Uyg‘onish davri falsafasi. XIV-XVI asrlar G‘arbiy Yevropada
uyg‘onish davri hisoblanib, tabiiy fanlar sohasida kashfiyotlarga boy
davrni o‘z ichiga oladi. Namoyandalari Nikolay Kopernik (1473-1543),
Jordano Bruno (1548-1600), Galileo Galiley (1564-1642), Nikolay
Kuzanskiy (1401-1464).
N.Kopernik falsafa va fan rivojlanishiga eng katta qissa qo‘shgan
Uyg‘onish davrining mutafakkirlaridan biri polyak olimidir. N.Kopernik
o‘zining fanda tub o‘zgarish yasagan geliosentrik ta’limoti bilan mashhur
bo‘lgan. o‘zining «Osmon jismlarining gir aylanishi» nomli asarida o‘z
davrigacha haqiqat hisoblanib kelgan, geosentrik nazariyani rad etib
geliosentrik nazariyani kashf qiladi. Uning ta’limoticha, insonlar
tomonidan kuzatiladigan Quyosh va yulduzlarning harakatlari aslida
Yerning o‘z o‘qi atrofida kundalik aylanishidan iborat. Bizning
planetamizning markazi Yer emas Quyoshdir. Kopernikning buyuk
kashfiyoti dunyoga teologik qarashga zarba berib. Tabiatshunoslikda
to‘ntarish yasadi.
Kopernikning geliosentrik nazariyasidan chuqur ilmiy xulosa
chiqargan mutafakkirlardan biri Jordano Brunodir. U geliosentrik
nazariyani himoya qilish va targ‘ib qilish bilan cheklanib qolmay,
tabiatshunoslik tajribalarini hisobga orlib, bir necha muhim nazariy
xulosalar qiladiki,ular falsafani yanada boyitadi. Uning ta’limotiga ko‘ra
moddiy olam birlamchi bo‘lib, ong ikkilamchidir va moddiy olam
mangu, u hech qanday xudo tomonidan yaratilgan emas, bordan yo‘q,
yo‘qdan bor bo‘lmaydi, u so‘ngsiz va cheksiz, moddiy olam cheksiz
turlarda ifoda etiladi, lekin bu cheksiz predmet va hodisalar bir-biri bilan
o‘zaro aloqada, birlikdadir. Bruno ta’limotida, Quyosh sistemasidan
tashqari yana sanoqsiz dunyolar, sayyoralar mavjud, bu dunyo bepoyon
moddiy olamning kichik bir qismidir.
Galileo Galiley ta’limoticha, olamdagi barcha narsa va hodisalar
moddiy asosga ega, olam benihoya, materiya abadiy, tabiat yagona
bo‘lib, mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Kuzatish, tajriba tabiatni
bilishning boshlang‘ich nuqtasidir. Hodisalar ichki zaruratini bilish esa,
bilimning oliy bosqichimdir, deb hisoblaydi.
Uyg‘onish davrida Yevropa falsafasining rivojlanishiga katta qissa
qo‘shgan nemis olimlaridan biri N.Kuzanskiydir. Uning ta’limoticha,
Xudo hamma narsalarda mavjud, shuningdek, Hamma narsalar Xudoda
53
mavjud. Eng oliy haqiqatlarni bilish, sxolastik fikrlash bilan emas, balki,
tajriba asosida amalga oshadi. U bilish nazariyasining rivojlanishiga
katta qissa qo‘shadi.