Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə10/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Diniy dunyoqarash – bu g‘ayritabiiy kuchlarning real mavjudligiga 
ishonishga asoslangan, voqelikni xayoliy obrazlarda, tasavvurlar va 
tushunchalarda aks ettiruvchi olamning fantastik manzarasini yaratuvchi 
ilmiy bo‘lmagan qarashlardan iborat dunyoqarashning o‘ziga xos 
shaklidir. 
Diniy dunyoqarashning asosini din tashkil qiladi. Din voqelikni 
inson ongidagi fantastik in’ikosidan iborat bo‘lgan ijtimoiy ong 
shakllaridan biridir. U insonning tabiat va jamiyat qonunlarini hali bila 
olmagan, dahshatli va tushunib bo‘lmaydigan bo‘lib tuyulgan tabiat 
kuchlari va «sirlari» oldida ojizligining in’ikosi sifatida g‘ayri tabiiy 
kuchlarning real mavjudligiga ishonish, ularga e’tiqod qilish natijasida 
paydo bo‘ladi. Din murakkab tuzilishga ega bo‘lib, u g‘ayritabiiy 
kuchlarning real mavjudligiga ishonishni (diniy e’tiqodni), diniy 
dunyoqarashni, diniy marosimlarni (dinga sig‘inishni) hamda diniy 
tuyg‘ularni o‘z ichiga oladi. 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɛɭɸɤ ɤɟɥɚɠɚɤ ɫɚɪɢ. – Ɍ., 1998. – Ȼ. 441. 


 25
Diniy e’tiqod – bu g‘ayritabiiy kuchlar va ilohiy mavjudotlarga 
noilmiy, hech bir dalil va isbotsiz ishonishdir. Diniy e’tiqod dindor 
kishining his-tuyg‘ularini, ichki kechinmalari va xulq atvorini belgilab 
beradi. Diniy e’tiqod o‘z ichiga intellektual, hissiy va iroda elementlarini 
qamrab olgan murakkab hodisadir. Diniy e’tiqodning intellektual 
elementlari – bu dindorlar ongida mavjud bo‘lgan, yuzaki qaraganda, 
to‘g‘riga o‘xshagan, aslida voqelikning xato in’ikosi bo‘lgan diniy 
tasavvurlar va tushunchalardir. Ular hech qanday ilmiy dalil va asosga 
ega bo‘lmaydilar, lekin ayni vaqtda ular dinga ishonuvchi kishilar 
tomonidan hayotiy zarur narsalar sifatida baholanadilar. Diniy 
e’tiqodning dindorlar uchun majburiy hisoblangan, muhokama 
yuritmasdan ishonish lozim bo‘lgan talablari mavjud bo‘lib, ular 
vazifasini diniy aqidalar bajaradi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin