II BO‘LIM
FALSAFANING RIVOJLANISHIDAGI ASOSIY BOSQICHLAR
1-bob.
FALSAFIY TAFAKKUR SHAKLLANISHI VA
RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI
1-§. Qadimgi Sharq va Antik dunyo falsafasi
Falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biridir. Falsafiy
mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiyatiga xos, demak, uning o‘zi kabi
qadimiydir. Sharq qadimiy madaniyat o‘chog‘i va jahon
sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflamagan. G‘arb madaniyati
tarixini o‘rganish jarayonida Yevrotsentrizm nazariyasiga og‘ib ketish
g‘ayriilmiy bo‘lgani kabi masalaning Sharq bilan bog‘liq jihatini tahlil
etganda ham Osiyotsentrizm ta’siriga tushmaslik lozim.
Falsafa jamiyatdagi quyidagi ehtiyojlar tufayli shakllana boshladi:
1) rivojlanayotgan olamga, insonga, uning ongiga, qarashlariga doir
ta’limotlarni yaratish zaruriyati;
2) olamning boshlang‘ich asoslari va rivojlanishi qonunlarini ishlab
chiqish kerakligi;
Z) olam haqidagi tafakkurning oqilona asoslangan uslubiga,
mantiqiy fikrlashga va bilish nazariyasiga tug‘ilgan ehtiyojlarning paydo
bo‘lganligi;
4) afsonaviy va diniy tasavvurlardagi xayoliy fikrlarga munosabat
belgilash, odamlarning ilmiy bilishdagi, falsafiy tafakkur qilishdagi
ongsizligiga barham berish zarurati.
Miloddan oldingi to‘rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming
yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy
fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya,
matematika, mifologiyaga oid qarashlar rivoj topgan.
Bobilda shu davrlardayoq odamlarning dunyoda ro‘y berib turadigan
xilma-xil hodisa va jarayonlarga bo‘lgan munosabatlari va qiziqishlarini
garchi sodda, yuzaki, ibtidoiy shaklda bo‘lsa-da, o‘zida aks ettirgan
falsafiy qarashlar namoyon bo‘la boshlagan. Qadimgi Bobil
adabiyotining ko‘zga ko‘ringan mashhur asarlaridan biri «Gil’gamesh
haqidagi doston» bo‘lib, unda tuproq, suv, havo, issiqlik inson hyoti va
tirikligining abadiy manbai ekanligi Gil’gameshning obihayot qidirib,
39
boshidan kechirgan sarguzashtlari va chekkan azob-uqubatlari,
odamlarning tabiiy qonunlar asosida yashashi zarurligi, hayot va o‘lim
sirlarini bilishga azaldan intilib kelganligi hikoya qilingan. Gil’gamesh
haqidagi Bobil afsonasida qadimgi kishilarning baxt va farovonlikka,
salomatlik va bardamlikka, o‘limni yengib, mangu hayot kechirishga,
abadiy umr ato qiluvchi «obihayot», o‘simlik turli xil meva va
ma’danlarni izlab topish haqidagi orzu-niyatlari o‘z ifodasini topgan.
«Adapta» haqidagi dostonda esa insoniyatning abadiy hayot
to‘g‘risidagi fikrlari, abadiy yashashga bo‘lgan intilishlari o‘z ifodasini
topgan. Unda «o‘lgan va qayta tirilgan» xudolarga, jumladan, Bobil
xudosi Marduqqa nisbatan berilgan.
Inson o‘zini qurshab olgan tabiiy muhit bilan o‘zaro aloqadadir.
Ushu muhit, koinot haqida o‘ylaydi, fikr yuritadi, yer yuzidagi hodisa va
jarayonlarni koinot bilan bog‘lashga intiladi, samoviy sir-asrorlar haqida
xayol suradi, faraz qiladi, har xil ertaklar, rivoyatlar, afsonalar
to‘qiydilar. Bobilliklarning «Etapa» haqidagi afsonalari ana shu zaminda
paydo bo‘lgan va yuqorida aytib o‘tilgan dostonlarda bo‘lgani kabi
odamlarning Quyosh bilan, Oy va sayyoralar bilan qiziqqanligi, samoviy
hodisalarning sir va sabablarini bilishga qiziqqanligini, Bobil xalqining
tabiiy hodisalar mohiyatini, yilning fasllarga bo‘linib, o‘zgarib turishini,
yil davomida tabiatda bo‘ladigan o‘zgarishlar boisi nimadan iborat
ekanligini tushunib olishga bo‘lgan intilishlarini, shuningdek, ularning
din va axloqqa doir falsafiy qarashlarini ilgari surgan asardir.
Qadimgi bobilliklarning «Jafokash avliyo haqida doston» va
«Xo‘jayinning qul bilan suhbati» degan asarlarida yaxshilik bilan
yomonlik, xo‘rlik bilan xo‘rlikning bir-biriga tubdan zid, qarama-qarshi
va murosasizligi haqidagi falsafiy g‘oyalar ilgari suriladi. «Jafokash
avliyo haqida doston»da baxt va baxtsizlik, adolat va adolatsizlik
to‘g‘risida, ularning sabablari, bartaraf etish yo‘llari xususidagi dastlabki
falsafiy tasavvurlar va g‘oyalar ilgari surilgan.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi o‘rtaga qo‘ygan talablar va inson
amaliy faoliyati ehtiyojlari asosida Bobilda tabiat hodisalari mazmunini
tushunib olish va ulardan turmushda foydalanish zaruriyati tobora
kuchayib borgan. Mahsulot va mollarning miqdorini, og‘irligini
o‘lchash, ishchi kuchlari sonini aniqlash, binolar hajmini belgilash,
dalalarning yer sathini hisoblab chiqish zaruriyati eng qadimgi
matematik hisoblarning paydo bo‘lishiga va bu sohaga tegishli bilimlar
to‘planishi hamda dastlabki arifmetika va geometriya fanining paydo
40
bo‘lishiga olib kelgan, vaqtni hisoblash zaruriyati taqvim paydo
bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Bu o‘z navbatida odamlardan astronomiya
sohasida ma’lum bilimlarni talab qilgan. Bobilliklar Quyosh soatini,
Quyosh ko‘rsatkichini va kunning 2 bo‘lakka bo‘linishini azaldan
bilishgan. Antik davr ma’lumotlariga ko‘ra, Bobilda matematika,
arifmetika, geometriya, astronomiya bilan bir qatorda tibbiyot, tarix va
musiqa, tasviriy san’at, astrologiya ham sekin-asta rivojlana boshlagan.
Qadimgi Sharq xalqlarining madaniyatlari singari Bobil xalqi
madaniyati, falsafasi, axloqi, urf-odatlari, dunyoqarashi ham asosan diniy
g‘oyalar bilan sug‘orilgan edi. Odamlarda diniy e’tiqod kuchli bo‘lgan.
Quyosh, Oy, yulduzlar xudo hisoblangan, ibodatxonalarda ularga
topinganlar. Xalqlarning, davlatlarning, hukmdorlar va odamlarning
kelgusidagi taqdirini yulduz va sayyoralar vaziyatlariga qarab oldindan
aytib berish qadimgi Mesopotamiya va Bobilda astrologiya nomini
olgan.
Bobilliklarning qadimgi madaniyati, diniy e’tiqodlari, falsafiy
qarashlari, adabiy asarlari, afsona va rivoyatlari nasldan-naslga o‘tib
Sharqdagi ko‘pgina xalqlarning madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga,
ijtimoiy-falsafiy fikrlari rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan.
Bobil madaniyati singari Misr madaniyati ham jahon madaniyatining
eng qadimgilaridan bo‘lib hisoblanadi. Qadimgi Misrda ilk madaniy
yodgorliklar miloddan 4 ming ilgari vujudga kelgan. Qadimgi Misr
mifologiyasida hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan va hamma narsada
havo bor, deyiladi. Shuning uchun ham misrliklar suvni odamga oziq-
ovqat beruvchi dastlabki ulug‘ ne’mat, deb bilganlar. Suv ularga butun
tabiatning asosi bo‘lib, ko‘ringan. Misrliklar hayot suvdan boshlanadi,
deb bilib suvsiz hech qanday hayot bo‘lmasligini ko‘rib, suvni
ulug‘lovchi qanchadan-qancha rivoyat va afsonalar to‘qiganlar. Ular Nil
daryosini ilohiylashtirganlar, uni «odamlarga hayot baxsh etish uchun
toshib turadigan Nil», deb ulug‘laganlar.
Misrliklar o‘zlarining dunyoviy va diniy-falsafiy poeziyalarida
odamlarni bu dunyoning butun noz-ne’matlaridan to‘la bahramand bo‘lib
yashashga, quvnoq, shod-xurram hayot kechirishga, o‘lim, oxirat haqida
hadeb o‘ylayvermaslikka chaqirgan. Misrliklarning ilk falsafiy
tasavvurlari haqida birmuncha ma’lumot beruvchi qadimiy manbalardan
biri «Nasihatnoma»da bilimning xosiyati haqida, bilimdon kishining
qadr-qimmati to‘g‘risida aytib o‘tilgan. «Agar sen bilimdon odam
bo‘lsang, yozish-o‘qishni chuqur egallab, ko‘nglingga makkam jo qilib
olsang, ana shunda har bir aytgan gaping hammaga manzur bo‘ladi».
41
Qadimgi misrliklarning halq og‘zaki ijodiyotida, ayniqsa, diniy-
mifologik asarlarida tabiat hodisalari va tabiat kuchlari ilohiylashtiriladi.
O‘simlik va daraxtlarga topinish Misrda eng qadimgi davrlardayoq
mavjud bo‘lgan. «Hayot osmon daraxti» to‘g‘risidagi qadimgi afsonada
o‘simliklar ramzi bo‘lgan daraxt insonning yer yuzidagi hayoti uchun
zarurdir, degan fikr ilgari surilgan. Misrliklarning tabiatni, dunyoni uning
o‘ziga asoslanib turib tushuntirish uchun qilgan urinishlari har holda
sodda bo‘lsa-da, o‘z davri uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Kasalliklarni keltirib chiqargan, avj oldirib, kuchaytirib yuborgan
sabablarini aniqlash, ularning oldini olish, inson salomatligini tiklash va
mustahkamlashga bo‘lgan zaruriyat qadimgi Misrda tibbiyot fanini
yuzaga keltirdi. Qadimgi misrliklar kasalliklarning juda ko‘p turlaridan,
masalan bosh og‘rig‘i, sariq kasali, yo‘tal, qon ketish, bod va boshqa
juda ko‘p kasalliklarni keltirib chiqaruvi omillarni bilganlar. Misrliklar
diagnostika-tashxis sohasida katta tajriba to‘plaganlar. Misrda jarrohlik
va ko‘z kasalliklarini davolash ancha rivojlangan. Ular insondagi
ko‘pgina kasalliklar yurak qon aylanish tizimining qandayligiga bog‘liq
ekanligini alohida ta’kidlashgan. Misrda tabiblikning siri yurak
harakatini bilishdan boshlanadi, tomirlar butun a’zoyi badanga shundan
tarqaladi, deb hisoblashgan.
Qadimgi Bobil va Misrdagi falsafiy qarashlarning vujudga kelishi va
shakllanishiga xulosa qilib, shuni alohida ta’kidlash mumkinki, ularning
yozma yodgorliklarida o‘lganlardan hech kim qaytib kelmaganligi, u
dunyoning yo‘qligi, kishi tanasi o‘lgandan so‘ng chirib tuproqqa
aylanishi, chin ma’nodagi hayot faqat yer yuzidagi hayot ekanligi
ta’kidlanib, kishilar bu dunyoda baxt-saodat uchun kurashishi kerakligi
ta’kidlangan. Bizning mil. avv. 2500-2000 yil burun Misr va Vavilonda
stixiyali materializm vujudga keldi. Bu falsafiy qarashlar o‘sha davrdagi
reaksion aristokratiyaning cheksiz hukmron mafkurasiga va
hukmronligiga qarshi kurash olib bordi.
Falsafiy fikrlarning keyingi rivojlanish bosqichi qadimgi Hindiston
va Xitoy mutafakkirlarining falsafiy qarashlarida o‘z aksini topadi.
Umuman olganda Qadimgi Bobil va Misr falsafasi Qadimgi Hindiston va
Xitoy falsafasi rivojlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bu Sharq
mamlakatlarining falsafiy qarashlari bir-birlari bilan uzviy bog‘liqdir.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |