2
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining
Tahririyat-noshirlik kengashida ma’qullangan
T a q r i z c h i l a r :
falsafa fanlari doktori, professor
J. RAMATOV;
siyosatshunoslik fanlari doktori, professor
SH.G‘OYIBNAZAROV
F–19 Yusubov
D.A.
Falsafa: Darslik / Yusubov D.A. Saitxodjayev X.B. Mavlyanov A.A.
– T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 267 b.
Mazkur darslik o‘z ichiga falsafa fanining bahs mavzusi, obyekti, predmeti,
qonunlari, o‘rganish usullari, dunyoqarash va uning tarixiy shakllari, mustaqillik va
falsafiy dunyoqarashning yangilanish zaruriyati, falsafiy tafakkur shakllanishi va
rivojlanishining asosiy
bosqichlari, Qadimgi Sharq va G‘arb
falsafasi, uning
falsafiy tafakkur shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni, Markaziy Osiyo falsafasi va
uning jahon madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati, falsafada
borliq muammosi,
tabiatning falsafiy tahlili masalalari, falsafiy qonun va kategoriyalar ularning
boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlar qonuniyatlari bilan o‘zaro
munosabati va
aloqadorligi, falsafada ong, g‘oya va mafkura masalalari, huquqiy ong ijtimoiy
ongning
bir turi sifatida, falsafada bilish muammosi va ilmiy bilish mohiyati,
huquqiy ijodkorlik
bilishning shakli sifatida, inson va jamiyat falsafasi, fanning
falsafiy tahlili, huquq falsafasi fan sifatida, ma’naviyat va madaniyat falsafasi,
huquqiy madaniyat madaniyatning bir turi sifatida, qadriyatlar falsafasi, global
muammolar falsafasi, taraqqiyotning o‘zbek modeli va uning jahon
sivilizatsiyasidagi ahamiyati masalalarini keng qamrab
olganligi bilan ajralib
turadi.