Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə69/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

pitekantroplar paydo bo‘ldi. Agar avstralopiteklar va parantroplar 
yashagan davr bundan 4,5 mln yil avvalgi davrdan 800 ming yil avvalgi 
davrgacha cho‘zilgan bo‘lsa, pitekantroplar davri 2 mln yil avvalgi 
davrdan 300 ming yil avvalgi davrgacha yetib kelgan. Inson 
evolutsiyasining pitekantroplar bilan bog‘liq bosqichida mazkur 
antropoid tur qaddini tik tutib yurishga o‘tish va old oyoqlarning mehnat 
faoliyatiga moslashishi kabi yangi sifatiy belgilarni o‘zida namoyon qila 
bordi.


 202
O‘z morfologik tuzilishi va madaniyati bilan pitekantropga yaqin 
bo‘lgan tur sinantrop (pekinlik odamsimon maymun) hisoblanadi. 
Taxmin qilishlaricha, sinantrop mehnat faoliyatining nisbatan yuqori 
darajasida turgan, turli xil qurollardan foydalangan, kiyiklar, yovvoyi 
otlar, hatto yovvoyi to‘ng‘izlarni ham ovlagan, doimiy yashab turuvchi 
manzilgohi bo‘lgan, olovni kashf qilgan odamsimon mavjudot bo‘lgan.
Inson evolutsiyasining uchinchi bosqichida gominidlar oilasining 
neandertal odam, kromanyon odam va aqlli inson kabi vakillari 
shakllanadi va rivojlanadi (ular yashagan davr miloddan oldingi 200–300 
ming yilliklardan 40 minginchi yilliklargacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga 
oladi). Shu tariqa har bir evolyutsion bosqichning yuqori pog‘onasida 
odamsimon mavjudotlarda, biologik o‘zgarishlar yuz berishi bilan bir 
qatorda, ijtimoiy sifatlari ham asta-sekin boyib borgan. Inson tafakkuri, 
ongi, tili shakllana borgan. Xullas, insoniyat jamiyati vujudga kela 
borgan.
3-§. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi inson mohiyati 
to‘laqonli namoyon bo‘lishining huquqiy asosidir 
Inson mohiyati muammosi falsafaning fundamental masalalaridan 
biri hisoblanadi. Hanuzgacha insonning mohiyatini aniqlashda uning 
biologik (tabiiy) yoki ijtimoiy asoslarini mutlaqlashtirish harakatlari 
uchrab turibdi. Bizning fikrimizcha, mana shunday cheklangan 
biryoqlamaliklar bo‘lmasligi uchun, eng avvalo, mazkur masalaga 
yondashish metodologiyasini aniqlashtirib olishimiz zarur. Ma’lumki, 
har qanday mohiyatni bilish jarayoni mavhum nazariy qoidalarga emas, 
balki mazkur predmetning real namoyon bo‘lish holatlarini tahlil qilishga 
asoslanadi. Boshqacha qilib aytganda, bilishda inson hodisadan 
mohiyatga tomon harakat qiladi. Aynan shu nuqtai nazardan kelib 
chiqqan holda inson mohiyatini tadqiq etishni uning tabiiyligi va 
ijtimoiyligi bilan bog‘liq bo‘lgan voqelik tizimidagi turli xil real 
munosabatlarni tahlil qilishdan boshlash lozim. Shuning uchun ham 
inson mohiyatini uning real mavjudlik shakllari orqali bilish eng aniq va 
to‘g‘ri yo‘ldir.
Inson, avvalo, dunyoda bor barcha mavjudotlardan sifat jihatdan 
farq qiluvchi, o‘zida biologik va ijtimoiy jihatlarni mujassam qiluvchi 
zot bo‘lib, rivojlanishning eng oliy mahsuli, o‘zini o‘rab turgan tashqi 
muhitning yaratuvchisi hamdir. Inson maqsadga muvofiq va anglangan 
xatti-harakatlari bilan tashqi muhitni faol o‘zgartiradi va ayni paytda o‘zi 


 203
ham o‘zgaradi. Shu bois, insonning tub mohiyatini uning o‘ziga xos 
hayot faoliyati, ongli, erkin, yaratuvchilik mehnatidan izlash lozim. 
Falsafada insonning mohiyati mavhum, umumiy ijtimoiy 
munosabatlar majmui sifatida emas, aksincha har bir muayyan tarixiy 
davrda insonning individual borlig‘ini aks ettiruvchi munosabatlar 
majmuasi sifatida tahlil qilinadi. Insoniyat taraqqiyotining har bir 
bosqichida mavjud ijtimoiy munosabatlarga monand ravishda inson 
mohiyati muayyan tarixiy mazmun bilan boyib boradi. Har bir individ 
faoliyatning iqtisod, siyosat, madaniyat kabi turli xil sohalari orqali 
ijtimoiy munosabatlarga kirishib boradi va shu tariqa o‘zida ijtimoiylikni 
shakllantirib boradi.
Lekin inson ijtimoiy mohiyatining ifodasi har doim ham uning 
mavjudligi sharoitlariga monand bo‘lavermaydi. Jumladan, antagonistik 
mehnat taqsimoti hukmron bo‘lgan davrlarda ijtimoiy institutlar, 
insonning o‘z mehnat faoliyati mahsuli ko‘rinishidagi ijtimoiy omillar 
inson individini harakatga keltiruvchi kuchlarga salbiy ta’sir qilib, 
ularning rivojlanishini orqaga tortadi va jamiyat bilan individ o‘rtasida 
ziddiyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham 
jamiyat taraqqiyotida inson mohiyatini aks ettiruvchi belgilarning inson 
individualligi bilan iloji boricha uyg‘unligini ta’minlashga ko‘proq 
e’tibor beriladi.
Demak, ko‘rib turganimizdek, inson muammosi uning umumijti-
moiy mohiyatini aniqlash bilangina cheklanib qolmasdan, balki inson 
mavjudligining muayyan tarixiy tahlilini, shu jumladan, jamiyat va 
individ o‘rtasidagi ziddiyatlar va ularni bartaraf etish masalalarini ham 
o‘z ichiga olar ekan. Haqiqatan ham faqat mohiyat va mavjudlik, 
umumiylik va alohidalik, ijtimoiylik va individual hayot dialektikasigina 
insonning real voqeligini to‘la aks ettirishi mumkin. Shuning uchun ham 
insonni uning mohiyati va mavjudligining dialektik birligida tahlil qilish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Inson mohiyati bilan uning konkret tarixiy mavjudligi o‘rtasidagi 
dialektik aloqadorlikni tahlil qilishda begonalashuv muammosi muhim 
o‘rin tutadi. Insonning o‘z mohiyatidan begonalashuvi tarixiy 
rivojlanishning muayyan bir davrida ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida 
inson yaratgan boyliklarning uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmay qolib, 
hukmron va zulm o‘tkazuvchi kuchga aylanishida namoyon bo‘ladi. 
Ma’lumki, inson o‘zi yaratgan narsalarda o‘z ichki dunyosini voqelikka 
aylantiradi, inson voqeligi esa uning ijtimoiy mohiyatini tashkil qiladi. 


 204
Modomiki, shunday ekan, u holda insonning o‘zi yaratgan boyliklaridan 
ajralib qolishi inson voqeligining insonning o‘zidan, binobarin, ijtimoiy 
mohiyatidan begonalashuviga olib keladi.
Shunday qilib, «begonalashuv» tushunchasi eng umumiy holda 
insonning o‘z ijtimoiy voqeligidan va mohiyatidan ayrila borishini 
anglatadi. Insonning o‘z voqeligidan va ijtimoiy mohiyatidan begona-
lashuvi quyidagi uch sohada, ya’ni bevosita ishlab chiqarish faoliyatida, 
ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish va ularni xususiy mulk sifatida 
o‘zlashtirishda, nihoyat iste’mol vositalaridan foydalanish va ularni 
xususiy mulk sifatida o‘zlashtirishda namoyon bo‘ladi.
Inson erkinliklarini tiklovchi jamiyat sifatida yuzaga kelgan 
sotsialistik jamiyat xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish, jamiyat 
boshqaruviga keng mehnatkashlar ommasini jalb qilish, ezilgan sinf 
vakillaridan o‘z olim-ulamolarini shakllantirish, sinfiy struktura va 
siyosiy tuzumdagi tub o‘zgarishlar borasida inqilobiy natijalarga 
erishgan bo‘lsa ham oldingi jamiyatlardan meros bo‘lib qolgan illat – 
insonning o‘z mohiyatidan begonalashuvini to‘laligicha bartaraf eta 
olmadi. Aksincha, insonning har tomonlama rivojlanishini ta’minlab 
beruvchi xayoliy kommunistik jamiyat g‘oyasi ortidan zo‘r berib quvish 
eski tuzumdan meros qolgan antagonistik ziddiyatlarni batamom tugata 
olmadi, balki uning zaminida paydo bo‘lgan yangi ziddiyatlarni ham 
keltirib chiqardi.
Insoniyat tarixining keyingi bosqichida sobiq SSSR timsolida 
parchalanib ketgan sotsialistik tuzum o‘rniga har qanday «izm» 
(«sotsializm», «kommunizm»)lardan xoli bo‘lgan yangi ijtimoiy tizimlar 
shakllana boshladi. «Jahon yangi davrga qadam qo‘ydi. Bu davrning 
o‘ziga xos belgilari, bir tomondan, davlatlar va xalqlar o‘rtasida 
yaqinlashuv jarayonlari va hamkorlikning kuchayishi, yaxlit siyosiy va 
iqtisodiy makonlarning vujudga kelishi, yagona xalqaro me’yorlar 
(normalar), qoidalar va andazalarga o‘tish bo‘lsa; ikkinchi tomondan, 
sotsialistik lagerning yemirilishi, totalitar tuzumlarning tugatilishi, unitar 
tizimlar o‘rnida yosh mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishidir»
1
. Bu 
davlatlar o‘z oldilariga zamonaviy bozor iqtisodiyoti munosabatlariga 
ega bo‘lgan, turmush darajasini ko‘tara oladigan, inson qobiliyatini 
harakatga keltira oladigan, uning huquq va erkinlarini himoya qila 
oladigan jamiyatni qurish kabi oliy maqsadlarni qo‘yganlar.
1

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin