Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


Ong moddiylikning miyada aks etishi


səhifə49/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Ong moddiylikning miyada aks etishi deb tushunishda, uning 
mohiyati inson tanasi faoliyati bilan bog‘lab talqin etiladi. Bunday 
qarashlar ham qadimiy ildizlarga ega. XVIII asrga kelib ongni bevosita 
inson miyasi faoliyati bilan bog‘lashga harakat qilgan qarashlar ham 
shakllandi. Ayni paytda materialistik yo‘nalish nomini olgan bunday 
yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari 
ham paydo bo‘lgan. Falsafa tarixida «Vulgar materializm» deb nom 
olgan oqim namoyandalarining qarashlari bunga misol bo‘la oladi. 
Ularning fikricha, xuddi jigar safro ishlab chiqargani kabi, miya ham 
ongni ishlab chiqaradi. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, 
balki moddiy hodisa, degan xulosa chiqadi. Vaholanki, safroni ko‘rish 
mumkin, ammo ongni ko‘rib ham, ushlab ham, o‘lchab ham bo‘lmaydi. 
XX asrda ong olamni miyada in’ikos etishi degan talqin biroz 
o‘zgardi. Ong olamni, atrof muhitni in’ikosi emas, in’ikos miyaning bir 
funksiyasi degan fikrlar paydo bo‘ldi.
Ong bor, u mavjud, ong borliqni bizda namoyon bo‘lishidir. Ong 
so‘zsiz hisoblash tizimidir. Biz olam haqida nimani bilsak, ular bizga 
ong orqali berilgan. Bizga predmetlarning o‘zi berilmagan, balki 
borliqning subyektiv obrazi berilgan. Olamni bilishga kirishishimizdan 
oldin, u ma’lum obrazlar orqali bizga tushunarlidir, tasniflangan, turlarga 
bo‘lingan. Unda ma’lum bir – chapdan, o‘ngdan, ko‘p, kam degan 
o‘lchovlar mavjud. Olam hamisha baholangan, talqin qilingan. Agar biz 
yulduzli osmonga qaraydigan bo‘lsak, biz oldingi avlodlarning ongi unga 
avvalroq qaratilganligini ko‘ramiz, ya’ni biz bilamizki, yulduzlar 
yorug‘ligiga qarab bir nechta sinflarga bo‘linadi, yorug‘lik eng yaqin 
yulduzdan ham ko‘p yillar davomida keladi, uzoqroqda joylashgan ba’zi 
yulduzlar hozir so‘ngan, lekin ularning yorug‘ligi endi kelyapti va 
hokazo. Olamda ong tomonidan qamrab olinmagan narsa, hodisa yo‘q. 
Ong va borliqni bir-biridan ajratgan faylasuflar ongni o‘zi ham borliq 
ekanini, borliqning bir ko‘rinishi ekanini tushunishmagan. Olam ongsiz 


 151
to‘liq bo‘lmaydi. Ong xuddi olamni qurishni to‘ldiradi, ong orqali uning 
go‘zalligi ochiladi. Ong barcha bilimlarning va olamni anglashning 
manbai. 
Xo‘sh, ong tarixan qachon va qanday omillar ta’sirida shakllangan? 
U haqiqatan ham miya bilan bog‘liqmi? 
Ong tarixi insonning inson bo‘lib shakllana boshlashi tarixi bilan 
bog‘liqdir. Uzoq vaqt davomida inson, uning ongi planetar, ya’ni Yer 
shari doirasidagi hodisa sifatida qarab kelindi. Hozirgi zamon fani 
masalaga kengroq doirada yondashish zarurligini ko‘rsatmoqda. Chunki 
fan dalillari inson paydo bo‘lishini faqat Yerda kechgan jarayonlar bilan 
cheklab qo‘yish to‘g‘ri emasligini, u koinot evolutsiyasining tabiiy 
hosilasi ekanligini tobora chuqurroq isbotlamoqda. 
Inson biologik va ijtimoiy harakatning tashuvchisi ekan, harakat 
shakllari o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni, uning yuqori shakllari quyi 
shakllariga bog‘liqligini, tayanishini, ulardan o‘sib chiqishini unutmaslik 
lozim. Boshqacha aytganda, ular o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. 
Ong tarixi quyosh sistemasi va unda millionlab yillar davomida 
sodir bo‘lgan o‘zgarishlardan ham ayricha olib qaralishi mumkin emas. 
Aynan mana shu jihatdan olganda, ongning shakllanishini kosmik hodisa 
sifatida qarash ham mumkin. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ongga quyidagicha ta’rif 
berish mumkin: Ong – bu yuksak darajada tashkil topgan materiya – 
inson miyasining xossasi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin