MARKAZIY OSIYO FALSAFASI VA
UNING JAHON MADANIYATIDAGI O‘RNI
1-§. Markaziy Osiyoda dastlabki ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar.
Diniy-falsafiy ta’limotlar
Jahon falsafasi tarixida Markaziy Osiyo xalqlari falsafiy tafakkuri
o‘ziga xos alohida xususiyatlarga egadir. Uning bu xususiyatlari Yunon,
Misr, Hindiston, Xitoy falsafasi singari qadimiyligi bilangina emas, o‘z
taraqqiyotida aniq fanlar sohasidagi buyuk tadqiqotlarga asoslanganligi,
shuningdek, Markaziy Osiyo ma’naviyatiga kuchli ta’sir ko‘rgazgan
diniy-falsafiy g‘oyalardan oziqlanganligi bilan ham belgilanadi.
Bulardan tashqari qadimgi zamonlardanoq Markaziy Osiyo bo‘ylab,
jumladan hozirgi O‘zbekiston hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘llari
vositasida kechgan savdo-sotiq va madaniy aloqalar umuman ilm-fan,
jumladan falsafa ilmi rivojiga katta hissa qo‘shgan. Xalqimiz falsafiy
61
tafakkurida o‘z ifodasini topgan bu omillarni o‘rganish, ularni tahlil etish
diyorimizda madaniy o‘sish jarayonini, o‘zligimizni yanada teranroq
anglashimiz uchun juda muhimdir.
Afsuski, xalqimiz tarixining keyingi bir yarim asrlik davrida bu ishni
amalga oshirishning iloji bo‘lmadi. O‘zbekiston Respublikasi
mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘nggina umuman tariximiz, jumladan
madaniyat, ilm-fan, qadriyatlarimiz teran va obyektiv tarzda o‘rganila
boshlandi. Mustaqillikning o‘tgan yillari davomida Prezidentimiz
I.Karimov tashabbusi va rahnamoligi bilan bu sohada katta ishlar qilindi.
Lekin bular hali ishimizning boshlanishi. Oldimizdagi vazifalar ko‘lami
esa g‘oyatda keng va sermazmundir. Bu sohadagi izlanishlar, tadqiqotlar,
shubhasiz, xalqimiz falsafiy tafakkuri dahosini tobora ravshan-
lashtirishga xizmat qiladi.
Qadimgi Turon, jumladan hozirgi O‘zbekiston tuprog‘ida paydo
bo‘lgan ilk ijtimoiy-falsafiy g‘oyalarning ildizlari g‘oyatda uzoq tarix
tumonati qatlamlariga singib ketgandir. Shuning uchun ham bu tarix
ibtidosini aniq-ravshan belgilash g‘oyat qiyin, uni bizgacha yetib kelgan
og‘zaki rivoyatlar, uzuq-yuluq yozma yodgorliklar, tarixiy obidalar
yordamida bilib olishimiz mumkin.
Qadim davrlardan boshlab Markaziy Osiyo, jumladan hozirgi
O‘zbekiston zaminida dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik xalq
hayotida muhim o‘rin egallagan. Shunga bog‘liq ravishda sug‘orish
inshootlari qurish, tirikchilik uchun zarur mehnat qurollari va asboblari
tayyorlash kabi dastlabki bunyodkorlik harakatlari yuzaga kelib rivojlana
boshladi. Shu bilan birga dehqonchilik maydonlarini, sug‘oriladigan
vodiylarni chetki qabilalar tomonidan tortib olish kabi xurujlariga yo‘l
bermaslik, ularga qarshi kurash harakatlari boshlanadi. Bu bilan
vatanparvarlik hissiyotining dastlabki kurtaklari yuzaga keladi.
Qadimgi davrning bu va boshqa g‘oya, xilma-xil hayot tarzi o‘sha
davr xalq rivoyatlarida, afsonalarda, ertaklarda aks etmasdan qolmasdi,
albatta. Shuning uchun ham Markaziy Osiyo ijtimoiy g‘oyalarining ilk
namunalari xuddi ana shu qadimiy ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, xalq
maqollarida ifodalangandir. Bu asarlarda halollik, jasurlik, sadoqat,
vatanparvarlik, ozodlik, mustaqillik kabi ijtimoiy g‘oyalar ilgari surilgan.
Xalq bu g‘oyalarni e’zozlab, ularga sig‘inadi, ularning jamiyat hayotida
tantana qilishga umid bog‘laydi.
O‘sha davrlarda yaratilgan xalq og‘zaki asarlari ichida Tumaris va
Shiroq haqidagi dostonlar alohida o‘rinda turadi. «Tumaris» qadimiy
62
ajdodlarimiz orasida mashhur bo‘lgan qahramon ayollar haqidagi
afsonadir. Dostonda ifodalanishicha, Eron shohi Kir O‘rta Osiyoga
yovuz niyat bilan bostirib kiradi. O‘rta Osiyo aholisi, ayniqsa Tumaris
boshchiligidagi massaget qabilalari Kirga qarshi qattiq kurashib, Kirni
jang maydonida halok qiladilar. «Shiroq» afsonasi esa tarixiy voqealar
asosida to‘qilgan bo‘lib, unda sak qabilasidan chiqqan otboqar
Shiroqning jasorati, tadbirkorligi va erkparvarlik fazilatlari hikoya
qilinadi. Shiroq o‘z qabilasi manfaatlarini himoya qilib, yakka o‘zi Eron
shohi Doro lashkarlariga qarshi chiqadi, harbiy hiyla bilan Eron
qo‘shinlarini chalg‘itib, suvsiz, dasht-sahroga boshlab boradi va
halokatga duchor qiladi. O‘zi halok bo‘lsa-da, qabiladoshlarini
falokatdan qutqaradi. Yuqoridagi afsonalarning bosh mavzusi vatan
manfaatlarini ulug‘lash bo‘lib, vatanparvarlik, bosqinchilarga qarshi
kurash, mardlik va jasorat ko‘rsatish ularning g‘oyaviy mazmunini
tashkil etadi. Ana shu jihatdan bu dostonlarni jahonga mashhur qadimgi
yunonlarning «Iliada» va «Odisseya» afsonalariga qiyoslash mumkin.
To‘g‘ri, yuqorida qayd etilgan ijtimoiy g‘oyalar o‘ta sodda
ko‘rinishda va mazmunda namoyon bo‘lgan. Lekin bu g‘oyalar,
tushunchalar keyingi davrlar ijtimoiy-falsafiy fikrlar taraqqiyotiga katta
hissa qo‘shganlar.
O‘rta Osiyoda, jumladan hozirgi O‘zbekiston zaminida tengi yo‘q
ma’naviy boylik-yozuvning paydo bo‘lishi va turli-tuman, katta-kichik
dinlarning shakllanib, el orasida tarqala boshlaganligi qadimgi davr
ajdodlarimiz ijtimoiy-falsafiy qarashlarining birmuncha rivojlanishiga
sabab bo‘ldi. Shubha yo‘qki, bu o‘rinda qadimiy turk O‘rxun-runiy
matnlari (yozuvlari) va Zardushtiylik dinining ahamiyati beadaddir.
Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy-tarixiy tadqiqotlarning xulosalariga
ko‘ra zardushtiylik ilk bor hozirgi O‘zbekiston hududida, Xorazm
zaminida yuzaga kelgan. Uning din sifatida shakllanishi va mashhur
bo‘lishi birnecha asrlarni o‘z ichiga oladi. U urug‘chilik tuzumi
hukmronlik qilgan davrlarda shakllanib, O‘rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron
hamda yaqin va O‘rta Sharq hududlarida tarqala boshlagan. Uning
nisbatan kamol topgan davri sosoniylar hukmronligi zamoniga va
milodiy VI asrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda zardushtiylik kuchayib
hukmron din darajasiga ko‘tarildi.
Zardushtiylik, albatta, diniy ta’limotdir. Lekin uning g‘oyalari,
ayniqsa uning muqaddas kitobi – «Avesto» da ifodalangan qoida va
g‘oyalar Zardushtiylikning sof diniy emas, balki dunyoviy g‘oyalarning,
ijtimoiy-falsafiy ma’nolarning ham manbai bo‘lganligidan dalolat
63
beradilar. Shuning uchun ham «Avesto» ning ikki jihatini: diniy-
mifologik va ijtimoiy-falsafiy jihatlarini qayd qilmoq zarur.
«Avesto» ta’limotiga ko‘ra, dunyoda ikkita kuch: yaxshilik va
yomonlik kuchlari mavjud bo‘lib, ular bir-birlariga abadiy va murosasiz
dushmanlik qilib keladilar. Inson hayotini, uning baxti yoki baxtsizligini
ana shu kurashning natijasi belgilab beradi. Ya’ni, kishilar o‘zlarining
yaxshi xulqlari, rostgo‘yliklari, mehnatsevarligi bilan yaxshilikka
moyilliklarini ko‘rsatishlari va bu harakatlari bilan yovuz kuchlarga
qarshi kurashda Ezgu ruhlarga ko‘maklashishlari lozim. Agar kishilar
bularning teskarisini qilsalar – yolg‘on gapirsalar, mehnat qilmasalar,
insonga nomunosib harakatlar qilsalar, abadul-abad azob-uqubatda
qoladilar.
«Avesto»da ta’kidlanishicha, mehnat faqat noz-ne’mat yaratish
manbai emas, balki axloqiy yuksaklik, yaxshilik manbaidir. Shu boisdan
inson saxovatli bo‘lishi uchun dastavval mehnat qilishi zarur.
Ishyoqmaslik esa barcha nuqsonlarning manbaidir. «Avesto» targ‘ib
etgan axloq-odob g‘oyalari quyidagi uchlik: Ezgu fikr, Ezgu so‘z, Ezgu
amal mezonlari bilan baholanadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, zardushtiylik va uning muqaddas
kitobi – «Avesto»diniy aqidalarni tashviq qilish, bilan bir qatorda o‘z
davri uchun ilg‘or ijtimoiy-falsafiy g‘oyalarni ham keng targ‘ib qilgan.
Bu g‘oyalar orasida kishilarni insof-adolatga da’vat etish, ularni mehnat
qilishga undash, rostgo‘y bo‘lish, yolg‘on so‘zlashdan tiyilish, bir so‘z
bilan aytganda insonlarni axloq-odobga chaqirish kabilar muhim
ahamiyatga egadir. Bu esa oddiy ma’naviy hodisa bo‘lmay, o‘sha
davrlarda ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivoji holatini belgilovchi mezon
hamdir.
II-III asrlariga kelib O‘rta Osiyoda quldorlik tuzumi asta-sekin
inqirozga yuz tutib, uning o‘rniga feodal munosabatlari shakllana
boshladi. Ana shu davrda zardushtiylik ichida yangi oqim – Moniy
ta’limoti yuzaga keldi. Moniy ta’limoti zardushtiylikning yaxshilik va
yomonlik ta’limotiga asoslangan bo‘lib, keng xalq ommasi manfaatiga
mos kelar edi. Uning ta’limoti keyinchalik mayda sektalarga bo‘linib, o‘z
ta’sirini susaytirib yuboradi.
V-VI asrlarda O‘rta Osiyoda feodal siyosati va zulmiga qarshi
bo‘lgan yangi diniy-falsafiy, harakat-mazdakizm oqimi vujudga kelgan.
Mazdak nomi bilan bog‘liq bo‘lgan bu harakat asosan zardushtiylikning
yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash g‘oyasiga asoslansa-da, u
zardushtilikning hukmronlik roliga qarshi chiqdi. Mazdakiylar jamiyatda
64
hammaning barcha sohada tengligini targ‘ib qildilar, natijada Mazdak
ta’limoti xalq ommasi ichida keng tarqaldi. Mazdak ta’limoti,
shuningdek, xalqning tashqi bosqinchlarga qarshi mustaqillik uchun
kurashga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |