245
muammolarni
keltirib chiqarishi mumkin, bu holda ertangi kun
muammoli bo‘lib qoladi. Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy
muammolarni oldini olishga intilish kelgusini aytishga qiziqishni
kuchaytirib yuboryapti. Shuning uchun har xil tarixiy davrlarda ko‘pgina
bashoratchilar vujudga kelgan. Masalan, o‘rta asrlarda Nostradamus,
hozirgi
davrda bolgariyalik Vanga, Chechenistonlik Supyan Sharipov,
Quriyalik Ono va boshqalar mashhur bashoratchilar hisoblanishadi.
Kishilik jamiyatining kelgusini oldindan bilish tarixda katta
ahamiyatga ega bo‘lgan. Ayniqsa o‘tish davrlarida kelgusini oldindan
aytishga, uni bilishga qiziqish kishilarning hayotiy ehtiyojlari bilan
bog‘liq.
Keyingi o‘n yilliklar jamiyat rivojlanishini kelgusini ijtimoiy
bashoratining portlash davri bo‘lyapti. Ijtimoiy bashorat bilan ko‘pgina
davlat
va nodavlat tashkilotlari, muassasalar shug‘ullanyapti, yakka-
yakka shaxslar ham kelgusini bashorat qilishga harakat qilishyapti.
Keyingi yillarda birgina AQSHda 100dan ortiq katta ijtimoiy
bashoratlar qilindi, unda ko‘pgina nufuzli muassasalar ishtirok etdi.
Ayniqsa
Xalqaro bank bashorati, 2000-yilgacha umumbashariy
muammolarning prezidentga hisoboti, Interfyuchers guruhining, G.Kan
va Dj. Saymon tayyorlagan «Global 2000» bashorati, Rim klubi, Gudzon
instituti va boshqalar. 1974-yilda kelgusini o‘rganuvchi xalqaro
federatsiya tuzildi.
O‘zbekistonda ham mamlakatimizni kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini bashorat qiladigan tashkilotlar mavjud, ya’ni O‘zbekiston
Respublikasining makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, ilmiy texnika
davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar Akademiyasi,
strategik izlanishlar instituti.
Kelgusini bashorat qilish murakkab jarayondir, uning murakkabligi
shundaki, kelgusi to‘g‘risida
dalillar, asoslar yo‘q, balki kelgusining
nazariy asoslari, qonunlar mavjuddir. Kelgusi to‘g‘risidagi qonunlarni
hamisha rivojlantirib borish lozim. Aks holda bu qonunlar kelgusini
qanday bo‘lishligini to‘g‘ri, aniq aks ettirmasligi ham mumkin. Kelgusini
bilishga qaratilgan fan futurologiya deyiladi. Futurologiya kelgusini
nazariy asoslangan qonunlarini o‘rganadi.
Mantiqiy jihatdan bashorat deganda oldin noma’lum bo‘lgan,
lekin
qonunlardan kelib chiqib kelgusida real bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa
va hodisalar to‘g‘risidagi fikr tushuniladi. Ijtimoiy bashorat – bu
rivojlanish istiqbolini sifat va miqdor jihatdan aniqlashdir. Bashoratdan
246
ko‘pgina fanlar foydalanadi va aniq fanlar ma’lum qonuniyatlarga
asoslangan holda kelajakni bashorat qiladi. U.Tadjixonov va A.Saidovlar
o‘zlarining «Huquqiy madaniyat nazariyasi» kitoblarida huquqiy
madaniyatning prognostik funksiyasi haqida gapirib, shunday
ta’kidlashadi, – «Huquqiy madaniyatning prognostik funksiyasi huquqiy
ijodkorlik va huquqni qo‘llashni qamrab oladi, qonunlar va huquqiy
tartibotni mustahkamlashni, fuqarolardan huquqqa mos xatti-harakat,
faolligi va boshqalarni, butun huquqiy tizim uchun xos bo‘lgan
an’analarni tashkil qilishni o‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda ilmiy
prognozlash va rejalashtirishning elementlari, masalan qonunchilik
faoliyatida kuchayib bormoqda, chunki qonun hujjatlarini ishlab chiqish
va qabul qilishni rejali ravishda amalga oshirish zarur.
Huquqiy madaniyat bashoratlari ehtimoli bo‘lgan o‘ziga xos
qadriyatlardan iborat»
1
. Ijtimoiy bashorat qisqa va uzoq muddatli,
xalqaro va mintaqaviy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ekologik, hayotning
boshqa sohalarida bo‘lishi mumkin.
Bashoratni gnoseologik tushunish
uning mazmunini yanada
kengaytiradi. Chunki falsafiy nazariya bo‘lgan gnoseologiya izlanishni
mantiqiy darajasi va ilmiy shaklni tahlil qilish bilan cheklanmaydi, balki
ularni tarixiylikda, hamma shakl va darajalarni birlikda olib qaraydi.
Ko‘p ming yillik insoniy faoliyatning vorisiyligi uchun kelgusini
bilishning anchagina
mexanizmlarini, usullarini yaratdi. Bilishning
o‘tmishda paydo bo‘lib, insonning bugungi kunidan o‘tib kelgusiga
qaratilishi uning hayot bilan bog‘liqligidan, faol ijodiy o‘zgartiruvchilik
xarakteridandir. Bashoratga bunday gnoseologik yondashuv uni
«oldindan ko‘ra bilish» va «oldindan ayta olish» tushunchalari bilan
aynanlashtiradi.
Bashorat ma’lum qoidalar asosida aqliy amalga oshirilgan oldindan
ayta olishdir. Demak, bashorat «oldindan ayta olish»dan o‘zining
qoidalar asosida va aqliy amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Oldingi
tajribaviy ma’lumotlarni tahlili, qat’iy o‘rnatilgan dalillar, ilmiy qoidalar
va nazariyalar ustunligi asosida bashorat amalga oshiriladi.
Ba’zan ijtimoiy bashorat utopiya bilan ham aynanlashtiriladi.
«Utopiya» grekcha so‘z bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi «u» – yo‘q,
«topas» – joy, ya’ni yo‘q joy degan ma’noni anglatadi. Tomas Mor o‘zi
o‘ylab topgan mamlakatni shunday nomlagan. «Utopiya» so‘zini
1
Yüklə
Dostları ilə paylaş: