197
Ko‘pgina arxeologik topilmalar inson evolutsiyasining dastlabki
bosqichlari Sharqiy Afrikadan boshlanganligini ko‘rsatmoqda.
Chunonchi, Natron va Esyai ko‘llari yonidagi Olduvey darasi (Sharqiy
Afrika) arxeolog olimlar er-xotin Luis va Meri Likilarga inson evolutsiya
bosqichlarini ko‘rsatuvchi noyob topilmalarni taqdim etgan joydir.
Dastlab 1948-yilda bosh suyagi hamda yuqori va ostki jag‘ suyaklari
yaxshi saqlangan, taxminan 25 mln yil oldin yashagan odamsimon
maymun – prokonsul topilgan
1
. Aynan shu tur, ya’ni prokonsul fan
olamida inson paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan antropoidlar sinfining
birlamchi shoxobchalaridan hisoblanadi.
Inson evolutsiyasining keyingi bosqichi, o‘zining kelib chiqish
negizi ramapitek, driopitek va prokonsulga borib taqaladigan zot –
avstralopitek bilan bog‘liqdir. «Avstralopitek» so‘zi o‘z etimologiyasiga
ko‘ra, australis – lotincha «janub», pithekos – grekcha «maymun»
so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, janub maymuni degan ma’noni
anglatadi. Mazkur turga oid odamsimon mavjudotning suyak qoldiqlarini
birinchi bor 1925-yilda Raymond Dart Afrikaning janubidagi Kalaxari
sahrosining Taungas va Transvaal hududlari atrofida topilma sifatida
kashf qilgan. R.Dart topilmasidan so‘ng avstralopiteklarning yangidan-
yangi turlari Janubiy va Sharqiy Afrika hududlari atrofida kashf qilina
bordi.
Fanda har bir odamsimon mavjudotga xos topilmani morfologik
jihatlariga qarab insonlar (ya’ni lot. «homo», ko‘pgina ruscha kitoblarda
«gominido‘» deb ataluvchi) turkumiga kiritishga harakat qilinadi.
Avstralopiteklar turkum sifatida insonga yaqin bo‘lgan morfologik
jihatlarni, ya’ni nisbatan katta hajmga ega bosh miya, qaddini tik tutib
yurish qobiliyatini o‘zida mujassamlashtirgan.
R.Dart Taungas topilmasining jag‘ suyak qoldiqlari hamda tishlarini
o‘rganib, tirikligida yetti yoshlar atrofidagi qiz bola bo‘lganligini
aniqladi va unga «Bebi» deb nom berdi. Bebi bosh miyasining hajmi
(520 sm3) bo‘yicha shimpanzeniki (480 sm3)dan katta, gorillanikidan
(680 sm3) kichik bo‘lib chiqdi. Hisoblarga ko‘ra, agar yetti yoshli Bebi
bosh miyasining hajmi 520 sm3 ga teng bo‘lsa, unda yoshi katta
avstralopitek bosh miyasining hajmi 780 sm3 dan kam bo‘lmasligi
aniqlandi
2
. Demak, avstralopitek bosh miyasining hajmi va uning o‘sish
sur’ati bo‘yicha ham shimpanze va gorillalardan farq qilar ekan, shuning
1
Yüklə
Dostları ilə paylaş: