Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Falsafiy qonunlarning huquqshunoslik fani va


səhifə44/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

3-§. Falsafiy qonunlarning huquqshunoslik fani va 
amaliyoti uchun metodologik ahamiyati 
Voqelik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyat dialektikasi.
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan 
birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan 
iborat. Demak, voqelik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning 
bo‘lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va 
kunduz, elektrning musbat va manfiy zaradlari, yaxshilik va yomonlik, 
adolat va jaholat va hokazo. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor 
etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz 
mavjud bo‘la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaradi 
bo‘lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo‘lolmaydi. Borliq narsa, voqea-
hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar qanchalik xilma-
xil, turli-tuman bo‘lmasin, ular o‘rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. 
Masalan, stol va stul sifat jihatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular 
o‘rtasida o‘xshash tomonlar, belgilar bor. Aytaylik, ularning yo rangi 
yoki bir xil materialdan yasalganligi yoki bo‘lmasa, vazni o‘xshash 


 130
bo‘lishi mumkin va hokazo. «Ayniyat» tushunchasi narsa va hodisalar 
o‘rtasidagi o‘xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga, narsa-
hodisalar bir-biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga 
ham egadir. Aynan bir xil bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q. Hatto daraxtning 
bir shoxida yonma-yon turgan 2 barg ham bir-biridan farq qiluvchi ba’zi 
jihatlarga ega. Hech bo‘lmaganda, ular bir-biridan makondagi o‘rni bilan 
farq qiladi. Hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak, bir-biriga tashqi 
tomondan tamomila o‘xshash bo‘lgan Hasan va Husanlarda ham juda 
ko‘p farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda fe’l-atvor, qiziqish 
turi, dunyoqarashlar har xil bo‘lishi, ya’ni ularning ichki dunyolari farq 
qilishi mumkin. Demak, tafovut narsa-hodisalarning farq qiluvchi 
tomonlarini ifodalovchi tushunchadir. 
Qarama-qarshilik deb esa, narsa, voqea-hodisalarning bir-birini 
taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, 
kuchlarining o‘zaro munosabatiga aytiladi. Qarama-qarshiliklar 
o‘rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko‘p 
hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, 
me’yoriy o‘zgarishlar tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish 
jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va 
ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat 
bo‘lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir. Sobiq Ittifoqning 
mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan marksizmda asosan ziddiyatga ko‘proq 
e’tibor berilar edi. U mutlaqlashtirilar va jamiyatga ko‘chirilib, asosan, 
antogonistik ziddiyatlar to‘g‘risida gapirilar va ularning yechilishi 
insoniyatni baxtli hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, 
insoniyat paydo bo‘libdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, 
ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘lib kelmoqda. Odamzod 
ziddiyatlar kamroq bo‘lgan, kishilarning xilma-xil intilish va maqsadlari, 
bir-biridan farq qiladigan g‘oyalari uyg‘unlashgan, barqarorlik ustuvor 
bo‘lgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib kelmoqda. 
Anu shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflikt – 
ziddiyat, logos – ta’limot) deb ataladigan falsafiy yo‘nalish paydo 
bo‘lishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug‘ullanadigan olim va 
mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni keltirib 
chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat uchun foydali 
tarzda hal qilish yo‘llari va usullari ustida bosh qotirishadi. 
Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga, 
yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o‘tishga 


 131
sabab bo‘ladi. Olam turli-tuman bo‘lganligi uchun ziddiyatlar ham 
xilma-xildir. 
Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bo‘lmagan 
ziddiyatlar mavjud. Ular o‘rtasida farq bo‘lgani bilan birga, mutlaq 
chegara ham yo‘q. Chunki amalda, hayotda ular bir-biriga o‘tishi, 
birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o‘rin tutishlari mumkin. 
Olamning mavjudligi – miqdor va sifat voqeligi tarzida. 
Taraqqiyotda tadrijiylik tamoyili. Olamning mavjudligi – miqdor va sifat 
voqeligi tarzida ham namoyon bo‘ladi. Buning mohiyati shundan 
iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy 
o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir 
bosqichida me’yorni buzadi va sakrash yo‘li bilan tub sifat 
o‘zgarishlariga olib keladi. 
Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z sifati 
bilan ajralib turadi. Sifat – narsalarning ichki va tashqi muayyanligi 
bo‘lib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini ifodalaydi. Sifat 
narsa qanday bo‘lsa, uni shundayligicha ko‘rsatib beradi, jismning 
barcha tashqi xossalarini bog‘liqlikda namoyon qiladi. 
Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning nisbiy 
barqarorligini, bir-biriga o‘xshashligi yoki o‘xshamasligini ifodalaydi. U 
keng ma’noda narsalarning turli-tuman xossalari yig‘indisidir. Lekin 
sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tushunchalar emas. Sifatning 
o‘zgarishi, muqarrar sur’atda, xossaning o‘zgarishiga olib keladi. Biroq 
xossaning o‘zgarishi har doim sifatning o‘zgarishiga ta’sir etavermaydi, 
ayrim xossalar narsalarning sifatiga ta’sir etmasdan yo‘q bo‘lib ketishi 
mumkin. Sifat predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda 
etadi. 
Narsalar sifat muayyanligidan tashqari, bir-biridan miqdoriy 
tomonlari bilan ham farq qiladi. Miqdor predmetning hajmi, o‘lchovi, 
og‘irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Tabiat 
hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy tomonga ega. 
Chunonchi, suv o‘z solishtirma og‘irligiga, qaynash va muzlash 
darajasiga ega. Bir ijtimoiy tuzum boshqasidan xususiyati jihatidangina 
emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti, mehnat unumdorligi, 
madaniyati va hokazolar bilan ham farq qiladi. Har qanday narsa miqdor 
va sifat birligiga ega. Tabiatda faqat miqdorga yoki sifatga ega bo‘lgan, 
ya’ni sifati bo‘lib miqdori, miqdori bo‘lib aksincha, sifati bo‘lmagan 
narsaning o‘zi yo‘q. Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog‘liqligi 


 132
«me’yor» tushunchasida ifodalanadi. Me’yorning buzilishi predmet 
mavjudligi mumkin bo‘lmagan holatga olib keladi. 
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o‘zgarishlari xosdir. 
Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘rtasida qat’iy qonuniyat 
mavjud bo‘lib, bu qonuniyat quyidagicha ifodalanadi: miqdoriy 
o‘zgarishlar sifat o‘zgarishlarini tayyorlab, har bir aniq holatda muayyan 
tub sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu holatda miqdor 
o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi sodir bo‘ladi. Olamdagi 
barcha o‘zgarishlar asta-sekin sodir bo‘ladigan miqdor o‘zgarishlaridan 
boshlanadi. Miqdor o‘zgarishlari muayyan chegarada sifatning 
barqarorligiga ta’sir etmaydi. Miqdoriy o‘zgarishlar chegaradan chiqishi 
bilan barqarorligi buziladi. Natijada sifat yo‘qolib, yangi sifat yuzaga 
keladi. Taraqqiyot jarayonida miqdor o‘zgarishlari tub sifat 
o‘zgarishlariga o‘tishi bilan birga sifat o‘zgarishlari miqdor 
o‘zgarishlariga ham o‘tadi. Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari 
o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lishiga qaramay, ular ayrim o‘ziga 
xos xususiyatlarga ham ega. Chunonchi: birinchidan, miqdor 
o‘zgarishlari doimo yuz berib turadi. Hatto hodisalar sifatining nisbiy 
barqarorligi davrida ham miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin yuz beradi. 
Sifat o‘zgarishlariga o‘tish faqat ma’lum bir davrda boshlanadi; 
ikkinchidan, miqdor o‘zgarishlari ma’lum vaqtgacha narsalarga muhim 
ta’sir ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100° gacha suyuqlik 
holatini yo‘qotmaydi, keyin esa buqqa aylanadi, sifatini o‘zgartiradi. 
Demak, sifat o‘zgarishlari hodisalarni tubdan o‘zgartirib, uning boshqa 
hodisaga aylanishini taqozo qiladi; uchinchidan, miqdor o‘zgarishlari 
asta-sekin amalga oshadi va ko‘p hollarda sezilmasdan o‘tadi. Sifat 
o‘zgarishlari esa ancha tez, ayrim holatda to‘satdan sodir bo‘ladi; 
to‘rtinchidan, sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga qaraganda tub 
o‘zgarish bo‘lib hisoblanadi. 
Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan sifat 
o‘zgarishlarini anglatadigan falsafiy tushuncha bo‘lib, taraqqiyotning 
uzluksiz ko‘rinishiga qaraganda ancha tez o‘tadigan jarayondir. 
Sakrash miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tishda 
uzluksizlikning uzilishini bildiradi. Sakrash narsa va hodisalarning 
uzluksiz rivojlanish davomida tayyorlanib, shu uzluksiz rivojlanish 
momenti tugab, uzilish sodir bo‘lishi bilan zaruriy ravishda yuz beradi. 
Sakrash birdaniga, to‘satdan bo‘ladigan holatgina emas, balki yangi sifat 
elementlari ko‘payishi orqali yuz beradigan tadrijiy jarayon hamdir. 


 133
Sakrashning turlari o‘z xarakteriga ko‘ra tabiat va jamiyatda xilma-
xil bo‘lib, ular bir-birlaridan farq qiladilar. Jamiyat taraqqiyotidagi 
sakrashlarning o‘ziga xos tomoni shuki, bu sakrashlar eski ijtimoiy 
tuzumni yo‘q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni o‘rnatadigan ijtimoiy 
jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amalga oshadi. Bunday sakrashlarni 
ikki turga bo‘lish mumkin: birinchisi – portlash yo‘li bilan bo‘ladigan 
sakrashlar, ikkinchisi sekin-asta, tadrijiy yo‘l bilan bo‘ladigan sakrashlar. 
Birinchi tur sakrashlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda 
narsa va hodisalarning yangi sifatga o‘tishi nihoyatda tezlik bilan yuz 
beradi va kutilmagan natijalarni, tasodifiy jarayonlarni boshlab 
yuborishi, hatto salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin. 
Sakrashning ikkinchi turida esa, eski sifat elementlarining asta-sekin 
yo‘qolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-sekin to‘planishi 
natijasida yangi sifat paydo bo‘ladi. Shunday qilib sakrash quyidagi 
jihatlarga ega: 
– sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan obyektiv va 
qonuniy jarayondir; 
– sakrash tadrijiylikning uzilib, miqdor o‘zgarishlaridan tub sifat 
o‘zgarishlariga o‘tishidir; 
– sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos keladigan holatlarning 
vujudga kelishi tufayli paydo bo‘ladigan ziddiyatlarni hal qilishdir; 
– sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab borishidir. 
O‘zgarish va rivojlanish jarayonida o‘z-o‘zini inkor etish tamoyili. 
Vorislik va yangilanish. Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning 
rivojlanish sharoitiga bog‘liq ravishda eski sifatdan yangi sifatga o‘tish 
turli shakllarda sodir bo‘ladi. Har bir narsa, hodisa o‘zining aniq inkor 
qilish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir. 
Demak, har qanday o‘zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat 
o‘zgarishlarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi orqali sodir bo‘ladigan 
jarayonlardan iborat. Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri 
tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi, yangi narsa va 
hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Bundagi 
eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi. 
Inkorni inkor qonunini birinchi marta nemis faylasufi Gegel izohlab 
bergan. Lekin Gegel bu qonunni tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuni 
deb bilmasdan, balki «mutlaq g‘oya»ning rivojlanish qonuni sifatida: 
tasvirlaydi. Gegel «mutlaq g‘oya»ning rivojlanishini izohlaganda 
quyidagi ketma-ketlikni keltiradi: boshlang‘ichi (tezis), inkor (antitezis), 
inkorni inkor (sintez) bosqichlari orqali g‘oya o‘z-o‘ziga qarab taraqqiy 


 134
qiladi. Mana shu yerda Gegelning dialektikasi (aniqrog‘i uning 
dialektikasining «chin mag‘zi») bilan metafizik, idealistik tizimi o‘rtasidagi 
ziddiyat ko‘zga yaqqol tashlanadi. Buasosiy ziddiyat ayniqsa uning inkorni 
inkor qonunini tushunishga kuchli ravishda salbiy ta’sir etgan edi. Bir 
tomondan, Gegel inkorni inkor qonuni orqali rivojlanishning olg‘a qarab 
borish xarakterini ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u o‘z falsafiy 
tizimida rivojlanishga chek qo‘yadi va natijada uningcha rivojlanish bir 
doira ichida aylana borishdan iborat bo‘lib qoladi. 
Gegelning inkorni inkor qonunini tushunishdagi muhim 
xatoliklaridan biri, bu qonunni triada shaklida izohlanishidadir. Gegel 
inkor etishning triadadan boshqa shakllarining bo‘lishi mumkinligini 
e’tirof etgan va inkor etishni faqat triadadan iborat deb qarovchi 
formalistlarni qattiq tanqid qilgan bo‘lsa-da, lekin o‘zi ham bir butun 
idealistik tizimini izohlashda rivojlanishni triada shaklida bir doirada 
aylanishdan iborat qilib qo‘yadi. 
To‘g‘ri tashqi ko‘rinishdan moddiy dunyodagi juda ko‘p narsa va 
hodisalarda harakat, o‘zgarish va rivojlanish go‘yoki triadadan iborat 
bo‘lib ko‘rinadi. Lekin moddiy dunyodagi triada (uchlik) yo‘li bilan 
rivojlanish, bilish usulining faqatgina yuzaki va tashqi tomonini tashkil 
qiladi. Tabiat va jamiyatdagi hamma narsa va hodisalarni sun’iy yo‘l 
bilan triada shaklida ifoda qilish mumkin (masalan, har bir narsada 
tug‘ilish, rivojlanish va o‘lishni ko‘rish mumkin). Lekin bu usulda har 
bir narsa va hodisaning taraqqiyotini ilmiy tushuntirish mumkin emas. 
Chunki inkor etish formalarini faqat triada bilan sun’iy ravishda 
cheklash, dialektik metodning narsa va hodisalarni konkret, tarixiy 
nuqtai nazardan o‘rganish haqidagi asosiy qoidasini buzishga olib keladi 
va natijada dialektika formalizm bilan almashadi, g‘ayri-ilmiy 
xulosalarga olib boradi. 
Moddiy dunyoning taraqqiyoti g‘oyatda murakkab, inkor etishning 
shakllari ham turli tumandir. «Triada» inkorni inkor qonunining bir 
shaklinigina tashkil etish mumkin. Chunki, moddiy dunyoda rivojlanish, 
bir holatdan boshqasiga o‘tish, ya’ni inkor etish shakllarida har birining 
o‘ziga xos xususiyatlari bordir. 
Gegel dialektik inkori quyidagi xususiyatlarga ega: 
1) inkor Gegelda bir jarayonning cheksiz ifodalanishidir. Bilish 
jarayonida oldingi inkor navbatdagi inkorga zamin bo‘lib xizmat qiladi; 
2) inkorni inkor quruq inkor bo‘lmasdan, balki ilgarigi 
taraqqiyotning bir tomonlamaliklarini «olib tashlovchi» va ularni yangi 
asosda birlashtiruvchi bo‘lib chiqadi; 


 135
3) inkorni inkor ichki ziddiyatlarni ochish shaklidir, bu ziddiyatlarni 
ochish natijasida eskining yemirilishi va yangining paydo bo‘lishi sodir 
bo‘ladi. 
Gegel dialektikasining kamchiliklari: 
1) olam, tabiat va jamiyatdagi oldin mavjud bo‘lgan «mutlaq g‘oya», 
«dunyoviy ruh»ning mahsuli deb izohlanadi; 
2) inkorni inkor qonuni «mutlaq g‘oya»ning xarakterini ifodalaydi; 
3) inkorni inkor qonuni qarama-qarshiliklar kurashidan iborat 
bo‘lmay, balki murosaga keltirish dialektikasidir, ya’ni uch bosqich 
go‘yo oldingi ikki bosqichning qarama-qarshiligi murosaga keltiradi; 
4) taraqqiyotning umumiy shakli «tezis, antitezis, sintez» triadasi 
orqali ifodalanadi. 
Aslida hozirgi kun ilmining eng obyektiv deb hisoblangan 
yondashuviga ko‘ra dialektik inkor – oddiy yoki tag-tomiri bilan inkor 
etish emas, aksincha o‘zining umr boqiyligi bilan taraqqiyotning keyingi 
bosqichiga o‘ta olgan eng ijobiy sifatlar asosida taraqqiyotning 
oldingidan yuqoriroq, istiqbolli kelajagini e’tirof etish.
O‘zgarish va rivojlanish jarayonida o‘z-o‘zini inkor etish tamoyili 
nihoyatda muhim. Bunda vorislik – eskining inkori va yangilikning 
shakllanishi sifatida namoyon bo‘ladi. Ana shu jarayonlarning doimiy 
takrorlanishi inkorni inkor qonunining mohiyatini bildiradi. 
Mazkur qonunga muvofiq obyektiv voqelikdagi narsa va 
hodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor 
qilinishi ro‘y beradi. Biroq, aksariyat hollarda, eskilik butunligicha inkor 
qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi. «Inkor» tushunchasi 
kundalik ongda «yo‘q», so‘zi bilan qo‘shilib ketadi, inkor qilmoq – 
«yo‘q» demakdir, biror narsani rad etmoqdir. Lekin dialektikada inkor 
kundalik ongda ishlatiladigan tushunchadan farq qiladi. Dialektikada 
inkor qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri «yo‘q» degani emas, ya’ni narsani mavjud 
emas, deb e’lon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan yo‘qotib 
tashlamoq emas. Inkorni dialektik tushunish yangining eski bilan oddiy 
almashuvi bo‘lmasdan, balki eskining bag‘rida vujudga kelib, undan 
foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Dialektik inkorning muhim ikki 
jihati mavjud: birinchisi, eskining o‘rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy 
jarayon bo‘lganligi uchun taraqqiyotning muhim sharti hisoblansa; 
ikkinchisi, u yangini eski bilan vorisiy bog‘liq ekanligini ham ifodalaydi. 
Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega shunday deb atalishini 
izohlamoq lozim. Falsafaning bu ta’limotini ikki marta takrorlanuvchi 
inkorda ifodalanishi olamdagi narsa va hodisalarning doimiy ravishda 


 136
o‘zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib borishi va oqibatda, 
rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. 
Bu qonunga ko‘ra, har bir mavjud bo‘lgan narsa va hodisa o‘zigacha 
bo‘lgan sifat va miqdor inkor etilishining mahsuli, shu bilan birga, ana 
shu narsa va hodisalarning o‘zi ham sharoitning o‘zgarishi, vaqtning 
o‘tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. Demak, har bir narsa va 
hodisaning o‘zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko‘proq 
inkor etishlar bilan amalga oshadi. Insoniyat tarixi – avlodlar 
almashinuvi tarixidir, deyilganida ham ana shunday hol nazarda tutiladi. 
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi 
davriylikning muayyan halqasida, ya’ni navbatdagi inkor bosqichida 
uning oldingi bosqichidagi ba’zi belgilar takrorlanadi. Masalan, don 
o‘simlikdan yana donlarga aylanadi, keyinroq yana o‘simlikka va 
hokazo. 
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to‘g‘ri chiziq 
shaklida emas, doira shaklida bo‘ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang‘ich 
nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv uning oxirgi nuqta bilan 
tutashishi bo‘lmasdan, balki yuqori bosqichda sodir bo‘lishi sababli 
taraqqiyot spiral shaklga ega bo‘ladi. Bu spiralning har bir yangi o‘rami 
oldingi o‘ramiga nisbatan yuqoriroq bosqichda yuzaga keladi.
Dialektik inkor yangi bilan eski o‘rtasidagi bog‘lanishni butkul rad 
qiladi, deb tushunmaslik kerak. Yangi qanchalik ilg‘or bo‘lmasin, u yo‘q 
joydan paydo bo‘lmaydi, balki eskining qobig‘ida asta-sekin shakllanadi. 
Shuning uchun ham ko‘p hollarda eskidan yangiga o‘tilayotganda 
eski butunlay tashlab yuborilmaydi, balki uning ijobiy tomonlari 
saqlanib qoladi va rivojlanish davom ettiriladi. Demak, yangi bilan eski 
o‘rtasida vorislik mavjuddir. Inkorni inkor qonuni taraqqiyotda vorislik 
va qaytariluvchanlikning birligini tavsiflaydi. Dialektik inkorning muhim 
xususiyati ana shundan iborat. 
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida 
ro‘y berayotgan hodisalar mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat 
kasb etadi. Yangi jamiyatni barpo etishga qaratilgan o‘zgarishlar hamma 
narsani butunlay yo‘q qilishni bildirmaydi. Aksincha, bu – xalqimiz 
taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy 
yutuqlarni saqlab qolib, ularni yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir. 
Mazkur jarayonning asosiy tamoyili Islom Karimovning yangisini 
qurmasdan, eskini buzmaslik lozimligi to‘g‘risidagi xulosasida yaqqol 
o‘z asosini topgan. 


 137
2-bob. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin