Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə11/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Diniy aqidalarga misol qilib Qur’onda berilgan islom aqidalarini 
olishimiz mumkin. Islomda sunniylik ilohiyotida shakllangan bunday 
aqidalar yettita: Ollohning yagonaligi, farishtalar, muqaddas hisoblangan 
yozuvlar, payg‘ambarlar, oxiratning borligi, taqdirning ilohiyligi va kishi 
o‘lgandan keyin qayta tirilishga ishonish (bu aqidalar imon talablari ham 
deyiladi).
Sig‘inish – diniy faoliyatning bir ko‘rinishi sifatida odamlarning 
kundalik hayotida ular ustidan hukmronlik qiluvchi diniy obrazlar 
shaklidagi ilohiy kuchlarga toat-ibodat qilishdir. Sig‘inish diniy 
marosimlarning bir ko‘rinishi sifatida diniy tasavvurlar va g‘oyalarni 
ifoda etuvchi hamda g‘ayritabiiy, xayoliy obyektlarga qaratilgan yakka 
yoki jamoa bo‘lib bajariladigan ramziy xatti-harakatlardir. Bundagi 
yakka shaxs yoki jamoa sig‘inishining subyekti bo‘lib, ibodatxona, diniy 
buyumlar (xoch, shamlar, tasbeh va shu kabilar) sig‘inish vositalari 
hisoblanadi. Ta’zim, tiz cho‘kish, sajda qilish, bosh egish, qo‘l qovush-
tirish, cho‘qinish va hokazolar sig‘inishning oddiy ko‘rinishlaridir. 
Qurbonlik qilish, xudoyi qilish, qur’on o‘qitish, diniy bayramlarni 
nishonlash sig‘inishning murakkab shakllaridir. Shu yo‘l orqali kishilar 
o‘zlaridagi dinga, e’tiqodga, ishonchga bo‘lgan ehtiyojlarini qon-
dirishadi.
Diniy tuyg‘u – dinga ishonuvchilarning tabarruk va aziz deb 
tasavvur qilinadigan mavjudotlarga, muqaddaslashtirilgan buyumlar
narsalar, shaxslar, joylarga, bir-biriga va o‘z-o‘ziga, shuningdek, diniy 
mazmunda talqin etilgan tabiat va jamiyat hodisalariga bo‘ladigan hissiy 
munosabatlaridir. 


 26
Har qanday his-hayajon, kechinma diniy tuyg‘u bo‘lavermaydi. 
Kishilarning turli hissiyotlari – qo‘rqish, shodlanish, zavqlanish
muhabbat, ehtirom, quvonch, umid, umidsizlik, muvaffaqiyat, 
muvaffaqiyatsizlik kabi holatlari ularning diniy tasavvurlari, g‘oyalari va 
qarashlari bilan qo‘shilib ketib, tegishli yo‘nalish, ma’lum ma’no va 
mazmun kasb etishi natijasida diniy tuyg‘uga aylanadi. Umuman din biz 
sanab o‘tgan barcha elementlari bilan o‘ziga xos dunyoqarash shakli 
bo‘lishi bilan birga, u murakkab ma’naviy tuzilma sifatida ijtimoiy 
tarixiy xarakterga ega hamdir. Jamiyat hayotida har qanday, shu 
jumladan, diniy dunyoqarashning o‘rni va ahamiyatini ham sun’iy 
ravishida mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Bu hol ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat uchun 
jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 
Hozirgi davrda fan, texnika, dunyoviy ilmlarning kuchayib ketishi bilan 
«Diniy dunyoqarash, tafakkurning, insonni o‘rab turgan dunyoga, o‘zi 
kabi odamlarga munosabatning yagona usuli bo‘lmaganligini ham 
ta’kidlash zarurdir. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan 
yonma-yon va u bilan teng yashash huquqiga ega bo‘lgan holda 
rivojlanib kelgan»
1
.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin