192
ko‘ra, yerda hayot fizikaviy-kimyoviy jarayonlar natijasida paydo
bo‘lgan; ma’lum bir vaqtda o‘zgacha sharoit ta’sirida okeanlarda sodir
bo‘lgan davomiy jarayonlar hayot paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan.
Ikkinchi tasavvurga ko‘ra, fizikaviy-kimyoviy jarayonlarning o‘zi jonli
hayotning paydo bo‘lishi uchun yetarli emas,
bu yerda yana jonsizdan
jonliga tomon sifatiy sakrash yuz bergan bo‘lishi kerak.
Rus bioximigi A.I.Oparinning ta’kidlashicha, sayyoramiz dastlabki
davrlarda o‘z okeanlarida juda ko‘p miqdorda suv saqlagan. Yerning o‘z
o‘qi atrofida va boshqa sayyoralarga nisbatan aylanishi okean sathi
haroratining iloji boricha ko‘tarilmasligiga asos yaratib bergan. Yerning
birlamchi qatlamida vodorod, ammiak, metan, uglevodorod gazi va suv
kabi elementlar bo‘lgan. Atmosferada ozon qatlami yo‘qligi tufayli
Yerda Quyoshning ultrabinafsha radiatsiya nurlarining ta’siri kuchaygan.
Natijada organik birikmalarning kimyoviy evolutsiyasi sodir bo‘lgan va
dunyo okeanlarining turli joylarida hayot paydo bo‘lishiga turtki bergan.
Shu tariqa hayot paydo bo‘lgan
1
.
Yerda hayot paydo bo‘lishi haqidagi gipotezalarni isbotlash uchun
olimlar turli xil eksperimentlar o‘tkazganlar.
Jumladan, nemis olimi
S.Miller yer yuzida dastlabki davrlarda qaror topgan muhitni tajriba yo‘li
bilan yaratishga harakat qilgan. U yopiq idishga vodorod, ammiak,
uglerod-IV oksidi va suv birikmasidan iborat aralashmani solgan.
So‘ngra yuqori voltli tokdan foydalanib, ultrabinafsha nur bilan ularga
ta’sir qilgan. Natijada idishda oqsilning asosi bo‘lgan bir qator
aminokislotalar, nuklein kislotalarning paydo bo‘lish jarayoni kuzatilgan.
Bu tajribalar yordamida nemis olimi S.Miller hayotning asosini tashkil
etuvchi aminokislotalar va ularning polimerlari hosil bo‘ladigan
sharoitlarni ko‘rsatib berishga muvaffaq bo‘ldi
2
.
Olingan natija quyidagi faktni isbotladi, ya’ni organik birikma-
larning sintezlanishi Yerda juda keng miqyosda sodir bo‘la borgan.
Vodorod, ammiak, uglerod, metan va suvdan tashkil topgan birlamchi
atmosferaga bir necha ming yillar davomida
Quyoshning ultrabinafsha
nurlari ta’sir etib, ular reaksiyaga kirishib borgan. Buning natijasida
organik birikmalar sintezlanib yomg‘ir bilan birga okeanga tushgan.
Organik birikmalarning sintezlanishi okeanda davom etgan, undan keyin
mazkur birikmalarning ma’lum bir qismi yana atmosferaga ko‘tarilgan.
Shu tariqa Yer reaksiyalar sodir bo‘luvchi ulkan laboratoriyaga aylangan.
1
Ɉɩɚɪɢɧ Ⱥ.ɂ. ɉɪɨɛɥɟɦɚ ɩɪɨɢɫɯɨɠɞɟɧɢɹ ɠɢɡɧɢ. – Ɇ., 1976. – Ȼ.27–43.
2
Ⱦɭɛɢɧɢɧ ɇ.ɉ. ɑɬɨ ɬɚɤɨɟ ɱɟɥɨɜɟɤ. – Ɇ., 1983. – ɋ.238.
193
Unda ko‘p miqdordagi aminokislotalar va boshqa organik kislotalar
reaksiyaga kirishib borgan va hanuzgacha mazkur hodisa davom etib
kelmoqda.
Lekin bu unchalik isbotlovchi dalil emas, chunki bu birikmalarning
o‘zaro reaksiya jarayoni notirik tabiatdan tirik tabiatni keltirib chiqara
olmaydi. Bu yerda, albatta, muayyan bir sifatiy sakrash sodir bo‘lgan
bo‘lishi kerak. Bu sakrashda DNKdan bir o‘lchamli ma’lumotning, o‘z-
o‘zini ishlab chiqaruvchi butun tizim bo‘lgan uch o‘lchamli ma’lumotga
– oqsilga aylanishi sodir bo‘ladi.
Hayotning paydo bo‘lish jarayonini tajriba (eksperiment) yo‘li
bilan
tiklab bo‘lmaydi. Lekin shu narsa aniqki, hayotning paydo bo‘lishi uchun
asos bo‘lgan aminokislotalar va boshqa polimerlar kimyoviy va fizikaviy
jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan, shundan so‘ng esa qandaydir bir
sifatiy sakrash sodir bo‘lgan.
Demak, organik birikmalarning kimyoviy va boshqa reaksiyalarga
kirishishi, ularning oddiy miqdoriy o‘zgarishining o‘zi hayot paydo
bo‘lishiga kifoya bo‘lgan emas. Boshqa sayyoralardan, xususan, oy
tuprog‘idan topilgan organik birikmalarning mavjudligi buning isboti
bo‘lishi mumkin. Ular bor bo‘lgani bilan, oyda hayot
mavjudligi
isbotlanmagan. Faqat yerda organik birikmalarning reaksiyaga
kirishishida sifatiy sakrash sodir bo‘lganligi tufayligina hayot paydo
bo‘lgan. Lekin hozirgi kunda boshqa sayyoralarda, xususan Marsda
mikroorganizmlar darajasidagi hayot borligi aniqlangan.
Jonli hujayra o‘zini o‘zi boshqarish, ta’minlash
va yaratish
xususiyatiga ega bo‘lgan ochiq tizim hisoblanadi. Hujayrada mazkur
funksiyaning amalga oshishini DNK va RNKlarda nasldan naslga
o‘tuvchi genetik kod ma’lumotlari hisobiga ta’minlash mumkin.
Molekular biologiya yana shu narsani isbotlamoqdaki, barcha tirik
organizmlar (viruslar, bakteriyalar, hayvonlar va o‘simliklar)ning oqsil-
lari o‘zlarining boshlang‘ich tuzilish doirasida, har
xil mutanosiblikda
bo‘lsa-da, lekin doimiy tarkibiy qismi bo‘lgan aminokislotalardan iborat.
Xuddi shu holat adenin, timin, sitozin, guanin va uratsil kabi
elementlarni o‘z tarkibiy asosi qilib olgan nuklein kislotalarga ham
taalluqlidir. Mana 4 milliard yildirki, ular o‘z barqarorligi bilan tirik
organizmlarning doimiy tashkil etuvchisi sifatida namoyon bo‘lib
kelmoqda
1
.
1
Yüklə
Dostları ilə paylaş: