210
avvalgi asrlardan farqlantiradigan narsalarning deyarli barchasi XVII asr
fani yutuqlari natijasidir. Bu albatta birinchi navbatda amaliy fanlarga
bog‘liq edi.
Fanning mohiyatini, inson va jamiyat hayotidagi o‘rnini bilishda
uning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish muhimdir:
– inson faoliyatining o‘ziga xos turi;
– alohida ijtimoiy institut sifatida fan ilmiy bilimlar yig‘indisi;
– insoniyatning ma’naviy salohiyati, olam, tabiat, jamiyat
va inson
to‘g‘risidagi tasavvur va qarashlarni shakllantiradi;
– olamni o‘zlashtirish va o‘zgartirish vositasi hisoblanadi.
Fan o‘z oldiga ilmiy bilimlar yaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Ilmiy
faoliyat moddiy ne’matlar ishlab chiqarish faoliyatidan keskin farq
qiladi. Kishilar mehnat faoliyati, siyosat, ma’naviyat, din va hokazo
sohalardagi faoliyatlari jarayonida ham bilim orttiradi.
Lekin ilmiy
bilimlar izchilligi, tizimliligi va haqiqiyligi bilan ajralib turadi.
Fanlar klassifikatsiyasi.
Antik davr falsafasidan bilamizki, qadimgi davrda yakkayu-yagona
falsafa fani mavjud bo‘lgan, u o‘zida barcha fanlarni qamrab olgan.
Miloddan oldingi III asrdan boshlab falsafadan matematika va meditsina
ajralib chiqa boshlagan. Qadimgi yunon falsafasi tabiat falsafasi
(naturfalsafa) sifatida rivojlanishda davom etgan. Fanlar tasnifi haqidagi
birinchi ta’limotlar Demokrit, Platon va Aristotel asarlarida ishlab chiqilgan.
Platon fanlar tasnifi masalasini hal
qila turib, birinchi o‘ringa dialektikani
kuyadi. Uning fikricha, dialektika fizika va etikani qamrab olgan. Bu davrda
Aristotel nisbatan chuqur ishlab chiqqan mutafakkir Aristotel hisoblanadi.
Aristotel fanlar tasnifi masalasiga asosan «Metafizika», «Topika» va
«Nikomax etikasi» asarlarida batafsil to‘xtalgan.
Forobiy ham uz zamonasidagi fanlarni klassifikatsiya qilgan. Uning
tabiiy-ilmiy fanlar haqidagi qarashlari «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi»
asarida batafsil yoritilgan. Kitobda o‘rta asrda ma’lum bo‘lgan 30 dan ortiq
fanning ta’rifi, ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Barcha fanlar 5 guruhga
ajratiladi: 1) til haqidagi ilm (7 bo‘lim – grammatika, orfografiya, she’riyat);
2) mantiq va uning bo‘laklari; 3) matematika (arifmetika, geometriya, optika,
astronomiya, muzika, og‘irliklar haqidagi ilm, mexanika); 4) tabiatshunoslik
va metafizika (8 bo‘lim – bashorat qilish, tibbiyot, alkimyo); 5)
shahar
haqidagi fanlar – siyosiy ilm, fiqh, kalom (etika, pedagogika).
Fanlarning bu tasnifi o‘z davrida ilmiy bilimlarni ma’lum tizimga
solishning mukammal shakli bo‘lib, bilimlarning keyingi rivoji uchun katta
ahamiyatga ega bo‘lgan.
211
Shu narsa diqqatga sazovorki, Forobiy tabiiy va ijtimoiy fanlarni
vazifasidan kelib chiqib to‘g‘ri farqlagan. Uning talqinicha, matematika,
tabiatshunoslik, metafizika fanlari inson aqlini bilimlar bilan boyitish uchun
xizmat qilsa, grammatika, mantiq, she’riyat kabi ilmlar fanlardan to‘g‘ri
foydalanishni, bilimlarni boshqalarga to‘g‘ri tushuntirish, ya’ni aqliy tarbiya
uchun xizmat qilgan. Siyosat, axloq, ta’lim-tarbiyaga oid bilimlar esa
kishilarning jamoalarga birlashuvini, ijtimoiy hayotga tegishli qoidalarni
o‘rgatadi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy ham fanlarni tasniflagan. Fanlar
tasnifiga bag‘ishlangan uning asari «Mafatih al-ulum» deb ataladi, ya’ni
«Fanlar kaliti». Muallif asarda o‘sha davrdagi fanlarni tartiblashtirish va
tasniflashni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Asar ikkita qismdan iborat.
Birinchi qismi shariat fanlari, u bilan bog‘liq bo‘lgan arab fanlari,
ikkinchi qismi esa yunon fanlaridir.
Shunday qilib, al-Xorazmiy fanlarni
shariat va arablarga bog‘liq bo‘lmagan fanlarga bo‘lgan. Shariat fanlari –
musulmon huquqi, kalom, tarix, arab tili grammatikasi va boshqalarni,
arablarga bog‘liq bo‘lmagan fanlar – falsafa, mantiq, tibbiyot, arifmetika,
geometriya, astronomiya, ximiya va boshqalarni qamrab olgan.
Dastlab fan fundamental va amaliy fanlarga bo‘lingan. Fundamental
fanlarga bog‘liq holda texnika va texnologiya rivojlandi.
Ilmiy bilimlar hosil qilish usullariga qarab, fanlar eksperimental va
fundamental fanlarga ajraladi. Ular o‘rganish obyektiga ko‘ra – tabiiy,
ijtimoiy – gumanitar va texnik fanlarga bo‘linadi.
Boshqacha bo‘lish ham mavjud: tabiatshunoslik va ruh haqidagi
fanlar. Tabiatshunoslik fanlari: fizika, kimyo, biologiya, geologiya va
boshqalar, ya’ni tabiatni o‘rganadigan fanlar. Ruh haqidagi fanlar:
psixologiya, antropologiya, sotsiologiya, ekologiya kabilar.
Hozirgi davrda fanlarni tiplarga ham bo‘lishyapti, uni asosan uch
tipini ko‘rsatishyapti: formal, deskriptiv va aksiologik.
1
Formal fanlarga
matematika, mantiq; deskriptiv fanlarga fizika, ximiya, geologiya,
biologiya; aksiologik fanlarga politologiya, sotsiologiya, tarix, psixolo-
giya, yurisprudensiya, tibbiy, texnik, qishloq xo‘jalik, ekologik fanlar
kiradi.
Formal fanlar formal ko‘rinishga ega bo‘lgan fanlardir. Formal
fanlar hamisha formallashgan ko‘rinishga ega bo‘lavermaydi,
lekin
mantiq va matematika doimo formallashgan ko‘rinishga egadir. Formal
fanlar deskriptiv va aksiologik fanlardan hamisha farq qiladi. Deskriptiv
1
Yüklə
Dostları ilə paylaş: