Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Markaziy Osiyo falsafasining jahon madaniyati


səhifə31/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

4-§. Markaziy Osiyo falsafasining jahon madaniyati 
 taraqqiyotidagi o‘rni 
O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosi uchun Vatan tarixi kabi
uning falsafasi, ilm-fani, qadriyatlari tarixini bilish zarurdir. Faqat tarixni 
yoki, aksincha, faqat falsafa yoki faqat madaniyat tarixini bilish 
biryoqlamalikdir. Biryoqlamalik esa, har qanday bir tomonlama hodisa 
singari, nomukammalikdir. Shuning uchun Vatan tarixi va madaniyati 


 85
tarixini bir xilda o‘rganish, bilish, vatanparvarlik tuyg‘usining muhim 
ko‘rinishi sifatida ham farz, ham qarzdir. 
Xalqimiz tarixini, uning madaniyati, qadriyatlari tarixini, jumladan 
falsafa tarixini o‘rganish O‘zbekiston mustaqillikka chiqqanidan so‘ng 
ayniqsa zaruriy ehtiyojga aylandi. Zero, o‘z xalqi tarixini, uning 
madaniyatini, dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasini bilmasdan turib 
zamonaviy, adolat qoidalariga asoslangan milliy mustaqil davlat, 
fuqaroviy odil jamiyat qurib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti I.Karimov o‘zining deyarli barcha nutq, 
maqola va asarlarida har birimizni tarixni, madaniyatimiz tarixini, 
qadriyatlarimizni o‘rganishga da’vat etmoqda. «Turkiston» gazetasi 
muxbirining savollariga bergan javoblarida Prezidentimiz bu masalaga 
yana bir to‘xtab o‘tdi. «Vatan», millat taqdiri hal bo‘ladigan qaltis 
vaziyatlarda, – deydi I.Karimov, – to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish uchun 
avvalo tarixni va hayotning achchiq-chuchugini bilish kerak...». Shu 
mavzuni davom ettirib, Prezident yana bunday dedi: «...millat, davlat, 
jamiyat taqdiri hal bo‘layotgan pallada o‘zligimizni anglash, ma’naviy 
ildizlarimizni unutmaslik katta ahamiyatga ega».
Shuning uchun o‘z xalqi tarixi, madaniyati, qadriyatlarini bilish 
barcha kasb-kor egalari, jumladan ichki ishlar xizmatida bo‘lgan 
xodimlar uchun fuqaroviy vazifalardan biridir. 
Kasb-kor talablari nuqtai nazaridan ham falsafa tarixini 
o‘rganishning ahamiyati kattadir. Gap shundaki, huquqni himoya etuvchi 
tashkilotlar, jumladan ichki ishlar tizimidagi idoralar xodimlari o‘z 
faoliyatlarida asosan joriy davrdagi huquq normalari, zamonaviy 
qonunlar va boshqa qonun kuchiga ega bo‘lgan hujjatlardan 
foydalanadilar. Falsafa tarixidan olingan saboqlar esa hujjatlarning 
tarixiy mohiyatini boyitilishiga yordam beradilar. 
Falsafa tarixini o‘rganishning eng muhim ahamiyati falsafa fanining 
umumiy xususiyatidan kelib chiqadi. Ma’lumki, falsafa va uning tarixi 
dunyoqarash bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy ta’limot va ilmdir. Shu 
xususida ham umuman falsafadan, jumladan uning tarixidan xabardor 
bo‘lgan har bir xizmatchi, xodim, mas’ul rahbar, jumladan, III xodimlari 
o‘z oldilarida turgan xilma-xil voqea-hodisalar, konkret masalalarga 
kengroq dunyoqarash, nazariy asoslar nuqtai nazaridan yondashadilar. 
Bu hol esa, masala va muammolarning odilona hal etishning muhim 
omillaridan biridir. 
Xulosa. Markaziy Osiyoda, jumladan hozirgi O‘zbekiston tuprog‘ida 
falsafiy tafakkurning yuzaga kelishi va rivojlanishi o‘ziga xos tarixiy va 


 86
ijtimoiy xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar xalqimiz tarixi 
bosqichlarining ma’naviy mazmuni hamda ijtimoiy-siyosiy holatlari 
bilan bevosita bog‘liqdir. Lekin bosib o‘tilgan tarixiy yo‘l va ma’naviy 
olam qanchalik rango-rang va o‘zgaruvchan bo‘lmasin, xalqimiz dahosi 
bilan yuzaga kelgan falsafiy g‘oyalar, tushunchalar falsafiy tafakkur o‘z 
taraqqiyoti davomida o‘ziga xos umumiy sifatlarni yetiltirib keldi. Bu 
umumiy sifatlar quyidagi xulosalarda o‘z ifodasini topgandir: 
– Markaziy Osiyoda falsafiy tafakkur tarixi jahon falsafasi tarixiy 
taraqqiyotining ajralmas va mazmunan boy qismidir. 
– hozirgi zamon falsafasining asosiy ilmiy-nazariy yo‘nalishlaridan 
biri-inson falsafasi masalalariga Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri 
tarixida qadimgi davrlardayoq e’tibor ajratildi. Bu o‘rinda inson axloqiga 
ahamiyat berilganligini qayd etish lozim. Inson falsafasi bilan bog‘liq 
holda odil jamiyat, odil hukmron g‘oyasi targ‘ib etildi. 
– bilish jarayoni bo‘yicha o‘ziga xos ta’limotni targ‘ib etdi. Sezgilar 
yordamida bilish, aqliy bilish va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik 
haqidagi g‘oyalari ilmiy falsafaning shakllanishi va rivojlanishida muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 
– Markaziy Osiyo falsafasi oddiy dialektikaning rivojlanishiga 
muayyan hissa qo‘shgan. Bu o‘rinda inson tanasi hayotiy faoliyatining 
aniq va muayyan qonun hamda tartiblari asosida harakatga kelishi 
haqidagi, jism va sayyoralarning harakati muayyan tartib-qoidalarga 
bo‘ysunishi haqidagi g‘oyalarni ta’kidlash lozim.
– Markaziy Osiyo falsafasidagi «Vahdati-vujud» va «Vahdati-
mavjud» ta’limotlari vositasida panteizm falsafasi tahlil etildi. Bu bilan 
moddiy olam va ilohiy kuch (xudo, Olloh) bir butun yaxlitlikni tashkil 
etadi, degan g‘oya ilgari surildi. 
– Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri taraqqiyotida so‘filik diniy-
falsafiy ta’limot-tasavvuf falsafasi g‘oyalari o‘ziga xos alohida 
ahamiyatga egadir. Tasavvuf falsafasining yuqori cho‘qqisi bo‘lgan 
Bahovuddin Naqshband g‘oyalari diniy-falsafiy bilimlarning tor 
doirasidan chiqib, ijtimoiy-ma’naviy fikrlar taraqqiyoti yuqori 
pog‘onasiga ko‘tarildi, insonning mohiyati, hayot mazmuni haqida ilg‘or 
ta’limotni ilgari surdi va shu bilan Markaziy Osiyoda islom targ‘iboti 
hamda komil inson targ‘ibotiga yangicha, sifatiy o‘zgarish kiritdi. 
– Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri yuqoridagi xususiyatlari bilan 
jahon falsafasi taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 


 87

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin