Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Hozirgi zamon fani materiya haqida


səhifə33/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

2-§. Hozirgi zamon fani materiya haqida 
Obyektiv borliq hamisha harakat qilib turuvchi materiyadan iborat. 
Moddiy dunyo xilma-xildir, unda sodir bo‘ladigan hodisalar ham turli-
tumandir. Ularning asosini nima tashkil qiladi degan savol ko‘pgina 
kishilarni qiziqtirib kelgan. Falsafadagi ikkita oqim bu savolga ikki xil 
javob berishgan. 
Idealizm vakillari narsa va hodisalar asosini sezgi, ilohiy iroda yoki 
mutlaq g‘oya tashkil etadi deb tushuntirishgan. 
Materialistlar esa hodisalarni tabiiy tushuntirishga harakat qilishgan. 
O‘tmishdagi materialistlar materiyani real narsalar va hodisalarning biror 
aniq shakllari bilan taqqoslashga harakat qilganlar. Fales dunyoning 
asosini suv tashkil qiladi degan. Geraklit esa hamma narsaning asosini 
olov tashkil qiladi deydi. Ba’zi materialistlar dunyoning asosini, barcha 
narsa va hodisalarning asosini to‘rtta element tashkil qiladi deyishgan. 
Bular: suv, olov, havo, tuproq. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda 
materiyaga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Materiya obyektiv 
reallikni ifodalovchi falsafiy kategoriya bo‘lib, bu obyektiv reallikni 
inson o‘z sezgilari bilan idrok qiladi va u bizning sezgilarimizga bog‘liq 
bo‘lmagan holda mavjuddir, bizning sezgilarimiz undan nusxa, surat 
oladi, uni aks ettiradi.
Ta’rifda materiya ongimizning obyektiv manbai ekanligi va uni 
bilish mumkinligi ta’kidlanishi bilan birga, o‘tmishdagi falsafiy 
sistemalardan farqli, materiya hissiy qabul qilinadigan jismlardan, 
moddalar, zarralardan va hokazolardan iborat etib qo‘ymaydi.
Materiyaning falsafiy tushunchasi uning tuzilishi va xususiyatlari 
to‘g‘risidagi tabiiy-ilmiy tasavvur bilan aralashtirib yubormaslikni talab 
qiladi. Chunki materiyaning falsafiy tushunchasi mutlaq xarakterga ega 
bo‘lib, fandagi yangi-yangi kashfiyotlar uni tasdiqlab boradi, lekin 
mohiyatini o‘zgartirmaydi. Materiyaning tuzilishi va xususiyatlari 
to‘g‘risidagi tabiiy-ilmiy tasavvur esa fan taraqqiyoti bilan o‘zgarib, 
kengayib boradi.


 93
Materiyaning falsafiy tushunchasini uning tabiiy-ilmiy tasavvuridan 
farqini tushuna olmagan ba’zi tabiatshunos va faylasuflar materiya yo‘q 
bo‘ldi degan fikrga borishdi. Buning sababi XX asr boshlarida fizika 
fanida bo‘lgan yangiliklar edi. Atomning o‘z navbatida yanada mayda 
zarrachalarga – elektron, protonlarga bo‘linib ketishini kashf etilishi 
«materiya yo‘qoldi» deb xulosa chiqarishlariga olib keldi. 
Materiya yo‘q bo‘lmaydi, uning tuzilishi haqidagi eski tasavvur-
larimiz yo‘q bo‘ladi, uning xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarimiz 
chegaralari kengayadi, uning tuzilishi va xususiyatlari to‘g‘risida 
chuqurroq tasavvur vujudga keladi. 
Materiyaning tuzilishi haqidagi hozirgi zamon ilmiy tasavvurlari 
uning tizimli tarzda tashkil topganligi to‘g‘risidagi g‘oyaga asoslangan. 
Masalan, har qanday makrojismni muayyan molekulalar majmui sifatida 
qarash mumkin. Har qanday molekula ham tizimdir. U atomlar va ular 
o‘rtasidagi muayyan aloqalardan iboratdir. Har bir atomning yadrosi o‘z 
navbatida ichki tarkibga ega. Oddiy misol, vodorod atomida yadro bir 
zarra hajmiga teng keladigan protondan iborat. Nisbatan murakkab 
atomlar yadrosi proton va o‘zaro ta’sir qiluvchi va neytronlardan tashkil 
topadi. Proton va neytronlar ham murakkab tuzilmalardir. Ular tarkibida 
ham o‘ziga xos elementlar – kvarklar mavjud.
Tirik tabiatni o‘rganganimizda ham, biz materiyaning tizimli 
tuzilishini ko‘ramiz. Masalan: hujayra va undan tashkil topgan 
organizmlar murakkab tizimlardir. Jamiyatda ham ko‘p miqdordagi 
o‘zaro tutashuvchi tizimlarning tiplari mavjuddir: odam, oila, turli 
kollektivlar, birlashmalar va tashkilotlar, partiyalar, sinflar, millatlar, 
davlatlar, davlatlarning tizimlari va yaxlit jamiyat ham.
Moddiy olamning har qanday obyekti yagona va takrorlanmasdir. 
Lekin obyektlar qanchalik yagona va takrorlanmas bo‘lmasin, ular 
tuzulishida umumiy belgilar bor. Masalan: atomlarning juda ko‘p turlari 
bor, lekin ular bir tipda tuzilgan (atomda yadro va elektron qobig‘i 
bo‘lishi kerak). Turli makrojismlarda, hujayralarda, ulardan tuzilgan tirik 
organizmlarda ham umumiy belgilar topish mumkin. Tuzilmalardagi 
umumiy belgilarning mavjudligi turli obyektlarni muayyan moddiy 
tizimlar turkumiga birlashtirish imkoniyatini beradi. Bu turkumlarni 
ko‘pincha materiya tuzilishining darajalari yoki materiyaning turlari deb 
atashadi. 
Materiyaning hamma turlari genetik ravishda bog‘langan, ya’ni 
ularning har biri boshqasidan kelib chiqadi, rivojlanadi. Hozirgi zamon 


 94
fani materiyaning tuzilishini uning darajalari iyerarxiyasi tarzida 
tasavvur qilishni o‘rgatadi. Unga ko‘ra materiya tuzilishi tashkiliy 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin