strukturaviy va miqyosiy strukturaviy darajalariga bo‘linadi.
1)
materiyaning tashkiliy-struktura darajalari – moddiy
sistemalarning tashkiliy jihatdan uyushganligi va faolligiga qarab bir-
biridan farq qiladi. Bu darajalar fazo-vaqt strukturasining sifatiy
xususiyatlari bilan farq qiladi. Ular notirik daraja (notirik tabiat), organik
daraja – (tirik tabiat) va sotsial daraja (jamiyat) deb yuritiladi.
Notirik tabiat darajasida atom yadrosi, yadro, atom va molekulalar
majmuasi, molekular birikmalar, jismlar, yer shari, osmon jismlari,
quyosh sistemasi va boshqa planetar sistemalar, yulduzlar to‘pi,
gallaktika, metagallaktika va koinatning quyi darajada uyushgan fazo-
vaqt aloqadorliklari namoyon bo‘ladi.
Notirik tabiat darajasiga nisbatan uyushganroq va faolroq fazo-vaqt
sistemasi organik daraja deyiladi. Tirik tabiatni o‘rganganimizda ham,
biz materiyaning tizimli tuzilishini ko‘ramiz. Unga organik molekular
sistemalar, tirik organizmlarning xilma-xil ko‘rinishlari, bir hujayrali suv
o‘tlari va sodda jonivorlardan tortib, murakkab tuzilgan umurtqalilar-
gacha, sodda hayvonlardan to maymunlar va odamlargacha kiradi.
Odamlardan tashkil topgan turli murakkablikdagi ijtimoiy sistemalar
sotsial darajaga mansubdir. Jamiyatda ham ko‘p miqdordagi o‘zaro
tutashuvchi tizimlarning tiplari mavjuddir: odam, oila, turli kollektivlar,
birlashmalar va tashkilotlar, partiyalar, sinflar, millatlar, davlatlar,
davlatlarning tizimlari va yaxlit jamiyat ham.
Yuqorida aytilgan tashkiliy-struktura darajalari bir-biridan moddiy
aloqadorliklar sifati va miqdoriga ko‘ra, unda yetakchilik qiluvchi
harakat shakliga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, noorganik daraja
mexanik, fizik, ximiyaviy va geologik harakat shakllari faoliyat
ko‘rsatsa, organik darajada yuqoridagi harakat shakllariga biologik
harakat qo‘shiladi va u mazkur darajada yetakchilik qiladi, sotsial
darajada yana bir harakat shakli – ijtimoiy harakat faoliyati ko‘rsatib, u
ushbu darajada yetakchilik qiladi.
2) materiyaning miqyosiy-struktura darajalari. Bu moddiy
sistemalarning bir-biridan mazkur sistemada hukmronlik qiluvchi
fundamental kuchlar bilan farq qiluvchi darajalardir. Ular: mikrodunyo,
makrodunyo va megadunyolarga bo‘linadi.
Mikrodunyoda kuchli va kuchsiz yadroviy o‘zaro ta’sir kuchlari
hukmronlik qiladi. Bu kuchlarning ta’sir doirasi atom yadrosi va atom
95
o‘lchovi bilan chegaralangandir. Kuchli yadroviy o‘zaro ta’sirlar atom
yadrosining tarkibiy qismlari bo‘lgan proton va neytronlarning
yaxlitligini, kuchsiz yadroviy o‘zaro ta’sirlar atom strukturasining
yaxlitligini ta’minlaydi. Bu kuchlar tufayli mikrodunyo o‘zining
strukturaviy yaxlitiligini saqlaydi. Makrodunyoning strukturaviy
yaxlitligi esa elektromagnit o‘zaro ta’sirlari bilan saqlanadi.
Elektromagnit o‘zaro ta’sir kuchlari atomlar va molekular
brikmalarning, moddiy jismlarning strukturaviy yaxlitligini ta’minlaydi.
Shu kuch tufayli yerda hayot mavjud, yorug‘lik mavjud. Megadunyo –
gravitatsion o‘zaro ta’sirlar kuchi bilan chegaralangan eng katta moddiy
obyekt, ya’ni koinot. Yer shari va uning atrofida oyning aylanishi,
sayyoralarning quyosh atrofida aylanishini ta’minlovchi, Gallaktikaning
muayyan tuzilishga egaligiga, butun koinotning fazo-vaqt strukturasi
tartibining mavjudligiga gravitatsion o‘zaro ta’sir kuchlari mas’uldir. Bu
kuchlar bo‘lmaganda edi, dunyodagi hozirgi tartib va munosabatlar ham
bo‘lmagan, mikro-, makro- va megadunyolar ham shakllanmagan bo‘lar
edi.
Fandagi mavjud talqinga ko‘ra materiya yana modda va maydon
ko‘rinishlarga ham bo‘linadi. Obyektiv reallikning koinot qa’ridan tortib
to elementar zarrachalar va antizarrachalargacha (elektronlar,
pozitronlar, protonlar, antiprotonlar, neytronlar va hokazo) materiyaning
moddasimon ko‘rinishiga ega. Materiyaning nomoddasimon maydon
ko‘rinishiga turli xil fizik (elektromagnit, gravitatsion) maydon va
nurlanishlar kiradi. Modda bilan antimodda to‘qnashganda materiyaning
annigiliyatsiya (lot. annihilation – hech nimaga aylanishi) hodisasi sodir
bo‘ladi, ya’ni materiya moddasimon ko‘rinishdan nomodda ko‘rinishiga
– maydon va nurlanishga aylanadi. Fizik vakuumdagi elektromagnit
maydonini muayyan intensivlikdagi nurlanishlar bilan hujum qilinganda
mazkur vakuumda zarracha va antizarrachalar hosil bo‘ladi, ya’ni
materiyaning maydon ko‘rinishi modda ko‘rinishiga aylanadi.
Ikkinchi savolga xulosa qilib shuni aytish lozimki materiya obyektiv
reallikni ifodalovchi moddiy obyektlarga xos eng umumiy tushuncha,
falsafiy kategoriya bo‘lib, olamda mavjud bo‘lgan konkret moddiy
obyektlar materiyaning muayyan konkret ko‘rinishlari sifatida namoyon
bo‘ladi. Yuqorida guvoh bo‘lganimizdek, hozirgi zamon fani materiyani
o‘rganishda tizimli yondashib uni strukturaviy daraja va muayyan
ko‘rinishlarga ega bo‘lgan turlarga qarab tasniflaydi.
96
Yüklə Dostları ilə paylaş: |