Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə19/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Qadimgi Yunon va Rim falsafasi. Milodgacha VI asrdan boshlab 
Qadimgi Yunonistonda savdo va sanoat tez rivojlanib, shahar davlatlari 
paydo bo‘la boshladi. Milet shahari o‘zining qulay geografik sharoiti 
tufayli Yunoniston bilan Eron, Misr va Bobil hamda Qora dengiz 
mamlakatlari o‘rtasidagi savdo va madaniy aloqalar markaziga aylandi. 
Natijada dastlabki falsafiy ta’limot shu shaharda «Milet maktabi» bilan 
mashhur bo‘ldi. Milet maktabining asoschilari – Fales, Anaksimadr, 
Anaksimen olamning asosiga moddiy unsurni qo‘yadilar. Masalan, Fales 
uchun suv, Anaksimadr apeyron, Anasimen uchun havo bu moddiy 
olamning asosini tashkil qiladi. Barcha narsalar shu unsurlarning turlicha 
holatda namoyon bo‘lishidir. Ular olamning moddiyligi va manguligini 
isbotlashga urinadilar.
Geraklit (530-470-yillar) ulardan farqli ravishda olamdagi barcha 
narsalarning asosini olov tashkil qiladi, hatto kishi ongi olovning 
o‘tkinchi holat turidir deydi. Uning falsafiy, diqqatga sazovor fikri 
olamni doimiy harakat va jarayon sifatida olib qarashidir. Geraklit 
dialektik tafakkurga asoslanib, olamdagi hamma narsa o‘zgarishda, 
vujudga kelishda va barham topishida, deb qaraydi.
Pifagor (mil. avv. VI asr) raqamlar borliqning ibtidosi, matematika 
qonuniyatlari olam turmushining asosidir, – deb aytadi. Uning izdoshlari 
raqamlar sehri-jodusini, xususan, dastlabki o‘n raqam ilohiy hissalarga 
ega, deb ta’kidlashadi. Masalan, Filolayning fikricha, o‘nlik ilohiy, 
samoviy va insoniy hayotning faoliyati va ibtidosidir». Umuman 
pifogorizmga ko‘ra, ideal raqamlar xudo yaratgan narsalarning dastlabki 
qiyofasidir.
Demokrit (mil. avv. 460-370) atomistik nazariyaga asos soladi. 
Uning fikricha, olam moddiy bo‘lib, ong esa ikkilamchi moddiy 


 46
narsaning mahsulidir. U olamning doimiy harakatda ekanligini 
ta’kidlaydi. Olamdagi narsa va hodisalar atomlarning turlicha 
yo‘nalishidan tashkil topgan atomlar o‘zlarining fazodagi tartibsiz 
harakatlari jarayonida o‘zaro to‘qnashib bir-birlarini parchalab boradi. 
Ikkinchi tomondan bir-biriga qo‘shilib, tuproq, suv, olov, o‘t va ulardan 
quyun shaklida harakatlanuvchi ko‘p dunyolarni vujudga keltirishni 
asoslashga urinadi.
Demokritning bilish nazariyasiga ko‘ra, bilish obyekti moddiy olam 
bo‘lib, ongimiz esa moddiy olamning sezgilar orqali in’ikos ettirishidan 
iborat. Uning fikricha, hissiy bilish orqali biz narsalarning (atomlarning 
qo‘shilishi tufayli mavjud bo‘lgan) sifat xususiyatlarini bilsak, aqliy 
bilish orqali sezgilarimiz bilan bevosita bilib bo‘lmaydigan hodisalarni 
bila olamiz. Aql yordami bilan atomlar (narsalar)ning mohiyati 
belgilanadi. Demokrit falsafa tarixida birinchi bo‘lib bilish jarayoni 
in’ikos jarayoni ekanligi haqidagi fikrni aytadi. Uning fikricha, 
kishilarning beshta sezgi a’zolari orqali hosil qilgan tushunchalari 
moddiy olamdagi narsa va hodisalarning obrazidir.
Demokrit qadimgi Yunonistonning qomusiy olimi bo‘lgan va 
fanning turli sohalari falsafa, fizika, matematika, biologiya, tibbiyot, 
pedagogika, ruhshunoslik, etika, mantiq va ijtimoiy hayot masalalariga 
doir fikrlarni ilgari suradi. Demokritning merosida insonni har tomon-
lama kamol toptirish, unda insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini 
shakllantirish, odob-axloq, e’tiqod, vijdon va boshqa olijanob insoniy 
fazilatlarni shakllantirishga oid qimmatbaho fikrlar mavjuddir. Ular 
hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Levkip (mil. avv. 500–440-yillar) Demokrit bilan birgalikda 
atomistik nazariyaga asos soladi. U birinchi bo‘lib, sababiyat qonuni va 
yetarli asos qonuniga ta’rif beradi.
Qadimgi Yunonistonda Pifagor, Suqrot, Aflotun asos solgan falsafiy 
oqimlar idealistik dunyoqarashni rivojlanishiga xizmat qiladi.
Aflotun (Platon) mil. avv. 427-377-yillar) ta’limoticha, olamda 
«g‘oya»lar dunyosi birlamchi bo‘lib, moddiy dunyo ikkilamchi, uning 
mahsulidir. «G‘oyalar dunyosi» Aflotunda moddiy olamdan ajralgan 
bo‘lib, uni mustaqil, moddiy dunyoni yaratgan ilohiy kuch deb biladi. 
Uning bilish nazariyasiga ko‘ra, bilish obyekti «g‘oyalar dunyosi»dir, 
moddiy dunyo va undagi narsa va hodisalar hissi bilishning manbaidir. 
Hissiy bilish haqiqat emas, chunki u orqali kishilar g‘oyani emas, balki 
moddiy buyumlarni sezadilar, ular to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladilar. 


 47
Moddiy buyumlarning asosi va mohiyati bo‘lgan «g‘oyalar dunyosi»ni 
faqat sof tafakkur yordamida bilish mumkin.
Aflotun Yunonistondagi quldorlar aristokratiyasi davlatini eng 
adolatli va ideal deb hisoblaydi. U jamiyatni uch tabaqaga bo‘ladi. 
Davlat arboblari faylasuflar, soqchilar (harbiylar) hamda dehqonlar va 
hunarmandlar. Uning fikricha, davlat faylasuf – aristokratlar qo‘lida 
bo‘lishi kerak, harbiylar esa aristokratiya davlatini mustahkamlash uchun 
xizmat qilishlari kerak, davlat zo‘rlik va zulm majmuidan iborat bo‘lib, 
quldor uchun zarur bo‘lgan sharoitni yaratishdan iborat.
Aflotun ta’limotini birinchi bo‘lib tanqid qilgan uning vatandoshi 
Arastu (Aristotel mil. avv. 384-322-yillar)dir. Arastu asarlaridan 
«Metofizika», «Fizika», «Jon to‘g‘risida», «Analitika «Kategoriyalar», 
«Etika», Siyosat», «Ritorika va boshqa asarlari bizgacha yetib kelgan. 
Arastu Aflotunning g‘oyalar dunyosini asossiz deb, – g‘oyalar bilan 
narsalar o‘rtasida hech qanday farq yo‘q, – deb hisoblaydi. Uning 
fikricha, moddiy olam abadiy va obyektiv xarakterga ega bo‘lib, hech 
qanday Aflotun «g‘oya»siga muhtoj emas,-deb ta’kidlab, moddiy 
dunyoning obyektiv mavjudligini e’tirof etadi. Hamma narsaning asosida 
materiya yotadi, narsalar materiya va shakldan paydo bo‘ladi. Har bir 
narsa shakllangan materiyadir va shakl borliqning mohiyatidir. 
Materiyaning o‘zida rivojlanishning faqat imkoniyati bor, xolos, u 
shakllantirishga muhtojdir. Shakl tufayligina materiya imkoniyatdan 
voqelikka aylanadi. Haqiqiy borliq. materiya va shaklning birligidir. 
Bular bir-biriga o‘tib turadi, shaklsiz materiya yo‘q. Demak, shakl va 
materiya tushunchalari nisbiy xarakterga ega.
Arastuning fikricha, dunyoda to‘rt xil sabab bordir: 
1) moddiy sabab yoki materiya (masalan, uy bunyod etish uchun 
zarur bo‘lgan qurilish materiallari);
2) shakli sabab yoki shakl (uy tuzilishi);
3) vujudga keltiruvchi sabab (uy quruvchi binokorlik san’ati); 
4) so‘nggi sabab yoki maqsad (bitkazilgan bino).
U qadimgi dunyodagi sodda dialektik fikrni eng yorqin ifodalagan 
mutafakkirlardan biri bo‘lib, tabiatni ongli ravishda, o‘zgarishda, 
rivojlanishda deb qaraydi va buni u materiyaning shaklga ega bo‘lish 
jarayoni, imkoniyatni voqelikka aylana borishi deb tushunadi. Uning 
ta’limotida dialektikaga zid fikrlar ham mavjud bo‘lib, materiya passiv, 
shakl esa aktiv bo‘lib, narsani narsa qiluvchidir deydi. Uning bu fikrlari 
idealizm tomon og‘ishini anglatadi. U shaklning aktivligi haqida gapirib, 


 48
hamma shakllarning shakli-xudoning, dunyoviy ruxning, dastlabki 
turtkining ijodi rolidir,-deb ta’kidlaydi. Bu masalada u Platonga yaqin 
edi.
Arastu o‘zining bilish nazariyasida Demokrit tarafdori bo‘lib, 
uningcha, moddiy dunyo bilishning, sezgilarning, tajribaning asosidir. 
Sezgilar bizga ayrim aniq, narsalar haqida bilim bersalar, aqlimiz esa 
umumlashtirilgan bilimlar berishga qodir, deb ta’kidlaydi. Shuningdek, 
Arastu mantiq fanining barcha muhim masalalarini ishlab chiqadi va 
mantiq bilish uchun zarur bo‘lgan tafakkur shakllari hamda isbotlash 
to‘g‘risidagi fandir, deb yozadi, Uning fikricha, fikrlar bog‘liqligi 
mavjud obyektiv olam hodisalari bog‘lanishlarining in’ikosidir.
Arastu kategoriyalar, tushunchalar, mulohaza va xulosalar 
to‘g‘risidagi ta’limotlarni kashf etadi va falsafa tarixida birinchi bo‘lib 
kategoriyalar tizimini ishlab beradi. Shuning bilan birga u 
kategoriyalarning bir-biri bilan aloqadorligini, bir-biriga o‘tishini 
isbotlab beradi. Arastu qadimgi yunon faylasuflari orasidagi eng yetuk 
olim sifatida jamiyatga oid masalalar haqida ham muhim fikrlar 
bildirgan.
Qadimgi Yunonstonning mashhur faylasuflaridan yana biri Epikur 
bo‘lib, (mil.avv. 341-270-yillar) Demokritning atomistik nazariyasini 
rivojlantiradi. Demokrit asosan atomlarning shakl va miqdor jihatdan 
farqini ta’kidlagan bo‘lsa, Epikur esa ularning hajmi va og‘irligi jihatdan 
farqini ta’kidlaydi va atomistik materializmni yana bir qadam ilgari 
suradi. Epikur ta’limoticha, atomlar doim bo‘shliqda harakat qiladi, 
harakat esa mangudir. Atomlar og‘ir bo‘lganidan hamma vaqt pastga 
tomon to‘g‘ri harakat qiladi. Bundan tashqari ular o‘zaro to‘qnashuv 
oqibatida to‘g‘ri yo‘ldan chekinib yon tomonga ham harakat qilishi 
mumkin.
Epikur olam cheksiz, son-sanoqsiz bo‘lib, ba’zilari biz yashayotgan 
dunyoga o‘xshaydi, ba’zilari esa o‘xshamaydi, deb ta’kidlaydi. U 
dinning ashaddiy dushmani bo‘lib, Xudo haqidagi turli fikrlarni puch deb 
hisoblaydi.
Afinaning buyuk faylasufi Suqrot (Sokrat mil. avv. 470-399-yillar) 
avvalo sufiylar shogirdi bo‘lib, keyinchalik ularning asosiy nuqtai 
nazarlarini tanqid qiladi. Suqrot tadqiqotlari markazida inson hayoti
uning jamiyatdagi o‘rni va maqsadi hamda adolatli ijtimoiy tuzum 
muammosi turadi. Falsafa odamlarga ezgulik bilan yovuzlikni anglab 
olishida yordam berishi kerak, – deb ta’kidlaydi.


 49
Umuman Qadimgi Yunonistonda fan, adabiyot va san’at rivojlanishi 
bilan juda noyob falsafiy fikrlar, maktablar, oqimlar yuzaga keldi. Yunon 
falsafasi jahon sivilizatsiyasida alohida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib, 
dunyoga tanilgan faylasuflarni yetkazib berdi.
Qadimgi yunon siyosiy mustaqillikni qo‘ldan bergach, falsafaning 
rivojlanish jarayoni Rimga o‘tadi. Endi Qadimgi Rimda falsafiy 
fikrlarning rivojlanishini ko‘rib chiqamiz.
Qadimgi davrda Yunonistondan keyin falsafiy fikrlar rivojlangan 
ilg‘or mamlakatlardan biri Rim edi. Rimda siyosiy va mafkuraviy 
sohalarda demokratiya bilan aristokratiya o‘rtasida keskin kurash 
sharoitida quldorlar sinfi demokratiya tarafdori eng yirik tibbiyotshunos 
olim, shoir va faylasuf-materialist Lukretsiy Tit Kar (mil. old. 99-55-
yillarda yashagan) materializmi vujudga keldi. Lukretsiy materializmi 
Demokrit, Epikur, atomistik materializmning takomili va qadimgi Rim 
falsafasining eng yirik yutug‘i edi.
Lukretsiy o‘zining materialistik qarashlarini she’riy shaklda, asosan 
o‘zining «Buyumlarning tabiati nomli poemasida batafsil bayon etadi. 
Uning ta’limoticha, olamda jism va bo‘sh fazodan boshqa hech narsa 
yo‘q. Olam undagi barcha narsa va hodisalar atomlardan iborat. Atomlar 
materiyaning mangu bo‘linmas, buzilmas, mayda harakatchan zarra-
chalari bo‘lib, ular hajm, shakl va og‘irlikka ega. Uning fikricha, 
materiya harakatsiz bo‘lmaydi. Atomlar uch xil harakat qiladi:
1) turtki natijasida vujudga kelgan harakatlar;
2) og‘irlik natijasida yuqoridan pastga harakat;
3) atomlarning o‘z-o‘ziga to‘g‘ri yo‘ldan chekinishi.
Harakat manbai xudo emas, balki materiyadir. Atomning o‘z-
o‘zidan harakati to‘g‘risidagi Lukretsiy mulohazasida dialektikaning 
elementi mavjudligi shubhasizdir.
Lukretsiy tabiatni materialistik asosda izohlab tabiatdagi hamma 
hodisalar atomlar harakati va o‘zgarishi oqibatida vujudga keladi, – deb 
ta’kidlaydi. Cheksiz atomlar o‘zlarining mangu harakatlari natijasida bir-
birlari bilan qo‘shilib, yangi-yangi dunyolarni vujudga keltiradi.
Lukretsiy ta’limotidagi eng buyuk yutuqlaridan biri materiyaning, 
atomlarning saqlanish qonuni to‘g‘risidagi fikrlardir. Uningcha, materiya 
mangu, hech narsa yo‘qdan bor bo‘lmaydi, materiya atomlarining 
miqdori o‘zgarmas va mangu saqlanadi.
Lukretsiy ta’limotining yana bir yutug‘i uning makon va zamon 
to‘g‘risidagi fikridir. Makon va zamon narsalar bilan bog‘liq bo‘lib, 


 50
ularning borliq. shaklidir. Uning fikricha, makon atom va predmetlar 
egallagan o‘rindan iborat. Zamon – narsa va hodisalarning harakati 
tinchligi, o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq.
Lukretsiy bilish nazariyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, moddiy 
olamni bilish mumkinligini e’tirof etadi. Uningcha, bilishning maqsadi 
buyumlarning tabiati bilan tanishish, kishilarni olam to‘g‘risidagi diniy 
tasavvurlardan qutqarishdir»
Lukretsiy ta’limotiga zid keluvchi g‘oyalarni tanqid qilib Plotin (mil. 
avv. 270-204-yillar) Rimda o‘zining falsafiy maktabini yaratadi. Plotin 
butun borliqning asosi va manbai deb yagona ilohiy kuchni – Xudoni 
hisoblaydi, qolgan narsalar shu ilohiy kuchning birin-ketin oqishining 
(emanatsiyasining) natijasidir. Uning fikricha, Quyosh o‘zidan nur 
chiqargani kabi ilohiy (Xudo) ham o‘zidan koinotning borlig‘ini chiqarib 
yuboradi, bunga ruh, materiya ham kiradi. Inson jon va tana birligidan 
iborat. Inson hayotining oliy maqsadi – o‘z jonining ilohiy kuch (Xudo) 
bilan qo‘shilishiga erishuvidir. Kishi bunga ekstaz holatda erishadi, bu 
holatda kishining joni, ruhi hissi dunyodan va tanadan xolos bo‘ladi.
Qadimgi Bobil va Misrda, Hindiston va Xitoyda, Yunoniston va 
Rimda vujudga kelgan falsafiy qarashlar, g‘oyalar, bilimlar ular qanday 
shakllarda bo‘lmasin, o‘zidan keyingi Sharq va G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlarining fan va madaniyati rivojlanishiga katta ta’sirlar 
ko‘rsatadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin