keng bo‘lib, 
ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:


7
a) ontologiya – borliq haqidagi qarashlar;
b) sotsiologiya – jamiyat haqidagi qarashlar;
v) gnoseologiya – borliqni bilish muammolari; 
g) logika – inson tafakkuri qonunlari haqidagi qarashlar tizimi. 
Bundan tashqari, axloqiylik va go‘zallik haqidagi bilimlar tizimini 
o‘z ichiga olgan etika va estetika ham falsafiy bilimlar qatoriga kiradi. 
Insoniyat tarixining turli davrlarida falsafa nima va u nimani 
o‘rganadi degan savollarga turli mutafakkirlar turlicha javob berib 
kelganlar. Buning esa o‘ziga xos bir qancha sabablari bo‘lgan. 
Insoniyatning ijtimoiy amaliyoti va ma’naviyati rivojlanib borishi bilan 
falsafaning bahs mavzui, uning jamiyat hayotidagi o‘rni ham doimo 
o‘zgarib borgan. Bu esa har bir davrda borliqni, tabiatni, inson hayoti va 
jamiyatni tushunishda turli xil falsafiy qarashlar paydo bo‘lishiga olib 
kelgan. Ijtimoiy-tarixiy davrlarning turli bosqichlarida falsafa siyosat, 
iqtisodiyot, fan va madaniyat, san’at va adabiyot, shuningdek, din bilan, 
xullas, jamiyatning ma’naviy hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. 
Falsafaning jamiyatdagi roli ayni shu vaqtning o‘zida o‘zgarib borgan. 
Xuddi shu tarzda falsafiy qarashlarning rivojlanib borishi turli xil 
oqimlar va yo‘nalishlarni keltirib chiqargan. 
Falsafa taraqqiyotida muayyan umumiy nazariy qarashlarni ishlab 
chiqqan mutafakkirlarning bir qismi o‘zining e’tiborini tabiatga, uni 
tushuntirish va izohlab berishga qaratganlar. Bunga Lukretsiy Karning 
«Narsalarning tabiati to‘g‘risida», Ahmad al-Farg‘oniyning «Astronomik 
risolalar», al-Xorazmiyning «Vasaya: az-Zijji mumtaxana», J.Brunoning 
«Dunyoning ikki sistemasi to‘g‘risida suhbat», D.Didroning «Tabiatni 
bayon qilish haqida fikrlar», P.Golbaxning «Tabiat sistemasi», 
Gegelning «Tabiat falsafasi», A.Gersenning «Tabiatni o‘rganish 
haqidagi xatlar» va F.Engelsning «Tabiat dialektikasi» asarlarini misol 
qilib ko‘rsatish mumkin. Bu mutafakkirlar o‘z asarlarida yer, quyosh va 
yulduzlarning, xullas, koinotdagi jismlarning paydo bo‘lishi, ularning 
tabiati va mohiyati haqidagi kosmologik va kosmogonik muammolarni 
yoritishga urinadilar. Ularning falsafiy qarashlari markazida tabiatdagi 
narsalarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, yemirilishi, boshqa narsalarga 
aylanishi, narsa va hodisalarning birinchi asosi haqidagi fikrlar yotadi. 
Hamma narsalarning birinchi ibtidoiy asosini qidirish, narsa va 
hodisalarni ana shunga suyanib izohlash, ularni bir butunga birlashtirib 
o‘rganishga intilish – bu mutafakkirlarning falsafiy qarashlari mohiyatini 
tashkil etadi. 


8
Boshqa bir guruh mutafakkirlar diqqatini inson, inson hayotining 
ma’nosi va mazmuni, uning dunyoda tutgan o‘rni, tabiatga va jamiyatga 
bo‘lgan munosabatlari muammolari o‘ziga jalb qiladi. Ular inson 
hayotining ma’nosi va mazmunini nima belgilaydi, insonning dunyodagi 
o‘rni qanday, inson dunyoni bila oladimi, falsafa insonni qaysi jihatdan 
o‘rganadi degan savollarga javob izlaganlar. Bu muammolar haqida turli 
davrlarda yashagan mutafakkirlar turli xil fikrlar yuritganlar va ko‘plab 
asarlar yozganlar. Jumladan, bunga Arastuning «Etikasi», Ibn Sinoning 
«at-Tadabaru monazil» (Davlatni boshqarish), Yusuf Xos Xojibning 
«Qutadg‘u bilik», Ahmad Yassaviyning «Hikmat»lari, Amir Temurning 
«Temur tuzuklari», Erazm Rotterdamskiyning «Xristian jangchisi 
quroli», T.Gobbsning «Inson tabiati», B.Spinozaning «Ilohiy-siyosiy 
traktat» va «Aql kamoloti haqida traktat», A.Gelvetsiyning «Inson 
haqida», I.Kantning «Osmon umumiy tarixi va nazariyasi», «Sof aqlni 
tanqidi», Gegelning «Ruh falsafasi», L.Feyerbaxning «Xristianlikning 
mohiyati» asarlari misol bo‘la oladi. Bu asarlarning mualliflari o‘z 
davrdagi ilm-fan asosida insonning boshqa mavjudotlardan tub farqlari, 
mohiyati, hayotining ma’nosi va mazmuni, bu yorug‘ olamdagi o‘rni, 
o‘limi va abadiyligi kabi muammolarni yoritganlar. 
Inson bilimlari orta borgan sari jamiyat, uning moddiy va ma’naviy 
hayoti, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy, huquqiy, axloqiy muammolar 
ham mutafakkirlarning e’tiborlarini o‘ziga jalb qila boshlagan. Natijada, 
mutafakkir faylasuflar bu sohada ham tadqiqotlar olib borib, jamiyat 
haqida ko‘plab asarlar yaratdilar. Bularga, Aflotunning «Davlat», 
«Qonunlar», Arastuning «Siyosat» asarini, Forobiyning «Fozil odamlar 
shahri», «as-Siyasa al madaniya» (siyosat ilmi), Mirzo Ulug‘bekning 
«To‘rt ulus tarixi», T.Gobbsning «Grajdanin to‘g‘risida», Dj.Lokkning 
«Qonunlarning ruhi to‘g‘risida», Gegelning «Tarix falsafasi» va «Huquq 
falsafasi» kabi asarlarini misol qilish mumkin. Bu asarlarda, o‘z davri 
nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, bir butun jamiyat, uning moddiy 
va ma’naviy hayoti, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, uning bazisi va 
ustqurmasiga oid nazariy qarashlar o‘rtaga tashlandi. Xuddi shu tarzda 
har bir davrda falsafaning bahs mavzusi o‘zgarib borgan. 
Falsafa fanining muammolari, o‘z xususiyatlariga ko‘ra, azaliy yoki 
o‘tkinchi bo‘lishi mumkin. Azaliy muammolar insoniyat paydo bo‘lgan 
davrdayoq vujudga kelgan bo‘lib, toki odamzod mavjud ekan 
yashayveradi. Chunki insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu 
muammolar yangidan kun tartibiga qo‘yilaveradi. Ularni o‘rganish 
jarayonida ilm-fan taraqqiy etib boraveradi. 


9
Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning 
voqeligi, undagi o‘zaro aloqadorlik va taraqqiy etish, insoniyat 
hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, 
ularning mazmuni, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari 
bilan bog‘liq ko‘pdan-ko‘p masalalar falsafa va falsafiy bilim 
sohalarining azaliy muammolari qatoriga kiradi. 
Falsafada olamning asosida nima yotadi, uni voqe etib turgan 
narsaning mohiyati nimadan iborat, degan masalalar nihoyatda uzoq 
tarixga ega. Bu masalalarni qay tarzda hal qilishiga qarab farqlanadigan 
falsafiy oqim va yo‘nalishlar mavjud. Masalan, olamning asosida nima 
yotadi, uning mohiyati nimadan iborat degan masalada monizm, 
dualizm, plyuralizm, materializm va idealizm kabi qator falsafiy 
qarashlar shakllangan. 
Monizm (yunon. manos – yakka) – olamning asosi yakkayu yagona 
sababga, bitta asosga ega deb beradigan falsafiy ta’limotdir. 
Dualizm (lot. dua – ikki) – olamning asosida ikkita asos, ya’ni 
modda va materiya bilan birga ruh va g‘oya, ya’ni ideya yotadi deb 
aytuvchi qarash. 
Plyuralizm (lot. plyural – ko‘pchilik) – olamning asosida ko‘p narsa 
va g‘oya (ideya)lar yotadi deb e’tirof etadigan ta’limot. 
Materializm – olamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar 
yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta’limot. 
Idealizm – olamning asosida ruh yoki g‘oyalar (ideyalar) yotadi, 
dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan 
falsafiy ta’limot. 
Yuqorida ko‘rsatilgan falsafaning bahs mavzulari ham xuddi shu 
yo‘nalish va oqimlar asosida har xil tarzda tushuntirib berilgan. 
Falsafada hal qilinishi va yondashishi mumkin bo‘lgan masalalarda 
mutafakkirlar o‘zlarining fikr va mulohazalarini u yoki bu tarzda bayon 
etganlar. 
Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish 
bilan bog‘liq masalalar ham mavjud bo‘lib, bu masalalarda ham har xil 
yondashishlar kelib chiqqan. Bu aytib o‘tilgan masalalar bilan 
falsafaning gnoseologiya (gnosis – bilish, logos – ta’limot) degan sohasi 
shug‘ullanadi. Dunyoni bilish mumkinligini tan oluvchi faylasuflar – 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin