Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


V BO‘LIM  DUNYONI ANGLASH FALSAFASI


səhifə48/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

V BO‘LIM 
DUNYONI ANGLASH FALSAFASI 
1-bob.
FALSAFADA ONG, G‘OYA VA MAFKURA MASALALARI. 
HUQUQIY ONG IJTIMOIY ONGNING BIR TURI SIFATIDA 
1-§. Ongning paydo bo‘lishi va ijtimoiy-tarixiy mohiyati 
Ong nima? Inson azal-azaldan o‘zigagina xos bo‘lgan ongning nima 
ekanligi to‘g‘risida o‘ylab, bahslashib keladi. Bu bahslarning bir jihati, 
ong tabiat mahsulimi yoki inson ongi ilohiy yaratilganmi degan 
masaladan iborat. Ikkinchi jihati esa, inson dunyoni doimo bir xil 
anglaganmi, ya’ni asrlar davomida inson ongi takomillashib kelganmi 
yoki hamon o‘sha-o‘shami degan muammo bilan bog‘liq. 
«O‘zingni bilsang, olamni bilasan», – degan edi Suqrot. Aforizmga 
aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson ham siru sinoatlarga boy, u 
o‘zini bilish orqali olam mohiyatini anglashga yo‘l ochishi mumkin, 
degan g‘oya yotibdi. Shu ma’noda, inson o‘zini tashqi olamdan ajratib, 
alohida bir mo‘jiza va tadqiqot mavzui sifatida o‘rganishga harakat qila 
boshlagan paytdan buyon uni o‘ylantirib kelayotgan muammolardan biri 
ongning mohiyati, uning kelib chiqishi masalasidir. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda, ongning tabiatini anglash masalasi – eng qadimiy falsafiy 
masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli 
xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psixologiya, adabiyot, 
sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan bo‘lsa-da, 
ongning mohiyati, uning turli ko‘rinishlari o‘rtasidagi munosabat kabi 
masalalarni o‘rganish bilan aynan falsafa shug‘ullanadi. 
Falsafa tarixida ong olamni vujudga keltiruvchi dunyoviy aql, 
mutlaq ruh sifatida, ya’ni Gegelning fikricha, Ollohning kuchini 
sinonimi sifatida, yoki ko‘zga ko‘rinmas, olamni aks ettiruvchi, olamni 
ideal modelini yaratuvchi miyaning funksiyasi sifatida talqin qilingan 
(materializm).
Ongning mohiyati masalasi eng qadimiy muammolardan biri ekan, 
uni anglash jarayonida turli xil javoblar bo‘lganligi tabiiy. Bu savolga 
eng qadimiy javob diniy va mifologik qarashlar doirasida berilgan. 
Ongni diniy tushunish uni ilohiy hodisa, xudo yaratgan mo‘jiza 
tarzida talqin qilishga asoslanadi. 


 150
Ko‘pgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning mittigina aks 
etishi, uning namoyon bo‘lish shakli tarzida tavsiflanadi. Inson 
tanasidagi ruh bizning istak va fikrlarimizning tashuvchisidir. Jon o‘lishi 
bilan ong ham o‘ladi. Bunday qarashlarning ildizi juda qadimiy bo‘lsa-
da, ular hamon o‘zining ko‘plab tarafdorlariga ega. Zero, u olam va 
odamning yaratilganligi masalasi bilan bevosita bog‘liqdir. Kimda-kim 
olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham yaratganning 
qudrati ekanligini tan olishi tabiiy. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin