166
«Inson moddiy dunyoni biladi, ammo, bilish uchun u komolatga erishuvi
lozim. Lekin bu erishuv quruq intilish bilangina cheklanib qolmasdan,
balki tabiiy mavjudotdagi juda ko‘p narsalardan foydalanish yo‘li bilan
yoki shu tabiatda bo‘lgan juda ko‘p ishlarni amalga oshirish bilan qo‘lga
kiritiladi».
Beruniy va Markaziy Osiyoning boshqa olimlari ham falsafiy
ta’limotlarida bilish nazariyasiga katta o‘rin berganlar. Beruniy fikricha,
tabiatni bilish jarayoni sezgilardan boshlanib, tafakkurga ko‘tariladi,
ma’lum narsalardan noma’lum narsalar va hodisalarni bilish tomon
rivojlanib boradi.
Bilish nazariyasining rivojlanish tarixida XVII-XVIII asr
faylasuflari muhim o‘rin tutadi. Ingliz faylasufi F.Bekon ta’limoticha,
bilish jarayoni fan va amaliyot bilan bog‘liq bo‘lishi va shularga bevosita
xizmat qilishi kerak. U bilish sezgidan boshlanadi deydi,
hamda
bilishning manbai tajriba ekanligi haqidagi fikrni ilgari suradi. Uning
fikricha, obyektiv olam to‘g‘risidagi bilimlar sezgilarimiz orqali olingan
dalillar tufayligina tafakkur yordamida to‘ldiriladi.
Fransuz faylasufi R.Dekart bilishning birdan-bir manbai tafakkur
deb, sezgi a’zolarimiz va ularning yordamida olingan ma’lumotlarga
shubha bilan qaraydi. Uning ta’limoticha, kishilar bilimining haqiqatligi
tajriba bilan emas, balki aql ko‘zi bilan tekshiriladi. Dekartning bilish
nazariyasida sezgilar roli kamsitilib ko‘rsatiladi.
Fransuz materialist faylasuflaridan Didro, Gol’bax, Gel’vetsiylar
dunyoni bilish mumkinligi masalasida sezgilarimiz tafakkurning asosi
ekanligini ta’kidlashadi. Lekin, bilish jarayonida amaliyotning, insonning
faol rolini inkor etadilar.
Ma’lumki, moddiy olam undagi narsa va hodisalar bilishning birdan-
bir manbaini tashkil etadi. Shunday bo‘lsa-da, ayrim faylasuflar va din
ta’limotida bilishning manbai sifatida qandaydir insondan tashqarida
mavjud bo‘lgan ong («mutlaq g‘oya», «olam ruhi» va boshqalar) e’tirof
etiladi. Ularning fikricha, inson, tabiat va jamiyat
hodisalarining
mohiyatini bilishga qodir emas, u faqat iloh ijodining natijalarini qayd
qilishga va turkumlarga ajratishgagina qodir deb ta’kidlashadi.
Dunyoni bilish mumkinligini, bilimlarimizning to‘g‘ri va aniq
ekanligini inkor etuvchi ta’limot falsafada agnostitsizm (yunon. bilib
bo‘lmaydigan) deb yuritiladi. Agnostitsizmning yirik vakillari ingliz
faylasufi David Yum bilan nemis faylasufi Immanuil Kantdir. Yumning
167
fikricha, inson o‘z sezgilari chegarasidan tashqariga chiqa olmaydi, u
faqat o‘z sezgilarinigina bila oladi. Real voqelikni inson aslo bila olmaydi.
Kant esa Yumga qarama-qarshi o‘laroq, inson ongi va sezgilaridan
tashqarida obyektiv olam bor deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu obyektiv
olamda aslo bilib bo‘lmaydigan «narsa o‘zida» bor. Inson aqli o‘z mohiyati
jihatidan cheklangan bo‘lib «narsa o‘zida»ni bila olmaydi. Kant inson bilishi
mumkin, bo‘lgan hodisalar olamni «biz uchun bo‘lgan narsalar» deb, uni
inson aqli bilan, fan vositasi bilan bilishi mumkin deb ta’kidlaydi. «Narsa
o‘zida»ni insonlar bilishga qodir emas deydilar.
XIX asr subyektiv idealizmning vakillari bo‘lgan
maxchilar ham
dunyoni bilish mumkinligini inkor etishadilar.
Insoniyat ijtimoiy amaliyoti va ilmiy bilish taraqqiyotining ilgarilab
borishi bilimni chegaralab qo‘yuvchi agnostitsizmni puchga chiqar-
moqda. Inson o‘z aqli bilan olam sirlarini bilish mumkin ekanligini
ayniqsa hozirgi zamon fani yutuqlari isbotlamoqda. Masalan, hozirgi
zamon tabiat fanlari, ayniqsa fizika fani atom tabiatini, tuzilishini va
xususiyatlarini o‘rganish sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Atomni
parchalash, atom ichki energiyasidan foydalanish, atom yadro
zarracha-
larining bir-biriga bog‘liqligi, umuman mikroolamni bilish, astronomiya,
biologiyadagi kashfiyotlar bilish nazariyasining to‘g‘riligini tasdiqladi.
Insonning bilish qobiliyati cheklanmagan, lekin har bir aniq tarixiy
davrdagi bilish imkoniyatlari cheklangan, xolos. Inson har bir tarixiy
davrda o‘zi xohlagan barcha narsa va hodisalarni emas, balki bilish
imkoni borlarinigina bilib boradi. Inson bugun bilmagan narsasini ertaga,
ertaga bilmaganini keyinroq biladi. Lekin shuni aytish kerakki, inson
bilimining cheki yo‘q, chunki makro va mikro olamning cheksizligi
inson bilimining ham cheksizligini ko‘rsatadi.
Bilish nima? Bilish – moddiy olamning inson ongida in’ikos etish
jarayoni. Dunyoning moddiyligini va uning
rivojlanish qonunlarining
inson ongida in’ikos etishini e’tirof etish falsafaning bilish
nazariyasining asosini tashkil qiladi. Fan qonunlari tabiat va jamiyatda
inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda yuz beradigan obyektiv
jarayonlarning in’ikosidan boshqa narsa emas. Falsafaning bilish
nazariyasi asosan quyidagilarga asoslanadi:
Yüklə
Dostları ilə paylaş: