218
Nobel mukofoti laureati J.Alfyorovni yarim o‘tkazgichlarini 70-
yillarda ochganini ham keltirish mumkin.
Shuni ham ta’kidlash lozimki hozirgi vaqtda fan bilan shug‘ulla-
nadigan shaharlar paydo bo‘layapti. Oldin ham bo‘lgan. Masalan:
Arkanzas, Los-Alamos va boshqalar. Hozirgi vaqtda RFda shunday
shaharlar yaratish haqida 1997-yil 7-noyabrda farmon qabul qilingan.
Hozir RFda 60 dan ziyod shunday shahar bor, ularni 29 tasi Pod-
Moskovyeda, qolganlari Ural va Sibirda.
Yaponiyada mavjud bo‘lgan, faqat fan bilan shug‘ullanadigan
shahar Sukubu deb ataladi. U yerda dunyoning turli joylaridan olimlar
kelib ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishadi.
Fan yutuqlari III faoliyatiga ham ta’sir qilyapti. IIIda fan yutuqlari-
dan ham foydalanilayapti. Aytaylik yarim o‘tkazgichlardan yaratilgan
aloqa vositalari IIIga keng kirib keldi, yangi radioaloqa vositalari
faoliyatida katta samara beryapti.
Fan yutuqlari asosida yaratilgan yangi avtomobillardan, yangi
suratga olish, ovoz yozib apparatlaridan foydalanilayapti. O‘q o‘tkaz-
maydigan materiallardan avtomobillarda, xodimlarni himoyalashda
qo‘llanilyapti. Ximiya fani yutuqlaridan ximiyaviy moddalarni aniqlash-
da foydalanilyapti.
Kompyuterlar Ichki iglar idoralariga to‘la kirib kelyapti. Kompyu-
terlarni kirib kelishi xodimlarni mas’uliyatini oshirib, vazifalarini
o‘zgartiryapti. Kompyuterlarda ko‘pgina ishlarni masalan: jinoyatchini
foto robotini yaratish va boshqalar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy fanlar-
da amalga oshayotgan demokratizatsiya va insonparvarlik jarayonlari III
faoliyati insonparvarlik bilan singdirilyapti.
Ichki ishlar idoralari faoliyati fan yutuqlarini tez fursatda amaliyotga
tatbiq qilishni talab qiladi. Bu holat IIIning xususiyati bilan bog‘liq.
Jinoyatni oldini olish, jinoyatni ochish buni talab qiladi. Aks holda
jamiyatdagi ijtimoiy psixologik muhit murakkablashib ketadi.
Kundan-kunga jinoyatlar murakkablashib bormoqda, uni ochish ham
ko‘p mushkulliklarni vujudga keltiradi, vaqt esa kutmaydi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: