Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. In’ikos, uning mohiyati va shakllari


səhifə50/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

2-§. In’ikos, uning mohiyati va shakllari 
In’ikos shakllari evolutsiyasi va ong. Ong in’ikosning oliy 
shaklidir. Xo‘sh, in’ikos deganda nima tushuniladi. In’ikos muayyan 
ta’sir natijasida paydo bo‘ladi. Buning uchun esa, hech bo‘lmaganda, 
ikkita obyekt bo‘lishi va ular o‘rtasida o‘zaro ta’sir bo‘lishi lozim. 
In’ikos predmet, moddiy hodisalarning o‘zaro ta’siri natijasida 
bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirishdir. Eng umumiy ma’noda, 
har qanday predmetlarning u bilan ta’sirlashuvda bo‘lgan boshqa 
predmetlarning ta’sirini muayyan tarzda aks ettirishi bilan bog‘liq 
xossasiga in’ikos deyiladi.
Masalan: Qumda yurgan odamning oyoq izlari qoladi. Silliqqina suv 
yuzasida atrofdagi predmetlar – uy, odamlar, daraxtlar aks etadi. Bu 
hodisalarning hammasida bir predmetning ikkinchi predmetga ta’siri 
natijasida ikkinchi predmetda sodir bo‘lgan tashqi o‘zgarishlarni ko‘rish 


 152
mumkin. Ammo in’ikos faqat ushbu o‘zgarishlarda ifodalanmay, balki u 
o‘zaro ta’sir qilayotgan narsalarning ichki jarayonlari bilan ham bog‘liq. 
Masalan: ikki predmetning o‘zaro ta’siri natijasida ularda ichki, tarkibiy 
o‘zgarishlar ham bo‘ladi.
In’ikos bo‘lishi uchun predmetlararo o‘zaro ta’sir va o‘zgarish 
bo‘lishi shart. In’ikos tashqi ta’sirga mos, adekvat o‘zgarishlar 
majmuasidir. Shunday ekan har qanday o‘zgarish emas, faqat tashqi 
ta’sirga mos o‘zgarishlar in’ikosga kiradi. 
In’ikosning ichki asosi obyektlarning sabab-oqibat munosabatlaridir. 
Sababiy bog‘lanishlar obyektivdir. O‘zaro ta’sir natijasida bir hodisadan 
ikkinchisiga modda yoki energiya, ular asosida tarkib ham o‘tadi. Bir 
hodisaning tarkibiy o‘zgarishlarini o‘zaro ta’sir natijasida ikkinchisiga 
o‘tishi in’ikosning mohiyatini tashkil qiladi. Taraqqiyot natijasida in’ikos 
ham rivojlanib kelyapti va u o‘ziga xos shakllarda takomillashib 
boryapti. 
In’ikosning shakllari: 
– notirik tabiatda in’ikos; 
– tirik tabiatda in’ikos; 
– psixik in’ikos; 
– ong. 
In’ikosning quyi shakli – notirik tabiatdagi in’ikos hisoblanadi,oliy 
shakli esa – ongdir. 
Notirik tabiatdagi in’ikos – ong vujudga kelishining asosidir. 
Noorganik tabiatdagi in’ikos fizikaviy – ximiyaviy o‘zgarishlarning 
majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi. In’ikosning asosiy xususiyati – 
uning faolligidir. In’ikosning faolligi notirik tabiatda ham uchraydi. 
Inson ongida in’ikos faolligi o‘zining oliy shakliga erishadi. 
Tirik tabiatda biologik in’ikosning shakli bu seskanish (sezgi)dir. 
Sezgi o‘simliklarda ham mavjuddir, u o‘simliklar faolligini ta’minlaydi. 
Masalan, kungaboqarning nurga nisbatan tovlanishi yoki chivintutarning 
gulga qo‘ngan hasharotlarni ushlashi. O‘simliklar har qanday omillar 
ta’siriga javob bermaydi, balki biologik ahamiyatga ega 
bo‘lganlarigagina javob beradi. Shu bilan birga o‘simliklar bu omillarni 
izlamaydi, agar ular bevosita organizmga ta’sir qilmasa. Masalan: 
O‘simlik o‘ziga bevosita qaratilmagan nurga e’tibor bermaydi. 
O‘simliklarni faolligi qanchalik sodda bo‘lmasin, ular uchun yetarlidir. 
Hayvonot dunyosi vujudga kelgandan keyin xatti-harakat ham 
shakllangan. Hayvonlar xatti-harakati tufayli o‘ziga zarur bo‘lgan 


 153
narsalarni topib olishgan. Buning natijasida in’ikos shakli ham 
o‘zgargan. Masalan: bir hujayrali organizmlarni trubkadagi suvga solib 
uni bir tomonini qizdirsak, issiqqa ta’sirlanuvchi bir hujayrali 
organizmlar trubkaning qizdirilgan tomoniga o‘tadi, ya’ni ta’sir 
qilayotgan narsaga nisbatan aks ta’sir paydo bo‘lyapti. 
Tirik organizmlar rivojining yuqoriroq bosqichida endi ta’sir 
qilayotgan narsaga yaqinlashish yoki uzoqlashish bilan cheklanib 
qolinmaydi. Tashqi ta’sirni qabul qilgan hayvon turi murakkab 
harakatlarni bajara boshlaydi. Bu xatti-harakatlarda maqsadga 
muvofiqlik paydo bo‘ladi. Ularni biz instinktiv xatti-harakatlar deymiz. 
Instinkt bir turni hammasiga taalluqli bo‘lgan avloddan-avlodga 
beriladigan murakkab xatti-harakatlardir. U oddiy psixik in’ikos, sezgini 
vujudga kelishi bilan bog‘liq. Tirik mavjudotlar sezgilar yordamida 
predmetlarning alohida xususiyatlarini aks ettira borgan. Masalan: 
Pashsha suvni yaltillashini, qurbaqa hasharotlarni harakatlanishini 
sezadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, instinkt ma’lum bir tor sharoitlarda 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sharoit o‘zgarishi bilan hayvon faoliyatidagi 
maqsadga muvofiqlik yo‘qoladi. Agar suv sathini oyna bilan 
almashtirsak ham pashsha urug‘ qo‘yaveradi. Agar asalari qurgan inini 
tagini teshib qo‘ysak ham ular asal bilan to‘ldiraveradi. 
Keyinchalik hayvonlarda hissiy qabul qilish paydo bo‘lgan. Hissiy 
qabul qilish tufayli hayvonlar narsa va hodisalarni to‘laligicha, jamlikda, 
uning shakli va kattaligini ham aks ettiradi. 
Taraqqiyotni yanada yuqoriroq bosqichida hayvonlar tashqi 
olamdagi predmetlararo murakkab munosabatlarni ham aks ettira 
boshlagan. Bu hayvonlardagi tafakkurning elementi hisoblanadi. Ushbu 
hodisani olimlar maymunlar ustida o‘tkazishgan tajribasida kuzatishgan. 
Oldin qafas ichida maymunni qo‘li yetmaydigan qilib primanka 
qo‘yishgan. Maymun primankani qo‘li bilan olishga harakat qiladi. Qo‘li 
yetmagach, tayoq yordamida primankani oladi. Tajribani davom 
etkazishib, primankani tayoq bilan ham yetmaydigan joyga qo‘yishadi. 
Shunda maymun yana boshqa tayoq topib, ularni bir-biriga ulab 
primankani olishga harakat qiladi. Ushbu murakkab harakat murakkab 
holatning in’ikosidir. Maymun primanka, bambuk tayoqchalar, o‘zini 
katagi va xatti-harakati o‘rtasidagi munosabatni tushunmaganda, 
yuqoridagi murakkab harakatni amalga oshirmagan bo‘lar edi. 
Shu ma’noda in’ikos hamma joyda mavjud. Ayni paytda har bir 
holatda u o‘ziga xos xususiyatga egadir. Chunonchi, notirik tabiatdagi 


 154
in’ikos bilan tirik tabiatdagi in’ikos bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Notirik tabiatda in’ikos oddiyligi bilan ajralib tursa, tirik tabiatda u 
murakkab xarakter kasb etadi. Shu bilan birga, notirik tabiatda in’ikos 
sustligi, tirik tabiatda esa, faolligi bilan ajralib turadi. Tirik tabiatda 
in’ikos tashqi ta’sir natijalaridan faol foydalanishni keltirib chiqaruvchi 
axborotli in’ikos shaklini oladi. 
Ayni paytda axborotli in’ikosning o‘zi tirik tabiatning har bir 
darajasida yanada murakkablashib, o‘ziga xoslik kasb etadi. Mana 
shunday murakkablashuv jarayoni psixik in’ikosning shakllanishiga 
zamin yaratdi. 
Aynan psixik in’ikos darajasida voqelikka faol munosabat ham 
shakllanadi, in’ikosning ilgarilab borishidan esa, o‘z navbatida, uning 
o‘ziga xos, yuqori shakli bo‘lgan ongning paydo bo‘lishiga imkoniyat 
yaratdi. 
Ong vujudga kelishi uchun faqat biologik qonunlarning o‘zi yetarli 
emas. Yangi predmetli-amaliy faoliyat – mehnat zarurdir. Mehnat qilish 
jarayonida inson ongi shakllana boshlagan. Mehnat inson va tabiat 
o‘rtasida amalga oshadigan jarayondir. Bu jarayonda inson modda 
almashinuvini boshqaradi va nazorat qiladi. Moddiy faoliyat asosida 
inson ongi o‘sadi. Mehnat jarayonida rivojlangan qo‘l butun organizmni, 
shu jumladan miyaning ham takomillashuviga ta’sir ko‘rsatgan. Mehnat 
faoliyati ta’sirida miyaning rivojlanib borishi munosabati bilan insonning 
sezgi a’zolari ham takomillashib borgan. Masalan: badan bilan sezish 
tobora aniqroq va nozikroq bo‘lib borgan, quloq inson nutqining eng 
nozik tafovutlari va o‘xshashliklarini eshitishga qodir bo‘lgan. Ko‘z 
o‘tkirroq ko‘radigan bo‘ldi. 
Ongning tarkibi qanday? Inson ongi nafaqat tabiat mahsuli, balki 
jamiyat mahsuli hamdir. Shuning uchun ong murakkab tarkibga, 
tuzilishga ega. 
Har xil bilimlar, ehtiyojlar, his-tuyg‘ular ong tarkibiga kiradi. 
Ongning asosini bilimlar tashkil qiladi. Ongning tarkibi bir butun tizimni 
tashkil qiladi, ya’ni alohida elementlardan tashkil topgan tizimdir. Uning 
elementlari o‘zaro qonuniy munosabatlarda bo‘lishadi. 
Sezgi, hissiy qabul qilish (idrok), tasavvur, tushuncha, tafakkur 
ongning yadrosini tashkil qiladi.
Ongning asosiy funksiyasi inson xatti-harakatlarini xayolan 
boshqarish, tartiblashtirish, ularni ketma-ketligini nazorat qilish va 
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan xatti-harakatlarni loyihalashtirishdir. 


 155
Ongning shakllari: fikr, shubha, e’tiqod, ishonch, bilim. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin