Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə37/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɏɏI ɚɫɪ ɛʆɫɚԑɚɫɢɞɚ: ɯɚɜɮɫɢɡɥɢɤɤɚ ɬɚԟɞɢɞ,
ɛɚɪԕɚɪɨɪɥɢɤ ɲɚɪɬɥɚɪɢ ɜɚ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɤɚɮɨɥɚɬɥɚɪɢ. – Ɍ., 1997. 
2
O‘sha joyda.


 105
insoniyat o‘nlab, yuzlab marta ko‘proq bo‘lgan texnomassani 
yaratayapti. Demak sun’iy atrof muhit tabiiy atrof muhitni sekin asta 
qoplab olyapti. 
Shuni ham ta’kidlash lozimki, tabiiy atrof muhit insonni boqib, 
kiyintiribgina qolmasdan, u axloqiy va estetik munosabatlar obyekti 
hamdir. Biz tabiatdan, hayvonot va o‘simliklar dunyosidan zavq olamiz, 
pullar va bog‘lar tashkil qilganmiz, o‘z maqsadlarimizga muvofiq 
hayvon turlarini yetishtirganmiz. 
Hamisha inson noma’lum narsa bilan to‘qnash kelganda ongida u 
narsa «jonlimi yoki jonsizmi» aniqlab oladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida 
animizm ta’limoti keng tarqalgan, ya’ni inson, hayvon, daraxt va toshlar 
ruhga ega, tirik deb qaralgan. Ruh tanadan chiqmaguncha tirik 
hisoblanadi. Tirik va notirik tabiat o‘rtasida farqni ajratib olishda inson 
hamisha hayotning paydo bo‘lishi muammosi bilan to‘qnash keladi. 
Hayotning paydo bo‘lishi bu planetamida tadrijiy taraqqiyotning 
natijasidir. Ilmiy tasavvurlar shuni ko‘rsatadiki, Yerda bundan 3,8 mlrd 
yil ilgari hayot belgilari paydo bo‘lgan, 2 mlrd yil ilgari dastlabki 
hujayralar paydo bo‘lgan. Shu hujayralar fotosintezni amalga oshirgan, 
ya’ni Quyosh energiyasidan foydalanib ximiyaviy reaksiyalar amalga 
oshishi natijasida kislorod ajralib chiqqan. Keyinchalik atmosfera 
o‘zgargan va uning ximiyaviy tarkibi hayotni Yer yuzida tarqalishiga 
imkon bergan. Bu esa biosferani vujudga keltirgan. 
Tabiat tirik va notirik (jonli va jonsiz) tabiatga bo‘linadi. Modda 
almashinuv qobiliyatiga ega bo‘lgan va o‘zini o‘zi qayta tiklay oladigan 
narsalar majmuasi tirik tabiat deyiladi. Hozirgi paytda tirik tabiat 
to‘g‘risida bilimlarni kishilar biologiya fanidan olishadi. Olimlarning 
fikricha, Yer shari vujudga kelganiga 4,6 mlrd yil bo‘lgan. Insoniyat 
tarixiga 2.5-3 mln yil bo‘lgan. 1959-1960-yillar Tanzaniyada, 1967-
1973-yillar Efiopiyada, 1970-yillar oxirlarida Keniyada kishilarning 
qoldiqlari topilganligi yuqoridagi fikrlarni isbotlaydi. 
Hayot tabiat taraqqiyotining ma’lum bosqichidagi ko‘rinishidir. 
Jonli tabiat moddiy olamning kichik bir qismini tashkil etgani uchun 
unga xos bo‘lgan xususiyatlarni jonsiz olamga mexanik ravishda yoyib 
bo‘lmaydi. 
Ilmiy falsafa jonli tabiat bilan jonsiz tabiat o‘rtasida o‘tib 
bo‘lmaydigan to‘siq yo‘q, deb ta’lim beradi. Ular bir-biridan sifat 
jihatidan farq qilishiga qaramay, bir-biri bilan bog‘liq hamdir. Jonli 
tabiat abadiy mavjud bo‘lgan emas, balki jonsiz tabiat taraqqiyotining 


 106
ma’lum bir bosqichida, ma’lum bir obyektiv sharoitlar asosida ham 
yagona moddiy substansiya – materiya yotadi. Demak, jonli tabiat bilan 
jonsiz tabiat o‘rtasida asosiy bog‘lanish ularning moddiy birligida yaqqol 
ko‘rinadi.
Jonli tabiat bilan jonsiz tabiat o‘rtasidagi moddiy birlik ularning 
kimyoviy tarkibida ham juda aniq ko‘rinadi. Odam organizmidagi 
kislorod, uglerod, oltingugurt, azot, kalsiy, fosfor, magniy, natriy, kaliy, 
xlor, temir singari elementlarni jonsiz tabiatda ham uchratish mumkin. 
Organizmlarni tashkil etuvchi oqsil tarkibida ham shunday elementlar 
bor. 
Jonli tabiat bilan jonsiz tabiat o‘rtasidagi umumiy tomonlardan 
tashqari ularning har biriga xos bo‘lgan farqli tomonlari ham mavjud. 
Jonli organizmlarning asosiy xususiyati shuki, ular tashqi muhit bilan 
modda almashinadi. Bu esa materiyaning murakkab va yuqori 
shakllariga tegishli bo‘lgan xususiyatdir. 
Tirik jismlarning eng muhim xususiyati – moddalar almashinuvidan, 
jonli tuzilishlarning buzilishi va yangidan tuzilishidan, assimilatsiya 
dissimilatsiyadan iborat. Ana shular organik jismlar yashashining asosiy 
shartidir. Hayot oqsil jismlarning yashash usulidir, bu yashash usuli esa 
o‘z mohiyati bilan mazkur jismlarning kimyoviy tarkibiy qismlarining 
doimo o‘z-o‘zini yangilab turishdan iborat.
Tabiat taraqqiyotining yuksak cho‘qqisi jonli organizmlarning kelib 
chiqishidan iborat. Bir hujayrali organizmlarning vujudga kelishi 
organizmlar taraqqiyotidagi dastlabki bosqichdir. Dastlab vujudga kelgan 
organizmlar o‘zining tuzilishi va xususiyati jihatidan hozirgi hayvon va 
o‘simliklarning eng soddalari bo‘lgan. Organik birikmalarining bir necha 
million yil davom etgan taraqqiyoti natijasida hayvonlarning hozirgi 
turlari vujudga kelgan.
Jonli tabiat insonning paydo bo‘lishi uchun hamma zarur shart-
sharoitni hozirlaydi. Tabiatning tarkibiy qismi bo‘lgan odam jonli 
organizmlarning uzoq vaqt davomida ro‘y bergan taraqqiyotining 
qonuniy mahsulidir. Odamning paydo bo‘lishini jonli tabiatning 
taraqqiyotidan ajratib bo‘lmaydi. Diniy ta’limotlarda odamni Olloh taolo 
yaratgan deyiladi. Masalan, Mirzo.Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» 
asarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tangri taolo odamni suv bilan 
tuproqdan yaratgan, «Odam allayhissalomning yaratilishini muharram ul 
ehrom oshuro oyi uchinchi kuni, juma kuni soat 11 da; birinchi tole’ 
bo‘yicha Jadi va Zuhrad darajasida, Mushtariy Hutda, Mirrix Xamalda, 


 107
Qamar saratonda, Shams Asadda, Atorud Sumbulada, Zuhro Mezonda 
paytida bug‘doyrang kishi chehrasida» baland qomatli va jingalak sochli 
qilib yaratdi. Yaratgan Tangri hazrati Odamga bihishtdan joy berdi. 
Havvoni u uyqusirab turganda chap biqinidan yaratdi». 
Ilmiy falsafa tabiiy fanlarga asoslanib, odam tabiatning ajralmas 
qismi, uning oliy mahsulidir deb hisoblaydi.
Ongdan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda obyektiv 
mavjud bo‘lgan tabiatning na boshi, na oxiri, na ibtidosi va na intihosi 
bor. 
Hozirgi zamon fanlari olamning, tabiatning cheksiz, benihoyaligi 
to‘g‘risida yangidan-yangi dalillar bermoqda. Fan sohasidagi 
yutuqlarning ko‘rsatishicha, bizning galaktikamiz koinotda yagona emas, 
balki cheksiz yulduzlar tizimining biridir. Bizning galaktikamizdan 
tashqarida joylashgan son-sanoqsiz yulduzlar tizimi mavjud. 
Tabiat, butun moddiy olam doimiy harakatda, to‘xtovsiz o‘zgarish 
va rivojlanishdadir. Koinotdagi jismlar Oy, Quyosh, sayyoralar, 
meteoritlar fazoda doimiy ravishda harakatda. Tabiatning, materiyaning 
fazoda cheksiz va vaqtda abadiy bo‘lgan tinimsiz harakati jarayonida 
ba’zi bir narsalar yemiriladi, yangilari paydo bo‘ladi.
Jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi aloqadorlik zaminida mehnat yotadi. 
Mehnat avvalo, odam bilan tabiat o‘rtasida yuz beradigan jarayondir, 
odam shu jarayonda o‘z faoliyati bilan o‘zi ila tabiat o‘rtasida moddalar 
ayirboshlanishiga vositachilik qiladi, bu ayirboshlashni tabiatga soladi va 
nazorat qiladi. Odamning o‘zi tabiat kuchi sifatida tabiat moddasiga 
qarama-qarshi turadi. Odam tabiat moddasini o‘zi hayoti uchun yaroqli 
bo‘lgan ma’lum bir shaklda o‘zlashtirishi uchun o‘z tabiiy kuchlarini: 
qo‘l va oyoqlarini, bosh va barmoqlarini harakatga keltiradi. Shu harakat 
vositasi bilan tashqi tabiatga ta’sir qilib va uni o‘zgartirib, odam shu 
bilan birga o‘z tabiatini ham o‘zgartiradi. Kishilar moddiy yaratish, 
mehnat qilish asosida tabiat kuchlariga ta’sir etganlar, madaniyat tarixini, 
ijtimoiy munosabatlar dunyosini yaratishga muvaffaq bo‘lganlar. 
Odamlar moddiy ne’matlar ishlab chiqarish natijasidagi tabiat 
kuchlarini yengishga muvaffaq bo‘lganlar. Hayvon, parrandalar, 
o‘simliklarni, har xil giyohlarni yeydilar, ular tirikchilik vositalarini 
tabiatdan tayyor holda oladilar. Shuning uchun ham ular tabiatga mutlaq 
qaramdirlar. Odam esa tabiatga faol ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat yordamida 
inson tabiat kuchlaridan o‘z maqsadi yo‘lida foydalanadi. Kishilar 
tabiatdagi narsalarni o‘zgartirib mehnat qurollarini va tirikchilik 


 108
vositalarini tayyorlaydilar. Odamning hayvondan farq qiladigan muhim 
tomonlaridan biri ham ana shunda.
Sirtdan qaraganda ba’zi bir hayvonlar mehnat qilganday bo‘lib 
ko‘rinadi. Ular ehtiyojlarini qondirish uchun mehnat qurolidan emas, 
balki o‘zlarining tabiiy a’zolari – tirnoqlari, qoziq tishlari, o‘tkir 
ko‘zlaridan foydalanadilar. Birorta ham hayvon hech qachon, hatto eng 
oddiy mehnat qurolini yaratgan emas. Mehnat qurolini yasash va undan 
foydalanish faqat insonga xos xususiyatdir. Mehnat quroli tabiatning 
insonga hadyasi emas, balki u inson aqliy va jismoniy mehnatining 
natijasidir. 
Mehnat – kishilarning maqsadga muvofiq faoliyatidir. Mehnat 
tufayli odamning ehtiyoji qondiriladi. Mehnat tabiat yaratgan narsalarni 
inson o‘zlashtirib olishidir, inson bilan tabiat o‘rtasida moddalar 
almashinishining umumiy shartidir, inson hayotining abadiy tabiiy 
shartidir. 
Mehnat, ishlab chiqarish insonning ijtimoiy mavjudot sifatida 
shakllantirishning, uning tabiatdan ajralib chiqishning negizidir. Insonlar 
tirikchilik uchun zarur vositalarni ishlab chiqara boshlashlari bilanoq 
o‘zlarini hayvondan farq eta boshlaydilar. Mehnat qilish natijasida odam 
o‘zining tabiiy a’zolari faoliyatini o‘zgartiradi, muskullari, paylari, 
tog‘aylari, oyoq va qo‘llari rivojlanadi. Shuningdek, odamning aqliy va 
jismoniy qobiliyatlari ham rivojlanadi, miyasi va sezgi a’zolari taraqqiy 
etadi. Beshta sezgi mehnatning ijtimoiy munosabatlarning inson amaliy 
faoliyatining mahsulidir.
Inson tabiat farzandi sifatida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin insonga 
xos deb e’tirof etilgan xususiyatlar hammasiga u jamiyatda bevosita 
aralashishi, ta’lim-tarbiya olish, mehnat qilish orqali erishdi. 
Mehnatning roli va ahamiyati ayniqsa ikki narsada kuchliroq 
seziladi. Birinchidan, inson ajdodlari organizmi mehnat ta’sirida biologik 
mavjudotga xos bo‘lgan belgilardan ijtimoiy mazmunga xos tomonga 
o‘zgara boshladi. Ikkinchidan, mehnat gapirish aloqa o‘rnatish, ijtimoiy 
tajriba orttirish, inson ongi, tili va tafakkurining paydo bo‘lishi va 
rivojlanishi uchun ham asos bo‘ldi. 
Insonning tabiatga ta’siri ijtimoiy taraqqiyot mobaynida hozirgi 
davrdagidek bo‘lgan emas. Hozirgi paytda insonning yashash maskani-
ning tabiiy muhiti o‘zgarmoqda. Bu muhit inson sivilizatsiyasining bir 
qismiga aylandi. Boshqacha aytganda «ikkinchi tabiat» insoniyat 
madaniy dunyosini vujudga keltirdi, ya’ni shunday narsalar va jarayonlar 


 109
vujudga keltirildiki, ularning tabiatda tayyor holda mavjud bo‘lishi u 
yoqda tursin hatto ular tabiatning o‘z kuchlari ta’siri ostida ham paydo 
bo‘la olmaydi. Bundan endilikda tabiat o‘z mavjudligining obyektiv 
xususiyatini yo‘qotdi degan ma’no kelib chiqmaydi albatta. Tabiat 
ilgarilari obyektiv va birlamchi bo‘lganidek, hozir va bundan keyin ham 
shundayligicha qolaveradi.
Yuqorida aytilganlardan quyidagi xulosaga kelishi mumkin,
– inson va insoniyat dunyosi tabiatdan ajralmasdir, uning oliy 
mahsulidir; 
–kishini tabiat vujudga keltirgan bo‘lsa, uni jamiyat, ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar kamol toptirdi va unga ijtimoiy qiyofa berdi;
– odamning o‘zini ham, uning ongini ham mehnat yaratdi va 
rivojlantirdi; 
– tabiiy muhit inson Amaliy faoliyati jarayonida behad o‘zgarib 
«insonning anorganik tanasi»ga aylandi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin