Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Falsafaning izlanish metodlari


səhifə6/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

3-§. Falsafaning izlanish metodlari
Olamdagi o‘zgarish, rivojlanish, umumiy aloqadorlik va 
taraqqiyotning qay tarzda amalga oshishi, qanday sodir bo‘lishi kabi 
masalalar ham falsafaning azaliy muammolari qatoriga kiradi. 
Falsafaning ana shu mavzularga munosabati va ular bilan bog‘liq 
muammolarni hal qilishiga qarab farqlanadigan bir necha ta’limot, 
qarash, usul va metodlari bor. Dialektika, metafizika, sofistika, eklektika, 
dogmatika kabilar shular jumlasiga kiradi. Ularning tarixi nihoyatda 
uzoq bo‘lib, Qadimgi Yunoniston va Rim davrida (mil. avv. VII-I asr) 
boshlandi. Keyingi yillarda sinergetika ham falsafiy metod va ta’limot 
sifatida talqin etilmoqda. 
Dialektika – yunon tilida bahs va suhbatlashish san’ati degan 
ma’noni anglatadi. Dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo 
o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikda, taraqqiyot va 
rivojlanishda deb tushunishdir. Dialektikaga ko‘ra, olamda o‘z o‘rniga va 
joyiga, yashash vaqti va harakat yo‘nalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar 
va hodisalar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini 
taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali 
namoyon bo‘ladi. 
Taraqqiyot jarayonida avlodlar, davrlar, siyosiy tuzumlar, umuman 
ijtimoiy voqea va hodisalar o‘z-o‘zidan avtomatik tarzda sodir bo‘lib, 
nom-nishonsiz yo‘qolib ketmaydi. Balki ularning barchasi insonlar 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarning hosilasi, ijtimoiy 
jarayonlarning natijasi, biror sababning oqibati sifatida namoyon bo‘ladi. 
Bir davr ikkinchisining o‘rniga, bir avlod oldingisidan keyin. Bir voqea 
boshqasining ortidan sodir bo‘lib turadi. Ana shu abadiy va azaliy 
uzluksizlik, doimiy aloqadorlik, vaqtning orqaga qaytmasligi va 
voqealarning ketma-ketligi tarzidagi bog‘lanishlar, rivojlanish va 
taraqqiyot, olamning rang-barangligi va uyg‘unligi dialektikaning asosiy 
tamoyillarini tashkil qiladi. 


 15
Falsafada mazkur tamoyillarga asoslangan tafakkurni – dialektik 
tafakkur, ana shunday dunyoqarashni – dialektik dunyoqarash, 
yondashuvni – dialektik yondashuv, metodni – dialektik metod deb atash 
an’anaga aylangan. Shu bilan birga u yoki bu olimning ushbu 
tamoyillarga asoslanadigan dunyoqarashi, falsafiy ta’limotlari ham bor. 
Masalan, Demokrit va Geraklit dialektikasi, Kant yoki Gegel dialektikasi 
deyilganda ana shunday hol nazarda tutiladi. 
«Metafizika» yunoncha so‘z bo‘lib, «fizikadan keyin» degan 
mazmunni ifodalaydi. Bu tushuncha falsafa tarixida birinchi marta, 
Qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi Arastuning «Ilk falsafa» deb 
atalgan asarlariga nisbatan ishlatilgan. 
Metafizika bilish metodi sifatida hali ishlab chiqarish fan yetarli 
darajada rivojlanmagan XVI-XVII asrlarda, paydo bo‘ladi. U vaqtlarda 
ko‘pchilik tabiatshunoslik fanlari falsafadan endigina ajralib chiqib, ular 
predmet va hodisalarni alohida-alohida o‘rganayotgan, ularning 
xususiyatlari to‘g‘risida dalillar to‘planayotgan bir paytda metod ijobiy 
rol o‘ynagan. Ayni shu vaqtda u tabiatshunoslikdan falsafiy metod 
sifatida falsafaga kiritiladi. Lekin u metod faylasuflarni asta-sekin 
dunyodagi predmet va hodisalarni bir-biridan ajralgan holda, ularni 
umumiy bog‘lanishdan tashqarida tekshirishga va shuning natijasida 
predmet va hodisalarni harakat holatida emas, balki harakatsiz holatda, 
muhim darajada o‘zgaradigan narsalar sifatida emas, balki abadiy 
o‘zgarmaydigan narsalar sifatida, tirik emas, balki o‘lik narsalar sifatida 
tekshirishga odatlantirib qo‘ya boshlaydi. Lekin XVIII asrga kelib 
tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar to‘plagan materiallar umumlashtirilib, 
fanlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘lanishlar aniqlana boshlanib, 
metafizikaning cheklanganligi, bir tomonlama metod ekanligi ma’lum 
bo‘la boshlaydi.
Sofistika – (yunon. sophisma – ataylab xato dalillar asosida, ko‘p 
ma’noli so‘zlarga asoslanib fikr yuritish) – bilib turib, xato asoslardan 
yolg‘on xulosa chiqarishdir. Bu yerda so‘fiylik falsafasi emas, balki o‘rta 
asrlarda Yevropada keng tarqalgan alohida falsafiy ta’limot nazarda 
tutiladi. 
Sofistik tafakkur usuli dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo 
bo‘lib, o‘rta asrlarda ayniqsa keng tarqaladi va rivojlanadi. 
Qadimgi davr yunon falsafasida biron-bir bilim sohasini mukammal 
egallagan kishilar sofistlar, deb atalgan bo‘lsa, keyinchalik o‘rta asrlarga 
kelib, notiq, bilimdonlik, donishmandlik bilan nom chiqargan kishilar 


 16
ham, turli omonim so‘zlar asosiga qurilgan turli fikrlar bilan kishilarning 
boshini qotiradigan, ustamonlik bilan ular fikrlarini chalg‘itadigan 
kishilar ham sofistlar deb atala boshlanadi. 
Sofistik tafakkur usuli yoki sofistik muhokama jarayonida bilib 
turib, ataylab yolg‘on asoslardan yolg‘on xulosalar chiqarish asosida fikr 
yuritish usulidir. 
Eklektika (yunon. – tanlayman) – turli qarama-qarshi nazariyalarni, 
qarashlarni aralash-quralash qilib yuboruvchi tafakkur usulidir. Dialektik 
tafakkur usuliga muqobil bo‘lgan tafakkur usullaridan yana biri bu 
eklektikadir. 
Eklektik tafakkur usuli ham dastlab qadimgi yunon falsafasida 
yuzaga keladi. Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, O‘rta asr falsafasi va 
yangi zamon falsafasi sxolastiklari qarashlarida keng qo‘llaniladi. 
Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va nomuhim, 
asosiy va asosiy bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar 
mexanik ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi. Narsa va 
hodisalarga, ularning bog‘lanishlariga aniq, muayyan makon va 
zamonda, muayyan vaziyat va shart-sharoitda yondashmaslik, ulardagi 
asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik 
tafakkur usuli paydo bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli asosida ham formal 
mantiq qonunlaridan noto‘g‘ri foydalanish, narsa va hodisalar 
mohiyatiga yuzaki yondashish yotadi.
Dogmatika (yunon. o‘zgarmas, qotib qolgan, aqida) – aniq shart-
sharoitlarni hisobga olmay qo‘llaniladigan qoida, prinsip, fikrdir. 
Dogmatik tafakkur falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma’lumotlarini 
hisobga olmay, aniq makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan, 
o‘zgarmas tushunchalar va qoidalar bilan ish ko‘ruvchi tafakkur usulidir. 
Dogmatik tafakkurning asosini metafizika tashkil qilib, u dastlab sofistik 
tafakkur usuliga qarama-qarshi o‘laroq vujudga keladi. 
Sinergetika – olamning o‘z-o‘zini tashkil etish, makon va zamonda 
narsa va hodisalarning azaliy ketma-ketligi, o‘zaro aloqadorligi, ularning 
muayyan tizimlardan iborat sababiy bog‘lanishlar asosida mavjudligini 
e’tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuasidir. U asosan XX 
asrning ikkinchi yarmida shakllangan ta’limot bo‘lib, asoschisi Nobel 
mukofoti sovrindori I.Prigojindir, bu ta’limotni dialektika asosida 
shakllangan va uni to‘ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar 
ham bor. Ularga qarshi o‘laroq, dialektika endi kerak emas, uni 
sinergetika bilan almashtirish lozim deb hisoblovchilar ham mavjud. 


 17
Sinergetikaning XX asrdagi shaxdam odimlari o‘rta asrlarda 
Yevropada aniq fanlar sohasida induksiya va deduksiya usullarining 
muvafaqqiyatli qo‘llangani, katta mavqega ega bo‘lgani va pirovard 
natijada, falsafiy metodga aylanganini eslatadi. Sinergetika XX asr tabiiy 
fanlarining falsafa sohasiga kiritayotgan eng katta yutuqlaridan biri 
sifatida baholash mumkin. Ammo, bu uning dialektikani falsafadan 
butunlay surib chiqardi degani emas. Zero, falsafada har bir ta’limot, 
uslub va metodning o‘z o‘rni va faoliyat darajasi bor. Dialektikaning 
falsafadagi o‘rni, qadr-qimmati nihoyatda katta va u falsafaning asosiy 
qismlaridan biri bo‘lib qolaveradi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin