#1.«Falsafa» so‘zining lug‘aviy ma’nosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang?
+ Yunoncha, phileo – sevaman va sophia – donolik
– Yunoncha, phileo – sevaman va sophia – bilish
– Lotincha, philo – sevaman va sophi – donishmandlik
– Lotincha, phileo – sevaman va sophia – donolik
#2.«Falsafa» atamasini birinchi bo‘lib qaysi faylasuf o‘z asarida qo‘llagan?
– Aristotel
+ Pifagor
– Suqrot
– Platon
#3.Arxeolog olimlarning fikriga ko‘ra tik oyoqda yuruvchi “homo erectus” odam taxminan qachon vujudga kelgan?
– 5 mln avval
– 3,5 mln avval
+ 1,5 mln avval
– 2 mln yil avval
#4.Quyidagi javoblardan qaysi birida dunyoqarashning nisbatan muhim funksiyasi ko‘rsatilgan?
– Bilish funksiyasi
– Qadriyatlarga munosabati
+ A, V, Ye javoblar to‘g‘ri
– Xulq atvorni belgilash
#5. Dunyoqarashning tuzilishi qanday?
+ Dunyoni sezish, idrok etish, tushunish
– Dunyoni tasavvur qilish
– Axloqni yuksaltirish
– A,V,S javoblar to‘g‘ri
#6.Dunyoni sezish bu?
+ Bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etish
– Faqat ob’ektlarni anglash
– Inson o‘zini tushunish
– Aql yordamida tushunish
#7.Faqat insonga xos xususiyatni aniqlang?
+ Dunyoni tushunish
– Harakat qilish
– Dunyoni sezish (qisman)
– Barcha javoblar noto‘g‘ri
#8.Tarixan dunyoqarashning shakllari bu?
+ Mif, din, falsafa, fan
– Mif, fan, ov
– Din, san’at, mehnat
– Fan, falsafa, ov
#9.Mif atamasi qanday ma’nolarni anglatadi?
+ Rivoyat, afsona
– San’at, voqea
– O‘yin, san’at
– Afsona, urush
#10.Miflar nimalar orqali ifodalanadi?
+ Rivoyat, ertaklar
– Ertaklar, qo‘shiqlar
– Mehnat, ov
– Qo‘shiq, kuy
#11.Quyidagilarning qaysi biri dinning funksiyasi emas?
+ Farovonlik funksiyasi
– Tartibga solish funksiyasi
– Kommunikativ funksiyasi
– Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi
#12.Fetishizm bu?
+ U yoki bu mo‘jizakor predmetning odamlar hayotida ta’sir ko‘rsatishiga sig‘inish
– Odamlarga sig‘inish
– Ruxlar va tabiat kuchlariga sig‘inish
– Bulutlarga sig‘inish
#13.Magiya bu?
+ Ilohiy kuchlarga sig‘inish
– Hayvonlarga sig‘inish
– Odamlarga sig‘inish
– Yomg‘irga sig‘inish
#14.Neolitik inqilobi bu?
+ Inson chorvachilik va ziroatchilik bilan shug‘ullanish
– Inson ovchilik va termachilikka o‘tishi
– San’atning vujudga kelishi
– Dinning vujudga kelishi
#15.Monoteizm bu?
+ Yakka xudolik
– Ko‘p xudolik
– Xudosizlik
– Ruhlarga sig‘inish
#16. Iudaizm qachon vujudga kelgan?
– Mil. av VII asrda
– Mil.av IX asrda
+ Mil.av XI asrda
– Mil.av V asrda
#17. Dunyoqarashning qaysi shakllari e’tiqod va tuyg‘ularga tayangan?
+ Mifologik va diniy dunyoqarash
– Falsafiy dunyoqarash
– Ilmiy dunyoqarash
– Kundalik dunyoqarash
#18.Falsafiy dunyoqarash dunyoni nimalarga tayangan holda tushuntiradi?
+ Aql va bilimlarda
– Tuyg‘ularda
– E’tiqodda
– Sezgilarda
#19.Falsafa nima birinchi o‘rinda turadi?
+ Savol, masala
– Obraz
– Aniq, javob
– Dalillar
#20.Falsafaning predmeti bu?
– Olamning yaxlit birligi
+ Borliq
– Inson
– Fan
#21.Kosmotsentrizmniing asosiy xususiyati nimadan iborat?
+ Kosmos va tabiatni anglashni
– Yerni tadqiq etishni
– Odamni tadqiq etishni
– Hayotni anglashni
#22.17-18-asrlarda falsafa fanlar bilan birlashib uning tadqiqotlar markazida - ...?
+ Bilish va ilmiy metodlar o‘rin oldi
– Globallashuv o‘rin oldi
– O‘zlikni anglash oldi
– To‘g‘ri javob yuq
#23.Quyidagilardan qaysi biri dialektik bilimlar sohasiga tegishli?
+ Rivojlanish va o‘zgarishlar haqidagi ta’limot
– Axloq haqidagi ta’limot
– Hayot haqidagi ta’limot
– Qonunlar va usullarni o‘rganuvchi fan
#24.Tafakkur qonunlari va usullari haqidagi fan bu?
+ Mantiq
– Dialektika
– Etika
– Tarix
#25.Materialistlar deb qaysi toifadagi kishilarni aytish mumkin?
+ Olamni azaldan, moddiy deb, ong bu materiyaning mahsuli deyuvchilar
– Ongni birinchi o‘ringa qo‘yuvchilar
– Olamning markaziga madaniyatni qo‘yuvchilar
– To‘g‘ri javob yuq
#26.Quyidagi qatorlardan kimlar sub’ektiv idealistlar hisoblanadi?
+ Berkli, Yum, Fixte
– Dekart, F.Bekon
– Gegel, Berdyaev
– Platon, Dekart
#27.Mexanistik materializm tarafdorlari kimlar?
+ Golbax, Lametri, P.Gassendi
– Gegel, Kant
– Fixte, Yum
– Berkli, Bekon
#28.Antik falsafaning asosiy savoli?
+ Dunyo nimadan yaratilgan?
– Hayot yashashga arziydimi?
– Inson nima?
– Xudoning borligini qanday asoslash mumkin?
#29.Ekzistensializm tarafdorlarining eng yirik vakillari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
+ Kamyu, Sartr
– Fixte, Golbax
– Baxtin, Sartr
– Kant, Gegel
#30. Gnoseologik optimizm ta’limoti qanday qarashni ilgari suradi?
+ Dunyoni anglash va bilish mumkin
– Dunyoni bilib bo‘lmaydi
– Dunyoni bilish mumkin, lekin shubha bilan qarash kerak
– Hamma javob to‘g‘ri
#31.Agnostitsizm namoyondalarining asosiy g‘oyasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
+ Dunyoni bilib bo‘lmaydi
– Dunyoni faqat sezgilar orqali bilish mumkin
– Dunyoni to‘liq bilish mumkin
– Dunyoni aqliy bilish mumkin
#32. Falsafaning qaysi funksiyasida “Haqiqat nima? Uning me’zonlari qanday?” degan savollar beriladi?.
+ Gnoseologik funksiyada
– Dunyoqarash funksiyasida
– Mifologik funksiyasi
– Integrativ funksiyasi
#33.Falsafaning qaysi funksiyasi yetakchi o‘rinni egallaydi?
+ Dunyoqarash funksiyasi
– Gnoseologik funksiyasi
– Ontologik funksiyasi
– Tarbiyaviy funksiyasi
#34. 2008 yil Seul shaxrida 22 Jahon falsafasi kongressi qanday umumiy nom ostida o‘tdi?
+ Hozirgi davrda falsafani qayta anglash
– Tarix falsafasini o‘rganish
– Falsafada yangi metodni yaratish
– Falsafaning umumiy masalalari
#35.Qadimgi mutafakkirlar har tomonlama komil insonni tarbiyalashni qanday atama bilan ifodalagan?
+ Paydeyya
– Animiya
– Idealistlar
– Sofistlar
#36.Xalqaro Boston kongressida fransuz mutafakkiri Per Obenk
qanday savolni o‘rtaga tashlagan edi?
+ Insonning vahshiyona tabiatidan ma’rifatli tabiatga o‘tish imkoniyati qay daraja mavjud
– Insonning kelib chiqish sabablari
– Insoniyatning kelajakdagi muammolari
– Olam va odamning o‘zaro munosabtalari
#37.Pratogor, Suqrot, va Platon aytganidek falsafa bu - ... ?
+ Ishontirish emas, to‘g‘ri fikrlash san’atidir
– Falsafa olamni bilish
– Umumiylikni o‘rganuvchi fan
– Ishontirishni o‘rgatuvchi fan
#38. “Umumiy nisbiylik nazariyasi” ta’limotining asoschisi kim?
+ Eynshteyn
– I.Nyuton
– N.Bor
– R.Ernest
#39.Fanning mohiyati bu - ...?
+ Borliq to‘g‘risidagi ob’ektiv bilimlarni aniqlash va tizimlashtirish
– Borliq to‘g‘risidagi sub’ektiv bilimlar
– Dalillarsiz aniqlash
– Hujjatlarni yig‘ish
#40.Klassik mexanikaning qonunlarini qaysi olim ta’riflagan?
+ I.Nyuton
– R. Dekart
–Eynshteyn
– N.Bor
#41. XX asrning 30-40 yillarida fan-texnikaning taraqqiyoti nimaga olib keldi?
– Fan inqilobiga
– Ma’naviyatning inqirozi
– Olamning anglashning qiyinlashuviga
+ To‘g‘ri javob yuq
#42.Ssientizm quyidagi fikrlardan qaysi birini ilgari surgan?
+ Fan yutuqlarini tan oladi va ijobiy baholaydi
– Falsafani dunyoqarash deb bilish
– Falsafani fan deb bilish
– Falsafani fan darajasiga tushirish va dunyoqarash masalasini olib tashlash
#43.Ob’ektiv dunyoga va insonning undagi o‘rniga, odamzotning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatiga nisbatan yondashuvlar tizimi, bu - ...
+ Dunyoqarash
– Tafakkur
– Idrok
– Tasavvur
#44.Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
+ Mif va din
– Din va san’at
– San’at va mifologiya
– Poetika va lirika
#45. Dinning asosiy funksiyalari qaysi javobda to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatilgan?
+ Dunyoqarashni shakllantirish, kommunikativ, tartibga solish, kompensatorlik funksiyalari
– Dunyoqarashni shakllantirish, komillikka ko‘tarish, sabrga o‘rgatuvchi funksiyalari
– Kamolotga yetkazish, kompensatorlik, kommunikativ funksiyalar
– Boshqaruvchi, tartibga soluvchi, dunyoqarashni kengaytiruvchi, kompensatorlik funksiyalari
#46.Falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang?
– Ontologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy falsafa, etika, aksiologiya, falsafiy antropologiya
– Fenomenologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy falsafa, etika, aksiologiya, falsafiy antropologiya
– Pragmatizm, pozitivizm, strukturalizm, etika, estetika, aksiologiya, fenomenologiya
– Ontologiya, ma’naviyat asoslari, g‘oyalar falsafasi, falsafa tarixi, antropologiya
#47.Fan yutuqlarini tan oladigan va ijobiy baholaydigan ta’limotning nomi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
+ Ssientizm
– Gnostizm
– Pragmatizm
– Antissientizm
#48.Arxeologik va ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qaddini tik
tutib yuradigan odam yoshi taxminan necha million yilni tashkil etgan?
+ 1,5 mln yilni
– 4 mln yilni
– 6 mln yilni
– 1 mln yilni
#49. Homo sapiens, ya’ni aqlli odamlar tipi necha ming yil oldin vujudga kelgan?
– 40-60 ming yil
– 50-80 ming yil
– 30-70 ming yil
+ 60-90 ming yil
#50. Dunyoni idrok etish bu?
– Atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir
+ Bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etish
– Inson o‘zini tushunish
– Barcha javoblar to‘g‘ri
FALSAFIY TAFAKKUR EVOLYuSIYaSI: QADIMGI DAVR, O‘RTA ASRLAR UYG‘ONISh DAVRI FALSAFASI
#51. Falsafiy tafakkur Qadimgi Sharq va G‘arbda ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatida qanday ko‘rinishda vujudga kelgan?
+ Mifologiya
– Ontologik
– Gnoseologik
– Dialektik
#52.Mifologiyada dastlab qanday masalalar qo‘yilgan?
+ Dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi? Hayot va o‘lim nima?
– Nega tug‘ildik va nimaga o‘lamiz
– Biz kimmiz nega tug‘ildik
– Unday nazariya bo‘lmagan
#53.Antik davrda falsafa rivojlangan shaharlarni belgilang?
– Makedoniya, Samarqand, Buxoro
+ Ioniya, Sitsiliya, Afina
– Buxoro, Toshkent
– Xiva, Toshkent
#54.Sharq va G‘arb falsafasi nimaga qarab rivojlangan ?
+ Umuminsoniy qadriyatlarga
– Davlatlarga qarab
– Mehnat taqsimotiga qarab
– Qurollarning takomillashuviga qarab
#55.Markaziy Osiyoda ma’naviy-falsafiy merosning eng qadimgisi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
+ Avesto
– Talmut
– Injil
– Qur’oni Karim
#56.“Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” g‘oyasi kim tomonidan ilgari surilgan?
+ Zardusht
– G‘azzoliy
– Nasafiy
– Navoiy
#57.“Men uchun bir kishi, agar u hammadan yaxshi bo‘lsa 10 000 kishiga teng” fikr kimga tegishli?
– Geraklit
– Platon
+ Suqrot
– Epikur
#58.“Axmoqni maqtagan aslida unga yomonlik qiladi” ushbu fikr kimga tegishli?
+ Demokrit
– Epikur
– Suqrot
– Platon
#59.“O‘lim qo‘rqinchli emas: men ungacha mavjudman u mendan keyin mavjud” fikr kimga tegishli?
+ Epikur
– Suqrot
– Platon
– Arastu
#60.“Oliy himmatlik vaziyatdan mohirona foydalanish: aql idrok bilan bog‘langan sahovatlilik” fikr kimga tegishli?
– Platon
+ Suqrot
– Epikur
– Demokrit
#61.“Do‘stlik - birga yashashning zaruriy shartidir” ushbu jumla kimga tegishli?
– Arastu
– Platon
+ Levkipp
– Iskandar
#62.“Odamlar seni bilmasliklaridan g‘am chekma, o‘zing odamlarni bilmasligingdan g‘am chek” ushbu fikr kimga tegishli?
+ Konfutsiy
– Lao szi
– Suqrot
– Arastu
#63.Milet maktab asoschisi kim?
+ Fales
– Geraklit
– Demokrit
– Pifagor
#64.Milet maktabining qaysi namoyondasi olamning asosiga suvni qo‘ygan?
+ Fales
– Geraklit
– Demokrit
– Pifagor
#65.Anaksimen olam asosiga nimni qo‘ygan?
+ Havoni
– Suvni
– Tuproqni
– O‘tni
#66.Olam asosiga apeyronni qo‘ygan G‘arb faylasufi kim?
+ Anaksimandr
– Demokrit
– Platon
– Fales
#67.Anaksagor urug‘larni nima deb atagan?
+ Geomemeriyalar
– Geometriyalar
– Sikloplar
– Ximeyralar
#68.Empidokl olov, havoni nima deb atagan?
+ Efir
– Sfinks
– Xufu
– Xeops
#69.Zardushtiylikda borliqning substansional asosi nima?
– O‘t
+ Olov
– Tuproq
– Havo
#70.“Yuksak fazilatli inson bilan munosabatlarda hushmuomala bo‘lishi, mamlakatni boshqarishda izchil bo‘lishi lozim, ishda imkoniyalardan kelib chiqish, harakatda vaqtni hisobga olish… ” ushbu fikr muallifini toping?
– Lao szi
– Konfutsiy
+ Farobiy
– Beruniy
#71.Platonning g‘oyalar haqidagi talimoti qaysi asarlarida o‘z aksini topgan?
+ Bazm, Fedon, Fedor, Davlat
– Metafizika, G‘oyalar haqida
– Teatet, Parmenid
– Sofist, Kritiy
#72.Konfutsiychilik nechinchi asrda vujudga kelgan?
– Mil.av V asr
+ Mil. a– VII asr
– Mil. a– III asr
– Mil.a–IV asr
#73.Qaysi faylasuf davlatni boy va zodagon kishilar emas, balki ishning ko‘zini biladigan oqil odamlar boshqarishi lozim, deb hisoblaydi?
– Suqrot
+ Platon
– Arastu
– Epikur
#74.“Ayni bir daryoga ikki marta tushishi mumkin emas, ikkinchi marta tushayotgan odamga yangi suvlar oqadi” degan fikr qaysi faylasufga tegishli?
+ Geraklit
– Suqrot
– Arastu
– Platon
#75.«Dialektika» so‘zini ilk bor kim ishlatgan?
– Suqrot
+ Platon
– Empidokl
– Epikur
#76.Zenonning dialektikaga bag‘ishlangan mashhur asari?
+ Bahslar
– Munozaralar dialektikasi
– Qarama qarshilik dialektikasi
– Dialektika
#77.“Har bir narsa o‘z-o‘zicha va boshqa narsalardan ayni” bu fikr muallifi kim?
– Platon
– Suqrot
+ Zenon
– Epikur
#78.Aristotel sababiy bog‘lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi omilni nima deb atagan?
+ Materiya va substrat, moddiy sabab
– Formal sabab
– Xarakterlanuvchi sabab
– Yo‘naltiruvchi sabab
#79.“Kategoriyalar ” risolasi muallifi kim ?
+ Aristotel
– Suqrot
– Platon
– Empidokl
#80.G‘arb antik falsafasida materiyaning diskret tuzilishi haqidagi ta’limot qanday ataladi?
+ Atomistika
– Gumanistika
– Kategoriyalik
– Mantiqiylik
#81.Atomistika asoschilari kimlar?
– Epikur va Lukresiy Kar
– Lukresiy Kar va Levkipp
– Demokrit va Epikur
+ Levkipp va Demokrit
#82.Demokrit fikriga ko‘ra qaysi modda yumaloq atomlardan iborat?
– Sut
+ Suv
– O‘t
– Tosh
#83.Falsafiy muamolarni yechishda Qadimgi Hind falsafasining qaysi maktabi mushohada ahmiyatini alohida qayd etgan?
– Nyaya
+ Chorvaka-Lokayata
– Lao szi
– Mimansa
#84.“Osmon har bir insonning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, uni taqdirlaydi, uni jazolaydi” bu fikr kim tegishli?
+ Konfutsiy
– Nyaya
– Lao szi
– G‘azzoliy
#85.“Umumiy muhtojlik ayrim insonni xususiy muhtojligidan og‘irroq. Zero umumiy muhtojlikda yordamga hech qanday iloj qolmaydi” fikr muallifini toping?
– Demokrit
+ Platon
– Arastu
– Geraklit
#86.“Davlat” asarini muallifi kim?
+ Platon
– Epikur
– Empidokl
– Zenon
#87.Xudoga, uning mohiyatiga dunyoning birinchi sababi va asosi sifatida yondashish o‘rta asrlar falsafasiga xos bo‘lib, u qanday nomlanadi?
+ Teotsentrizm
– Geleotsentrizm
– Geotsentrizm
– Monizm
#88.Konfutsiyning qaysi talimoti uning muhim talimotiga aylangan?
– Osmon qonuni
– Tabiat - inson oshyoni
– Jamiyatda davlatning o‘rni
+ Ijtimoiy tabaqalanish
#89.Nechanchi asrda sxolastika doirasida nominalizm va realizm kurashi avj olgan?
– XI asr
– IX asr
– XII asr boshida
+ XII asr oxirida
#90.O‘rta asrlar falsafasiga xos xususiyatni belgilang?
+ Teotsentrizm
– Kosmotsentrizm
– Antropotsentrizm
– Metodologizm
#91.Axloq mezonlari kishilarning jamiyatdagi mavqelariga, iqtisodiy ta’minlanganlik darajasiga qarab o‘zgarib, takomillashib boruvchi ijtimoiy jarayondir, deb hisoblagan faylasuf qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
+ Konfutsiy
– Lao szi
– Suqrot
– Farobiy
#92.Qadimgi hind falsafiy maktablarining ikki guruhi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
– Astika va Nastika
– Vedanta, Sankxya
– Yoga, Vaysheshika
+ Nyaya va Mimansa
#93.Dunyo bo‘linmas bo‘lakchalar (atomlar)dan tashkil topgan, degan ta’limotni ilgari surgan yunon faylasufi kim?
+ Demokrit
– Fales
– Geraklit
– Anaksimen
#94.Ibn Sinoning fanlar klassifikatsiyasida barcha fanlarni qanday turkumlarga ajratilgan?
+ Amaliyot fanlari va nazariy fanlar
– Samo fanlari va Yer fanlari
– Mantiq va matematika fanlari
– Falsafa va matematika fanlari
#95.IX-XIII asrlarda qaysi mutafakkirlar Markaziy Osiyo hududida yashayu ijod etgan?
– Forobiy, Ibn Rushd, Farididdin Attor
+ Al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy
– Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Beruniy
– Alisher Navoyi, Forobiy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino
#96. Qaysi alloma “Sharq Arastusi” – “Muallim us-soniy” degan yuksak nomga sazovor bo‘lgan?
+ Abu Nasr Forobiy
– Abu Rayhon Beruniy
– Ibn Sino
– Ali Qushchi
#97.Forobiy fikricha bilimlarni o‘zlashtirish qanday usul va vositalar orqali amalga oshadi?
+ Sezish, idrok etish, xotira, tasavvur qilish, mantiqiy mulohaza yuritish, tafakkur
– Mantiqiy tafakkur, intuitsiya, e’tiqod
– Sezish, xotira, tasavvur, iroda, mantiqiy mulohaza, tajriba
– Fikriy eksperiment, sezish, his qilish, tasavvur, idrok
#98.Forobiy bilishning qanday shakllarini farqlaydi?
– Hissiy va oqilona
– Intuitiv va mantiqiy
– Oqilona va ilohiy
+ A va B javoblar to‘g‘ri
#99.Abu Ali ibn Sino fikricha moddiy dunyo predmetlari asosan bilishning qaysi turining asosi bo‘la oladi?
+ Sezgining
– Tafakkurning
– Intuitsiyaning
– O‘zlikni anglashning
#100. Sufizmda tabiat va Alloh qanday taqin etiladi?
– Tabiat Allohdan ajralgan deb qaraydi.
+ Alloh va tabiatni uzviy deb qaraydi.
– Allohning tabiatga befarqligini yoqlaydi.
– Tabiatni Alloh yaratgan bo‘lsada, tabiatdagi o‘zgarishlar ob’ektiv deb qaraydi.
#101. Ibn Arabiy bilishning necha turini ko‘rsatadi va ular qaysilar?
+ Uch - oqilona-mantiqiy, mushohada yuritish va mistik yo‘l
– Ikki – intuitiv mushohada va ilhom
– Besh – sezgi, tasavvur, iroda, imon va e’tiqod
– Yetti – vahiy, e’tiqod, mantiqiy mushohada, imon, ixlom, mistik
YaNGI VA ENG YaNGI DAVRLAR FALSAFASI
#102. Yangi davrda E.Torrichelli havo bosimi mavjudligini qanday yo‘l bilan aniqladi?
– Kuzatish
– Aniqlamagan
– Tajriba asosida
+ Eksperimental
#103. Dunyoqarashning qaysi shakllari e’tiqod va tuyg‘ularga tayangan?
– Kundalik dunyoqarash
+ Mifologik va diniy dunyoqarash
– Falsafiy dunyoqarash
– Ilmiy dunyoqarash
#104.Ijtimoiy fanlarda tabiiy huquq nazariyasi Angliyada kim tomonidan ishlab chiqildi?
– T.Gobbs
+ Grotsiy
– Leybnis
– R.Dekart
#105. Yangi davrda fanlarning rivojlanish jarayonida falsafada qanday ajralishlar sodir bo‘ldi?
– Sxolastika va din
+ Tabiiy va ijtimoiy fanlar.
– Sxolastika va tabiat
– Falsafada ajralishlar bo‘lmadi.
#106. F.Bekon, T.Gobbs, J.Lokk, R.Dekart, Spinoza va Leybnis qaysi asrga yashab ijod etgan?
+ XVII asr
– XV asr
– XIX asr
– XX asr
#107.Pozitivizmda bilimlar nechaga bo‘linadi?
+ Soxta va haqiqiy bilim
– Kundalik va ijtimoiy bilim
– Eski va yangi bilim
– Bilimlar ajratilmaydi.
#108. Yangi davr falsafasida faylasuflarni qiziqtirgan asosiy masala nima edi?
– Substansiya va uning xossalari
– Inson masalasi
– Borliq masalasi
+ Makon va zamon
#109.«Harakat – materiyaning tug‘ma xossasi» kimning fikri?
– F.Bekon
+ T.Gobbs
– R.Dekart
– Spinoza
#110.T.Gobbsning dunyo haqidagi falsafiy qarashlari qanday?
– Deistik
+ Ateistik
– Idealistik
– Har xil
#111.«Materiya – mustaqil ijodiy kuchga ega» kimning fikri?
– R.Dekart
– F.Bekon
– T.Gobbs
+ Spinoza
#112.Spinoza sababiyatni nechaga bo‘lgan?
– 2 ga
– 3 ga
+ 4 ga
– 7 ga
#113.Substansiya tushunchasini tahlil qilishda gnoseologik yondoshuvga kim asos solgan?
– J.Lokk
– F.Bekon
– T.Gobbs
+ Spinoza
#114.«Ijtimoiy shartnoma» asari kimning qalamiga mansub?
+ J.J.Russo
– Volter
– Monteske
– D. Yum
#115. Jyulen Ofre de Lametrining qaysi asari shov – shuvga sabab bo‘lgan?
+ «Inson – mashina»
– «XVIII asr materializmi va ateizmi kodeksi»
– «Falsafiy lug‘at»
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#116.Quyidagi fikr muallifini toping: «Inson dunyoga kelganda, u nafaqat hech narsani bilmaydi, balki sezish qobiliyatiga ham ega bo‘lmaydi. Bularning barchasini u tajriba orqali o‘zlashtiradi».
+ Kondilyak
– Didro
– Golbax
– Gelvesiy
#117.Shellingning naturfalsafasi uning qaysi qarashlarida namoyon bo‘ladi?
– Dialektikasida
+ Borliq masalasida
– Bilish falsafasida
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#118. Gegel fikricha, mantiq nechta qismga bo‘linadi?
– 3 ta
+ 2 ta
– 4 ta
– 8 ta
#119.«Haqiqat – bir marta va bir umrga berilgan mutlaqo to‘g‘ri javob emas, balki jarayondir» kimning fikri?
+ Gegel
– Golbax
– Didro
– Volter
#120.«Shaxsiy bilim – bu biluvchining intellektual jonbozligi, fidokorligidir» kimning fikri?
+ M.Polani
– Popper
– Feyerabend
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#121.Popper falsafaning bosh maqsadi nimani o‘rganishdan iborat, deb bilgan?
– Ilmiy kosmologiyani
– Borliqni
+ Mantiqni
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#122.XIX asr oxiri va XX asr boshidagi G‘arb falsafasi qanday nom bilan davriylashtiriladi?
+ Noklassik davr
– Postnoklassik davr
– Modernistik davr
– Postmodern davr
#123.Noklassik davrda G‘arb falsafasida qanday yangi oqim va yo‘nalishlar vujudga keldi?
+ Pozitivizm, neopozitivizm, strukturalizm, pragmatizm, ekzistensializm
– Fenomenologiya, okkultizm, marksizm, nominalizm
– Sxolastika, neopozitivizm, strukturalizm, pragmatizm, ekzistensializm
– A va B javoblar to‘g‘ri
#124.Ssientistik tendensiyaning mohiyati nima?
+ Fan natijalari faqat ijobiy xarakterga ega
– Fan natijalari antigumanistik xarakterga ega
– Fan va falsafa hech qachon o‘zaro muvofiq bo‘la olmaydi
– Fan inson taqdirini o‘zgartirish xususiyatiga eg–
#125.Hayot falsafasi, ekzistensializm va germenevtika vakillari qarashlarida fan natijalariga nisbatan qaysi yondashuv kuchliroq?
+ Antissientistik
– Ssientistik
– Gumanistik
– Antigumanistik
#126.Pozitivizmning asoschisi kim?
+ O.Kont
– R.Karnap
–Spenser
– R. Bultman
#127.Qaysi falsafiy ta’limot soxta bilimdan haqiqiy bilimni ajratishga harakat qiluvchi ijobiy bilimning falsafiy doktrinasini ilgari surdi?
– Ekzistensializm
+ Pozitivizm
– Pragmatizm
– Fenomenologiya
#128.Pozitivizmning ikkinchi tarixiy shakli qanday nomlanadi?
– Postpozitivizm
– Neopozitivizm
+ Empiriokrititsizm
– Mantiqiy pozitivizm
#129.Pozitivizmning uchinchi tarixiy shakli qanday nomlanadi?
+ Neopozitivizm
– Postpozitivizm
– Empiriokrititsizm
– Mantiqiy pozitivizm
#130.Pozitivizmning to‘rtinchi tarixiy shakli qanday nomlanadi?
+ Postpozitivizm
– Neopozitivizm
– Empiriokrititsizm
– Mantiqiy pozitivizm
#131.Postpozitivizm va neopozitivizm o‘zaro bog‘liqligi nimada ko‘zga tashlanadi?
– Ularning ikkisi ham ilmiy bilim tahlili bilan shug‘ullangan,
tilga katta e’tibor bergan
– Ularning ikkisi ham ilmiy bilimlarning taraqqiyotlar to‘qnashuviga ta’sirini o‘rgangan
+ Ularning ikkisi ham fan mantig‘i va tafakkur uslubini tahlil qilgan
– Ular o‘rtasida mutlaqo bog‘liqlik yo‘q
#132. XX asrda falsafiy-epistemologik tasavvurlar, metodologik mo‘ljallar va o‘ziga xos tahlil birlashtiruvchi ayrim fanlar (lingvistika, adabiyotshunoslik, etnografiya, tarix, estetika, san’atshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, falsafadagi yo‘nalishlarni birlashtirgan falsafiy ta’limotni aniqlang?
+ Strukturalizm
– Postpozitivizm
– Semiotika
– Fenomenologiya
#133.Insonning biologik evolyusiya mahsuli sifatidagi talqin etuvchi falsafiy ta’limot bu – ...
– Fenomenologiya
– Strukturalizm
– Germenevtika
+ Evolyusion epistemologiya
#134.«Ilmiy inqiloblar strukturasi» asari muallifi kim?
+ Tomas Kun
– Stiven Tulmin
– Mishel Fuko
– Yurgen Xabermas
#135.I.Lakatos ilgari surgan «Raso fan»ning asosiy xususiyatlarini aniqlang?
– Ilgari ma’lum bo‘lmagan dalillarni bashorat qiladi
– Yangi yordamchi nazariyalarni oldindan aytib beradi
– Evristik kuchga ega bo‘ladi va nazariy jihatdan mustaqil bo‘ladi
+ Barcha javoblar to‘g‘ri
#136.Quyidagi qaysi faylasuf-mantiqshunoslardan biri fan va kumulyativizmning mavjud gipotetik-deduktiv modeliga nazariy realizm g‘oyasini qarshi qo‘yadi?
+ P. Feyerabend
– Stiven Tulmin
– Mishel Fuko
– Yurgen Xabermas
#137.Ingliz faylasufi Tomas Gobbs nechanchi yillarda yashab ijod etgan?
+ 1588-1679
– 1612-1685
– 1590-1650
- 1540-1600
#138.Qaysi javobda R.Dekartning asari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
+ Hayvon – mashina
– Inson – mashina
– A va B javoblar
– To‘g‘ri javob yo‘q
#139.Rene Dekartning substansiya haqidagi dualistik ta’limotiga zid o‘laroq, gollandiyalik faylasuf Benedikt (Barux) Spinoza dunyo haqida qanday ta’limotni yaratdi?
+ Panteistik ta’limotni
– Dualistik ta’limotni
– Emperik ta’limotni
– Barcha javoblar to‘g‘ri
#140.Nemis faylasufi Gotfrid Vilgelm Leybnis nechanchi yillarda yashab ijod etgan?
+ 1646-1716
– 1653-1710
– 1670-1720
– 1654-1718
#141.«Monadologiya» asari qaysi muallifning qalamiga mansub?
+Leybnis
– R.Dekart
– T.Gobbs
– J.Russo
#142.O.Kont qaysi ta’limotning asoschisi?
+ Pozitivizm
– Pragmatizm
– Ekzistensializm
– To‘g‘ri javob yo‘q
#143.Ingliz faylasufi Jon Lokk substansiya tushunchasini tahlil qilishga nisbatan qanday yondashuvga asos solgan?
– Gnoseologik
– Ratsional
+ Emperik
– to‘g‘ri javob yo‘q
#144.1632-1704 yillarda yashab ijod etgan faylasufni aniqlang?
+ Jon Lokk
–Spinoza
–Leybnis
– To‘g‘ri javob yo‘q
#145.«Ruh fenomenologiyasi» asarining muallifini aniqlang?
+ Gegel
– Kant
– Shelling
– Fixte
#146.Pozitivizmning birinchi tarixiy shakli XIX asrning 30-40-yillarida vujudga kelgan paytda unga qaysi faylasuf asos solgan edi?
+ O.Kont
– E.Max
– R.Avenarius
– Barcha javoblar to‘g‘ri
#147.Strukturalizm so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
+ Tuzilish, joylashish, tartib
– Qo‘shilish, ajralish
– tartibsizlik, birikish
– barcha javoblar to‘g‘ri
#148.Fanni intellektual faoliyatning boshqa turlaridan farqlash imkonini beruvchi chegara nima deb ataladi?
+ Demarkatsiya
– Epigenetik
– Preformistik
– Esxatologik
ONTOLOGIYa - BORLIQ FALSAFASI
#149.«Ontologiya» atamasi qaysi so‘zdan olingan?
+ Yunoncha «ontos» - borliq, «logos» - so‘z, ta’limot.
– inglizcha «ontos» - borliq, «logos» - so‘z, ta’limot.
– Arabchadan olingan
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#150.Borliq haqidagi tasavvurlar bizgacha qanday yetib kelgan?
+ Afsonalar va miflar orqali
– Ilmiy dalillar orqali
– Qadriyatlar, urf - odatlar orqali
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#151.Upanishadalarda dunyo haqidagi qanday tasavvurlar o‘z aksini topgan?
+ Panteistik
– Deistik
– Ateistik
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#152.«Hamma narsa yer va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham yer va suvdan paydo bo‘lganmiz»» kimning fikri?
– Ksenofan
– Anaksimandr
+ Fales
– Pifagor
#153.«Hamma narsa sondir» kimning fikri?
+ Pifagor
– Fales
– Anaksimandr
– Ksenofan
#154.Faylasuflar orasida birinchi bo‘lib, borliqni kategoriya sifatida kim tavsifladi?
– Arastu
– Anaksimandr
+ Fales
– Pifagor
#155.Borliqni tushunishga nisbatan dialektik yondoshuvni ilk bor kim ilgari surdi?
+ Geraklit
– Fales
– Anaksimandr
– Ksenofan
#156.Sharq mutafakkirlaridan kim borliq muammosini hal qilishda «Vujudi vojib» va «Vujudi mumkin» ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi?
+ Forobiy
– Al - Xorazmiy
– At – Termiziy
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#157.Ibn Sino fikricha, «Vujudi vojib» qanday talqin qilingan?
+ Allohdir
– Insondir
– Makon
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#158. XVII – XVIII asr materialistik faylasuflari borliq tushunchasini qanday talqin qilishadi?
– Diniy borliq bilan bog‘laydi.
+ Materiya bilan bog‘laydi.
– Inson bilan bog‘laydi.
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#160.«Substansiya» - bu nima?
+ Dunyoni tushunish zamirida yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat.
– Mutloq «Men» ning erkin, sof faoliyati.
– Ob’ektiv rivojlanuvchi g‘oya.
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#161.Neopozitivizm falsafiy yo‘nalishi borliq muammosini qanday talqin qildi?
– Soxta muammo.
+ Haqiqiy muammo.
– Yechimi yo‘q muammo.
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#162.«...Menimcha, falsafa va fan ayni bir jarayonning tomonlari – muqarrar va ajralmas tomonlardir. Ular faqat bizning aqlimizda ajraladi...» kimning fikri?
– I.Vernadskiy
+ F.Bekon
– T.Gobbs
– Spinoza
#163.Borliqning asosiy kategoriyasi nima?
– «borliq» va «yo‘qlik»
- «sifat» va «miqdor»
– «makon» va «zamon»
+ To‘g‘ri javob yo‘q.
#164.Falsafada borliq va yo‘qlik o‘rtasidagi o‘zaro aloqa qanday?
+ Dialektik
– Ziddiyatli
– Chambarchas
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#165.«... – falsafiy kategoriya sifatida dunyoni, uning butun rang – barangligi va turli – tuman namoyon bo‘lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi», bu nima?
+ Borliq
– Yo‘qlik
– Bilish
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#166.Borliqning shakllari nechtaga bo‘linadi?
+ 4 ta
– 3 ta
– 2 ta
– 5 ta
#167.«... – inson va uning faoliyatidan qat’i nazar mavjud bo‘lgan narsalar va jarayonlar borlig‘i», bu nima?
+ Tabiat borlig‘i
– Inson borlig‘i
– Ma’naviy borliq
– Ijtimoiy borliq.
#168.Ma’naviy borliq nechtaga bo‘linadi?
+ 2 ta
– 3 ta
– 4 ta
– 5 ta
#169.Individuallashgan ma’naviy borliq - bu nima?
+ Insonning ichki dunyosi.
– Insonning tashqi dunyosi.
– Ijtimoiy makon va vaqt.
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#170.Ilmiy tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan sayyora taxminan necha milliard yil muqaddam paydo bo‘lgan?
+ 5 milliard
– 1 milliard
– 3,5 milliard
– Aniqlanmagan.
#171.«... – inson yaratgan narsalar borlig‘i ko‘p jihatdan insonning o‘z borlig‘i bilan bog‘lanadi, zero, u bunyod etgan «...», avvalo, uning turli – tuman ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi», bu nima?
+ Ikkilamchi tabiat
– Tabiat
– Narsa – buyum
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#172.Aristotel va Leybnis qarashlarida uchragan «entelexiya» tushunchasi nimani anglatadi?
+ Yunoncha, «entelechia» – «o‘z – o‘zida maqsadga ega bo‘lgan».
– Lotincha, «entelechia» – «o‘z – o‘zida maqsadga ega bo‘lgan».
– Inglizcha, «entelechia» – «o‘z – o‘zida maqsadga ega bo‘lgan».
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#173.Qaysi falsafiy ta’limot «Hayot kuchi» mavjudligini tan olish orqali hayotni tushuntiradi?
+ Vitalizm
– Entelexiya
– Bunday ta’limot yo‘q
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#174.Organik dunyo evolyusiyasi haqidagi yaxlit ta’limotlar nechanchi asrda vujudga keldi?
+ XIX asr boshlarida
– XVII asr
– XV asr
– XX asr oxirid–
#175.Falsafaning qaysi sohasida borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalar o‘rganiladi?
+ Ontologiyada
– Gnoseologiyada
– Aksiologiyada
– Ijtimoiy falsafada
#176.Qadimgi Sharqda ilk marotaba qaysi manbada borliq masalalari tahlil qilingan?
+ Veda va Upanishadalarda
– Konfutsiy ta’limotida
– Islom falsafasida
– Daosizmda
#177.Qadimgi yunon faylasufi Fales borliqning birinchi sababi sifatida nimani e’tirof etgan?
+ Suv
– Havo
– Olov
– Yer
#178.«Borliq bor, yo‘qlik esa – yo‘q», degan fikr kimga tegishli?
+ Parmenidga
– Platonga
– Suqrotga
– Zenonga
#179.Tirik tabiat borlig‘i necha darajaga bo‘linadi?
+ Ikki
– Uch
– To‘rt
– Cheksiz
#180.Ontologiya tushunchasini falsafada birinchi bor kim qo‘llagan?
+ X. Volf
– D.Yum
– J.Berkli
– I. Kant
#181.Xar qanday jismning ajralmas xususiyati nima deb ataladi?
+ Atribut
– Qism
– Individuallik
– Materiya
#182.Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga yetishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo‘qoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni insoniyatga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi qaysi kitobda aks ettirganlar?
+ Rigvedalarda
– Upanshadlarda
– Monumentlarda
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#183.«Ontologiya» atamasi falsafada nechanchi asrdan boshlab qo‘llanilmoqda?
+ XVII asrdan
– XX asrdan
– XVI asrdan
– XVIII asrdan
#184.Dunyoni tushunish zamirida yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat nima deb atalad?
– Shakl
– Vaqt.
+ Substansiya
– Xarakat
#185.Empedokl «borliq» atamasini bevosita ishlatmagan bo‘lsa ham, «barcha narsalarning nechta negizi» haqida so‘z yuritargan?
+ 4
– 3
– 2
– 5
#186.Qadimgi yunon faylasufi Geraklit qachon yashab ijod etgan?
+ Mil. a– 544-483 yillar
– Mil. a– 644-583 yillar
– Mil. a– 744-683 yillar
– Mil. a– 344-283 yillar
#187.Qaysi faylasuf «haqiqiy borliq» - «ob’ektiv mavjud g‘oyalar dunyosi»ni farqladi va uni «hissiy borliq»qa qarama-qarshi qo‘ydi?
+ Platon
– Aristotel
– Geraklit
– Sukrot
#188.Markaziy Osiyoning eng qadimiy qaysi kitobida, borliq harakatdagi dunyo, butun jonli va jonsiz narsalarning uyg‘unligidagi mavjudlik deb ifodalanadi?
+ Avestoda
– Xadisda
– Qur’onda
– To‘g‘ri javob yo‘q
#189.“...Biz qor bosgan, quyunlar charx urayotgan tog‘lar orasida turibmiz. qarshimizda ba’zan tuman pardasi osha so‘qmoqlar namoyon bo‘ladi. Ular ishonchsiz bo‘lishi mumkin...” degan fikr kimning qalamiga mansub?
+ U.Jeyms
– I.Vernadskiy
– F.Bekon
– T.Gobbs
FALSAFADA SUBSANSIYa VA MATERIYa MUAMMOSI
#190.O‘z – o‘zini to‘liq belgilovchi borliqni xizmat qiladigan tushuncha?
+ Substansiya
– Materiya
– Reallik
– Dalil
#191.Subsansiya bir vaqtning o‘zida ham tabiat, ham xudo va sifatida ta’riflagan va bu ikki tushunchani tenglashtirgan faylasufni toping?
+ Spinoza
– Gegel
– Fixte
– Dekart
#192.Birinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy yondashuv nima deb ataladi?
+ Dualizm
– Totemizm
– Fetishizm
– Deizm
#193.Falsafa tarixida dualizmning yorqin vakili sifatida o‘rin olgan faylasuf kim?
– Gegel
+ R. Dekart
– Shelling
– Spinoza
#194.Lametrining dualizmni inkor qilib yozgan asarni ko‘rsating?
+ Ruhning tabiiy tarixi
– Inson va mashina
– Inson - o‘simlik
– Epikur tizimi
#195.Dunyoning negizida ikkita emas balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limot?
+ Plyuralizm
– Dualizm
– Deizm
– Monizm
#196. Plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladigan ta’limot?
+ Dunyoning to‘rt asosi haqidagi ta’limot
– Monadalar haqidagi ta’limot
– Teleologik ta’limot
– To‘g‘ri javob yo‘q.
#197.Monizm ta’limotiga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni ko‘rsating?
+ Dunyoning narsalar va hodisalar rang – barangligi bir
substansiyadan iborat
– Dunyoning negizida ikkita emas undan ko‘proq mohiyat bor.
– Birinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy yondashuv
– A va B javoblar to‘g‘ri
#198.Monizm nechta yondashuvga ega?
+ 2 ta
– 3 ta
– 4 ta
– 6 ta
#199.Lotinchada to‘shama, negiz ma’nosini beradigan tushunchani toping?
– Materialitsik monizm
– Plyuralizm
– Idealitsik monizm
+ Substansiya
#200.Materiya tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor ishlatgan faylasuf?
+ Platon
– Suqrot
– Aristotel
– Gegel
Dostları ilə paylaş: |