Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Mustaqillik va falsafiy dunyoqarashning


səhifə14/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

3-§. Mustaqillik va falsafiy dunyoqarashning
yangilanish zarurati 
Falsafiy tafakkur rivoji insoniyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq 
jarayondir. Ma’lumki, hayotdagi voqea-hodisalarning barchasi ijtimoiy 
ongda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davrlar o‘zgarishi bilan unga xos 
ma’naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana 
boshlaydi. Ammo bu o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Ayniqsa, inson 
tafakkurining o‘zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega 
bo‘lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Bu hol bizning 
kunlarimizda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 
Hozirgi kunda jamiyatimizda istiqlol g‘oyalariga asoslanadigan 
yangi dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifa bo‘lib turibdi. Zero, 
inson dunyoqarashini, uning asosiy tamoyillarini o‘zgartirmasdan, yangi 
jamiyatni qurish qiyin. Istiqlol talablari darajasida falsafiy tafakkurni 
yangilash vazifalarini bajarish g‘oyat murakkab bo‘lib, quyidagi bir qator 
muammolarni hal qilishni taqozo etmoqda: 
– mustabid tuzum mafkurasining ijtimoiy, ma’naviy va falsafiy 
sohalardagi asoratlarini bartaraf etish; 


 31
– kishilar ongi va turmush tarzidan sobiq tuzumga xos g‘ayriinsoniy 
tamoyillarni siqib chiqarish; 
– O‘zbekiston falsafasida jahon falsafiy tafakkuri yutuqlaridan 
yanada kengroq foydalanish; 
– bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida 
nafaqat oddiy fuqaro, balki ziyoli va falsafa mutaxassislarining ongida 
hamon saqlanib kelayotgan loqaydlik va mutelik kabi kayfiyatlarga 
barham berish; 
– ma’naviy merosimizni qayta tiklash va ijodiy rivojlantirish 
jarayonida buyuk ajdodlarimiz falsafiy merosini yanada keng va 
chuqurroq o‘rganish; 
– falsafiy adabiyotlarni milliy manfaatlarimizga yanada ko‘proq 
moslash, qo‘llanma va darsliklarimizda milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi 
tamoyillarini aks ettirish; 
– istiqlol talablariga mos keluvchi sog‘lom g‘oyali ma’naviy 
barkamol avlodni tarbiyalash zaruratiga mos tadqiqotlar olib borish, ular 
asosida ta’lim-tarbiyaning samarali usul va imkoniyatlarini izlab topish. 
– jahon va Sharq xalqlari falsafiy merosini puxta va chuqur 
o‘rganish, bu jarayonda turli g‘oya va mafkuralarning davlatlar va 
xalqlar taqdiriga ta’sirini aniq ko‘rsatish va shu asosda istiqlol 
mafkurasining tamoyillarini kishilar ongiga singdirish. 
Ana shu masalalarni uyg‘un holda hal qilish falsafiy dunyoqa-
rashimizni yangilashga yordam beradi. 
Istiqlolga erishganimizdan buyon tarixan qisqa davr o‘tgan bo‘lsa-
da, mustaqil taraqqiyot mamlakatdagi ulkan imkoniyatlarni ro‘yobga 
chiqarishning yagona va muhim omili ekani o‘zining to‘liq isbotini 
topdi. Zero, faqat mustaqillikkina har bir xalqqa o‘z falsafasini erkin 
rivojlantirish, takomillashtirish imkonini beradi. Mustaqillik yillarida 
falsafiy dunyoqarashning yangilanishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy kabi barcha asoslar shakllandi. 
Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi – serqirra jarayon. U juda 
keng ijtimoiy mazmunga ega bo‘lib, jamiyat ma’naviy hayoti, mafkurasi, 
madaniyati va ta’limi tizimidagi yangilanish, odamlarning ruhiy 
poklanishi, sobiq Ittifoqdan qolgan qaramlik kayfiyatidan xolos bo‘lish 
jarayonining tarkibiy qismidir.
Falsafiy dunyoqarash o‘zgarishining muhim jihatlari quyidagilarda 
namoyon bo‘ladi:
Birinchidan, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi ijtimoiy 
jarayondir. Ya’ni u, avvalo, taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchisiga 


 32
o‘tayotgan mamlakatdagi ijtimoiy munosabatlardagi uzluksiz 
o‘zgarishning tarkibiy qismidir. Falsafadagi yangilanish jamiyatdan, o‘z 
davridan, ro‘y berayotgan ijtimoiy jarayonlardan tashqarida sodir 
bo‘ladigan hodisalar yig‘indisi emas. Balki u o‘zida ana shu ijtimoiy 
jarayonlarning barcha asosiy xususiyatlarini aks ettiradi.
Ikkinchidan, mustaqillikka erishgan va uni mustahkamlashga 
harakat qilayotgan mamlakatimiz uchun bu tarixiy zaruratdir. Ya’ni u 
tasodifiy namoyon bo‘ladigan o‘tkinchi hodisa emas. Balki o‘tish 
davrining zaruriyati, jamiyatni tubdan isloh qilish, odamlarda yangicha 
tafakkurni shakllantirishdagi asosiy yo‘nalishlardan biridir.
Uchinchidan, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi nafaqat 
umumiy ma’naviy muhitning, balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy 
qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarining o‘zgarishi hamdir. 
Shu ma’noda, u buyuk alloma bobomiz Abu Nasr Forobiy orzu qilgan 
fozil odamlarning komil fazilatlarini shakllantiradigan va takomillash-
tiradigan jarayondir1. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, u g‘oyat 
murakkab ruhiy o‘zgarishlar, odamlarning qullik psixologiyasi va 
mustabid tuzumga xos mafkuraviy asoratlardan xalos bo‘lish jarayoni 
hamdir. 
To‘rtinchidan, falsafiy ongning yangilanishi muayyan bir davrda 
amalga oshadi. Bu jarayon bizning mamlakatda o‘tish davriga to‘g‘ri 
kelmoqda. Ana shu davrda ijtimoiy muhitda yangi jihatlar vujudga 
keladi, odamlarning ruhiyati, qarashlarida tub o‘zgarishlar ro‘y beradi. 
Beshinchidan, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi inkor va 
vorislik jarayoni hamdir. Unda, bir tomondan, o‘zbek falsafasida azaldan 
mavjud bo‘lgan, hatto sobiq mustabid tuzum ham yo‘qota olmagan ko‘p 
jihatlarning saqlanib qolishi kuzatiladi. Ikkinchi tomondan, yaqinginada 
ustuvor bo‘lgan ko‘pgina sinfiy-partiyaviy tamoyillar o‘tmishga 
aylanadi, inkor etiladi. Uchinchi tomondan esa, falsafiy tafakkurda yangi 
yo‘nalishlar o‘z o‘rnini topadi. 
Mustaqillik odimlari va falsafaning yangilanishi uzviy bog‘liq 
jarayondir. Mamlakatning rivojlanish sur’ati yangicha mustaqil fikrlaydi-
gan, ijtimoiy faol, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk mutaxassislarga 
bo‘lgan talabni alohida bosqichga olib chiqdi. Mulk shaklining xilma-
xilligi, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ehtiyoj, bozor munosabatlari 
sharoitida tadbirkorlikning kuchayishi, ishlab chiqarishga yangidan-
yangi texnologiyalarning kirib kelishi jarayoni yuqori darajada 
tarbiyalangan va yuksak malakaga ega bo‘lgan mutaxassisni taqozo 


 33
etayapti. Zero, yuksak malaka ayni paytda aqliy-ruhiy va jismoniy 
salohiyatlar uyg‘unlashgan taqdirdagina ko‘ngildagidek samara beradi. 
Mustaqil davlatning oliy maqsadlarini amalga oshira oladigan 
mutaxassislarni shakllantirish uchun ularning shaxsiyati ijtimoiy 
talablarga javob bera oladigan tarzda kamolga yetgan bo‘lishi lozim. 
To‘g‘ri, inson jamiyatdagi o‘z o‘rni, Olloh ravo ko‘rgan taqdiri haqida 
o‘ylashi, o‘z Vatanini sevishi, o‘z millati sha’nini ulug‘lash uchun yelib-
yugurishi mumkin. Biroq ular aniq natija beradigan faoliyatga 
aylansagina ijtimoiy mazmun kasb etadi. 
Muayyan kishi jamiyatdagi o‘z o‘rni haqida o‘ylasa-yu, jamiyat 
oldidagi burchini anglab yetmasa, amalda burchiga sodiq ekanini 
namoyon etmasa yoki Vatanni sevish bilan cheklanib, uning ravnaqi 
uchun kurashmasa, millatiga munosib bo‘lish haqida o‘ylasa, yelib-
yugursayu, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularining amaldagi isbotini 
namoyon eta olmasa, bundan na jamiyat, na Vatan, na millat naf topadi. 
Bunday kishining shaxsiyatida ijtimoiy burch, vatanparvarlik, milliy 
g‘urur va iftixor tuyg‘ulari zaif va faoliyatsiz bo‘lib qolaveradi. 
Bunday shaxslar mustaqillik talablariga hozirjavoblik bilan 
maydonga chiqa olmaydi. Ma’naviy-axloqiy, ruhiy-jismoniy yetuk va 
faol shaxsgina jamiyat taraqqiyoti mazmunini, davlatning istiqbol 
yo‘lini, shaxs–jamiyat–davlat manfaatlarining uyg‘unligini to‘g‘ri 
tushunadi, shu yo‘lda hormay-tolmay mehnat qiladi. 
Albatta, ma’naviy-axloqiy, ruhiy-jismoniy sog‘lom va yetuk 
kishilarni voyaga yetkazish oson emas. Buning uchun yillar mobaynida 
ter to‘kishga to‘g‘ri keladi. Bunda, avvalo, odamlar tafakkurini 
yangilash, istiqlol dunyoqarashini shakllantirish zarur. Binobarin, davr 
taqozo etayotgan keng qamrovli bilimga ega bo‘lish milliy va 
umuminsoniy madaniyatlardan, boy tarixdan, bugungi kundagi ulug‘vor 
bunyodkorlik ishlardan bahramandlik ularning qalbida Vatanga sadoqat 
va iftixor tuyg‘ulari kamol topishiga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida
ijtimoiy fan sohasidagi islohotlarning tezkor amalga oshirilishini talab 
etishi shubhasiz. 
Tafakkuri istiqlol talablari darajasida yangilangan inson kim? U 
qanday ezgu va olijanob xususiyatlar bilan ajralib turadi? Istiqlol 
talablariga javob bera oladigan barkamol avlod qachon shakllanadi? Bu 
savollar – oddiy savollar emas. Ularning to‘g‘ri yechimini topish uchun 
bir necha yillar davomida yangi avlodni shakllantirish lozim bo‘ladi. 
Lekin hozirgi davrdagi tub o‘zgarishlar jarayonining tahlili asosida ham 
bu jarayonning ba’zi xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. 


 34
Mamlakatimiz bozor munosabatlari sari qadam qo‘yayotgan 
bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzimizda yuz berayotgan 
salmoqli o‘zgarishlar, shubhasizki, malakali, yetuk ma’naviyatli, fidoyi 
mutaxassis kadrlarni tayyorlashni talab etmoqda. Taraqqiyotimiz 
taqdirini ana shunday kadrlar hal etadi. 
Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi va mafkuraviy jarayonlar 
uzviy bog‘liq. Falsafiy dunyoqarash ijtimoiy ong va mafkuradan 
ajralmasdir. Mafkura jamiyatdagi ma’naviy muhit qanday ekanini 
ko‘rsatib turadigan eng asosiy mezonlardan biri bo‘lsa, falsafa uni 
shakllantiradigan omillar sirasiga kiradi. Ammo eski qoliplarga o‘ralgan 
falsafiy dunyoqarash asosida yangi zamonning mafkuraviy talablariga 
javob berib bo‘ladimi? Yo‘q, albatta. 
Mafkura jamiyatsiz paydo bo‘lmaganidek, ijtimoiy-siyosiy tuzum va 
uning ma’naviy hayotini ham mafkurasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Mafkura o‘z mohiyati, maqsadi, harakat yo‘nalishlari bilan jamiyatning 
bosh g‘oyasiga xizmat qiladi. U – jamiyat hayotining tarkibiy qismi
binobarin, uning bag‘rida shakllanadi, madaniy meros va qadriyatlar 
zaminida faoliyat ko‘rsatadi. 
Mamlakatimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish borasida 
ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun sobiq mustabid tuzum mafkurasi 
butunlay o‘tmishga aylandi. Diyorimizda milliy davlatchilik 
an’analarimiz qayta tiklanmoqda, ma’naviyat, madaniyat va ma’rifat 
yangi yuksaklikka ko‘tarilmoqda. «Ana shu jarayonning asosiy 
xususiyatlari nimalardan iborat?», «U hayotimizni qaysi tomonga 
eltadi?», «Biz bu jarayonda qanday ishtirok etishimiz lozim?» degan 
savollarga javob topish zarurati ijtimoiy tafakkurni o‘zgartirishni dolzarb 
vazifaga aylantirmoqda. 
Mustaqillik, milliy manfaatlarimizga mos mafkurani shakllantirishni 
kun tartibiga qo‘ydi. U xalqimizning azaliy an’analari, udumlari, tili, dili 
va ruhiyatiga asoslanib, ongimizga kelajakka ishonch, mehr-oqibat, 
insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini singdirishi lozim.
Shu bilan birga, bu «Mafkura xalqimizda, o‘zining qudrati va 
himoyasiga suyangan holda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon 
hamjamiyatidagi mustaqil davlatlar orasida teng huquqli o‘laroq munosib 
o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak»
1
.
Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlarida milliy istiqlol mafkurasining 
dasturiy vazifalari o‘z ifodasini topgan. Mafkura dunyoqarashning 
1

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin