Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Ekologik muammo va uning bartaraf etish yo‘llari


səhifə40/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

4-§. Ekologik muammo va uning bartaraf etish yo‘llari 
«Ekologiya» so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, «oikos» – «turar-
joy», «yashash muhiti», «logos» esa «ta’limot» ma’nolarini anglatadi. 
Ekologiya tirik organizmlar bilan atrof muhit munosabatlarini 
o‘rganuvchi fandir. Yana qisqacha ta’rif berilsa: – ekologiya – jamiyat va 
tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan. 
Odam paydo bo‘lgan davrdan to hozirga qadar tabiatga ta’sir qilib 
uni batamom o‘zgartirib yubordi. Keyingi ming yilliklar davomida inson 
faoliyati natijasida yer shari yuzasi iqlimi, o‘simligi, hayvonot 
dunyosining tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketganligi bunga misol 
bo‘la oladi. E’tirof etish kerakki, insonning istiqbolni o‘ylamay qilgan 
xata-harakatlari ko‘r-ko‘rona qilmishlari tufayli tabiat behad ozor chekdi, 
ko‘p narsalardan abadiy judo bo‘ldi. Har xil kosmik changlar, issiqlik 
elektr stansiyalari, avtomobillar sonining tez o‘sib borishi, radioaktiv 
moddalar va boshqalar ta’siri ostida barcha jonli mavjudotning hayot 
manbai bo‘lgan havo toqat qilib bo‘lmaydigan daraja ifloslanmoqda. 
Bunday dahshatli hodisalar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida 
tez-tez bo‘lib turibdi. Atrof-muhitning radioaktiv va kimyoviy chiqin-
dilar bilan bulg‘anishi aholining chorva mollarining, parrandalarning 
daryo va ko‘llardagi suv omborlari va okeanlardagi baliq va boshqa 
jonivorlarning ko‘plab zaharlanishga sabab bo‘lmoqda. Olimlar havo


 115
suv va yer ustining zaharlanishi shu tariqa davom etadigan bo‘lsa 
sivilizatsiya halok bo‘lishi mumkin deyishmoqda. Akademik 
A.YE.Fersmanning fikricha, agar atmosfera tarkibidagi karbonad 
angidrid miqdori ikki baravar ko‘paysa, bu narsa yer yuzidagi 
haroratning 4 darajaga ko‘tarilishiga olib boradi. Uning hisobicha bu 
voqea 500 yildan keyin sodir bo‘lishi kerak.
Suv ta’minotining an’anaviy manbalari hisoblangan daryolar, 
ko‘llar, shimoliy qutb muzliklari, dengizlar, suv omborlari ifloslanmoq-
da. Insoniyatning eng katta oziq-ovqat manbai bo‘lgan jahon okeanlari 
ham hozirgi vaqtda inson sivilizatsiyasi qurboni bo‘lmoqda. Har yili 
jahon okeaniga o‘n million tonnagacha miqdorda neft va neft 
mahsulotlari kelib tushadi. Masalan, Meksika ko‘rfazidagi dengiz osti 
quvurlaridan oqib chiqqan neft (2010-yil). 
Inson o‘zining ko‘p asrlik xo‘jalik faoliyatida yetmish ikki hayvon 
turini butunlay yo‘q qilib yubordi. O‘zimizning O‘zbekistonda ham 
Turon yo‘lbarsi, yo‘l-yo‘lli sirtlon kabi hayvonlar yo‘q bo‘lib ketdi. 
Oqquyruq, qoraquloq, Ustyurt qo‘ylari, Buxoro bug‘usi, oq tirnoqli 
qo‘ng‘ir ayiq kabilar esa yo‘q bo‘lish arafasida turibdi.
XX asr o‘rtalarigacha hatto yaqin-yaqinlargacha ham inson tabiatga 
hokim, uni istaganicha o‘zgartirishi, irodasiga bo‘ysundirishi mumkin 
degan noto‘g‘ri fikr ustunlik qilib keldi. O‘sha sharoitlarda shu fikr 
dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida, jumladan o‘zimizda ham qo‘llab-
quvvatlandi. Tabiatni iqtisodiyot talablariga moslashtirib o‘zgartirish avj 
olib ketdi. Qancha-qancha loyihalar vujudga keldi, daryo va ko‘llardagi 
baliqlar, parrandalar, hayvonlar ehtiyojidan ortiqcha ovlandi va 
ko‘pchiligi hozir yo‘q bo‘lib ketdi. Bir paytlar Amudaryoning o‘zidagina 
140 dan ortiq baliq turi bo‘lganligiga endi ishonish qiyin. O‘rmonlarga 
nisbatan ham ko‘r-ko‘rona munosabatda bo‘lishi tufayli yer sharida 100 
yil avvalgi 7200 million gektar o‘rmondan hozir 4100 million gektar 
o‘rmon qoldi. Shu sababli ham tabiatni muhofaza qilish bugungi kunda 
insoniyat oldida turgan dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.
Inson tabiatida o‘ziga kerakli narsalarni olish bilan bir qatorda unga 
har xil ishlab chiqarish chiqindilarini tashlab, tabiatni zaharlamoqda. 
Industrial jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bir kishi hisobiga har yili 
tabiatdan 30 tonna modda olinib, uning atiga 1-1,5% iste’mol 
mahsulotlari sifatida foydalanilmoqda. Qolganlari esa chiqindi sifatida 
tashlab yuborilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra har yili atmosferaga 
200 million tonnadan ziyod is gazi, qariyb 150 million tonna oltingugurt 


 116
oksidi, 53 million tonna azod oksidi, 50 million tonnadan ortiqroq har xil 
uglevodlar chiqarilmoqda. Jahon sanoati har yili tabiatga 32 milliard m3 
ifloslangan suv, 70 million tonna zaharli gazlar va 250 million tonna 
changni chiqarib tashlamoqda.
Oqibatda biosfera o‘z-o‘zini tozalashga ojiz bo‘lib qolmoqda. Hozir 
atmosferada zaharlangan (uglekislota) gazning miqdori qariyb 20%ni 
tashkil etadi. Ularning hammasi inson sog‘lig‘iga ta’sir etib ular o‘rtasida 
rak va boshqa kasalliklar soni yildan yilga ortib ketmoqda. Hozirgi 
paytda dunyo bo‘yicha 500 ming kishi rak bilan kasallangan bo‘lsa, 
uning 60 % atrof-muhitdagi har xil konserogen moddalarning ko‘payishi 
natijasida hosil bo‘lgan.
Tabiiy muhitni muhofaza etishni yoki boshqacha aytganimizda 
ekologik xavfsizlikka alohida e’tibor berishni paysalga solib bo‘lmaydi. 
Bu sohadagi hozirgi ahvol tahlikali bo‘lib turibdi. Vaziyat zudlik bilan 
harakat qilishni taqozo etmoqda. 
Tabiatga mehr-muhabbat bilan yondashish, tevarak-atrofni, suvni, 
havoni tuproqni, hayvonotu nabototni asrab-avaylash haqida islom 
ta’limotida ham muhim g‘oyalar mavjud. Biz yashayotgan koinotdagi 
yer yuzidagi barcha noz-ne’matlarning qadriga yetish, ularni e’zozlash, 
ularni asrash, iflos qilmaslik har bir mo‘min-musulmonning burchidir. 
Qur’ondagi oyatlarda payg‘ambarimiz hadislarida hayvonot olami, 
nabotot olami va atrofimizda o‘rab turgan boshqa narsalarni to‘la-to‘kis 
himoya qilish, saqlash, ularni buzmaslik, isrof qilmaslik to‘g‘risida 
ko‘pgina maslahatlar mavjud, ularni doim esda tutishimiz kerak. 
Mamlakatimizning taraqqiyot va demokratiya yo‘lidan izchil 
borishida O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan boy tabiiy resurslarga 
tayaniladi. Mustaqil taraqqiyotning ilk kunlaridanoq ulardan oqilona 
foydalanish va kelgusi avlod uchun sof atrof tabiiy muhitni asrab 
avaylash yo‘lidan borilmoqda. Bu mamlakatimiz aholisining ma’nan boy 
va sog‘lom hayotini ta’minlashdagi asosiy shart va omillardan biridir. 
Mamlakatimiz tabiati, aniqroq uning suv va tuprog‘i haqida 
muayyanroq to‘xtalsak. Suv – sayyoramiz bioxilma-xilligini, 
ekotizimning tiriklik manbaidir. Yer sharining 71% suv bilan qoplangan. 
Ichimlik (chuchuk) suvi umumiy suv miqdorining 2% ga yaqinini tashkil 
qiladi. Yer kurramizda hayotning boqiyligi ko‘p jihatdan yerdagi suv 
manbalari, ayniqsa chuchuk, ichimlik suv zaxiralarini asrash, 
ifloslantirmaslik, tejab-tergab foydalanishimizga bog‘liqdir. Keyingi yuz 
yillikda insoniyatning xo‘jasizlarcha munosabati tufayli suv zaxiralari 


 117
kamayib ketyapti. Oqibatda insoniyat suv resurslarining ijtimoiy, 
iqtisodiy muammolariga duch kelyapti. 
Mamlakatimizda suv resurslari zaxiralarini muhofaza qilish 
transchegaraviy suv manbalaridan foydalanish, undan tejab-tergab
oqilona foydalanish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan 
hisoblanadi. Yer osti va yer usti chuchuk ichimlik suv zaxiralarini 
muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanish borasida respublika 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi sa’y-harakati bilan muayyan 
ishlar amalga oshirildi. Masalan, Yer osti suvlari hosil bo‘ladigan 
zonalarga alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomini berish 
va daryolarning suvni muhofaza qilish zonasini va qirg‘oq bo‘yi 
polosasini, shuningdek, transchegaraviy daryolar – Amudaryo va 
Sirdaryoning respublika hududidan oqib o‘tuvchi qismlarida suvni 
muhofaza qilish mintaqalari va qirg‘oq bo‘yi polosalari belgilash 
to‘g‘risida Hukumat qarorlari qabul qilinib, tegishli vazirliklar, 
qo‘mitalar mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, shuningdek, 
korxonaga va tashkilotlar tomonidan bajarishlari lozim bo‘lgan vazifalar 
belgilab berilgan. 
Yurtimizda asosan 77 ta manbada chuchuk yer osti ichimlik suvlari 
mavjud bo‘lib, ularning umumiy zaxirasi 57,6 mln.m / sutkani tashkil 
etadi. Yer osti suv zaxiralarining 34,5 foizi Farg‘ona vodiysida, 24,6 
foizi Toshkent viloyatida, 18 foizi Samarqand viloyatida, 9 foizi 
Surxondaryo viloyatida, 5,5 foizi Qashqadaryo viloyatida, 7 foizi 
atrofidagisi esa qolgan viloyatlarda hosil bo‘ladi. Yurtimizning tabiiy suv 
manbalari – milliy boyligimiz. Uni asrash, avaylash, tejab foydalanish, 
kelajak avlodlarimizga sof holda yetkazish biz uchun ham qarz, ham 
farzdir. 
Yer – xalq boyligi, qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish 
vositasi hisoblanadi. Tabiat komponentlari – tog‘ jinslari, suv, havo, 
tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘ziga xos xususiyatlari bilan 
tabiiy va antropogen ta’sirlarda rivojlanishi, sifat va tarkibiy o‘zgarishi 
kuzatilsa-da, ular o‘zaro uzviy bog‘langandir. Ular o‘rtasida to‘xtovsiz 
modda almashinuvi amalga oshadi va natijada tabiiy hududiy 
komplekslar hosil bo‘ladi. 
Insoniyat tarixi davomida 2 mlrd gektardan ortiq unumdor tuproqli 
yerlar yaroqsiz holga keltirilgan. Har yili sayyoramizdagi qishloq 
xo‘jaligi uchun yaroqli yerlar maydoni sho‘r bosishi, cho‘lga aylanishi, 
yemirilishi natijasida 5-7 mln gektarga kamaymoqda. 


 118
Yer yuzida dehqonchilik maqsadlarida ishlatiladigan maydonlar 
mavjud yerlar hududining 10 foizini tashkil qiladi. BMT ma’lumotlariga 
ko‘ra, sayyoramizning foydali yerlariga zamonaviy agrotexnika bilan 
ishlov berilsa, yer yuzida 40 mlrd aholi o‘rtacha ta’minot bilan yashashi 
mumkinligi qayd etilgan.
Yer yuzi tuproq qatlamining hozirgi holati birinchi navbatda, 
kishilik jamiyatining faoliyati bilan belgilanadi. Inson tuproqlarning 
hosildorligini oshirishi, yerlarning holatini yaxshilashi mumkin. Shu 
bilan birga, shahar va yo‘llarning qurilishi atrof muhitning ifloslanishi, 
agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar 
bevosita yo‘q qilinishi, yaroqsiz holga kelishi, yemirilishi mumkin. 
Tabiatdan foydalanish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini belgilovchi 
mezonni aniqlash juda murakkab. 
Insonlar qadimdan yer qa’ridan kerakli foydali qazilmalarni qazib 
olib ishlatib kelganlar. Jamiyat tarixi asosiy ishlatilgan qazilmalar 
nomiga mos ravishda «tosh davri», «bronza davri», «temir davri» – deb 
nomlangan. Vaqt o‘tishi bilan foydali qazilmalarni qidirib topish va 
ishlatish sur’atlari ham oshib bordi. Hozirgi kunda insoniyat ehtiyojlari 
uchun yiliga 120 mlrd tonnadan ortiq foydali qazilmalar, tog‘ jinslariga 
solinmoqda. Insoniyat ehtiyojlarining o‘sishi natijasida foydali 
qazilmalarni qidirish, ishlatish hajmi ortib bormoqda. Hozirgi davrda 
insoniyat foydalanadigan minerallar va tog‘ jinslarining soni 3500dan 
ortiqdir. Ulardan 250 turi mineral xom ashyolar: yoqilg‘i va energetik 
xom ashyo – neft, gaz, ko‘mir, uran va boshqalar, kimyoviy xom 
ashyolar, qurilish materiallaridir. Qazib olish jarayonida texnologiyaning 
talabga to‘la javob bermasligi natijasida ko‘mirning 45 foizi, neftning 60 
foizigacha, metallarning 25 foizigacha qolib ketadi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ekologik muammolarni hal 
qilish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish borasida O‘zbekiston 
Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan 
muayyan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari asosida respublika va viloyat ahamiyatiga 
molik 19 ta chuchuk yer osti suvlari hosil bo‘ladigan jami 407,36 ming 
gektar maydonga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi berilgan. 
Tabiatni asrash, ekologiyani yaxshilash maqsadida 2008-yil 2-
avgustda mamlakatimiz ekolog olimlari, shu yo‘nalishda ish olib 
borayotgan tashkilotlar va faol jamoatchilikning tashabbusi asosida 
«O‘zbekiston ekologik harakati»ning tuzilganligi bugungi davrning 


 119
dolzarb talabi hisoblanadi. Ekoharakat – O‘zbekiston fuqarolarining 
bugungi va kelajak avlodi qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish, 
sog‘liqni saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy 
boyliklardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizligini ta’minlashga 
bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish va ularga so‘zsiz rioya etilishiga 
qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda bevosita 
faol ishtirok etishga hamda bu borada jamiyatning barcha sa’y-
harakatlarini safarbar qilishga intiluvchi mamlakat fuqarolari va 
tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiruvchi ommaviy jamoat 
harakatidir. 
«Sog‘lom muhit – inson salomatligi» g‘oyasi Ekoharakatning asosiy 
shiori etib qabul qilingan. Sog‘lom atrof-muhit muhofazasi davlatimiz, 
jamiyatimiz va har bir fuqaroning vazifasi bo‘lishi kerak.
Ekoharakatning o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari 
to‘g‘risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunlari, 
boshqa qonun va qonunosti hujjatlari hamda o‘zining Ustavi va 
Dasturiga muvofiq ravishda amalga oshiradi.
Ekoharakat o‘z faoliyatini ixtiyoriylik, qonuniylik, o‘zini-o‘zi 
boshqarish va oshkoralik tamoyillariga asoslangan holda olib boradi.
Ekoharakat hozirgi kunda globallashib borayotgan ekologik 
muammolarni faqat xo‘jalik faoliyatida resurs tejovchi va ekologik toza 
texnologiyalarni joriy qilish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga 
oshirish va sohada qonunchilikni takomillashtirish bilangina hal etish 
mumkin emasligini e’tirof etadi. Ekoharakat aholining ekologik ta’lim va 
tarbiya tizimini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.


 120

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin