110
saqlaydi. Agar elektromagnit o‘zaro ta’sirlari bo‘lmaganda edi – quyosh
nurlari (ya’ni elektromagnit nurlanishlari) Yerga yetib kelmagan bo‘lar
edi va Yerda hayotiy jarayonlar shakllanmagan bo‘lar edi.
Yer, uning tabiiy yo‘ldoshi Oy va boshqa sayyoralar quyosh atrofida
harakatlanadi. Bu sistemaning va umuman butun Koinotning
strukturaviy yaxlitligi esa gravitatsion o‘zaro ta’sirlari tufayli saqlanadi.
Gravitatsion o‘zaro ta’sirlari biriktirib turgan dunyo – megadunyo
deb ataladi. Ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langandir, shuningdek,
ular bir-biriga almashinishi ham mumkin. Hozir megadunyo hisoblangan
koinotimiz bundan 15-20 mlrd yil muqaddam o‘ta kichik mikroskopik
obyekt bo‘lgan, degan taxminlar bor. Shuningdek, biz mikroobyekt deb
hisoblayotgan elementar zarracha neytron o‘zining ichida milliardlab
yulduz va galaktikalariga ega bo‘lgan butun boshli Koinot bo‘lishi va
aksincha, diametri bir necha milliard yorug‘lik yiliga teng bo‘lgan ulkan
Koinotimiz ham chetdan kuzatayotgan kishiga o‘ta kichik elementar
zarracha hisoblanishi ham mumkin. Borliqning strukturaviy tuzilishini
uning sifatiy rivojlanishi nuqtai nazaridan olib qarasak, moddiy olam bu
holda ham uchta darajaga ajraladi. Uning tashkiliy struktura darajalarini:
anorganik dunyo (notirik tabiat), organik dunyo (tirik tabiat) va ijtimoiy
dunyo (jamiyat)ga ajratiladi. Ular bir-biridan xilma-xilligi, uyushganligi,
nisbiy mustaqilligi va faolligi bilan farq qiladi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: