TABIATNING FALSAFIY TAHLILI
1-§. «Tabiat» tushunchasi, uning mohiyati
Tabiat falsafada ishlatiladigan asosiy tushunchalardan biridir. U
keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Bu haqda falsafa fanlari doktori
B.A.Voronovich shunday deydi: «Falsafiy adabiyotda “tabiat”
tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda tabiat bu –
obyektiv reallikdir, dunyoda esa harakatdagi materiyadan boshqa narsa
yo‘q. Tabiatning oliy mahsuli va bir qismi insondir. Mehnat tufayli u
tabiatdan ajralib chiqdi va ijtimoiy inson bo‘ldi. Tor ma’noda, tabiat bu –
insonni o‘rab turgan har xil ko‘rinishdagi hodisalar olami. Shu ma’noda
102
tabiat o‘zida obyektiv reallikni ifoda etadigan tushuncha, obyektiv reallik
jamiyatga, uning ongi va faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud.
Nimaiki jamiyat bo‘lmasa tabiatdir»
1
. Insonni qurshab turgan tabiatni,
uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini falsafiy nuqtai
nazardan fahmlash, ilmiy bilish amaliyotida katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiat benihoyat xilma-xil shakl va ko‘rinishlarda bo‘lib, insonni
qurshab turgan moddiy olam, butun borliqni o‘z ichiga qamrab oladi. U
keng ma’noda olganda materiya, koinot tushunchalarini ham ifodalaydi.
Keng ma’nodagi tabiat – bu harakatdagi materiyaning rang-barangliligi,
uning xususiyatlari va holatidir. Keng ma’nodagi «tabiat» tushunchasi bu
moddiy olamni, jamiyat va insonni ham qamrab oladi.
Tor ma’nodagi tabiat – bu moddiy dunyo, u materiya harakatining
ijtimoiy shaklini o‘zida qamrab olmagan.
Agar biz «tabiat» tushunchasini tor ma’noda, ya’ni inson va
jamiyatni o‘rab turgan tabiiy geografik hodisa sifatida talqin qilsak, u
holda bu tushuncha butunlay boshqa ma’no kasb etadi. Bu holda tabiat
deganda inson yashashi uchun yaratilgan jamiyatdan tashqari mavjud
butun moddiy dunyo tushuniladi. Bu tabiiy sharoitlar o‘ziga quyidagi
komponentlarni qamrab oladi:
1) iqlim;
2) joyning tuzilishi (relyef);
3) yerning hosildorlik darajasi;
4) o‘simlik va hayvonlar;
5) foydali qazilmalar va boshqa xomashyo manbalarining mavjudligi;
6) suv resurslari va boshqalar.
Tabiatning obyekt va hodisalari – bu uzoq yulduzlar shu’lasi, mayda
elementar zarrachalar, bepoyon okean, dengiz va o‘rmonlar, daryolardir.
Bu yerdagi hayotning cheksiz rang-barangliligidir. Quruqlik, koinot ham
«tabiat» tushunchasiga kiradi. Shu nuqtai nazardan «tabiat» «materiya»
tushunchasiga yaqindir. Shuning uchun tabiat bu turli-tuman
ko‘rinishdagi va shakllardagi materiyadir.
Agar tabiat uning har xil shakllarida olib qaralsa, uni materiya
deyish mumkin. Ammo tabiat ko‘pincha cheklangan ma’noda, inson
mavjudligining tabiiy sharoitlari majmuasi sifatida ishlatiladi.
Tabiat inson mehnati qaratilgan soha, inson mehnatining predmeti,
mehnat vositalari va oziq-ovqat zamini deb tavsiflanadi. Inson jismoniy
1
ȼɨɪɨɧɨɜɢɱ Ȼ.Ⱥ. Ɏɢɥɨɫɨɮɫɤɢɟ ɩɪɨɛɥɟɦɵ ɜɡɚɢɦɨɞɟɣɫɬɜɢɹ ɨɛɳɟɫɬɜɚ ɢ
ɩɪɢɪɨɞɵ. – Ɇ., 1982.
103
va ma’naviy jihatdan tabiat bilan bog‘langan, ya’ni tabiat insonning ham
jismoniy, ham ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi.
Antik davrda tabiat qandaydir harakatlanuvchi, o‘zgaruvchi bir
butun narsa deb tushunilgan. Antik davr faylasuflarining fikricha,
«koinot» tushunchasi «tabiat» tushunchasini ham qamrab oladi. Shu
bilan birga koinot xaosga qarama-qarshi qo‘yilgan va hajm jihatidan
keng, yaxshi tashkil topgan va takomillashgan narsa deb talqin qilingan.
Sharq falsafasi va islom ta’limotida, o‘rta asrlar xristianlikda Olloh
hamma narsaning ibtidosi, materiyani ham, tabiatni ham Tangri taolo –
Xudo yaratgan, deyiladi. Xristianlikda tabiat Olloh tomonidan yaratilgan
va insonga nisbatan takomillashmagan, inson esa undan yuqoriroq va u
ruhga ega deb tushuntirilgan.
Keyinchalik tabiatni o‘rganadigan – tabiatshunoslik fani vujudga
kelgan. Uyg‘onish davrida tabiatga munosabat o‘zgarib borgan. Inson
o‘zi uchun tabiatni go‘zalligini, maftunkorligini ocha boshlagan. Tabiat
moddiy va ma’naviy talablarni qondirish manbai ekanligini ko‘ra
boshlagan. Insonni tabiatga stixiyali yondashuvi cheklanib, aqliy
yondashuvning ahamiyati oshib borgan. Jamiyat va tabiat munosabat-
larida aqliylik va insonparvarlikning roli oshgan.
Inson va tabiat munosabatlari haqida «atrof-muhit» tushunchasi
bizga to‘laroq tasavvur beradi.
Odatda atrof muhit ikkiga bo‘linadi: tabiiy atrof muhit va sun’iy
atrof muhit. Tabiiy atrof muhit geosfera va biosferani qamrab oladi.
Insonga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘lgan va mavjud bo‘lib turgan
moddiy tizimlar tabiiy atrof-muhitga kiradi va ular inson faoliyati
obyekti bo‘lishi mumkin. Kosmik texnologiya rivojlanishi va koinotni
o‘zlashtira boshlanishi natijasida quyosh tizimining bir qismi ham tabiiy
atrof muhitga kiritila boshlandi. Ilgarilari tabiiy atrof muhit deganda
faqat geografik muhit tushunilar edi. Bu albatta noto‘g‘ri. Tabiiy atrof
muhit rivojlanuvchi tizimdir.
Inson yashaydigan tabiiy atrof muhit ikki guruhga bo‘linadi:
a) inson hayoti uchun zarur tabiiy manbalar (yovvoyi o‘simliklar,
mevalar, hayvonlar va hokazo);
b) mehnat predmeti bo‘lgan tabiiy boyliklar (ko‘mir, neft, shamol va
oqayotgan suv energiyasi va hokazo).
Dastlab insonlarda birinchi guruh tabiiy atrof muhit katta qiziqish
uyg‘otgan, keyinchalik ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi
natijasida tabiiy atrof muhitning ikkinchi guruhiga qiziqish kuchaygan.
104
O‘zbekistonda ikkinchi guruh juda boy va rang-barangdir. I.A. Karimov
o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida bu haqda
gapirgan
1
.
«O‘zbekiston o‘z yeri osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi –
bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha
elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali
qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan.
Ular yuzga yaqin mineral-xom ashyo turlarini o‘z ichiga oladi... G‘oyat
muhim strategik manbalar – neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo‘yicha
155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo‘yicha – 40 dan ortiq,
rangli, nodir va radioaktiv metallar bo‘yicha – 40, konchilik – kimyo
xom ashyosi bo‘yicha 15 ta kon qidirib topilgan. Qidirib topilgan gaz
zaxiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko‘mir 2 mlrd tonnadan ortiq, 160
dan ortiq neft koni mavjud»
2
.
Inson o‘z ehtiyojini qondirish uchun tabiat bilan munosabatga
kirisha boshlagan, ya’ni ishlab chiqarish vujudga kelgan. Ishlab
chiqarishning rivojlanishi natijasida inson o‘z yashashi uchun zarur
bo‘lgan narsalarni yarata boshlagan va sun’iy atrof muhit vujudga kelgan
yoki ikkilamchi tabiat.
Ikkilamchi tabiat nafaqat jonsiz predmetlar, balki tirik organizmlar:
o‘simliklar, hayvonlarni ham qamrab oladi. Bunday o‘simlik yoki
hayvon turlarini inson sun’iy tanlash yoki gen injeneriyasi yordamida
yaratgan. Masalan, qadimgi Gretsiyada olmaning 2 turi mavjud bo‘lgan.
Hozir esa 2000 dan ziyod navi yetishtirildi. Vatani Amerika bo‘lgan
makkajo‘xorining 3000 dan oshiq navi mavjud. Vatani Afrika bo‘lgan
tarvuzning 170 dan ortiq navi ko‘pgina davlatlarda keng tarqalgan.
Bularni hammasini inson yaratgan.
Jamiyat rivojlangan sari ikkilamchi tabiat o‘sib boryapti. Buni
quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin. Inson tomondan sun’iy yaratilgan
jonsiz predmetlar va tirik organizmlar majmuasi texnomassa deyiladi.
Inson tomondan o‘zlashtirilmagan tirik organizmlar majmuasi biomassa
deyiladi. Amalga oshirilgan hisoblar shuni ko‘rsatadiki inson tomondan
har yili yaratilayotgan texnomassa taxminan 10
13
Ø
14
tonnani tashkil
qiladi, biomassa esa 10
11
Ø
12
tonnani tashkil qiladi. Bundan ko‘rinayaptiki
1
Yüklə Dostları ilə paylaş: |