Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə29/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

(Ibn Sino. She’rlar va tibbiy doston. – T., 1981, B.48)


 70
Xullas, buyuk vatandoshimiz Abu Ali Ibn Sino o‘zining rang-barang 
va teran falsafiy, ijtimoiy, axloqiy, badiiy merosi bilan nafaqat 
musulmon Sharqi, Yevropa va, umuman, dunyo madaniyatiga katta hissa 
qo‘shgan qomusiy mutafakkirdir. 
Yana bir vatandoshimiz-buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy (973-
1048) jahon fani tarixida eng mashhur siymolar qatoridan joy olgan, o‘z 
davridagi deyarli barcha fanlar taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, 
mashhur qomusiy olim, yirik faylasufdir. 
Tarixiy manbalarning ma’lumotlari bo‘yicha Beruniy o‘z davri ilm-
fanini puxta o‘zlashtirgan, ajoyib tadqiqotchi hamda tabiatni ziyraklik 
bilan kuzatuvchi olim bo‘lgan. Hindistonga qilgan safarlari natijasi 
o‘laroq bu mamlakat haqida, uning iqlimi, geografik va boshqa 
sharoitlari haqida, u yerda yashovchi xalqlar, elatlar to‘g‘risida asar 
yozgan. Hozirgacha ma’lum bo‘lgan dalillar bo‘yicha Beruniy umuman 
152 asar yaratib qoldirgan. Shulardan eng mashhurlari «Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Mas’ud qonuni», «Hindiston», 
«Geodeziya», «Minerologiya», «Saydana» kabilardir. Bu asarlar jahon 
fani tarixida ko‘plab tadqiqotchilar diqqatini o‘zlariga tortgan va jahon 
tillariga tarjima etilgan. Yuqoridagi asarlarning ko‘pi bizning 
zamonamizda o‘zbek va rus tillarida chop etilgandir. 
Ko‘rib turganimizdek, Beruniy bevosita falsafaga doir asar 
yozmagan. Lekin u falsafaga oid tushunchalarni, qoida-qonunlarni, 
jamiyat va uni boshqarish masalalarini deyarli barcha asarlarida chuqur 
tahlil qilgan, ko‘plab falsafiy muammolarni hal etishda tabiatshunoslik 
va aniq fanlar xulosalaridan foydalangan. Chunonchi, «Hindiston» 
asarida musulmonlar bilan hindlarning urf-odatlari o‘rtasidagi farqlarni 
tahlil qilib, bunday farqlanish geografik muhitning farqlanishiga bog‘liq, 
degan fikrga keladi. Tillarning turlicha bo‘lishining sababi ham 
odamlarning guruh-guruh bo‘lib turli geografik sharoitlarda yashashi-
dandir, degan g‘oyani ilgari suradi. Beruniyning insoniyat hayotida va 
jamiyatda geografik omilning muhim rolini e’tirof etishi o‘z davri uchun 
katta ahamiyatga ega edi. 
Beruniyning aql va mehnat haqidagi fikrlari ham e’tiborga molikdir. 
Aql va mehnat inson hayoti va ijtimoiy holatining mohiyatini tashkil 
etadi. «Geodeziya» asarida inson boshqa odamlar baxt-saodati haqida 
doimo o‘ylashi kerak, deydi va «muayyan vazifalarni bajarish zaruriyati 
inson faoliyatining bir umrga yashash qoidasidir» degan fikrni bildiradi. 
Insonning qadr-qimmati o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishidan, 


 71
shuning uchun ham insonning eng asosiy vazifasi va o‘rni mehnat bilan 
belgilanadi. 
Beruniy ilm-fanni g‘oyat qadrlagan, unga umid bag‘ishlagan 
insondir. U ilm-fan saxovatli xizmatni o‘tashi mumkin deb hisoblaydi. 
«Mening butun fikri-yodim, qalbim bilimlarni targ‘ib qilishga qaratilgan, 
chunki men bilim orttirish lazzatidan bahramand bo‘ldim; buni men 
o‘zim uchun katta baxt deb hisoblayman»
1
, deydi Beruniy. Chindan ham 
Abu Rayhon Beruniyning butun hayoti, ilmiy izlanish va kuzatishlari 
ilm-fan taraqqiyotiga sitqidildan xizmat qilishning namunasidir.
Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlari taraqqiyotida 
tasavvuf falsafasining yoki so‘fizim oqimlari (tariqatlari) g‘oyalarining 
o‘ziga xos o‘rin bor. 
Tasavvuf falsafasi bevosita islom dinining mahsuli sifatida 
maydonga kelgan oqimlar majmuidir. U islom dini hukmron din 
mavqeiga ko‘tarilishi bilan islom dini doirasida, Qur’on va Hadis 
g‘oyalariga mos ravishda yuzaga keldi. Arab xalifaligida uning yuzaga 
kelishi va tarqalishi VIII-IX asrlarga to‘g‘ri keladi. Tasavvuf 
falsafasining asosiy g‘oyasi Olloh visoliga yetishmoqlik, Olloh 
rahmatiga sazovor bo‘lishlik va Olloh ruhiga singib ketishlikdir. Ana shu 
g‘oyani targ‘ib qilish usuliga qarab so‘fiylik Markaziy Osiyoda uch 
tariqatga (yassaviylik, kubraviylik, naqshbandiylik) bo‘linadi. 
X-XI asrlarda tasavvuf falsafasi o‘rta Osiyoda keng tarqala boshladi. 
O‘rta Osiyoda bu talimotning paydo bo‘lishi va tarqalishi yirik 
mutafakkir Hazrat Yusuf Hamadoniy (1048-1140) nomi bilan bog‘liqdir. 
Eronning Hamadon shahrida dunyoga kelgan Yusuf yoshligidanoq ilm-
fanga qiziqadi, xalifalikning poytaxti Bog‘dodda ko‘zga ko‘ringan 
olimalardan tahsil oladi, xaloyiq orasida hadislar to‘plash maqsadida 
Isfahon, Balx, Hirot, Marv, Buxoro va Samarqand shaharlariga bir necha 
bor safarlar qiladi. So‘ngroq Marv va Buxoroda xonaqoh va madrasa 
qurdirib, turkigo‘y va forsigo‘y shogirdlar tayyorlaydi. Uning shogirdlari 
orasida Ahmad Yassaviy va Abduholiq G‘ijduvoniylar alohida ilmga 
chanqoqliklari, tasavvuf ta’limotiga berilganliklari bilan ajralib turar 
edilar. Keyinchalik, ustozi buzrukvorlari Yusuf Hamadoniy vafotidan 
(YU.Hamadoniy 92 yil umr ko‘rgan, qabri Marv shahrida) so‘ng ular 
Buxoroda bir qancha vaqt oldinma-ketin ustozlari ishini davom 
ettirganlar. So‘ng Ahmad Yassaviy o‘zi tug‘ilgan o‘lka-Turkistonda 
(hozirgi janubiy Qozog‘iston) tasavvufning «Yassaviya» tariqatiga, 
1
Ȼɟɪɭɧɢɣ. Ɍɚɧɥɚɧɝɚɧ ɚɫɚɪɥɚɪ. Ɍ.2. – Ɍ., Ȼ.21. 


 72
Abduholiq G‘ijduvoniy esa Buxoroda «Naqshbandiya» tariqatiga 
boshchilik qilganlar.
«Yassaviya» tariqatining barcha aqidalari Xo‘ja Ahmad Yassaviy-
ning asosiy asari «Devoni Hikmat»da mufassal bayon etilgan. «Devoni 
Hikmat» turkiyda (qadimgi o‘zbek tilida) she’riy yo‘l bilan oddiy, 
tushunarli, ravon yozilgan. Yassaviy o‘z asarlarini turkiy tilda 
yozganligi, birinchidan, xalqimiz madaniyatining nechog‘lik teran 
tarixiyligini namoyish qilishda, ikkinchidan, islomiy adabiyotning ko‘p 
millionli turkiy xalqlar madaniyatida mahkam joylashib olishida katta 
ahamiyatga ega edi. Bu Yassaviyning ham turkiy xalqlar madaniyati ham 
islom madaniyati oldidagi buyuk xizmatlaridan biri edi. Ana shu nuqtai 
nazardan qaraganda Hazrat Alisher Navoiy Yassaviyga «Xo‘ja Ahmad 
Yassaviy-Turkiston mulkining shayxul-mashoyixidir» deb tavsif 
berganliklari bechiz emasligini tushunib olish mumkin. 
Hikmatda bayon etilishicha, inson Olloh yaratgan chog‘idagi 
musaffolikni saqlashi kerak. Lekin bu qiyin vazifa. Insonning bu 
dunyoda gunohga botishi, Olloh oldida aybdor bo‘lib qolishi oson. Uning 
nafsi, ya’ni insonning oddiy ehtiyojlari uni gunohga botishiga ko‘pincha 
sabab bo‘ladi. Shuning uchun «hikmat»-ta’limotiga ko‘ra, inson o‘zining 
azaliy pokligini saqlash maqsadida bu dunyodan yuz o‘girishi, o‘zini 
qiynaydigan bu dunyo ehtiroslarini yengib, Olloh bilan yakka qolishi, umrini 
odamlardan uzoqda, uzlatda, yolg‘izlikda toat-ibodat bilan o‘tkazishi lozim. 
Yassaviy ijodining eng ta’sirli tomonlaridan biri ham ana shu 
tarkidunyochilik bo‘lib, doimiy ibodatnigina emas, balki xorlik va zorlikka 
chidash, hatto o‘zingni atayin azobu uqubatga duch etishni ham talab etadi. 
Bu-Ollohga yaqin bo‘lishning, o‘zingga u dunyoda saodatni ta’min 
etishning shartlaridan biridir. 
Atoqli tadqiqotchi Izzat Sultonning ta’biri bilan aytganda to‘rt 
mavzu, yana ham to‘g‘rirog‘i – to‘rt maqsad umuman Yassaviy g‘oyaviy 
merosining asosini tashkil etadi. 
Birinchisi-odamlarni Ollohni tanishga, uning yaqini bo‘lishga da’vat 
etish; ikkinchisi – odamni Ollohning eng aziz ijodi sifatida e’zozlash; 
uchinchisi – dunyodagi gunohni, ayniqsa adolatsizlikni qoralash, bu 
adolatsizlikning qurboni bo‘lgan insonni himoya etish hamda adolatga 
da’vat etish va, nihoyat, to‘rtinchisi – dunyoning dog‘larini insonga 
yuqtirmaslik uchun bu dunyodan nari turishga,ya’ni tarkidunyochilikka 
da’vat etishdir. Yassaviy tariqatining hamma boshqa g‘oyalari shu to‘rt 
mavzu yoki maqsad doirasidan uzoqqa ketmaydi
1
.
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ɋɭɥɬɨɧ ɂ. Ȼɚԟɨɜɭɞɞɢɧ ɇɚԕɲɛɚɧɞ ɚɛɚɞɢɹɬɢ. – Ɍ., 1994. – Ȼ.17. 


 73
XII asrda O‘rta Osiyoda vujudga kelgan yana bir yirik tasavvufiy 
tariqat – «kubroviya» musulmon olamidagi zabardast mutasavvirlardan 
biri, xorazmlik donishmand Shayx Najmiddin Kubro (1145-1221) nomi 
bilan bog‘liqdir. Bu tariqat Hodis va Shariatga asoslangan bo‘lib, o‘z 
davrida Xuroson, Movarounnahr, boshqa musulmon mamlakatlari 
orasida keng tarqaldi. Mazkur tariqat ixlosmandlari orasida Zikrning 
ovoz chiqarmasdan (Xufiya) ijro qilish usuli keng qo‘llangan. 
«Kubraviya» tariqatidan keyinchalik bir nechta kichik tariqatlar ajralib 
va ular Markaziy Osiyoning turli hududlarida faoliyat ko‘rsatganlar. 
«Kubraviya» tariqatining odoblari o‘nta bo‘lib, ular quyidagilardan 
iborat: 1) tavba; 2) dunyo mol-mulki va noz ne’matlaridan voz kechish; 
3) qanoat; 4) Ollohga mutlaqo ishonish, unga chuqur va sidqidildan 
e’tiqod qilish; 5) uzlat. Tariqat ixlosmandi ko‘proq yolg‘iz qolishi, 
xaloyiqdan uzoqlashib, qalbini mustahkamlab, poklanib bormoq lozim; 
6) tariqat ixlosmandi Olloh nomini doimo tilga olib, uning sha’niga 
sidqidildan zikr-samo‘ qilishi kerak; 7) tariqat ixlosmandi butun qalbi, 
bor vujudi bilan Ollohga murojaat qilib yurishi lozim; 8) sabr; 9) tariqat 
ixlosmandi har qanday pastkashliklardan, riyo va makru hiyla-
nayranglardan xalos bo‘lmog‘i shart; 10) rido – tariqat ixlosmandi Olloh 
vasliga yetgach, o‘zini Olloh-taoloni tanigan hisoblamog‘i lozim. 
XII-XIV asrlarda O‘rta Osiyoda va keyinchalik dunyoning boshqa 
ko‘p musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan tasavvuf oqimi-bu 
«Naqshbandiya» tariqatidir. Bu tariqay «Xojagon» nomi bilan ham 
mashhurdir. «Naqshbandiya» tariqatining asoslanishi va dastlabki 
davrlari Abduholiq G‘ijduvoniy (tug‘ilgan yili noma’lum, 1220-yilda 
vafot etgan) nomi bilan bog‘liqdir. Abduholiq Buxoro yaqinidagi 
G‘ijduvon shahrida tug‘ilib, Buxoroda Yusuf Hamadoniy va so‘ngroq 
Ahmad Yassaviydan ta’lim olgan. Ustozi Yusuf Hamadoniy vafotidan 
so‘ng bir qancha vaqt Buxoroda uning vazifasini ado etgan, so‘ng 
«naqshbandiya» tariqatini asoslab, unga boshchilik qilgan. 
«Naqshbandiya» tariqatining keyingi rivoji va butun musulmon 
olamiga tarqalib ketishi Xojai Buzurg, ya’ni Xoja Bahouddin Naqshband 
(1318-1389) nomi bilan bog‘liqdir. Bahouddin Naqshband Buxoro 
yonidagi Qasri Hinduvan (keyinchalik qasri Orifon deb atalgan) 
qishlog‘ida tug‘iladi. Yosh Bahouddin o‘sha davrdagi otoqli mutasavvif 
Said Amir Kuloldan ta’lim oladi. So‘ng umrining ko‘p qismini 
«Naqshbandiya» tariqatining rivojiga va bu sohada shogirdlar tayyorlash 
ishiga bag‘ishladi. U naqshbandiyaning ikkinchi asoschisi sifatida bu 


 74
tariqatni XIV asrda har tomonlama puxtaladi, mustahkamladi va uning 
butun musulmon Sharqiga tarqalib ketishi yo‘lida tinimsiz mehnat qildi. 
«Naqshbandiya» ta’limotining asosida ixtiyoriy ravishdagi faqirlik 
yotadi. Lekin bu, «faqirlik» boshqa tariqatlar tashviq etgan «faqirlik»dan 
tubdan farq qiladi. Chunonchi, Naqshband ta’limoti targ‘ib qilgan 
faqirlik odamlardan uzoqda, panada («faqir kishi panada» naqli ham 
shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin) yashashi emas, balki odamlar 
orasida bo‘lishni, mehnat qilishni, jamiyat uchun foydali ish qilishni 
taqozo etadi. Shu sababli «naqshbandi» tariqati tarkidunyochilikka va 
xilvatda yashash qoidasiga keskin qarshi chiqadi. «Naqshbandiya» 
tariqati yo‘lini tutganlar tarkidunyo qilish, xilvatda, xalqdan uzoqda 
bo‘lish emas, balki qalbda Ollohni jo qilib, mehnat qilishlari, dunyoni 
obod etishlari zarurdir. «Naqshbandiya» tariqatining «Dil ba yoru, dast-
ba kor» (Dil yor-Olloh bilan, qo‘l esa ish bilan band bo‘lsin) degan 
mashhur shiori ham yuqoridagi qoidaga aynan mos keladi. Bu esa butun 
tasavvuf ta’limotida nihoyatda progressiv hodisa edi. 
«Naqshbandiyli» ta’limoti, shuningdek, boshqalar mehnati bilan kun 
kechirishni, tekinxo‘rlikni, ijtimoiy zulm va istibdodni qat’iyan 
qoralaydi. Bu ta’limot asoschilari kishilarni faqat o‘z qo‘l kuchi, peshona 
teri bilan halol mehnat qilib kun kechirishga chaqirganlar. 
Naqshbandiylar odamlarni savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik, 
badiiy adabiyot, musiqa, ilm-ma’rifat, xattotlik, naqqoshlik, quruvchilik 
kabi barcha foydali va xayrli yumushlar bilan shug‘ullanishga da’vat 
etganlar. 
Shunday qilib, naqshbandiya tariqati uzoq fikriy rivojning natijasi 
o‘laroq maydonga keladi, o‘rta asrlardagi ijtimoiy va ruhiy 
taraqqiyotning cho‘qqisi sifatida shakllanadi.
Naqshbandiya tariqatining mafkura sifatida uzul-kesil shakllanishida 
uch buyuk shaxs-Yassaviy, Abduholiq G‘ijduvoniy, Bahouddin 
Naqshband alohida xizmat ko‘rsatdilar. Agar Yassaviy jamiyatni Ollohni 
tanishga o‘rgatgan va bu yo‘lda tarkidunyochilikni odat etishga da’vat 
qilgan bo‘lsa, agar Abduholiq G‘ijduvoniy, xuddi Yassaviydek, Ollohni 
tanishga da’vat etish bilan birga, buning uchun tarkidunyo shart 
emasligini tushuntirgan va Ollohga yaqin bo‘lishning boshqa yo‘li-»bu 
dunyoga» faol munosabat va insonning axloq mukammalligi va tozaligi 
yo‘li mavjud ekanini kashf etgan bo‘lsa, Bahouddin Naqshband, xuddi 
Yassaviydek, Ollohning tanishning inson uchun zarurligini uqdiradi, 
lekin bu yo‘lda tarkidunyochilikni uzil-kesil rad etadi. 


 75
Bahouddin Naqshband o‘z ta’limotida Ollohga yaqin bo‘lishning 
to‘g‘ri va eng samarali yo‘li-jamiyat saodati uchun yashash, 
bunyodkorlik, savob ishlar va mukammal axloq ekanini tasdiq etuvchi 
mafkurani eng izchil va yorqin ifoda etadi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin