Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning faoliyatida falsafiy


səhifə7/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

4-§. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning faoliyatida falsafiy 
bilimlarning o‘rni va ahamiyati 
Ma’lumki, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatiga shaxs va 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish vazifalari kiradi. 
Huquqni muhofaza qilish idoralariga esa prokuratura, adliya, III kabilar 
kiradi. Huquqni muhofaza qilish idoralarining asosiy vazifalari: 
konstitutsiyaviy nazorat, odil sudlovni amalga oshirish, sudlar faoliyatini 
tashkiliy ta’minlash, prokuror nazorati, jinoyatni aniqlash va tergov 
qilish, yuridik yordam berish va jinoiy ishlar bo‘yicha muhofazani 
ta’minlash kabilarni qamrab oladi. 
Huquq, bizga ma’lumki, insonlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi norma hisoblanadi. 
Ma’lumki, falsafiy bilimlar juda keng qamrovli hisoblanadi. Falsafa 
tabiat, jamiyat va inson, uning tafakkurini taraqqiyotini eng umumiy 
qonunlarini o‘rganadi va insonlarda falsafiy dunyoqarashni shakllan-
tiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, huquq jamiyatni huquqiy tomonlarini 
o‘rganar ekan, u falsafa o‘rganayotgan muammolarning bir qismini 
tashkil etadi. Shuning uchun ham falsafa jamiyat, davlat va huquq 
masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy bir hodisa sifatida ko‘rib chiqadi. 
Huquqshunoslik fanlari falsafaning metodologik xulosalariga, 
yutuqlariga suyangan holda huquqiy muammolarni aniqlashtiradi hamda 
bir qator maxsus nazariy masalalarni o‘rganadi. 
Huquqshunoslik fanlari falsafaning metodlari, qonunlari, tushun-
chalari, bilish nazariyasi va boshqa tomonlaridan foydalangan holda o‘z 
oldida turgan masalalarni hal qilishadi. Ma’lumki, jamiyat har xil 
guruhlardan, qatlamlardan, insonlardan tashkil topgan. Huquqshunoslik 


 18
fanlari esa xuddi shularni manfaatini va ehtiyojlarini qabul qilingan 
me’yorlar asosida himoyalaydi. Demak, bu yerda huquqni muhofaza 
qiluvchi idoralar ham shu me’yorlardan foydalanibgina insonni 
muhofaza qiladi. Bu yerda huquq ijodkorligi, huquqiy muammolarni hal 
qilishda mantiqan ko‘rinib turibdiki, falsafaning, uning yutuqlarini o‘rni 
va ahamiyati katta. Falsafiy bilimlarga ega bo‘lgan huquqshunos har bir 
masalani har taraflama keng va to‘g‘ri hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lib 
boradi. 
2-bob.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin