Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


IV BO‘LIM BORLIQNING ALOQADORLIGI VA RIVOJLANISH


səhifə41/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

IV BO‘LIM
BORLIQNING ALOQADORLIGI VA RIVOJLANISH 
QONUNLARI 
1-bob.
FALSAFIY QONUNLAR VA ULARNING YURIDIK
QONUNLAR BILAN O‘ZARO ALOQADORLIGI 
1-§. Dialektika rivojlanish haqidagi ta’limot 
Olamdagi narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi, bir holatdan 
ikkinchi holatga o‘tib turishi, rivojlanishi, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va 
o‘zaro ta’sir kabi masalalar qadimdan mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar 
o‘rtasida turli bahs, munozara, tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Chunki ular 
to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, 
rivojlanish manbai, harakatlantiruvchi kuchlari to‘g‘risida hamda, eng 
asosiysi, kelajak haqida ilmiy tasavvurga ega bo‘lish qiyin.
Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, ya’ni eng mayda zarracha-
lardan tortib to Yer, Quyosh, Koinotgacha barchasi, shu jumladan, 
kishilik jamiyati ham, doimo harakat, o‘zgarish va rivojlanishdadir. Ular 
o‘rtasida abadiy o‘zaro bog‘liqlik, o‘zaro ta’sir va aloqadorlik mavjud. 
Olamda o‘z-o‘zidan, tasodifiy ravishda hech qanday harakat ham, 
o‘zgarish ham yuz bermaydi. Bog‘lanishlarning turlari. Biz narsa va 
hodisalarning harakati, o‘zgarishi va rivojlanishiga ular o‘rtasidagi 
bog‘lanish va aloqadorlik, ta’sir va aks ta’sir asos bo‘ladi, deymiz. 
Albatta, olamdagi har qanday bog‘lanish ham rivojlanishga sabab 
bo‘lavermaydi. Chunki bu bog‘lanishlarning ko‘lami, mohiyati, ta’sir 
kuchi va doirasi turlicha. Bog‘lanishlarning ana shu xususiyatlariga 
qarab, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, muhim 
va muhim bo‘lmagan va hokazo bog‘lanishlarga ajratish mumkin. 
Shuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan alohida, ular 
bilan bog‘liq, o‘zaro aloqadorlikda va ta’sirda bo‘lmagan birorta ham 
voqea yoki hodisa mavjud emas. Demak, o‘zaro bog‘lanish va ta’sir 
natijasida narsa-hodisalarda o‘zgarish sodir bo‘ladi. Har qanday 
o‘zgarish esa bu albatta harakatni yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib 
aytganda, harakat bu eng avvalo olamdagi har qanday o‘zgarishdir. 
«Harakat» tushunchasi «Borliq falsafasi» mavzuida yoritilganligi 
sababli, bu yerda uning quyidagi qisqa ta’rifi bilan cheklanamiz: harakat 
deb olamdagi har qanday o‘zgarishga aytiladi.


 121
«Rivojlanish» tushunchasi esa quyidan yuqoriga, oddiydan 
murakkabga tomon ilgarilab boruvchi harakatni ifodalaydi. Lekin bu 
jarayon goh to‘g‘ri chiziqli, goh asta-sekin kengayib boradigan 
spiralsimon shakldagi harakatdan iborat bo‘lishi mumkin. Aynan 
shunday o‘zgarishlar, harakat va rivojlanishni e’tirof etishda turli xil 
ta’limotlar yuzaga kelgan. Eng qadimiy ta’limotlardan biri dialektika 
hisoblanadi. 
«Dialektika» tushunchasi (yunon. «dialektika» so‘zidan olingan 
bo‘lib, suhbat olib borish, bahslashuv san’ati degan ma’noni anglatadi) 
falsafa tarixida turli ma’nolarda foydalanib kelingan. Bahslashuv san’ati 
qadimgi grek madaniyatida vujudga keldi. Bahslashuv san’atining 
falsafiy ifodasi qadimgi grek mutafakkiri Suqrot (mil. avv. 469-399) 
ta’limotida yuqori cho‘qqisiga yetdi. Tarixda Suqrot har qanday 
haqiqatning mezoni «dialog», yangi savol-javob usuli ekanligini targ‘ibot 
qilgan mutafakkir sifatida kelgan. Suqrot o‘zidan keyin birorta ham qo‘l 
yozma qoldirmaganligi tufayli, uning qarashlari asosan shogirdlari 
tomonidan tartiblashtirilib, ta’limot sifatida tizimlashtirildi. Xususan, 
Aflotun (mil. avv. 427-347) Suqrot uslublarini-tushunchalarni tahlil 
qilish va umumlashtirish dialektikaning asosi sifatida o‘z asarlarida 
targ‘ibot qilgan. Bu faylasuflar tasavvurida bahslashuv natijasida yangi 
g‘oyalar paydo bo‘ladi. Bunday yondashish evristik yondashish deb ham 
atalgan. 
Dialektikani bahslashuv san’ati sifatida o‘rta asrlar davrida fransuz 
faylasufi Pyer Abelyar (1079-1142) «Ha va yo‘q» nomli kitobida eng 
yuqori cho‘qqisiga yetkazdi. Savol-javob usulida tuzilgan mazkur 
kitobda bahslashuv san’ati din peshvolarining kishilarni ishontira olish 
mahoratini ko‘rsatkich mezoni deb qaralgan. Ko‘rib turibmizki, 
dialektika dastlab mutafakkirlar tomonidan bahslashuv san’ati, notiqlik 
mahoratining ko‘rsatkichi sifatida tasavvur qilingan ekan. Boshqacha 
qilib aytilganda, dialektika – «savol-javob» vositasi orqali bahs olib 
borish qobiliyati, shuningdek, tushunchalarni tahlil qilish, narsalarni tur 
va jinslarga tasniflash mahorati deb tushunilgan. 
Aflotun o‘z idealistik tizimining dialektika uslubi bilan sug‘orilgan 
holda mashhur «Parmenid» va «Sofist» dialoglarida quyidagi mazmunda 
izohlagan, ya’ni har qanday mavjudlik o‘z ziddiyatlilik g‘oyalariga ega. 
Narsalar dunyosi o‘tkinchi, vaqtincha ko‘rimsiz, ammo g‘oyalar dunyosi 
doimiy, o‘zgarmas, chin go‘zal dunyodir. Narsalar dunyosi g‘oyalar 
dunyosining xira ko‘lankasi, soyasi bo‘lib namoyon bo‘ladi. Borliq bir 
butun va xilma-xil, abadiy va o‘tkinchi, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan, 


 122
sokinlikda va harakatdadir. Aynan shu ziddiyat ruxni, g‘oyani fikrlashga 
undovchi zaruriy shartdir, deb ta’kidlaydi. Uzoq vaqtlar davomida 
koinot, o‘simlik, hayvonlar, insonlar o‘zgarmas va barqaror hisoblangan. 
Dastlab, qadimgi faylasuflar borliqni harakatga xos o‘zgaruvchanlik 
xususiyatini ilmiy xulosalarsiz primitiv holda bo‘lsa-da, lekin tan 
olingan. Geraklit fikricha, dunyo jonli olov obrazi sifatida tasavvur 
qilingan. «Oqar suvga ikki marta oyoqni qo‘yib bo‘lmaydi» degan 
mashhur tarixiy ibora ham Geraklitga tegishli bo‘lgan. Bu va shunga 
o‘xshash barcha fikrlar oddiy hayotiy kuzatishga asoslangan bo‘lgan. 
Qadimgi grek madaniyatida inson hayoti go‘zallikdan bahramand olish 
deb tasavvur qilinar edi. Bu g‘oyaga dunyoning oxiri borligi, inson 
o‘limi kabi holatlar hech sig‘mas edi. Bu ziddiyatli holatdan chiqishni 
greklar hayotni, o‘zgaruvchanlikni doiraviy, siklik holda tasavvur qilish 
bilan bog‘lashdi. Hamma narsa o‘zgarishda, lekin muayyan doira ichida 
sodir bo‘ladi. 
Geraklit ta’limoticha, olam, koinot hech kim orqali na inson, na 
xudo orqali yaratilgan emas, lekin abadiy alanga oluvchi va so‘nib 
turuvchi olov bizdan oldin, biz bilan va bizdan keyin ham bo‘ladi. 
Demak, hayot, o‘zgarish, harakat doirasi ichida abadiy siklik aylana 
borar ekan. Greklar rivojlanishni, bir biriga o‘tuvchi, bir holatdan 
ikkinchi holatga aylanuvchi doiraviy harakat deb tushunishgan. Lekin 
rivojlanishni tubdan farq qiluvchi yangi sifatiy sakrash darajasi sifatida 
tasavvur qila olishmagan.
Dialektikani faqatgina bahs emas, balki sifatiy yangi bosqichni 
ifodalovchi sakrash sifatida ko‘rish dastlab xristian falsafasida o‘z aksini 
topdi. Dindor faylasuf Avgustin jamiyat hayotini insonning tug‘ilishidan 
to o‘limigacha bo‘lgan bosqichlarga qiyoslaydi.Ya’ni inson tug‘ilishi 
Avgustinda tarix paydo bo‘lishi bilan, o‘limi esa oxir zamon bilan 
tenglashtiriladi. Diniy izohda bo‘lsa-da, bu tasavvur Antik dunyoda 
shakllangan hayotning siklik modelini bartaraf etdi. Demak, hayot 
oddiydan murakkabga va doimo kelajakka tomon yo‘naltirilgan ekan. 
Rivojlanish g‘oyasini Dekart (1596-1650) yanada yuqoriroq 
cho‘qqiga yetkazdi. Xudo olamni yarata turib unga turtki bergan 
(dindorlar tilida jon ato etgan) va shundan buyon dunyo rivojlanishda, 
yangilanishda va o‘zgarishdadir. Fransuz ma’rifatparvarlari Volter va 
Russo tarixiy rivojlanish g‘oyalarini ilgari surishgan. Lekin jamiyat 
taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchini ruhiy omillar (axloqiy, diniy va 
hokazo)da deb bilishgan. 


 123
Nemis klassik (mumtoz) falsafasining namoyandalari I.Kant (1724-
1804) va Gegelda (1770-1831) dialektikani idealistik asosda tushunish 
yuqori cho‘qqisiga yetdi. Kantda dialektika inson aqli, idroki olamning 
sir-asrorini butunlay mutlaq egallab ololmasligini isbotlash vositasi 
sifatida ifodalanadi. Uning fikricha, bilimlar hissiy tajribaga va inson 
aqliy faoliyatiga asoslanadi. Lekin aqlning yuqori shakllari xudo, aql, 
erkinlik bunday xislatlarga ega emas. Shuning uchun ham inson aqli 
idrok qila olmagan holatlarni dialektika izohlab beradi. 
Dialektikani idealistik asosda targ‘ib qilishning eng yuqori cho‘qqisi 
– Gegel falsafasida erishildi. Gegel dialektikani voqelikning barcha 
sohalarini «mutlaq g‘oya»dan tabiatga va undan tarixiy jarayonlarga 
o‘tishni o‘z ichiga oladi. 
Gegel dialektikasida harakatning umumiy shakllari tasavvur 
qilingan. Dialektika uchga bo‘linadi: Borliq, mohiyat va tushuncha. 
Borliq fikrning eng dastlabki va mavhumiy shakli bo‘lib, sifat, miqdor va 
me’yor tushunchalarida konkretlashadi. Borliqni oxirigacha ko‘rib chiqib, 
uning o‘zida o‘ziga o‘zi qarshi turuvchi va in’ikos etuvchi holat mohiyat 
kategoriyasini yuzaga keltirishni ta’kidlaydi. Go‘yoki borliqning 
borliqqa in’ikosi mohiyatni keltirib chiqaradi. Mohiyat bilan hodisaning 
sintezi voqelik kategoriyasini keltirib chiqaradi. Lekin mohiyat borliqdan 
ajralgan holda bo‘la olmaydi. O‘zida borliqni ham, mohiyatni ham 
birlashtiruvchi dialektikaning bosqichini Gegel tushuncha deb bilgan1
Shunday qilib, mavhumlikdan konkretlikka, hodisalarning ichki 
ziddiyatlarini xal qilinishi asosida ular sifatining bir holdan ikkinchi 
holatga o‘tishi ekan. Bu holda rivojlanishning o‘zi «mutlaq rux»ning 
borliqdan mohiyatga, mohiyatdan tushunchaga boruvchi bosqichma-
bosqich rivojlanishidir. Gegel obyektiv idealist sifatida aynan tushun-
chani borliq va mohiyatning eng yuqori cho‘qqisi deb bilgan. Tushuncha 
Gegelda ham subyekt ham obyekt va mutlaq g‘oyadir. 
Gegelning fikricha, rivojlanishning har bir bosqichi o‘z prinsipiga 
ega, ya’ni bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish, refleksiya (in’ikos) va 
ichki rivojlanish. Rivojlanishning shu yo‘lida ilmiy tafakkur va falsafiy 
kategoriyalar tizimining barcha bosqichlarining dialektikasi ifodalanadi, 
ya’ni sifat, miqdor, me’yor, mohiyat va hodisa, ayniyat va tafovut,sabab 
va oqibat, tasodif va zaruriyat, imkoniyat va voqelik va hokazo. 
Gegel dialektikasining modeli sifatida obyektiv reallik emas, uni aks 
etuvchi tafakkur, namoyon bo‘ladi. Gegelning ta’kidlashicha, dunyoda 
sodir bo‘layotgan barcha hodisalar obyektiv reallikda emas, balki 
g‘oyalarda ifodalanadi. 


 124
Gegel dialektikasi qanchalik qimmatli bo‘lmasin, u cheklangan edi. 
Chunki u olamning va bilishning taraqqiyoti tugallangan deb hisobla-
nadi, unda taraqqiyot g‘oyasi faqat g‘oyaviy hodisalarga joriy etilgan, bir 
qancha mantiqiy kategoriyalarni rivojlantirishda sxemaviylik, chunonchi, 
triada va sun’iylik, yasamalik bo‘lgan, dialektik sxemalari tor, biqiq 
bo‘lgan va bu dialektikadan ilmiy, ijtimoiy xulosalar chiqarilmagan. 
Gegel dialektikasidan keyin maydonga kelgan materialistik 
dialektika narsa hodisalarning umumiy aloqadorligi, munosabati, o‘zaro 
ta’siri, bir-birini taqozo, inkor etishi haqida nazariyani yaratdi. 
Materialistik dialektikaning nazariy asosi bo‘lib, borliq haqidagi 
obyektiv dialektik ta’limot, dialektik materializm asosida qurilgan bilish 
nazariyasi va mantiq hisoblanadi. Demak, materialistik dialektika o‘z 
fundamental nazariy asosiga ega bo‘lgan muayyan murakkab tizimni 
tashkil etuvchi eng ilg‘or, g‘oyat ilmiy, buyuk ahamiyatli ta’limot ekan. 
Biz ma’ruzamiz davomida mazkur murakkab tizimning mohiyatini ochib 
borishga harakat qilamiz. Hozirda esa yuqorida aytganlarimizga qisqacha 
xulosa qilsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Birinchidan, dialektika dastlab paydo bo‘lganda bahslashuv san’ati 
sifatida tan olingan bo‘lib, haqiqatga borishning asosiy vositasi sifatida 
tasavvur qilingan. Keyinchalik, madaniyat, fan taraqqiyotida sekin-asta 
dunyoni bilishning uslubi sifatida ifodalangan. 
Ikkinchidan, dialektika ta’limot sifatida uch xil tarixiy ko‘rinishida 
shakllanib, stixiyali dialektika, idealistik dialektika va materialistik 
dialektika bosqichlarini bosib o‘tgan.
Uchinchidan, dialektika dunyoni tasavvur qilishda qo‘llaniladigan 
tafakkurning o‘ziga xos shunday uslubiki, unda barcha hodisalar o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan holda turli xil aloqalarda, qarama-qarshi kuchlar va 
yo‘nalishlarning bir-birini taqozo qiluvchi munosabatlarida namoyon 
bo‘ladi deb izohlanadi. 
Dunyoni bilishning dialektik usuliga qarshi tafakkur usuli falsafa 
tarixida metafizika deb yuritilgan. Metafizika grekchadan olingan bo‘lib, 
tom ma’noda fizikadan keyin degan ma’noni anglatadi. Miloddan oldingi 
I asrda mutafakkir Andronik Rodosskiy Aristotelning rejasiz, tartibsiz 
yozilgan falsafiy traktlarni umumlashtirgan holda tartibga solib 14 kitob 
holida yaratgan mazkur to‘plamni «Metafizika» nomi bilan belgiladi. 
Shu tariqa metafizika atamasi birinchi bor ishlatila boshladi. Keyinchalik 
«metafizika» tushunchasini dialektikaga qarshi uslub sifatida birinchi bor 
Gegel ishlatgan. Metafizikaga bir tomonlamalik, mavhumlik, butunning 
tarkibidagi biron-bir holatni mutlaqlashtirish xosdir. 


 125
Metafizika – dialektikaga qarshi bo‘lgan tafakkurning shunday 
uslubiki, unda rivojlanishning manbai ichki ziddiyatlardan emas, balki 
alohida, tugallangan va o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan jism, hodisa va 
jarayonlarning oddiy o‘rin almashuvidan iboratdir deb izohlanadi. 
Metafizika – Spinoza, Leybnis, Karl Liney kabi mutafakkirlarning 
qarashlarida o‘z ifodasini topgan. 
Dogmatizm (grekcha «qotib qolganlik» ma’nosini anglatadi) –
metafizik tafakkur ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, o‘zgarmas tushunchalar, 
formulalar asosida o‘rganilayotgan obyektning joyi vaqtiga tegishli 
bo‘lgan aniq sharoitlarini hisobga olmagan holda biron-bir tomonini 
mutlaqlashtirish, shuningdek, narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqadorlik va bog‘liqlikni inkor etishdir. 
Sofistika (grekcha «ustomonlik bilan bahslashuv» ma’nosini angla-
tadi) – metafizik tafakkurning bir ko‘rinishi bo‘lib, unda ma’lum 
maqsadga bo‘ysundirilgan haqiqat sirtdan qaraganda go‘yoki shakli 
to‘g‘ri, lekin haqiqatda bahs obyektini ifodala olmaydigan soxta dalillar 
asosida isbotlanadi. 
Sofistikaga xos sifatlardan biri – hodisalarni ularning o‘zaro 
aloqadorliklaridan yulib olgan holda, bir guruh hodisalarga tatbiq qilish, 
yoki bir tarixiy davrga oid jarayonlarni boshqa bir tarixiy davrga 
moslashtirish. 
Eklektika (grekcha «tanlayman») muhim va muhim bo‘lmagan, 
asosiy va ikkinchi darajali bog‘lanishlar o‘rtasidagi farqni hisobga 
olmaydigan, tasodifiy metodologik uslub bo‘lib, narsa va hodisalarning 
turli tomonlari va hodisalarini mexanik ravishda birlashtirishga 
asoslanadi. Grek faylasufi Potamon birinchi bo‘lib, bu iborani ishlatgan 
va o‘z maktabini shu nom bilan atagan. Materialistlar bilan idealistlarni, 
dialektiklar bilan metafiziklarni birlashtirishga harakat qilgan 
revizionistlar ham eklektiklarning davomchilaridir. 
XX asrda rivojlanish haqida dialektikadan farq qiluvchi sinergetika 
deb nomlanuvchi yangi ta’limot vujudga keldi. Sinergetika (yunoncha 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin