59
undovchi, «foydaga» qanday qilib erishish yo‘llari va usullari haqida
mulohaza yurituvchi ta’limotdir. Bu falsafiy yo‘nalishning maqsadi
insonga olamda o‘z o‘rnini topishga yordam berishdan iboratdir.
Pragmatizm falsafiy oqim sifatida AQSHda XIX asrning 70-yillarida
va XX asrning ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan davrida
mamlakatning ma’naviy hayotiga salmoqli ta’sir ko‘rsatdi. Pragmatizm
falsafasi hozirgi kunga qadar ham AQSH, Kanada, Angliya, Avstraliya
universitetlarida o‘rganiladi.
Pragmatizm – an’anaviy klassik falsafaga qarama-qarshi o‘laroq
inson
harakati, faoliyati muammosiga yangicha qarashni taklif qildi.
Faoliyat bu inson hayotining asosini tashkil qiladi, holbuki shunday ekan
uni amalga oshirishda uning ongida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Faoliyat maqsadga muvofiq ongli harakatdir. o‘sha ongli harakatning
mexanizmi, fikrlash tartibi qanday degan savol tug‘iladi. Bu masalada
pragmatizmning boshqa falsafadan farqi
shundaki, bilish faoliyatini
tashqi obyektiv voqelikka nisbatan qarashga qarshi chiqadi.
Bu borda
uning o‘rniga kishi ichki ruhiy faoliyatiga e’tibor qaratishni tavsiya
qiladi. Pirs eng avvalo bilim haqida emas, balki ishonch, e’tiqod haqida
gapirish lozim deydi. Bilishga qarshi bilmaslik yotgan bo‘lsa, Pirsda
ishonch-e’tiqodga qarshi shubhani qo‘yadi. Shubhada inson harakatidagi
sobitqadamlik yo‘qoladi. Demak, Pirs oldingi falsafiy qarashlardan
farqli
o‘laroq bilish jarayoni bilmaslikdan bilishga emas, aksincha shubhadan
ishonchga, e’tiqodga borish deb hisoblaydi. E’tiqod deganda ham
subyektiv ishonch emas, balki jamoa tomonidan tan olingan ijtimoiy
e’tiqod haqida gap boradi. Demak, Pirsning fikricha,
bu hamma
tomonidan tan olingan va hamma uchun majburiy bo‘lgan ishonchdir,
e’tiqoddir.
Berkli falsafasida «mavjud bo‘lmoq – demak idrok qilmoqdir» (yoki
mavjud bo‘lish – idrokda mavjud bo‘lmoqdir) deyilgan bo‘lsa, Pirsda esa
bu ibora «mavjud bo‘lmoq» so‘zidan ozod etadi. U borliq haqida uning
mavjudligi haqida emas, balki u haqidagi tushunchaning mazmuni va
ma’nosi haqida gapirishni ma’qul ko‘radi.
Xullas pragmatizm uchun xarakterli bo‘lgan xususiyat shundaki, u
yoki bu obyektlar haqidagi tushunchalarning ma’nosi va ahamiyati ular
keltirib chiqargan amaliy natijalardan qidiriladi. Pirsning mashhur
prinsipiga binoan obyekt tomonidan keltirib chiqarilgan oqibat haqidagi
tushuncha mazkur obyekt haqidagi tushunchasidir. Pirs «amaliy
oqibat»lar deganda nimani nazarda tutadi. Birinchi navbatda, ular hissiy
60
natijalar, ya’ni sezgilardir. Ikkinchidan esa, ular tushuncha tomonidan
keltirilib chiqariladigan ma’lum amaliy harakatlardir.
Uilyam Jeyms pragmatizmni haqiqat nazariyasining o‘ziga xos
uslubi sifatida qaraydi. Uslub sifatidagi olingan pragmatizm uslubi,
Jeymsning ta’kidlashicha, har xil nazariyalar o‘rgatuvchi bahsni
murosaga keltirish uchun ulardan keladigan foydani taqqoslab aniqlash
zarur. Jeyms bu o‘rinda materializm bilan idealizm o‘rtasidagi kurashni
idealizm foydasiga hal qildi. Materialistik qarash bo‘yicha
dunyoning
boshlang‘ich va oxirgi nuqtasini topish mumkin, ya’ni boshqacha qilib
aytganda materializm insoniyat tarixi cheksiz emasligi, ya’ni zamonlar
kelib hayot umuman yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligini ta’kidlaydi. Bu esa
hech qanday ongli o‘ylaydigan kishi uchun ma’lum bo‘lmaydi, bu bilan
kelisha olmaydi. Idealizm, uning tasavvurida deizm institutlariga oxirgi
nuqtada ham kelajakka intilishga ruhiy kuch beradi, demak idealizm
inson
kelajagini, manfaatini hal qilar ekan, modomiki shunday ekan
idealizm ta’limoti haqiqatdir.
Falsafa tarixini o‘rganish bugungi kunda o‘zining muhimligi bilan
ajralib turadi. Chunki, bugungi kunda mavjud falsafiy yo‘nalish va
maktablar ta’limotlaridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish va to‘g‘ri yo‘nalish
olish davr talabidir. Shuningdek, III xodimlarining
falsafiy bilimlarini va
dunyoqarashini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
2-bob.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: