Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


FALSAFA KATEGORIYALARI VA ULARNING HUQUQIY


səhifə45/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

FALSAFA KATEGORIYALARI VA ULARNING HUQUQIY 
KATEGORIYALAR BILAN O‘ZARO ALOQADORLIGI
1-§. «Kategoriya» tushunchasi. Falsafa kategoriyalari
va ularning bilishdagi roli 
Har qanday fanning o‘ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari 
bo‘ladi. Masalan, fizikada fizik qonunlar, og‘irlik, tezlik, kuch kabi 
tushunchalarga juda ko‘p duch kelish mumkin. Ularning aksariyati bu 
fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarning nomi bilan 
bog‘langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro va hokazo. 
Matematikani esa Pifagor, al-Xorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz 
tasavvur qilish qiyin. Xuddi shunday falsafaning fanlik maqomini 
belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham 
bor. Ularni o‘rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining 
mazmunini aniqlab olish zarur. An’anaviy tavsiflarga ko‘ra, «Qonun» 
falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayonidagi 
eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki 
o‘zaro bog‘lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi 
ekanligini ko‘rib o‘tdik. Endi kategoriyalarning mohiyati va mazmuni 
bilan qisqa tanishaylik. 
Kategoriya o‘zi nima? Bu so‘z qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib: 
«izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. 
Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy 
tadqiqot yo‘nalishiga aylangan. Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, 
Arastu ta’riflab bergan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni 
obyektiv voqelikning umumlashgan in’ikosi sifatida qarab, 
turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi 
kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», 
«munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-
uqubat». Bu turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida 
«mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan. 
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida 
o‘rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, 
ungacha Yunonistonda ko‘proq politika va ritorika (notiqlik san’ati) 
fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki 
o‘sha davrda qo‘shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun 
siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. 


 138
Ammo o‘sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy 
tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon 
qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto 
Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana 
shunday, hali go‘yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani va 
yoshlarni bu ilm yo‘liga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sabab 
bo‘lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi 
Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi 
uchun turtki bo‘lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi 
marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga ko‘targan. 
O‘sha davrdan boshlab falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial 
tushunchalariga ega bo‘lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga 
Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar. 
XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr 
vujudga keldi. Xususan, I.Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» 
(reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko‘plik, yaxlitlik), 
«munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o‘zaro ta’sir), 
«modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqelik va novoqelik, 
zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli o‘laroq, Xegel 
esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor), 
«mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (obyektiv, subyektiv, 
absolut g‘oya) tarzida izohlagan. 
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umum-
lashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi 
tavsiflari bor: 1) obyektiv voqelikning in’ikosi; 2) narsa va hodisalarning 
o‘zaro bog‘lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish 
usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi 
mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy 
– mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko‘pchilik mutaxassislar 
kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va 
takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi 
tushunchalardir, degan fikrga qo‘shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, 
harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana 
shunday kategoriyalaridir. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin