Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


MA’NAVIYAT VA MADANIYAT FALSAFASI. HUQUQIY


səhifə76/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

MA’NAVIYAT VA MADANIYAT FALSAFASI. HUQUQIY 
MADANIYAT – MADANIYATNING BIR TURI 
1-§. Ma’naviyat, uning individual va ijtimoiy-falsafiy mohiyati 
«Ma’naviyat» so‘zi arabcha bo‘lib, «ma’nolar majmui» degan 
tushunchani bildiradi. Shunga ko‘ra, uni ko‘pincha, sodda holda, 
«Ma’naviyat insonning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy 
tasavvurlari va tushunchalari majmuidir» deb ta’riflaydilar.
Lekin bu ta’rif ma’naviyatning bir tomonini, ya’ni individual 
mazmunini ifodalaydi. Uning ijtimoiy-falsafiy mohiyati esa kengroq 
mazmunni anglatadi. Unga ko‘ra ma’naviyat har qanday jamiyatning 
zaruriy va muhim tarkibiy qismi sifatida inson ichki ruhiy holatini 
ifodalaydi va uning ongi, aqli, tafakkuri, qobiliyati, imkoniyatlari, 
hayotiy mavqeining uyg‘unlashgan mazmunini tashkil etadi.
Prezident I.Karimov mustaqillikning dastlabki yillarida ma’naviyat 
haqida: «Ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir. 
U yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi» – degan edi. Yana 
fikrini davom ettirib, «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida: 
«Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish 
va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning 
iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan 
qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman», – deydi. 
Ma’naviyat aniq shakllarda namoyon bo‘ladigan ijtimoiy hodisadir. 
U faqat insonga xos xususiyatdir. Inson ma’naviyat bilan tirik. 
Ma’naviyat insonga insoniy mazmun baxsh etadi. Ya’ni, odam farzandi 
ma’naviyat sohibi bo‘lganligi, aql-idrok va tafakkurga, imon va 
e’tiqodga, odob-axloqqa, sharm hayo va or-nomus singari fazilatlarga 
ega bo‘lgani uchun inson degan sharafli nomga sazovordir.
Ma’naviyat – inson butun ruhiy olamini yaxlit tizim sifatida ifoda 
etuvchi ijtimoiy kategoriya. Ma’naviyat insonda o‘z-o‘zidan paydo 


 223
bo‘lmaydi, balki uning o‘qib izlanishi, mehnati natijasida vujudga keladi. 
Zero, Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, «Ma’naviyat – taqdirning 
ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalbdan va 
vijdonan, aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak. Bu xazina insonga 
hayotda barqarorlik bag‘ishlaydi, uning qarashlari shunchaki boylik 
orttirish yo‘lida kun ko‘rishga yo‘l qo‘ymaydi...» (Karimov I.A.
O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li // O‘zbekiston: milliy 
istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1. – T., 1996. – B.81) Ma’naviyat 
insonlarning o‘zaro munosabatlarida, uning hayotiy tajribalari davomida 
shakllanadi va rivojlanadi. Har bir inson o‘z ma’naviyatini o‘zini shaxs 
sifatida anglagandan boshlab, to umrining oxirigacha shakllantirib va 
rivojlantirib boradi. Inson ma’naviyatini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoji 
cheksiz jarayondir. 
Ma’naviyat mafkura orqali amaliyotga tatbiq etilgandagina moddiy 
kuchga aylanadi. Chunki ma’naviyat amaliyotda moddiylashadi. 
Haqiqatga, ma’naviy yuksaklikka intilishdan, komil insonni tarbiya-
lashdan asosiy maqsad – olamni go‘zallikka burkash, ozod va obod 
Vatan, erkin va farovon hayot qurishdir. 
Ma’naviyat individual va ijtimoiy-falsafiy mohiyatlarga egadir. 
Uning individual xususiyatlari har bir individ – har bir inson ichki 
dunyosi mazmunini anglatadi. Ijtimoiy ma’naviyat esa jamiyat ma’naviy 
hayotining umumiy mazmunini tashkil etib, insonning, xalqning, 
jamiyatning, davlatning kuch qudratidir. U yo‘q joyda bama’ni turmush, 
baxt-saodat bo‘lmaydi.
Ma’naviyat, shuningdek, milliy, mintaqaviy va xalqaro ma’no-
mazmunlarga ham ega. Uning milliyligi millat va elatlar psixologik 
(ruhiy) alomatlari bilan bog‘liq bo‘lsa, mintaqaviy va xalqaro 
mazmunlari mintaqaviy hamda umumjahon mushtarak ma’naviy hayot 
tarzi xususiyatlari bilan bog‘liqdir. 
Milliy ma’naviyat muayyan elat, millatga, uning ajdodlariga xos 
bo‘lgan g‘oyat qimmatli ma’naviy boyliklardir. 
Mintaqaviy ma’naviyat – muayyan jug‘rofiy mintaqa xalqlariga xos, 
ular uchun umumiy bo‘lgan ma’naviy boyliklardir. Masalan, O‘rta Osiyo 
xalqlarining ma’naviyatidagi yoki yanada kengroq doirada oladigan 
bo‘lsak, Sharq va G‘arb ma’naviyatidagi mushtaraklik, o‘xshashlik. 
Mintaqaviy ma’naviyatda turli elatlarning umumiy birligi, bir-biriga 
yaqinligi, turmush tarzi va moddiy hayot sharoitlariga xos mushtarak 
jihatlar namoyon bo‘ladi. 


 224
Umuminsoniy ma’naviyat – butun insoniyatga, jahon xalqlariga 
tegishli bo‘lgan ma’naviy – axloqiy boyliklardir. 
Ma’naviyat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, rivojlanmaydi. U 
insonning hayotiy tajribasi asosida shakllanib boradi. Ayni vaqtda inson 
hayoti va faoliyatini yo‘naltiradi, xalqning tarixi va madaniyatini chuqur 
anglashga yordam beradi. 
Ma’naviyatning shakllanishi va takomillashuvida ijtimoiy hayot 
nafasi, unda ustuvor bo‘lgan ijtimoiy g‘oyalar, ma’rifat va mafkura 
muhim ahamiyatga egadir. Shu ma’noda, Prezidentimiz I.Karimov 
rahnamoligida ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanilayotgan milliy 
g‘oya va mafkura mustaqillik sharoitida fuqarolarimiz, xususan 
yoshlarimiz ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda nazariy asos 
bo‘lib xizmat qiladi. O‘z navbatida, shakllangan hamda takomil topgan 
ma’naviyat ham mustaqillikni yanada mustahkamlashga, yurtni obod, 
xalqni farovon bo‘lishiga ko‘maklashadi. 
Respublikamizda mustaqillik qo‘lga kiritilgach ma’naviyatga juda 
katta e’tibor berilayotganligini isboti sifatida Prezident I.Karimov 
tomonidan 1994-yil 23-aprelda «Ma’naviyat va ma’rifat» respublika 
jamoatchilik markazini tuzish haqidagi farmonini keltirish mumkin. 
1996-yil 9-sentabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish 
va samaradorligini oshirish to‘g‘risida yana bir farmon e’lon qilindi. 
1999-yilning 3-sentabrida bu markaz Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga 
aylantirildi. 
Ma’naviyat haqida «Ma’naviyat asoslari» fanida yana chuqurroq 
to‘xtalamiz. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin