129
qonunlari, favqulodda qonunlarga harbiy qonunlar kiradi.
Huquqshunoslikda «qonun» tushunchasidan tashqari qonun osti
hujjatlar degan tushuncha ham yuritiladi. Qonun osti hujjatlar o‘z
navbatida:
x O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari;
x O‘zbekiston hukumatining qarorlari;
x Boshqa ijroiya hokimiyat organlarining hujjatlari;
x Mahalliy davlat hokimiyatining normativ hujjatlari kabilarga
bo‘linadi.
Biz bu yo‘sindagi tahlilimizni yana ham chuqurroq davom
ettirishimiz mumkin. Lekin bizning maqsadimiz huquqshunoslik
qonunlari misolida eng umumiy bo‘lgan falsafiy qonunlar bilan xususiy
qonunlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalasini ko‘rsatish edi. Aynan
shu ma’noda tahlilimizdan ayon bo‘lganidek, qonunlar o‘rtasidagi faqat
amal qilish doirasiga ko‘ra farq bo‘lishi mumkin ekan. Lekin shu o‘rinda
har qanday qonun uchun eng muhim belgilarni aks etish, umumiy
munosabatlarni ifodalash, zaruriylik, majburiylik, barqarorlik va
takrorlanuvchanglik kabi umumiy tamoyillar ham xos bo‘lishi muqarrar
ekanligiga amin bo‘ldik.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: