3-§. Determinizmning umumiy aloqadorliklarini
ifodalovchi kategoriyalar
Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalaridan farqli o‘laroq, bu kategoriyalarni qiyosiy tahlil
qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib
berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun
va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va
voqelik» kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko‘rsatilgan
«alohidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura»,
«element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning
uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan
mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim
topdik. Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini alohida
tahlil qilish zarur.
«Mohiyat va hodisa» kategoriyasini olib ko‘raylik. Mohiyat-o‘zida
alohidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini,
imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon
qiladi. Hodisa esa, ularning bog‘lanishi, aloqadorlik va munosabat-
larining namoyon bo‘lishidir. Mohiyatni alohidalik, maxsuslik, umu-
miylik, butun, qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o‘rganish
maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, subyekt nazarida ahamiyatiga va
funksiyasiga ko‘ra, asosiy va asosiy bo‘lmagan, nisbatan barqaror yoki
o‘zgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi jarayonida
o‘rnini almashtirib turishlarini e’tiborga olish zarur.
Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning inson ehtiyojlarini
qondirish vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan iborat. Masalan,
jamiyat ustqurmasining siyosiy elementi bo‘lgan davlatning maqsadi va
144
vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda vositalari mamlakat
hududida yashayotgan kishilarning muayyan hayot sharoitlarini
ta’minlashdan iborat bo‘lib, uning mohiyatini tashkil qiladi.
Shunga ko‘ra, har qanday mohiyatni odamlarning manfaatlari va
ehtiyojlariga, sivilizatsiya kelajagiga bog‘lab tahlil qilgandagina, u
ahamiyatga ega bo‘ladi.
Narsa va hodisalarni bilish hamda o‘zgartirishga inson muayyan
ehtiyojlar asosida yondashadi. Bu yondashish subyektiv xarakterga ega
bo‘lib, uning konkret ehtiyojlari va manfaatlari nuqtai nazaridan
baholanadi.
Masalan, chanqagan kishi uchun suv uning chanqovini qondirish,
fizik uchun-agregat holati, elektr tokini o‘tkazishi yoki optik
xususiyatlari, ximik uchun, uning N2O kimyoviy birikma sifati,
tegirmonchi uchun tegirmon parragini aylantirish xususiyatlari asosiy
mohiyat hisoblanadi.
Narsa va hodisalar doimiy rivojlanib turishi jarayonida, ularning
mohiyati ham, shunga mos tarzda hodisa ham o‘zgarib turadi.
Mohiyatdagi har qanday juz’iy o‘zgarish ham, uning muqarrar o‘zgargan
hodisasida ifodalanadi. Masalan, suvning elektr tokini o‘tkazish
xususiyati, uning temperaturasiga bog‘liqligi aniqlangan. Agar biz
suvning temperaturasini ma’lum darajada ko‘tarsak, uning elektr tokini
o‘tkazish
xususiyatini o‘lchaydigan asboblar bu o‘zgarishlarni qayd qilmasligi
mumkin. Lekin, bundan suvning mohiyatini ifodalaydigan elektr tokini
o‘tkazuvchanlik xususiyati yo‘qolgan, degan xulosa kelib chiqmaydi.
Narsa va hodisalarning mohiyat va hodisa tarzida bog‘lanishlari
makon va zamondagi muayyan konkretligi bilan ajralib turadi. Mohiyat
va hodisa o‘z xususiyatlariga ko‘ra sistema, struktura va elementlarda
o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun har qanday hodisani
va mohiyatni tahlil qilishda aniq tamoyillarga asoslanish lozim.
Mazmun va shakl. Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa,
hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bilish usuli sifatida
muhim ahamiyatga ega. Mazmun – narsa va hodisalarning rivojlanish
jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy
bog‘lanishi bo‘lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan
aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi.
Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy
bog‘lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir.
145
Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va shakl o‘rtasidagi
bog‘lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish an’anaviy xarakterga ega.
Ya’ni, mazmunning o‘zgarishi shaklning o‘zgarishiga olib keladi, degan
xulosa ustuvor bo‘lgan. Vaholanki, sistemaning elementlari strukturaviy
bog‘lanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bo‘lish mumkin bo‘lmaga-
nidek, mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi. Biz faqat
nisbatan mustaqil bo‘lgan mazmun va shaklni bilish xususiyatiga qarab,
shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin. Boshqacha qilib
aytganda, mazmun va shakldagi har qanday juz’iy o‘zgarish ham bir-
biridagi o‘zgarishlarni taqozo qiladi, faqatgina biz ularni bilib olgan yoki
bilmagan bo‘lishimiz mumkin. Masalan, suvning agregat holati, shakli
o‘zgarishi bilan uning mazmuni ham o‘zgaradi. Ya’ni, suv bug‘ holatida
chanqoqni qondirmaydi, o‘simliklarni sug‘orish uchun yaramaydi.
Bundan tashqari, elementlarning strukturaviy bog‘lanishlari
sistemaning xarakterini belgilashidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak,
strukturaviy bog‘lanishlar shakl sifatida sistemaning mazmunini ham
belgilab turadi. Shunga ko‘ra, shaklni mazmunga nisbatan «ikkilamchi»
deyish noo‘rindir. Bunga ijtimoiy hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak,
demokratiya boshqarishning shakli sifatida jamiyatning mazmunini
belgilab turadi.
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasini boshqa kategoriyalar
tizimidan ajratib olib, nisbatan mustaqil tahlil qilganda, unga
insonlarning muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yondashishlarini
alohida e’tiborga olish kerak. Bu umuman mazmun va shaklning
obyektiv xarakteriga putur yetkaza olmasa ham, ularni baholashdagi
subyektiv, muqobil qarashlarda o‘z ifodasini topadi.
Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va
tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, ularning mazmuni va shakli
o‘zgarib turadi. O‘z navbatida, har qanday sistemaning elementlari
o‘rtasidagi strukturaviy bog‘lanish konkret mazmunga ega bo‘lib, unga
mos mazmunlarda o‘z ifodasini topadi.
Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o‘rtasidagi aloqadorlik,
bog‘lanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asoslanadi.
Ya’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo‘lishi,
muayyan sabab oqibatidir.
Demak, narsa va hodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat
munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, sabab – biror
narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir. Narsa va
146
hodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqibat munosabatlarini
bilishda, ularning makon va zamondagi tarixiy va mantiqiy izchilligi
muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan, har qanday sabab
avvalgi hodisalar yoki ularning rivojlanish oqibati tarzida namoyon
bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa, bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi
hisoblanadi.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi asos bo‘lgan sabablar tizimi
mavjud. Ularni shartli ravishda: asosiy va asosiy bo‘lmagan, muhim va
muhim bo‘lmagan sabablarga ajratish mumkin.
Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vujudga
kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. Shunga ko‘ra, sababni bir
vaqtning o‘zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniqroq qilib aytadigan
bo‘lsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon bo‘ladi. Shu bilan
birga, sababni narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon va
zamondagi davriy takrorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab
mavjudlikning genetik bog‘lanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan
birgalikda, ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Gegel tili bilan
aytganda, sabab-mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sabab
falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
1) uning obyektiv xarakteri narsa va hodisalarning ichki, tarkibiy
elementlari munosabatlariga xos bo‘lib, mohiyatning real mavjudlik
holatini ifodalaydi;
2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan kelib
chiqadi, hamda uning individualligini ta’minlaydi;
3) sabab umumiy xarakterga ega bo‘lib, hech qanday narsa va
hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir bo‘lmaydi;
4) sabab zaruriy bo‘lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni
keltirib chiqaradi;
5) sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil
bog‘lanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning
oqibat tarzida oldingi sabab bilan bog‘liqligini xarakterlaydi.
Zaruriyat va tasodif. Obyektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif
kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat –
narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini
ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa –
zaruriyatning namoyon bo‘lish shaklidir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning
mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan,
147
zaruriyatni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy
tuzilishini tashkil qilgan elementlarini sistemali-strukturali tahlil qilish
lozim. Shuningdek, zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida
tushunish lozim. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish
qonuniyatdan kelib chiqadi hamda obyektiv sabablar tizimiga asoslanadi.
Masalan, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, bozor
iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi tarixiy obyektiv zaruriyatdir, uning
«o‘zbek modeli» asosida amalga oshirilishi zaruriyatning konkret
namoyon bo‘lishidir. Bunda tasodif «subyektivlashtirilgan» jarayon
sifatida ko‘zga tashlansa ham, obyektiv hodisadir. Chunki, O‘zbekis-
tonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishining
milliy xususiyatlari, bozor munosabatlariga o‘tishning xarakterini
belgilab beradi.
Zaruriyatlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning obyektiv qonuniyatlaridan
kelib chiqib, doimiy o‘zgarib turadi. Zaruriyatlarning tasodiflar tarzida
namoyon bo‘lishi, o‘z navbatida, boshqa hodisalar uchun zaruriyat
maqomiga ega bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, zaruriyat va tasodif
o‘rtasidagi bog‘lanishlar sabab-oqibat munosabatlari xarakteriga mos
keladi.
Zaruriyat va tasodif, kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, uni
aniqlash va baholashga muayyan subyekt ehtiyojlari, manfaatlari nuqtai
nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, muqobil qarashlar vujudga keladi.
Masalan, sobiq Ittifoqning parchalanib, mustaqil davlatlarning
vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan tasodifiy hodisa deb
baholanib, uning zaruriy, obyektiv qonuniy xarakteri inkor etilmoqda.
Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida hech qanday imperiyaning abadiy
bo‘lmasligini tarixiy tajribalar doimiy isbotlab kelgan. Demak, bunda biz
zaruriyatni ko‘rib turibmiz.
Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, bog‘lanishi shundaki, ular bir-
birisiz mavjud bo‘la olmaydi, ya’ni zaruriyatning muqarrarligi tasodifga
ham xosdir. Shuning uchun falsafiy adabiyotlarda tasodiflarning
muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyligini inkor qiluvchi
qarashlar g‘ayriilmiydir.
Imkoniyat va voqelik – falsafaning muhim kategoriyalaridir.
Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish
tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi.
Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon
bo‘lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy
148
mantiqiy tamoyillariga ko‘ra, boshqa kategoriyalar bilan bog‘liqlikda
tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar
rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish
shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o‘zida
mujassamlashtirgan.
Imkoniyatning voqelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real,
formal, mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor. O‘zbekiston
mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huquqiy jamiyat qurishi
uchun real imkoniyatlar vujudga keldi. Bunday imkoniyatlar I.A.
Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko‘rsatib berildi.
Imkoniyat kategoriyasini, uning shart-sharoiti bilan aralashtirmaslik
kerak. Shart-sharoitlar oqibat, tasodif, hodisa sifatidagina imkoniyatga
ta’sir qiladigan omillar majmuasidan iborat. Mavjud voqelik tarixiy
genezisiga ko‘ra, o‘zida boshqa voqelikning imkoniyatlarini
mujassamlashtirgan bo‘ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotining hozirgi
bosqichi real voqelik sifatida, uning keyingi rivojlanish imkoniyatlarini
namoyon qiladi va hokazo.
149
Yüklə Dostları ilə paylaş: |