45
Konfutsiyning falsafiy-axloqiy ta’limoti muayyan jamiyatdagi
mavjud tartib-qoidalarni hurmat qilishga qaratilgan, ya’ni jamiyatda
osmondan yuborilgan «Jen» (insonparvarlik) qonuni amal qilinadi. Bu
qonunni o‘rganib olish uchun inson «Li» ijtimoiy axloq normalariga
amal qilishi, o‘zining jamiyatdagi darajasiga qarab ish tutishi lozim. Ana
shu g‘oyalar eramiz boshida Xitoyda konfutsiychilik dini shakllanishiga
sabab bo‘ldi. Konfutsiychilik kohinlik, mistikadan xoli bo‘lib, unda dini
marosimlar asosini ajdodlar ruhiga sig‘inish tashkil etib, ibodatlari ham
ancha qulay bo‘lib, u oilaviy doirada o‘tkaziladi, natijada, tarbiyada
oilaning maqomi oshadi. I asridan boshlab, Xitoyga buddachilik kirib
kela boshladi va Xitoyda ijtimoiy-falsafiy qarashlar buddizm ta’limoti
bilan sug‘orilgan.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: