Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə56/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Ijtimoiy ong shakllari. Ijtimoiy borliq har xil bo‘lgani uchun uning 
in’ikosi ham har xil. Ijtimoiy ongning quyidagi shakllari mavjud: 
siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, falsafiy, estetik, fan va boshqalar. 
Huquqiy ong. Ijtimoiy ongning alohida shakllaridan biri – huquqiy 
ongdir. 
Huquqiy ong deb huquqning subyektlari bo‘lgan – individ, korxona, 
mehnat jamoalarining faoliyatlarida yuridik qonun sifatida qabul qilingan 
bilimlar va qadriyatlarning aks etishiga aytiladi. 
Huquqiy ong shaxs ongida, jamiyat g‘oyalarida namoyon bo‘ladigan 
huquqdir. Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi 
e’tiqodlar, tasavvurlar, baholar, his-tuyg‘ular va ma’naviyatning boshqa 
tarkibiy qismlari tizimidir. Huquqiy ong eng kam darajada davlat va 
jamiyatning ta’siriga uchragan huquqiy madaniyat elementidir. Tezlik 
bilan yangi qonun qabul qilish, davlat organini tuzish mumkin, ammo 
insonning huquqiy ongini tezda o‘zgartirib bo‘lmaydi. 


 164
Huquqiy ong darajasini ko‘tarish uchun oila, maktabgacha tarbiya 
muassasalar, maktablar, o‘quv yurtlari, huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar, hamda boshqa davlat va jamiyat institutlarining hamkorlikdagi 
harakatlari zarur. So‘nggi vaqtlarda yuksak huquqiy ong faqat shaxs 
dunyoqarashiga kompleks va maqsadga muvofiq ta’sir etishning natijasi 
bo‘lishi tushunib yetildi. Yuqori darajada huquqiy ongni shakllantirish 
uchun huquqiy bilimlarni keng tarqatish zarur. Bu haqda Respublikamiz 
Prezidenti I. Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning 
qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida «Jamiyatning demokratiya yo‘lidan 
jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning 
muvaffaqiyati ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy 
madaniyati darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat – demok-
ratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir»
1
.
Deb ta’kidlaydi. 
Huquqiy ongning tuzilishi. Huquqiy ong ikkita tarkibiy qismdan, 
ya’ni huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatdan iborat. 
Huquqiy mafkura huquqning mohiyati, ahamiyati va talablari 
to‘g‘risidagi g‘oyalar, qadriyatlarni o‘z ichiga olsa, huquqiy ruhiyat 
hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, ya’ni huquqning emotsional qabul 
qilinishi bilan bog‘liq. 
Huquqiy ong siyosiy va axloqiy ong orasida turadigan jarayondir. 
Siyosiy ongdan farq qilib u muayyan individual – shaxsiy kategoriyalar 
bilan ish ko‘radi. U axloqiy ongdan farq qilib zarurat va haqiqat 
tushunchalari davlat qonunlari sifatida qabul qilingan va bu qonunlarni 
buzilishi huquqiy choralar ko‘rishni taqozo qiladi. Agar siyosiy ong 
obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqsa, huquqiy ong 
aqliy – axloqiy bahoga suyanadi.
Jamiyatda sinflar vujudga kelganidan so‘ng huquqiy ong axloqiy 
ongdan ajralib chiqqan, ilk huquq g‘oyasi paydo bo‘lgan, bu g‘oya 
individni davlatdan himoya qilgan. 
Huquqiy ongning quyidagi shakllari mavjud: huquqiy his-tuyg‘u, 
huquqiy odatlar va malakalar, huquqiy bilimlar. 
Huquqiy ong uchta asosiy funksiyani amalga oshiradi: bilish, 
boshqaruv, baholash. 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ ɱɭԕɭɪ-
ɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ. – Ɍ., 2010. 
– Ȼ.27-28. 


 165
2-bob.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin