Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Markaziy Osiyoda O‘rta asrlar falsafasi


səhifə28/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

2-§. Markaziy Osiyoda O‘rta asrlar falsafasi 
IX-XII asrlar Markaziy Osiyoda, jumladan hozirgi O‘zbekiston 
zaminida yashagan xalqlar hayotida ijtimoiy-siyosiy hamda ilmiy-
madaniy voqealarga boy davrlardan biri hisoblangan. 
Bu davrning boshlarida yangi din-islom dini aqidalariga asoslangan 
qudratli Arab xalifaligi Markaziy Osiyo bekliklari, mayda feodal 
davlatlarini bosib olishga xuruj qila boshlaydi. Arab xalifaligi bundan 
oldin Arab zaminidagi deyarli barcha qabilaviy tuzulmalarni, feodal 
davlatchalarni o‘ziga bo‘ysundirib, kuchli davlatga aylangan va endi 
xalifalik hududini kengaytirish va yanada boyitish maqsadida Osiyo 
bekliklariga hujumga o‘tgan edi.
Xalifalik Markaziy Osiyo shaharlari va bekliklarini zabt etish va 
ularni o‘ziga bo‘ysundirishi bilan bu yerlarda islom dinini tarqata 
boshladi. Ammo qayd qilish kerakki, Xalifalik ham, uning mafkurasi 
hisoblanmish islom dini ham Markaziy Osiyo hududiga bemalol, 
silliqqina kirib kelgan emas. Xalifalikning zo‘ravonlik hujumlari, 
shuningdek, islom dinining bizning yurtimizga kirib kelishi keskin 
zarbalarga uchradi, xalq noroziliklariga, olomon qo‘zg‘olonlariga, 
ko‘plab olishuvlarga sabab bo‘ldi. Lekin, baribir, qariyb ikki asr 
davomida olib borilgan jangu jadallar, zo‘ravonliklar, imtiyozlar berish 
yo‘llari vositasida Misrdan tortib Xitoygacha bo‘lgan ulkan hududda 
Arab Xalifaligi tartiblari o‘rgatildi, shu bilan birga bu yerga islom dini 
kiritilib, rasmiy mafkuraga aylantirildi. Lekin Arab Xalifaligi 
hukmronligiga qarshi olib borilgan ozodlik kurashi hech bir vaqt to‘xtab 
qolmadi. Natijada va, ayniqsa, Gurek, Davoshta, Abumuslim, Muqanna 
va boshqalar boshchiligidagi ozodlik kurashlari tufayli Markaziy 
Osiyoda arab Xalifaligi hokimiyati yiqitildi.
IX asrning o‘rtalaridan boshlab mamlakatni idora qilish mahalliy 
feodal dinastiyalar – somoniylar, so‘ngra qoraxoniylar, keyin g‘az-
naviylar, saljuqiylar, xorazmshohlar qo‘liga o‘tdi. 
Bu davr bizning xalqimiz tarixida ijtimoiy-siyosiy voqealar serobligi 
bilan birga, ilm-ma’rifat, ijtimoiy-falsafiy taraqqiyoti, madaniyat rivoji 


 65
avj olgan davrlardan biri sanaladi. Bu davrda qadimgi yunon 
faylasuflari-Aristotel, Galen, Gippokrat, Ariximed kabilarning merosi 
o‘rganila boshlandi. Xalifa Ma’mun tashabbusi bilan Bog‘dodda «Bayt-
ul-Hikma» donolik uyi – ilm markazi (fanlar akademiyasi) tashkil topdi. 
Bu yerda asosan O‘rta Osiyodan olib keltirilgan olimlar kuchi bilan 
falakiyot, riyoziyot, tibbiyot, tarixshunoslik, kimyo, falsafa kabi fanlar 
sohalarida tadqiqotlar olib borildi. 
Ma’lumki, Markaziy Osiyo, jumladan hozirgi O‘zbekiston zamini 
arab istilosidan va bu yerga islom dini yetib kelmasidan oldin ham 
madaniyati, ilm-fani, o‘z davriga nisbatan rivojlangan maskan edi. Arab 
istilosi bu madaniyatni ma’lum darajada yakson qildi. Lekin Markaziy 
Osiyoda arab xalifaligi hukmronligi qulatilib, mamlakatga rahbarlik 
mahalliy feodal dinastiyalari qo‘liga o‘tgach, ilm-fanning rivojlanishi 
uchun yangi imkoniyatlar ochildi. Xorazm, Buxoro, Hirotda-mahalliy 
xonliklarda ilmiy markazlar tashkil topdi. 
Butun dunyoga dong taratgan buyuk yurtdoshlarimiz Al-Xorazmiy, 
Al-Farg‘oniy, Al-Buxoriy, Abu Nosir Forobiy, Ibn sino, Abu Rayhon 
Beruniy va boshqalar ana shu davrda ijod qildilar. Mahmud 
Koshg‘ariyning mashhur «Devoni lug‘atit-turk» asarining yaratilishi shu 
davrga to‘g‘ri keladi.
Bu davr ilm-fani taraqqiyotining o‘ziga xosligi o‘rganilganda, ilm-
fanda dunyoviy ma’rifatga intilish, tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik 
ilmlarining rivoji, aql kuchiga ishonish, insonni ulug‘lash, 
insonparvarlik, yuqori axloqiy qonun va qoidalarni namoyon etish, 
qomusiy ilm va bilimga intilish kabi xususiyatlarni bilib olish mumkin. 
Xullas, madaniyatda, ilm-fanda yoppasiga yuksalish, rivojlanish ko‘zga 
tashlanadi. Shu sababli bu davr Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Sharq 
Uyg‘onish davri nomi bilan ataladi. 
Ana shu davrda yashab ijod etgan yurtdoshlarimizdan biri buyuk 
mutafakkir olim Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-
850)dir. Xorazmiy matematika, astronomiya, geografiya, tarix sohalarida 
birqancha shoh asarlar yaratdi. Bular orasida «Al-jabr val-muqobala 
hisobi haqida qisqacha kitob» (Al-Jabr) «Astronomik zij», «Yer surati 
haqida kitob» kabilar dunyoda ayniqsa dong taratgandirlar.
Bu kitoblardan joy olgan matematika, astronomiyaga doir yechimlar, 
geografik yangiliklar dunyo ilm-fani, ayniqsa Yevropa ilmi taraqqiyotida 
favqulodda katta rol o‘ynadilar. Bu kitoblar o‘tgan ming yil davomida 
dunyoning barcha asosiy tillariga tarjima etildi va jahonning eng yirik 
universitetlarida o‘z sohalari bo‘yicha muhim darslik bo‘lib keldi. 


 66
Xorazmiyning «Al-jabr» kitobi asosida esa keyinchalik «Algebra» fani 
yuzaga keldi va rivojlandi. Matematik ilmda kibernetika, algoritm, 
informatika, kompyuterlashtirish kabi tushuncha va oqimlarning yuzaga 
kelishida ham Xorazmiy asarlarining hissalari salmoqli bo‘lgan. Shuning 
uchun ham kimyoning asosiy nazariyasi bo‘lgan davriy sistemaga 
Mendeleyev, nisbiylik nazariyasiga Eynshteyn asos solgan bo‘lsalar, 
tenglamalar nazariyasi sifatida algebrani al-Xorazmiy kashf etganligini 
butun jahon tan olgan. 
O‘zbek xalqi ilm-fani va falsafasi tarixida buyuk olim Ahmad Ibn 
Muhammad Al-Farg‘oniyning ilmiy faoliyati muhim o‘rinda turadi. Al-
Farg‘oniy Farg‘onada tug‘ilgan, ammo uning tug‘ilgan vaqti manbalarda 
ko‘rsatilmagan, uning 861-yilda vafot etganligi ma’lumdir. U, Al-
Xorazmiy kabi, Bag‘dodda, «Bayt-ul Hikma» da faoliyat ko‘rsatgan va 
astronomiya sohasida jahonshumul asarlar yozib qoldirgan. U o‘zining 
«Astornomiya ilmining usullari haqidagi kitob», «Al-Farg‘oniy 
jadvallari», «Yetti iqlim hisobi» va boshqa kitoblarida yer, quyosh, 
sayyoralar, ularning harakatlari, osmon ekvatorining yer ekvatorining 
davomi ekanligi, yetti iqlim, yil fasllari haqida ilmiy asoslangan ko‘p 
xulosalarni bayon etadi. 
Al-Xorazmiy va Al-Farg‘oniyning matematika hamda astronomiya 
sohasidagi tabiiy-ilmiy nazariya va kashfiyotlari o‘z davri falsafasini 
ilmiy xulosalar bilan boyitdi, atrof-muhitda muttasil sodir bo‘lib 
turadigan voqea-hodisalar haqidagi mushohadalarni kengaytirdi va shu 
bilan keyingi davrlar falsafiy fikrlar rivojlanishiga muhim poydevor 
bo‘ldi. 
Markaziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikrlar taraqqiyotida buyuk 
ensiklopedik olim Abu Nosir Forobiyning (873-950) roli beqiyosdir. U 
yaqin va o‘rta Sharqda ilg‘or ijtimoiy-falsafiy oqimning asoschilaridan 
hisoblanadi. Forobiy falsafiy ta’limoti g‘oyat boy, ijtimoiy-siyosiy 
g‘oyalari keng va teran, bu ta’limot va g‘oyalarning targ‘iboti sodda va 
yengildir. Shuning uchun ham Forobiy «Sharq Aristoteli» degan 
unvonga sazovor bo‘lgan mashhur mutafakkirdir. U, shuningdek, 
musulmon Sharqida Aristoteldan (ya’ni birinchi muallimdan) so‘ng 
«Ikkinchi muallim» (Muallimi soni) sifatida ham nom qozongan. 
Forobiy yaratgan asarlarning soni 160 taga yetadi. Ularning bir 
qismi qadimgi yunon faylasuflari va tabiatshunoslari (Aristotel, Platon, 
Galen va boshqalar) ilmiy asarlarini sharhlash, targ‘ib qilishga 
bag‘ishlangan bo‘lsa, bir qismi o‘rta asr fanining tabiiy va ijtimoiy-
falsafiy sohalariga, uning turli dolzarb masalalarini tadqiq qilishga, 


 67
tabiatshunoslik, musiqashunoslik, filologiya, jamiyatshunoslikning 
muhim sohalariga bag‘ishlangandir.
Forobiy o‘z falsafiy qarashlarini pantiyestik prinsip asosida 
tushuntiradi. Ya’ni, u o‘z nazariyalarida borliq va ilohiyotning 
(Ollohning) birgalikda, bir butunlikda deb qarovchi ta’limotga suyanadi.
Demak, Forobiy moddiy borliq va ilohiyotni (Ollohni) bir butun 
birikma deb tushunadi. Shu bilan birga Forobiy bu birikmani tashkil 
etgan ikki qisimning har biri o‘ziga xos sifatlariga, belgilariga egaligini 
ta’kidlaydi. Chunonchi, birinchi qismi ya’ni moddiy dunyo ko‘plab belgi 
va xususiyatlarga, ya’ni sifat, miqdor, substansiya, zaruriyat,tasodif, son, 
makon, zamon kabilarga ega; ikkinchi qismi, ya’ni ilohiyot (Olloh) esa 
massaga ham, nasabga ham, ta’rifga ham ega emas, u mutlaqdir. Forobiy 
fikricha, yer va osmondagi jamiki sathlar jismdir, ya’ni moddadir. 
Hamma narsalar uchun umumiy jism-olamdir, olamdan tashqarida hech 
narsa yo‘q. Olloh ham shu olamda, bizni o‘rab olgan moddiy dunyo 
ichida, unga singib ketib, moddiy borliq bilan birlikni tashkil etadi. O‘rta 
asr sharoitida bunchalik teran fikrga kelish va o‘z qarashlarini shu 
nazariya asosida tushuntirish falsafa uchun, uning kelgusi taraqqiyoti 
uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega edi. 
Forobiy o‘zining ko‘pchilik o‘tmishdoshlaridan farqli o‘laroq, 
falsafaning fan sifatida mohiyatini kengroq va aniqroq tushunadi. Uning 
talqinida falsafa nazariy bilim doirasida asosiy o‘rinni egallaydi, falsafa 
borliqning mohiyati haqida, butun mavjud narsalarning mazmuni haqida 
mukammal va to‘liq bilim beradigan, o‘zining qonun va qoidalariga ega 
bo‘lgan fandir. 
Forobiyning bilish haqidagi fikrlari ham muhimdir. Mutafakkirning 
qayd etishicha, tabiat odamdan tashqarida, unga bog‘liq bo‘lmagan holda 
mavjuddir. Shuning uchun ham odam o‘z bilimlarini tashqaridan, 
atrofidagi hodisalardan biladi. Forobiy bilish jarayonida inson aqlini 
ulug‘laydi.
Forobiy o‘rta asr sharoitida birinchilardan bo‘lib insonparvarlikka, 
adolatga asoslangan ijtimoiy tuzumni orzu qiladi. Uning «Fozil odamlar 
shahari» asari bevosita ana shu g‘oyani ifodalaydi. 
Forobiyning qayd etilgan va boshqa ko‘p g‘oyalari keyinchalik 
sharq mutafakkirlari asarlarida rivojlantirildi, Yevropada XV-XVII asrlar 
Renessansi (Uyg‘onish) davri ilg‘or fikrlarining vujudga kelishiga 
sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 
Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida Abu Ali 
Ibn Sinoning (980-1037) o‘rni bag‘oyat kattadir. Ibn Sino faqat bizning 


 68
zaminimiz emas, butun musulmon Sharqi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-
falsafiy fikrining buyuk namoyandasi, tibbiyot, falsafa, tabiiy-ilmiy 
fanlar, badiiy adabiyot sohalari bo‘yicha ko‘plab asarlar muallifi, 
mashhur qomusiy olim-mutafakkirdir. Ibn Sino ilm-fan sohasida 
shunchalik xizmatlari va mashhurligi tufayli Sharqda «Shayx ur-rais» 
(«Olimlar boshlig‘i») deb nom qozondi.
Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida dunyoga kelgan. 
Bu davrda Buxoro Somoniylar davlatining markaziy bo‘lib, 
hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan, ilmiy va madaniy jihatlardan 
taraqqiy etgan shaharlardan hisoblanadi. Bu hol yosh Sinoning 
dunyoqarashini shakllanishida va keyingi ilmiy, adabiy, amaliy faoliyatida 
katta ta’sir ko‘rsatdi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, Ibn Sino 450 dan ortiq 
asar yozib qoldirgan bo‘lsa-da, bizgacha ularning 100 tachasi yetib kelgan. 
Bular arab tilida yozilgan 5 tomlik qomusiy asar-»Al-Qonun fit-Tibb» 
(«Tibb ilmi qonunlari»), o‘rta asr ilmining barcha muhim sohalarini, 
xususan mantiq, fizika, matematika, metafizikani o‘z ichiga olgan 18 tomlik 
«Kitob ash-Shifo», 20 jilddan iborat «Kitob al-Insof», fors tilida yozilgan 
«Donishnoma», falsafiy mazmundagi «Risola at-Tayr» (Qush tili), 
«Salomon va Ibsol», «Hay Ibn Yakzon» va boshqalardir. 
«Tibb qonunlari» asari o‘tgan ming yil davomida dunyoning barcha 
asosiy tillariga tarjima etilib, Yevropaning, shuningdek, boshqa qit’alar 
mamlakatlari universitetlarida tibbiyot bo‘yicha asosiy darslik sifatida 
o‘qitilib keldi. Olimning boshqa asarlari ham ko‘p tillarga tarjima 
etilgan. 
«Tibb qonunlari» o‘zining tibbiyotdagi buyuk ahamiyatidan 
tashqari, falsafaning muhim masalalarini o‘zida mujassamlashtirgan 
asardir. Unda inson tanasining boshqarib turuvchi qonunlarni, inson 
organizmi bilan muhit, tabiatning uzviy munosabati kabi falsafa uchun 
g‘oyat muhim sanaladigan masalalar mukammal ravishda bayon etilgan. 
«Tib qonunlari»da Ibn Sino, shuningdek, falsafaning bilish 
nazariyasi (gnoseologiya) xususida muhim fikrlarni bayon etgan. Bu 
masala inson fiziologiyasi va psixologiyasi asosida talqin etilib, hissiy 
bilish, sezgilar haqida falsafiy mushohadalar qilinadi. Ibn Sino sezgini 
tashqi va ichki sezgilarga ajratadi. Tashqi sezgilar insonni tashqi olam 
bilan bog‘laydi: ular 5 ta-ko‘rish, eshitish, tam-maza bilish, hid va teri 
sezgilaridir. Ichki sezgilar-umumiy, chunonchi, taxmin etuvchi, 
ifodalovchi, eslab qoluvchi (xotira), tasavvur etuvchi sezgilardir. Ichki 
sezgilar tashqi sezgilar ma’lumotlarini umumlashtirib, xotirada saqlash 
va so‘ng tasavvur etish, taxmin qilish uchun xizmat qiladilar. 


 69
Ibn Sinoning falsafa fanining tarkibi haqidagi fikri ham diqqatga 
sazovordir. U falsafani ikki bo‘limga bo‘ladi. Birinchi bo‘lim nazariy 
falsafa hisoblanib, unga metofizika, matematika, tabiatshunoslik fanlari 
kiradi. Ikkinchi bo‘lim amaliy falsafa hisoblanib, unga siyosat, huquq, 
iqtisod va axloqshunoslik kiradi. Shunga binoan amaliy falsafa ijtimoiy-
siyosiy, davlat, jamiyat tuzilishi, vazifalari, jamoatni boshqarish, inson 
xulq-odoblari, jamoa va oilada axloq mezonlari kabi masalalar bilan 
shug‘ullanadi. Ibn Sino mantiq (logika) fanini ham falsafiy fan hisoblab, 
u bilishning asosiy vositasi, asbobi ekanligini uqdiradi. 
Ibn Sinoning axloq, axloqiy tarbiya xususidagi fikrlari bizning 
zamonimizda ham o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Ibn Sino talqinicha, 
ta’lim-tarbiya aqliy tarbiya, yoshlarni ilm-fanga o‘rgatish; jismoniy 
tarbiya, estetik tarbiya, yoshlarni ma’lum hunarga o‘rgatish kabilarni o‘z 
ichiga oladi. U aqliy va axloqiy tarbiyaga ayniqsa katta e’tibor beradi. 
Shuning uchun ham uning axloq xususidagi fikrlari oqilona va 
insonparvarlik xarakteriga ega. Ibn Sinoning axloq haqidagi, insoniylik, 
sadoqat, soflik, do‘stlik xususidagi tushunchalari uning badiiy asarlarida 
yaqqol namoyon etilgandir. 
Chunonchi, Ibn Sino «Qush tili» asarida ikkiyuzlamachilik, 
yolg‘onchilik, xoinlik kabi xislatlarni qoralaydi, inson ustidan har 
qanday zo‘ravonliklarni inkor etadi. «Salomon va Ibsol» qissasida inson 
go‘zalligi, axloqi, pokligi, sofligi masalalari ifodalanadi. Xushbichim, 
aqlli, odobli, bahodir Ibsol akasi Salomonning xotini-yangasining 
ishqibozlik haqidagi taklifini rad etadi. Yanga Ibsolni ko‘ndirish uchun 
barcha hiylalarni ishga soladi: aldaydi, yolvoradi, eri Salomonga chaqib 
azob berdirtiradi, biroq maqsadga erisha olmaydi. Ko‘r muhabbat o‘tida 
yonib, ayshga tuzoq qo‘ygan yanga ortiq chidab turolmaydi, tuhmat va 
bo‘hton hamda makr bilan Ibsolni o‘ldirtiradi. 
Ibn Sino shoir sifatida ham mazmunli faoliyat ko‘rsatgan 
san’atkordir. Uning qalamiga mansub she’rlar-ruboiylar, qit’alar, 
g‘azallarda muhim ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar o‘z aksini topgan. Jumladan 
uning mana bu ruboiysi diqqatga sazovordir: 
Hech bir gap qolmadi ma’lum bo‘lmagan, 
Juda oz sir qoldi mafhum bo‘lmagan, 
Bilimim haqida chuqur o‘ylasam, 
Bildimki, hech narsa ma’lum bo‘lmagan. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin