Anorganik dunyo yoki notirik tabiatda fizikaviy va ximiyaviy
aloqadorliklar hukmronlik qiladi, shu tufayli notirik tabiatdagi
qonuniyatlar shu tabiat fanlari doirasida cheklangan bo‘lib, tirik dunyoga
nisbatan sust va tashkiliy uyushganligi past darajada bo‘ladi.
Tirik tabiatda ya’ni organik dunyoda esa biologik aloqadorliklar
ham qatnashganligi sababli uning uyushganlik darajasi yuqoriroq,
faolroq va murakkabroq tuzilgan bo‘ladi.
Ijtimoiy dunyo darajasida esa, yuqorida aytilgan aloqadorliklardan
tashqari, jamiyatga xos bo‘lgan ijtimoiy aloqadorliklar ham ishtirok
etadi. Bunday dunyoning tuzilishi nihoyatda murakkab bo‘lib, borliq bu
darajada o‘zining o‘ta uyushganligini, nisbiy mustaqilligini va yuqori
darajada faolligini namoyish qiladi. Bu dunyoning strukturaviy elementi
bo‘lgan har bir inson jamiyatga xos bo‘lgan barcha aloqadorliklarni
o‘zida aks ettiradi va ijtimoiy munosabatlarda, aloqadorliklarda ongli
ravishda, maqsadga binoan, muayyan mo‘ljallarni oldindan belgilagan
holda harakat qiladi.
111
3-§. Tabiat va jamiyat munosabatlari
Kishilik jamiyati moddiy olamning tabiatning ko‘p mingyillik
tadrijiy taraqqiyotining qonuniy mahsulidir. U taraqqiyotning ma’lum bir
bosqichida insonlar jamoasi kelib chiqqan davrda yuzaga kelgan. Demak
jamiyat tarixi va uning taraqqiyoti inson ma’lum jamoaga birlashib
mehnat qilgan. Ishlab chiqarish qurollarini yaratgan. Ma’lum ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar shakllangan davrdan boshlanadi.
Jamiyat tarixiy kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
madaniy munosabatlar tarixidir. Jamiyat rivojlanishi esa shu
munosabatlarning o‘sishi va takomillashishi shaklida bo‘ladi. Jamiyat
tarixi tabiat rivojlanishi tarixining ma’lum bir davridan boshlanadi.
Shunday qilib inson va jamiyat tabiatning ajralmas bir qismi bo‘lishi
bilan birga uning alohida ongli qismidir. Jamiyat hamisha tabiat bilan
o‘zaro aloqada bo‘ladi. Inson har doim tabiat bag‘rida yashaydi. Biz
butun borlig‘imiz bilan tabiatnikimiz va uning ichida yashaymiz va
ularning to‘g‘ri foydalana bilamiz. Inson hech qachon tabiatdan
tashqarida u bilan aloqa va munosabatda bo‘lmasdan turib yashay
olmaydi. Tabiat bilan jamiyat, tabiat bilan inson, tabiat tarixi bilan
jamiyat tarixi dialektik birlikda ta’sir va aks ta’sirdadir. Ularni bir-
biridan ajratish mumkin emas. alohida inson umuman jamiyat va
insoniyat dunyosi ham nazariy, jismoniy, Amaliy jihatdan tabiat bilan
uzviy aloqadorlikda yashaydi.
Tabiat – tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar, ya’ni yonilg‘i,
nafas olinadigan havo, ichiladigan suv, har xil xom-ashyolar bo‘lmasa
inson jamiyat yashay olmaydi. Sanoat qishloq xo‘jaligi va madaniyatni
yuksaltirib bo‘lmaydi. Tabiat biz uchun moddiy ne’matlarning birinchi
manbai sifatida ham sog‘liq, shodlik, hayot qiziqishining va har bir
kishidagi ma’naviy boyliklarning bitmas-tuganmas manbai sifatida ham
o‘zining g‘oyat zo‘r ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydi.
Tabiatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan yer
insonlarning oziq-ovqat manbai, uning dastlabki mehnat vositalarining
xazinasidir. Yer insonni boqadi. Ingliz olimi Vilyam Peti aytganidek
mehnat boylikning «otasi» bo‘lsa, yer uning «onasi»dir. Odamlar bir
necha ming yillar davomida uning issiq bag‘rida undi, voyaga yetdi.
Insonning kundalik hayoti va sevinchlari ham yer tufaylidir. Shunday
ekan inson uchun g‘oyat darajada muhim va zarur bo‘lgan yerni
e’zozlamaslik mumkin emas. tabiiy muhit jamiyat taraqqiyotiga ta’sir
112
etuvchi omil sifatida ikki katta turkumga bo‘linadi. Ulardan biri
tirikchilik vositalaridan iborat tabiiy boyliklar, ya’ni yerning hosildorligi,
o‘rmonlarda hayvonlarning suvda baliqning ko‘pligidan iborat bo‘lsa,
ikkinchisi mehnat vositalari (mavjud sharsharalar, kema qatnaydigan
daryolar, daraxtlar, ko‘mir, neft, gaz va boshqalar)dir. Kishilik
jamiyatining boshlang‘ich davrida tashqi tabiiy sharoitlarning birinchi
xili jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichida ikkinchi xili ham hal
qiluvchi ahamiyatga egadir.
Tabiiy sharoit jamiyat taraqqiyotiga ikki xil ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, tirikchilik vositalari va tabiiy manbalarga boy bo‘lgan
mamlakatlarda yashovchi xalqlar o‘z tirikchiliklari uchun zarur bo‘lgan
mahsulotlarni tayyorlashda mablag‘ va kuchni bunday tabiiy
qulayliklarga ega bo‘lmagan xalqlarga qaraganda ancha kam sarflaydi.
Qulay tabiiy sharoitlar jamiyat taraqqiyotiga ma’lum darajada yordam
beradi. Qondirilishi mutlaq zarur bo‘lgan tabiiy ehtiyojlarning miqdori
naqadar kam bo‘lsa, yerning tabiiy hosildorligi naqadar ko‘p bo‘lsa va
iqlim naqadar qulay bo‘lsa ishlab chiqaruvchi hayotning saqlanish va
takror hosil qilinishi uchun zarur bo‘lgan ish vaqti shuncha kam bo‘ladi.
Demak, uning boshqalarga ketadigan ortiqcha mehnati, uning o‘ziga
ketadigan ortiqcha mehnati uning o‘ziga ketadigan mehnatiga nisbatan
shuncha ko‘p bo‘lishi mumkin. Aksincha, tabiiy sharoit noqulay bo‘lib,
kishilarning asosiy vaqti, mablag‘ va mehnati tirikchilik vositalarini
yaratishga ko‘proq sarf bo‘lsa, u holda jamiyatning ishlab chiqaruvchi
kuchlari nisbatan sekinroq rivojlanadi. Noqulay tabiiy sharoit jamiyat
taraqqiyotiga bir muncha salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qadimgi davrda tirikchilik vositalarining tabiiy manbalariga boy
bo‘lgan joylar jamiyat taraqqiyotiga katta qulaylik tug‘dirgan. Shuning
uchun ham Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy, O‘rta Osiyo,
Kavkazorti, O‘rta Yer dengizi o‘lkalari madaniyatning eng qadimgi
markazlari bo‘lgan.
Madaniyatning ibtidoiy jamoa tuzumida keyingi yuqori bosqich-
larida odamlarning tabiatga bo‘lgan ta’siri kuchayib, tabiat resurslaridan
foydalanish imkoniyatlari ancha kengaydi. Buning asosiy sababi ishlab
chiqaruvchi kuchlarining Fan-texnika, madaniyatning rivojlanib
borganligidadir.
Sotsiologiya fanida geografik determinizm deb atalgan nazariyaga
muvofiq jamiyatning iqtisodiy tuzumini ham uning ijtimoiy va siyosiy
tuzilishini ham belgilaydigan narsa geografik muhitdir. Masalan, fransuz
113
olimi Monteskye «Qonunlar ruhi to‘g‘risida» degan asarida kapitalistik
mamlakatlardagi millionlarcha ommaning boshiga tushayotgan azob-
uqubatlaring asl sababi tabiiy sabalardir deydi. Iqlim hukmronligi
uningcha hamma hukmronliklardan kuchliroqdir. Biroq geografik
determinizm tarafdorlari nima uchun bir xil tabiiy sharoit mavjud
bo‘lgani holda ba’zi mamlakatlar tezroq rivojlanadiyu, ba’zilari sekinroq
rivojlanadi degan masalani tushuntirib berolmaydi. Darhaqiqat, tabiiy
sharoitlar ijtimoiy taraqqiyotning borishini tezlashtirishi, unga turtki
berishi ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Lekin jamiyatning qiyofasini
ijtimoiy tizimning xususiyatini bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tishni
belgilab beruvchi kuch bo‘la olmaydi. Chunki jamiyatning o‘zgarishi va
rivojlanishi tabiiy sharoitlaring o‘zgarishiga qaraganda tezroq sodir
bo‘ladi. Tabiiy sharoitlarning sezilarli darajada o‘zgarishi uchun ko‘p
yillar kerak bo‘lsa, jamiyat hayotida tub o‘zgarishlar bo‘lishi uchun qisqa
bir tarixiy muddat kifoya qiladi.
Tabiat va jamiyat o‘zaro munosabat sohalari bular – biosfera,
Yerning hayot tarqalgan qismi biosfera deb ataladi. Biosfera tirik
organizmlarning hayot kechirish muhitidir. Agar Yer shari quyoshga
yaqinroq joylashganida, yer yuzasidagi harorat ko‘tarilib ketgan bo‘lar
edi va oqibatda yerdagi namlik, suv yo‘qolar edi. Agar u quyoshdan
uzoqda joylashganida, yer yuzasidagi harorat pasayib, hamma joy mangu
muzlik bilan qoplanar edi. Xullas, har ikkala holatda ham yer yuzasida
hayotning paydo bo‘lishiga imkoniyat yo‘qolgan bo‘lardi. Yana boshqa
holni olaylik: quyosh sistemasi Galaktika markaziga yanada yaqinroq
joylashganda edi, yer yuzasida kuchli gravitatsiya ta’sirida narsalarning
vazni og‘irlashib, insondek murakkab jonzodning, balki umuman
hayotning paydo bo‘lishiga sharoit bo‘lmagan bo‘lar edi. Aksincha,
quyosh sistemasi Galaktikamiz markazidan hozirgiga nisbatan chetda
joylashganda ham, gravitatsiya kuchining zaifligi ayrim ximiyaviy va
biologik jarayonlarning ro‘y berishiga xalaqit bergan bo‘lar edi. Buning
oqibatida yer yuzasida hayot paydo bo‘lmas edi. Demak, inson o‘zi
uchun eng qulay bo‘lgan joyda yashaydi va bunga shukur qilsa arziydi.
Inson aql-idrokining olamga ta’sir ko‘rsatish chegarasi noosfera deb
ataladi. Inson o‘zligini anglamas ekan, uning sayyoramizga halokatli
ta’siri kuchaygandan kuchayib, oxir-oqibatda uning o‘zini ham halokatga
olib borishi mumkin, degan ilmiy bashoratlar bor. haqiqatan ham inson
faoliyati aql-idrok bilan oqilona boshqarilmas ekan, u yer yuzining
halokatini tezlashtirishi muqarrardir.
114
Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa chiqarish
mumkin:
1. Insonning tabiat bilan aloqasi inson yerda paydo bo‘lgan
vaqtlardanoq yuzaga kelgan bo‘lib, bu zaruriy obyektiv aloqadorlik o‘z
ahamiyatini bundan keyin ham hech qachon yo‘qotmaydi.
2. Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlik jamiyatning tabiatga,
tabiatning esa jamiyatga ta’siri kishilar ongi va irodasiga bog‘liq
bo‘lmagan obyektiv qonuniyatdir.
3. Jamiyat bilan tabiatning obyektiv aloqadorligi tabiiy
sharoitlarning jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri jahondagi ayrim
bir xalqlar va mamlakatlarga taalluqligina bo‘lib qolmay, balki butun
insoniyat uchun barcha jamiyatlar va mamlakatlar uchun bir xilda
umumiydir.
4. Tabiiy muhit insonning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish
faoliyatining doimiy va abadiy zaruriy shartidir.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |