Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə12/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o‘lim 
muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan 
bog‘lab tahlil qilish hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. 
Bugungi kunda diniy dunyoqarashning xayoliy kompensatorlik, kishi 
xulq-atvorini belgilash (regulyativ), boshqarish va integrativ kabi bir 
talay asosiy vazifalari mavjuddir. Umuman, dinning barkamol avlodni 
tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib 
bormoqda.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy 
bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi 
hamda rivojlanadi. Falsafiy dunyoqarash mifologik va diniy 
dunyoqarashdan farqli o‘laroq, dunyoni sof ilmiy tushuntiruvchi nazariy 
qarashlar sistemasidir.
Falsafiy dunyoqarash – dunyoni, aqliy jihatidan mantiqiy, izchil, 
umumlashtirib turuvchi nazariy qarashlar tizimidir.
Falsafa azal-azaldan dunyoqarash bo‘lgan. Chunki, uning o‘zi hayot 
nima uchun berilgan, dunyoga kelishdan maqsad nima, umrni mazmunli 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɛɭɸɤ ɤɟɥɚɠɚɤ ɫɚɪɢ. – Ɍ., 1998. – Ȼ.442. 


 27
o‘tkazishning qanday yo‘llari bor, degan talay savollarga javob topish 
zarurati tufayli vujudga kelgan. Falsafiy dunyoqarash o‘zining nazariy 
asoslangani va puxta ishlangani bilan ajralib turadi. Shu ma’noda, u 
boshqa fan yoki faoliyat sohasi uchun umumiy uslub vazifasini ham 
bajaradi. 
Agar nazariya bilish jarayonining natijasi bo‘lsa, usul (metod) shu 
bilimga erishish yoki uni amalga oshirish yo‘lini anglatadi. Falsafiy 
nazariya esa, bir vaqtning o‘zida usul vazifasini ham bajara oladi. 
Tarixning burilish davrlarida o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlari va 
maqsadlari nechog‘lik to‘g‘ri ekani falsafiy dunyoqarash tamoyillariga 
solishtirib aniqlanadi. Bunda muayyan falsafiy nazariya umumiy usul 
(metod) sifatida qabul qilinadi. Shu sababdan ham bunday davrlarda 
falsafiy nazariyalarga e’tibor kuchayadi, taraqqiyot yo‘llaridan borish 
falsafiy modellarining ahamiyati ortadi.
Masalan, bizning mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, 
demokratik davlat qurish borasida Islom Karimov tomonidan asoslab 
berilgan taraqqiyot yo‘li – «O‘zbek modeli»ni amalga oshirmoqda. Bu 
yo‘lning asosiy mohiyati islohotlarni inqilobiy tarzda emas, tadrijiy 
ravishda olib borishni nazarda tutadi. Prezidentimiz, aynan shu yo‘lni 
taklif etar ekan, asosiy e’tiborni uning mohiyat-mazmuni, tarixda qanday 
natijalar bergani kabi masalalarga qaratgan. Bunda taraqqiyotning 
mazkur yo‘li aniq tarzda tasavvur etilgan. Ya’ni, uning tarixiy va 
zamonaviy jihatlari, umumbashariy va mintaqaviy xususiyatlari, 
mamlakatimizning buguni va kelajagi uchun naqadar ahamiyati har 
tomonlama o‘rganilgan. Ana shu asosda kerakli xulosalar chiqarilgan va 
ularni hayotga tatbiq etishning asosiy yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatib berilgan. 
Biz ana shu nazariyani, bir tomondan, taraqqiyotimizning o‘zimizga 
xos va mos modeli deb ataymiz. Ikkinchi tomondan esa, uni 
mamlakatimiz. Hayotini tubdan o‘zgartiradigan va uning kelajagini 
belgilab beradigan, milliy dunyoqarash, ong va tafakkur rivojida muhim 
o‘rin tutadigan umumfalsafiy tayanch – metodologiya deb bilamiz. 
Chunki, uning tamoyillari taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlarini 
belgilaydi va shu bilan birga, bu jarayonga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan 
metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Falsafiy dunyoqarash borliq haqidagi ilmiy qarashlar tizimining o‘z-
o‘zicha shakllangan (mexanik) yig‘indisi emas, balki ularning umumiy 
qonuniyatlar asosidagi tizimidir. Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi 
tamoyillar namoyon bo‘ladi: ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, uni-


 28
versallik, maqsadlilik, g‘oyaviylik hamda nazariya va amaliyotning 
birligi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin